17
ANAMORFLASH-buyumlarning turli yo’nalishlarda chizig’iy va burchak
o’lchovlarini o’zgartirish bilan ularning atayin buzilgan tasvirlarini hosil qilish.
ANAMORTOT KIYGIZMA-rasmga oluvchi yoki proyeksiyalovchi obyektiv
oldiga joylashtiriladigan va tasvirni anamorflash yoki anamorfsizlashga
mo’ljallangan afokal optik tizim.
ANASTIKMAT-yunoncha an-manzara va sigma-nuqta, amalda optik tizimlarga
xos bo’lgan barcha tur aberratsiyalardan holi bo’lgan obyektiv.
APERTURA-lotincha
apertura-teshik-
optik
tizimning
yorug’lik
dastasi
kengligini belgilovchi tirqish diametri.
APLANAT-yunoncha aplanetos-xatosiz,
og’ishmaydigan-astigmatizm va tasvir
egriligining
mumkin
bo’lgan
chegaralarida, sferik aberatsiya va komani tuzatish orqali keskin tasvirni
yaratuvchi optik tizim.
APODIZATSIYA-optik tizim ustidagi yorug’lanuvchi nuqtaning difraksiyaviy
manzarasiga jadallik taqsimlanishi o’zgarishiga olib keluvchi o’zgartirishlar.
APOSTILB-yunoncha
apostilbo-yarqirayman,
chaqnayman-ravshanlikning
tizimdan tashqari birligi.
APOXROMAT-yunoncha apo-bu yerda kichrayishni bildiradigan old qo’shimcha
va chroma – rang – optik tizimlarning sferaviy va sferoxromatik aberratsiyalari
to’g’rilangandan so’ng qoldiq xromatik aberratsiya axromatdagidan kichik
bo’ladigan obyektiv.
Do'stlaringiz bilan baham: