Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»
Download 0.93 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sonetlar gulchambari-magistral
Qo’shiq ( 1.Vokal musiqiy asar, ashula; 2.Lapar, terma) ham ashula kabi eng qadimiy janrdir. Unda ham so’z, musiqa, raqs birlashadi. Ashuladek hayotning hamma jarayonlari (to’y, aza, bayramlarda, mehnat qilish, hordiq olish paytlarida ham)da kishilarga hamrohlik qiladi, dardu hasratlarni, shodligu quvonchlarni, orzu-armonlarni (qo’yingki, insonga xos barcha kechinmalarni) voqye qiladi, musiqiyligi va ohanraboligi bilan barcha qalblarni zabt etadi, qalb torlarini chertib, kechinma va tuyg’ularga ezgulik jilosini beradi, harakatga yetaklaydi, hayotni sevishga, ardoqlashga, e’zozlashga chorlaydi.
Deyarli barcha nazariy adabiyotlarda, hattoki “O’zbek tilining izohli lug’ati”da ashula va qo’shiq (so’zlari) farqlanmagan. Holbuki, ashuladagi biz ta’kidlagan yuqoridagi xususiyatlar qo’shiqda uchramaydi. Unda ifoda etilayotgan his-tuyg’ular mantiqiy izchillikka bo’ysinadi. Birinchi misra (bayt)ni ikkinchi misra (bayt), ikkinchi misra (bayt)ni uchinchi misra (bayt)... to’ldirib boradi. Bu xususiyat g’azal, marsiya, lapar, yor-yor, alla kabi janrlarga ham xos bo’lgani (aslida bu xususiyat lirikaning deyarli barcha janrlariga tegishlidir) va yaqqol ko’zga tashlangani uchun, ularni qo’shiq qilib kuylash odat tusiga kirgandir. Ana shu asoslarga suyanib, adabiyot qo’shiq (aslida xirgoyi)dan boshlangan, desak mumkindir. Bugungi adabiyotimizda Muhammad Yusuf, Oxunjon Hakimov, Normurod Narzullayev, Xosiyat Bobomurodova kabi ko’plab qo’shiqchi shoirlar bor. Ularning serzavq qo’shiqlaridan biri – Xosiyat Bobomurodovaning “Vatan yagonadir” asari hisoblanadi:
I.Bexer sonetni badiiyatning eng yorqin dialektik ko’rinishlaridan biri; dastlabki to’rt misrasini tezis sifatida birinchi katren, keyingi to’rtlikni antitezis tarzida ikkinchi katren, so’nggi ikki uchlikni sintez deb yuritishni tavsiya qilsa, A.Muxtor uni – she’riyatning olifta kamzuli, deydi. Sonetlar dastlab Italiyada (XIII-XIVasrlar) paydo bo’lgan, Dante, Petrarka, keyinroq Mekelenjelo; V.Shekspir (Angliya), Miskevich(Polsha), Derjavin, A.S.Pushkin, Shchipayev (Rossiya) ijodlarida sonetning go’zal namunalari yaratilgan. O’zbek adabiyotida sonetlarning namunalari Usmon Nosir, Maqsud Shayxzodalar tomonidan yaratildi. Barot Boyqobilov 700dan ortiq sonetlar bitdi, uning ijodida sonetlar guldastasi yuzaga keldi. Sonetlar gulchambari-magistral (gr. magistralis-boshqaruvchi) 15 sonetdan (210 misradan) iborat bo’ladi. Birinchi sonetning oxirgi misrasi bilan ikkinchi sonet boshlanadi. Ikkinchi sonetning oxirgi misrasi bilan uchinchisi boshlanadi. Shu tariqa 14 ta sonet yaratiladi va 15chi magistral sonet 14 sonetning birinchi misralaridan tuziladi. Oxirgi misra esa o’z navbatida birinchi misrani takrorlash bilan tugaydi. Muhammad Ali, Rauf Parfi, Mirzo To’ra, Ibrohim Yusupov kabi ijodkorlar ham ko’plab sonetlar ijod etdilar. Ularda falsafiylik, “yombi”lik - original fikrlar chuqurlasha boshladi, katren va tersetlarning vobastaligidan so’nggi band uchun zarur bo’lgan poetik xulosalar chiqarish san’ati rivoj topdi. O’zbek sonetlarining eng go’zallaridan biri Cho’lponing “Men va boshqalar” (O’zbek qizi og’zidan) asaridir:
Tarji’band (arabcha so’z, ma’nosi: banddagi takror) “asosan bir baytning har band oxirida aynan takrorlanib (tarji’) kelishi bilan xarakterlanuvchi she’r bo’lganligi uchun shu takrorlanuvchi bayt “vosita bayt”, “bosh bayt”, “vosila bayt” deb yuritiladi va masnaviy shaklida (aa,bb,vv) qofiyalanadi. Chunki bandlardagi boshlang’ich baytning qofiyasi aa-dir, navbatdagi baytlarda esa g’azallardagi qofiyalanish usuliga o’xshab faqat ikkinchi misralar qofiyalanadi va ular oxirgi bosh baytgacha shu holda davom etadi. Har band oxirida, muayyan tarzda takrorlanib turuvchi baytda shoir aytmoqchi bo’lgan g’oyaviy muddao, asosiy fikr ta’kidlanadi va o’quvchi diqqati doim shu baytdagi xulosaga qaratib boriladi” (R.Orzibekov, O’zbek she’riyati janrlari, S., 1998, 112-bet). “Badoye’ ul-vasat” (A.Navoiy)dagi tarji’bandning har (jami 7 band) bandi 8 baytdan iborat bo’lib, har band oxirgi:
Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling