Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyotshunoslik nazariyasi»


Adabiy tip (yunoncha tupos-nusxa, tamg’a; namuna) –


Download 0.93 Mb.
bet42/130
Sana05.01.2022
Hajmi0.93 Mb.
#213777
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti «adabiyots

Adabiy tip (yunoncha tupos-nusxa, tamg’a; namuna) – muayyan guruh, ijtimoiy tabaqa, sinf vakillarining ma’lum davrdagi xususiyatlarini va iroda yo’nalishini to’la, yorqin aks ettiruvchi mukammal xarakterdir. Shunga ko’ra har bir adabiy tip, ayni chog’da, mukammal xarakterdir. Shu ma’noda Yo’lchi (“Qutlug’ qon”), Saidiy (“Sarob”), Otabek (“O’tgan kunlar”), Hamlet (“Hamlet”), Otello (“Otello”), Qori Ishkamba (“Sudxo’rning o’limi”), Ulug’bek (“Ulug’bek xazinasi”), Zaynab (“Zaynab va Omon”), Bobur (“Yulduzli tunlar”) kabilar adabiy tiplardir. Chunki ularning har birida – muayyan ijtimoiy hayotning bosh haqiqatlari va xususiyatlari, davr odamlari qalbidagi hokim va yetakchi tuyg’ular ta’sirchan ifodasini topadi.

Adabiy tiplarda insonga xos xususiyatlar shunchalik aniq va umumlashgan tarzda aks etadiki, ular umuminsoniy va umriboqiy xususiyat kasb etadi, davrlar, asrlar o’zgarsa-da, ular insonlarning xarakterli xislatlariga esh bo’laveradilar. Jumladan, o’ta rashkchi, ishonuvchan odamlarni – Otello, sevgi yo’lida iztirob chekuvchi, atrofidagi odamlarni “ko’rmaydigan”, “sezmaydigan” darajadagi oshiqni Majnun deb yuritish hamon amaldadir.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling