Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari


Download 5.01 Kb.

bet2/45
Sana12.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45

1.1.3.  Fanning  boshqa  fanlar  bilan  bog’liqligi  va  uslubiy  jihatdan  uzviy  ketma-kerligi 
(Fanning boshqa turdosh fanlar bilan o’zaro aloqadorligi va uzviyligi haqida ma’lumot beriladi). 
Ushbu  fan  matematik  analiz,  algebra,  analitik  va  differensial  geometriya,  differensial  va 
integral  tenglamalar,  matematik  fizika  tenglamalari  fanlari  bilan  bog’langan  bo’lib,  bu  fanlar 
talabalarning taqribiy  va sonly  yechesh usullarini  chuqur o’zlashtirishlari uchun zarur hisoblanadi. 
Shuningdek, talabalar turli texnik ob’ektlar hisoblarini ilg’or va zamonaviy hisob usullarida bajara 
olishlari, hisob ishlarini shaxsiy kompyuterlarda bajara olishlari uchun ular informatika va axborot 
texnologiyalari fanini mukammal o’zlashtirib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq 
qilgan  holda,  Maple,  Mathlab,  Mathematica  va  MathCad  kabi  matematik  dasturlar  va  mavjud 
elektron darsliklardan unumli foydalanib, dastur tuzishlari hamda uni amalda bajara olishlari kerak.  
Bunda asosan, talabalar ma’ruzalar matnlarini o’rganish, uni amaliyot ishlari bilan birgalikda 
olib  borish  hamda  amaliy  mashg’ulotlar  materiallarini  shaxsiy  kompyuterlarda  bajarish 
ko’nikmalarni hosil qilishi kerak. 
Fanni  o’rganishda  mashg’ulotlarning  ma’ruza,  amaliyot  mashg’ulotlari,  mustaqil  ta’lim 
shakllaridan  foydalaniladi  va  interfaol  usullarning  aqliy  hujum,  klaster,  taqdimot,  bumerang  va 
boshqa yangi pedagogik texnologiya elementlari qo’llaniladi. 
 
1.2. FANNING HAJMI VA MAZMUNI 
 
1.2.1 Fanning hajmi 
 
Mashg’ulot turi 
Ajratilgan soat 
rejada  
1. 
Nazariy mashg’ulot 
30 
2. 
Amaliy mashg’ulot 
30 
4. 
Mustaqil ish 
92 
 
JAMI: 
152 
 
1.2.2. Fanning ta’lim standartlariga asoslangan mazmuni 
Nazariy ma’ruzalarni mazmuni. 
Hisoblash  usullari  fanining  tarixini  o`rganish.  Taqribiy  sonlarni  kelib  chiqishi,  xatolar 
nazariyasi  va  ularni  kelib  chiqishi  manbalarini  o`rganish.  Chiziqli  va  chiziqli  bo`magan 
tenglamalarni  amaliy  masalalarni  yechish  bilan  bog`lanish.  Hisoblash  usullari  fanining  sonli 
usullarini  o`rganish  va  tenglamalarni  yechishga  qo`llanilishini  o`rganish.  Interpolyasiyalash, 
taqribiy  integrallash,  oddiy  differensiyal  tenglamalarini  taqribiy  yechish  usullarini  o`rganish. 
Simpson  funksiyalar  bilan  yaqinlashtirish  masalalarini  o`rganish.  Oddiy  differensial  tenglamalr 
uchun  Koshi  va chegaraviy  masalalarni  yechishning taqribit  va sonli usullarini o`rganish. Xususiy 
xosilali differensial tenglamalar uchun qo`yilgan masalalarni chekli ayirmalar usuli bilan yechishni 
hamda integral tenglamalarni taqribiy yechishni o`rganish.  
 
 
Amaliy mashg’ulotlar mazmuni 
Taqribiy  sonlar  sohasini  o`rganish.  Xatolar  nazariyasi  va  ularni  taqribiy  sonlarni  xatolarini 
chegarasini aniqlash usullarini algoritmi va dasturini tuzish. 
 
Chiziqli  va  chiziqli  bo’lmagan  tenlamalarni  taqribiy  yechish  uchun  dastlabki 
yaqinlashashani  tashlash  usullarni  o’rganish  va  bularni  1-ta  tenglamani  yechish  uchun  ko’llash. 
Sonli  yaqinlashishi  masalasini  o`rganish  va  ularni  kompyuterda  tahlil  qilish.  Gauss,  Zeydel, 
Iterasiya usullari  bilan amaliy  masalalarni  yechish. Interpolyasion  formulalarni amaliy  masalalarni 
o`rganish  uchun  qo`llash.  Integrallarni  taqribiy  yechish  usullarini  va  ODT-ni  taqribiy  yechish 
usullarini  kompyuterda  hisoblashni  o`rganish.  Oddiy  differensial  tenglamalr  uchun  Koshi  va 
chegaraviy  masalalarni  yechishning  taqribit  va  sonli  usullarini  o`rganish.  Xususiy  xosilali 
differensial tenglamalar uchun qo`yilgan masalalarni chekli ayirmalar usuli bilan yechishni hamda 

 
14
integral tenglamalarni taqribiy yechishni o`rganish. 
 
 
1.2.3. Fan mashg’ulotlari mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat 
  Nazariy mashg’ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat 
6, 8 -semestr (30 soat) 
1-ma’ruza  (2  soat):  Hisoblash  usullarining  predmeti  va  metodi.
 
Xatoliklar  nazariyasi  va 
ularni  kelib  chiqish  manbalari.  Xatoliklarni  turlari  va  uning  taraqiyotdagi  o’rni  va  ishlatish 
sohasi. 
2-ma’ruza  (2  soat):  Chziqlimas  va  transsendent  tenglamalarni  yechish  usullari.  Ildizlarni 
ajratish, kesmani teng ikkiga bo`lish, Nyuton, oddiy iteratsiya, vatarlar usullari  
3-ma’ruza  (2  soat):  Chziqli  algebraik  tenglamalar  sistamasini  (ChATS)  yechish  usullari. 
Gauss, oddiy iteratsiyalar, Zeydel ussullari  
4-ma’ruza  (2  soat):  Chziqlimas  tenglamalar  sistamasini  yechish  usullari.  Oddiy  iteartsiyalar, 
Zeydel,  Nyuton ussullari   
 5-ma’ruza  (2  soat):  Matrisaning  xos  son  va  xos  vektor  masalasini  yechishning  ussullari. 
Iteratsiya, A.N.Krilov usullari.  Xos qiymat va xos vektorni topish amaliy masalalarni yechish 
bilan bog’liqligini ko’rsatish. 
6-ma’ruza (2 soat): Interpolyatsiya  masalasi. Lagranj va Nyuton interpolystsion  ko`phadlari. 
Interpolyasiyalash masalasini mohiyati  
7-ma’ruza  (2  soat):  Funksiyalarni  sonli  integrallash.  To`g`ri  to`rtburchaklar,  trapetsiyalar, 
Simpson formulalari  
8-ma’ruza  (2  soat):  Oddiy  differensial  tenglamalar  (ODT)  uchun  qo`yilgan  masalalarni 
yechish. Koshi masalasi. Eyler, Runge-Kutta ussullari.  
9-ma’ruza  (2  soat):  Oddiy  differensial  tenglamalar  (ODT)  uchun  qo`yilgan  chegaraviy 
masalalarni  yechish  usullari.  Kollokatsiya,  eng  kichik  kvadratlar,  sohachalar,  Galyorkin 
usullari. 
10-ma’ruza  (2  soat):  Chekli  ayirmali  sxemalar  (ChAS)  to’g’risida  tushunchalar.  Differensial 
operatorning ChA approsimatsiyasi. ChA masalaning qo’yilishi. Approksimatsiya, korrektlik, 
turg’unlik, yaqinlashish. Ular o’rtasidagi bog’lanish. 
11-ma’ruza  (2  soat):  ODT  uchun  qo’yilgan  chegaraviy  masalani  o`q  otish  va  ChAlar  usuli 
bilan yechish. Progonka usuli. 
12-ma’ruza (2 soat): Bir o’lchamli issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasini sonli yechish 
13-ma’ruza  (2  soat):  To’lqin  tenglamasi  uchun  qo`yulgan  masalani  chekli  ayirmalar  usuli  bilan 
yechish 
14-ma’ruza  (2  soat):  Laplas  operatorini  tekis  va  notekis  to`rda  approksimatsiya  qilish.  Puasson 
tenglamasi uchun ChA Dirixle masalasi 
15-ma’ruza (2 soat): Integral tenglamalarni taqribiy yechish usullari 
 
 
  Amaliy mashg’ulotlar mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat 
6, 8-semestr (30 soat) 
1-amaliy mashg’ulot (2 soat): Xatoliklar. Absolyut va nisbiy xatolik 
2-amaliy mashg’ulot (2 soat): Chziqlimas va transsendent tenglamalarni yechishning sonli usullari. 
Ildizlarni ajratish, kesmani teng ikkiga bo`lish, Nyuton, oddiy iteratsiya, vatarlar usullari 
3-amaliy  mashg’ulot  (2  soat):  Chziqli  algebraik  tenglamalar  sistamasini  (ChATS)  yechishning 
sonli usullari. Gauss, oddiy iteratsiyalar, Zeydel ussullari 
4-amaliy  mashg’ulot  (2  soat):  Chziqlimas  tenglamalar  sistamasini  yechishning  sonli  usullari. 
Oddiy iteartsiyalar, Zeydel,  Nyuton ussullari 
5-amaliy  mashg’ulot  (2  soat):  Matrisaning  xos  son  va  xos  qiymat  masalasini  yechishning  sonli 
ussullari. Iteratsiya, A.N.Krilov usullari 

 
15
 
6-amaliy  mashg’ulot  (2  soat):  Interpolyatsiya  masalasi.  Logranj  va  Nyuton  interpolystsion 
ko`phadlari. 
7-amaliy  mashg’ulot  (2  soat):  Funksiyalarni  sonli  integrallash.  To`g`ri  to`rtburchaklar, 
trapetsiyalar, Simpson formulalari 
8-amaliy mashg’ulot  (2  soat):  Oddiy  differensial  tenglamalar  (ODT)  uchun  qo`yilgan  masalalarni 
sonli yechish. Koshi masalasi. Eyler, Runge-Kutta ussullari. 
9-amaliy  mashg’ulot  (2  soat):  Oddiy  differensial  tenglamalar  (ODT)  uchun  qo`yilgan  chegaraviy 
masalalarni yechish usullari. Kollokatsiya, Galyorkin usullari 
10-amaliy  mashg’ulot  (2  soat):  Chekli  ayirmali  approsimatsiyalar  tuzish.  ODT  uchun  qo’yilgan 
chegaraviy masalani ChA usuli bilan yechish. 
11-amaliy  mashg’ulot  (4  soat):  Bir  o’lchamli  nostatsionar  issiqlik  o’tkazuvchanlik  tenglamasini 
ChA usuli bilan yechish. 
12-amaliy  mashg’ulot  (2  soat):  To’lqin  tenglamasi  uchun  qo’yilgan  umumiy  masalani  ChA  usuli 
bilan yechish. 
13-amaliy mashg’ulot (2 soat): Puasson tenglamasi uchun ChA Dirixle masalasi. 
14-amaliy mashg’ulot (2 soat): Integral tenglamalarni yechish usullari  
 
 
  Mustaqil ta’lim mashg’ulotlairi mavzulari mazmuni va ularga ajratilgan soat 
(92 soat) 
1-Mustaqil ish (2 soat): Markaziy ayirmali jadvallar va ularga mos keladigan formulalar. 
2-Mustaqil ish (4 soat): Gaussning 1-2 interpolyasion formulalari. 
3-Mustaqil ish (4 soat): Stirling va Bessel interpolyasion formulalari. 
4-Mustaqil  ish  (3  soat):  Trigonometrik  funksiyalarni  urtacha  kvadratik  yakinlashtirish 
(uzluksiz xol).  
5-Mustaqil  ish  (3  soat):  Trigonometrik  funksiyalarni  urtacha  kvadratik  yakinlashtirish  ( 
diskret xol). 
6-Mustaqil ish (4 soat): Karrali integralarni takribiy xisoblash usullari. 
7-Mustaqil  ish  (4  soat):  Chizikli  algebraik  tenglamalar  sistemasini  yechishda  graidiyentlar 
usuli. 
8-Mustaqil ish (4 soat): ChTS.-yechishda yeng kichik kvadratlar usuli. 
9-Mustaqil ish (4 soat): Matrisaning xarakteristik kupxadini topishda xoshiyalash usuli. 
10-Mustaqil  ish  (4  soat):  Algebraik  va  transendent  tenglamalarni  takribiy  yechishning  grafik 
usuli. 
11-Mustaqil  ish  (4  soat):  Algebraik  va  transendent  tenglamalarni  takribiy  yechishning 
Vatarlar usuli. 
12-Mustaqil ish (4 soat): Algebraik va transendent tenglamalarni takribiy yechishning ikkiga 
bulish usuli. 
13-Mustaqil  ish  (4  soat):  Adamsning  ikkinchi  va  uchinchi  tartibli  oshkor  va  oshkormas 
formulalarini keltirib chikarish. 
14-Mustaqil ish (4 soat): Integrallarni takribiy xisoblash formulalari. 
15-Mustaqil ish (4 soat): Oddiy diferensial tenglamalarni takribiy yechish usullari. 
16-Mustaqil ish (3 soat): Xisoblash matematikasining tarixi, predmeti va metodi. 
17-Mustaqil ish (3 soat): Xozirgi zamon xisoblash mashinalari va sonli metod nazariyasi. 
18-Mustaqil ish (3 soat): Masalalarni sonli yechishdagi natijalar xatosi. 
19-Mustaqil ish (3 soat): Xisoblash matematikasida yukotolmas xato. 
20-Mustaqil ish (3 soat): Algebraik tenglamalarni ildizlarini ajratish. 
21-Mustaqil ish (3 soat): Kupxad va uning xosilalari kiymatlarini xisoblash. 
21-Mustaqil ish (3 soat): Kiskartirib aks yetish prinsipi. 
23-Mustaqil ish (3 soat): Metrik fazo xakida tushuncha 

 
16
1.3. FANNI O’QITISH JARAYONINI TASHKIL ETISH VA O’TKAZISH BO’YI-CHA 
TAVSIYALAR. (Fanni o’qitish shakli, vositalari, texnologiyasi va metodlari). 
1.3.1. Nazariy mashg’ulotlarga tayyorgarlik.  
Bu  jarayonga  tayyorgarlik  ko’rishda  faqatgina  ma’ruza  materiallari  bilan  cheklanib 
qolmasdan, balki bir necha uslubiy qo’llanma va darsliklardan foydalanish lozim. Bu bir tomondan 
dars  hajmining  kamligi  sababli  ma’ruza  darslarida  yetkazishning  imkoni  bo’lmagan  mavzularni 
to’ldirishga,  ikkinchi  tomondan  esa  chuqur  bilim  olish  va  masalalarni  yechish  ko’nikmalarni 
shakllantirishga  yordam  beradi.  Bu  o’z  navbatida  talabaning  mustaqil  bilim  olishini,  adabiyotlar 
bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi. 
1.3.2.  Amaliy  mashg’ulotlarni    o’qitish  jarayonini  tashkil  etish  va  uni  o’tkazishga 
tayyorgarlik bo’yicha tavsiyalar.  
Talabaning  nazariy  ma’lumotlarni  va  umumiy  fanni  o’zlashtirish  darajasi  uning  amaliy 
masalalarni,  seminar  mashg’uloti  materiallarini  bajarishi,  masalalarni  mustaqil  yecha  olishi,  uy 
vazifalarini  bajara olishi darajasi  va samaradorligi  bilan aniqlanadi. Shuning uchun talaba  fanning 
har  xil  bo’limlaridagi  tipik  masalalarni  mustaqil  yechish  ko’nikmalarini  egallashi  lozim.  Bu 
jarayonda  talaba  o’rganilayotgan  fanning  ma’nosiga  chuqurroq  yetib  borgan  holda  aniq  amaliy 
masalalarni yechishda umumiy nazariy qonuniyatlarni qo’llay oladi. Buning uchun talaba amaliyot 
darslarida  qiyinlik  darajasi  oshib  boruvchi  kamida  5-6  ta  masala  yechishi  zarur.  Darsdan  tashqari 
mustaqil  ish  va  uy  vazifasi  sifatida  talabaga  o’rtacha  qiyinlikdagi  va  uslubiy  manbalardan 
foydalangan holda yechish mumkin bo’lgan masalalarni berish maqsadga muvofiq. Bunda o’tilgan 
nazariy  ma’lumotlar  va  masalalar  yechishning  maxsus  uslublaridan  foydalanilishiga  e’tibor  berish 
kerak.  Shunday  qilib,  talabani  shu  fanga  kiruvchi  har  xil  bo’limlarga  oid  masalalarni  nazariy 
ma’lumotlarga  tayanib  yechishga  o’rgatiladi.  Bu  jarayonda  quyidagi  uslubiy  xarakterga  ega 
qoidalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq: 
  masalaning  qo’yilishini  qisqacha  yozish,  bunda  berilgan  ma’lumotlarning  hamma-sini 
yagona birliklar sitemasiga o’tkazish, lozim bo’lganda ba’zi spravochnik o’zgarmaslarini kiritish; 
  masalani  yechish  jarayonida  qo’llaniladigan  barcha  zaruriy  qonuniyatlarni  o’zida  aks 
ettiruvchi noma’lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo’llarini topgan holda masalani tahlil qilish; 
  masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish; 
  masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish; 
  o’lchamlarni  tekshira  olish,  berilgan  ma’lumotlardan  to’la  foydalana  olish,  yechimning 
ishonchliligini baholay olish; 
  masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish; 
  olingan  sonli  natijalarning  mantiqiy  maqsadini  baholay  bilish  va  ulardan  zaruriy  mexanik 
xulosalar chiqara bilish. 
Talabaning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini va mustaqil ish topshiriqlarini 
bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq: 
  uy vazifalarini tekshirish; 
  nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish; 
  dars davomida o’zlashtirishini nazorat qilish; 
  mustaqil ish topshiriqlari himoyasi. 
Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladi-gan natijalar:  
  mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash;  
  amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish;  
  masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish;  
  masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish;  
  masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. 
 

 
17
1.3.3. Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar:  
mavzu  yuzasidan  bilimlarni  tizimlashtirish  va  mustahkamlash;  amaliy  masalalarni  yechishda 
nazariy  tushunchalardan  foydalana  bilish;  masalani  yechishning  to’g’ri  usulini  tanlay  bilish; 
masalani  mustaqil  yechish  ko’nikmasini  hosil  qilish;  masalaning  yechimini  mustaqil  tahlil  qila 
bilish. 
1.3.4. Mustaqil ish turlari
  takrorlash  va  mashq  qilish:  takrorlash;  tahlil  qilish;  qayta  ishlash;  mustahkamlash; 
chuqurlashtirish; eslab qolish; ko’nikma hosil qilish; malakani shakllantirish; 
  yangi  bilimlarni  mustaqil  o’zlashtirish:  yangi  mavzular;  axborot  manbaini  izlab  topish  va 
konspektlashtirish; mustaqil fikrlar tuzish; 
  ijodiy xarakterdagi ishlar: muammoli vaziyatlarni aniqlash; test va topshiriq tuzish; slaydlar 
tayyorlash; mustaqil qaror qabul qilish; yangi usullar yaratishga intilish. 
1.3.5. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar: 
  nazariy  mashg’ulotlarda  foydalanadigan  vositalar  (darslik;  o’quv  qo’llanma;  masala  va 
mashq  to’plami;  diapozitivlar;  lug’atlar;  masalalar  to’plami;  magnit  yozuv;  video  yozuv; 
o’rgatuvchi dasturlar; multimedia va hokazo); 
  amaliy  mashg’ulotlarda  foydalaniladigan  vositalar  (yo’riqnomalar  to’plami;  tabiiy  o’qitish 
vositalari;  xarakatlanuvchi  modellar;  o’quv  plakatlari;  yo’riqnoma;  texnologik  xaritalar; 
trasparantlar; modellar; elektron kitoblar; maketlar; testlar va hokazo). 
1.3.6. Referat yozish bo’yicha qisqacha ko’rsatmalar: 
  Referat tayyorlashda hal etilishi nazarda tutiladigan vazifalar: o’quv predmetning dolzarb 
nazariy  masalalari  bo’yicha  bilimlarni  chuqurlashtirish,  talaba  tomonidan  mavzuga  oid 
olingan  nazariy  bilimlarni  ijodiy  qo’llash  ko’nikmalarini  hosil  qilish;  tanlangan  kasbiy 
sohada  mavjud  mahalliy  va  xorijiy  tajribalarni  mavjud  sharoitlarda  ularni  amaliy  jihatdan 
qo’llash  imkoniyatlari  va  muammolarni  o’zlashtirish;  tanlangan  mavzu  bo’yicha  har  xil 
manbalarni (monografiyalar, davriy  nashrlardagi  ilmiy  maqolalar  va  shu kabilar) o’rganish 
qobiliyatini  takomillashtirish  va  ularning  natijalari  asosida  tanqidiy  yondashgan  tarzda 
mustaqil  holda  materialni  ifoda  etish,  ishonchli  xulosa  va  takliflar  qilish;  yozma 
ko’rinishdagi ishlarni to’g’ri rasmiylashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish. 
  Referat  ustida  ishlash  tartibi:  mavzuni  tanlash;  mavzu  bo’yicha  asosiy  manbalarni 
o’rganish;  zaruriy  materiallarni  konspektlashtirish;  tadqiqot  rejasini  tuzish;  yig’ilgan 
materiallarni tartibga solish va yozish; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish; 
referatni rasmiylashtirish. 
  Referatni rasmiylashtirish tartibi: A4 shakldagi qog’ozga 12-shrift, 1,5 interval, qog’ozning 
bir  tomonida  chapdan  –  2,5  sm,  o’ngdan  –  1,5  sm,  yuqori  va  pastdan  –  2  sm  xoshiya 
qoldiriladi; matn sahifalariga tartib raqami beriladi, 1-titul varag’i, 2-reja, 3-betdan boshlab 
sahifalanadi; 
referat hajmi 20-25 betdan oshmasligi lozim. 
  Referat matnini rasmiylashtirish tartibi: titul varag’i; ish rejasi; kirish; asosiy qism (kamida 
3 ta banddan iborat bo’lishi lozim); xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; ilova (jadval, 
diagramma, grafik, rasm, sxema va hokazo). 
1.3.7.    Ta’lim  umumiy  shakllari:  jamoaviy,  guruh  bo’lib,  yakka  tartibda  (frontal,  zveno, 
individual). 
1.3.8. Ta’lim usullari:  
  an’anaviy usullar (og’zaki, amaliy, ko’rgazmali, kitob bilan ishlash, video va audio usullar);  

 
18
  aniq  maqsadli  usullar  (bilimlarni  egallash;  malaka  va  ko’nikmalarni  shakllantirish; 
bilimlarni  qo’llash;  ijodiy  faoliyat;  mustahkamlash;  bilim,  malaka  va  ko’nikmalarni 
tekshirish); 
  idrok  etish-bilish  faoliyati  xarakteriga  ko’ra  usullar  (tushuntirish  –  illyustrativ  (axborot  – 
reseptiv); reproduktiv; muammonli bayon qilish; qisman ijodiy (evristik); tadqiqiy); 
  didaktik  maqsadli  yo’naltirilgan  usullar  (ilk  bor  bilimlarni  o’zlashtirish;  egallangan 
bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish). 
1.3.9.  Yangi  pedagogik  va  innovasion  texnologiyalar  uslublari:  «Ma’ruza»,  «Tanishuv», 
«Tushunchalar  tahlili»,  «Zinama-zina»,  «Charxpalak»,  «Bumerang»,  «Rezyume»,  «Muammo», 
«Labirint»,  «Blis-so’rov»,  «Fikr,  sabab,  misol,  umumlashtirish  (FSMU)»,  «Skarabey», 
«Yelpig’ich»,  «Muloqot»,  «Yozma  bahs»,  «Kuzatish,  bahslashish,  ishontirish  (KBI)», 
«Munosabat»,  «Tashviqot  guruhi»,  «Amaliyotda  jamoaviy  ijodiy  ishlar»,  «Ssenariy  (sahna)», 
«Ishontirish  maktabi»,  «Kelishuv  va  ziddiyat»,  «Uchlik  -  samarali,  axloqiy,  nazokatli  (SAN)», 
«Tushuntiruvchi,  talqin  qiluvchi  (germenevtik)»,  «Aniq  vaziyat,  hodisa  (keys-stadi)»,  «Haqiqiy 
vaziyatlarni o’yin qilib ko’rish (simulyasiya)», «Taqdimot», «Olmos», «Jadvallar», «Kungaboqar», 
«3x4»,  «6x6x6»,  «Muzyorar»,  «Yumaloqlangan  qor»,  «Fikrlar  hujumi»,  «Aqliy  hujum»,  «Kichik 
guruhlarda  ishlash»,  «Insert»,  «Tarmoqlar  (klaster)»,  «Bahs-munozara»,  «Davra  suhbati»,  «Davra 
stoli»,  «Kim  ko’p,  kim  tezroq»,  «Kim  chaqqon,  kim  topqir»,  «Kuchsiz  halqa»,  «Loyiha»,  «To’rt 
pog’onali», «So’qrot suhbati», «Tanqid qilishni o’rganing», «Iyerarxiya», «Boshqaruv», «Murabbiy 
va jamoa» va hokazo.  
1.3.10.  Ta’lim vositalari: 
  matnli vositalar (o’quv dastur; darslik; o’quv qo’llanma; elektron darsliklar va qo’llanmalar; 
uslubiy  qo’llanma  va  ko’rsatmalar;  tarqatma  materiallar;  imtihon  va  nazorat  variantlari; 
testlar va hokazo); 
  tasvirli vositalar (fotosuratlar; eskiz; chizma; sxema; ramziy tasvir; reja jadvallar; simvollar; 
diagrammalar; grafiklar; slaydlar va hokazo); 
  audio-video  vositalar  (videofilmlar;  kompakt  disklar;  audio  va  video  kassetalar;  tasvir  va 
matnni  yozish  va  saqlash;  doskalar  (oq  doska,  flipchart  doska,  pinbord  doska); 
videomagnitafon; kamera; kompyuter va hokazo); 
  modelli vositalar (asbob-uskunalar; stanoklar; yarim tayyor va tayyor mahsulotlar). 
1.3.11.    Didaktik  tamoyillar  tizimi:  ilmiylik,  qulaylik,  izchillik,  uzviylik,  nazariyaning 
amaliyot  bilan  bog’liqligi,  onglilik,  faollik  va  mustaqillik,  ko’rgazmalilik,  mustahkamlik,  guruh 
qilib  o’qitish  hamda  unda  individual  yondashishni  qo’shib  olib  borish,  o’qitishning  tarbiyalovchi, 
rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi xarakteri, o’qitishning kasbiy yo’naltirilganligi.  

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling