Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti huquqshunoslik fakul
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
dastlabki tergovda protsessual xujjatlarning oziga hos xususiyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Normativ-huquqiy hujjatlar
- III. Maxsus adabiyotlar
- IV. Internet sahifalari
68 XULOSA Jinoyat-protsessual huquqiga oid ilmiy-nazariy va yuridik adabiyotlarni, bu boradagi sud-tergov amaliyotini hamda statistik ma`lumotlarni tahlil qilish asosida dastlabki tergov organlari protsessual hujjatlarini va ularni tuzishni takomillashtirish yuzasidan taklif va xulosalarga kelindi: 1. Jinoyat protsessual hujjat deganda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan qonun bilan o’rnatilgan protsessual shaklga rioya qilgan holda ish uchun ahamiyatga ega faktik ma`lumot yoki qarorlar mustahkamlangan hujjat tushuniladi. 2. Dastlabki tergovdagi protsessual hujjat deganda dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxsning jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan harakat hamda qarorlari protsessual shaklga solingan holda ifodalangan protsessual hujjat tushuniladi. 3. Protsessual hujjatlashtirish deganda vakolatli shaxslar tomonidan, jinoyat- protsessual qonunchilik qoidalariga asoslangan, jinoyatlarni ochish va odil sudlovni amalga oshirish maqsadida, protsessual harakatlar va qarorlarni, shuningdek, jinoyat ishi bo’yicha tergovning butun jarayoni va natijalarini jinoyat-protsessual hujjatlarda yoritilishiga qaratilgan faoliyat tushuniladi. 4. Ayblov xulosasi deganda dastlabki tergov natijalari asosida chiqariladigan, ishning holatlari har tomonloma va to’la o’rganilganligi hamda ishdagi dalillar etarligini tasdiqlovchi tergovchining ichki ishonchiga asoslangan ayblov fikri, xulosalari bayon etiladigan protsessual hujjat tushuniladi. Ayblov xulosasi shaxsga hamda ayblov predmetiga nisbatan sud muhokamasi doirasini belgilaydi, ayblanuvchiga sud muhokamasiga ishtirok etish uchun o’z vaqtida tayyorlanish imkonini berib, dastlabki tergovning barcha materiallarini tizimlashtiradi. Ayblov xulosasi ob`ektiv bo’lishi, yuridik asoslangan bo’lishi shuningdek, stilistik va grammatik talablarga to’liq javob berishi kerak. 5. Protsessual harakatlarda bayonnomalarni tuzish bilan bog’liq normalar takomillashtirilishi bayonnomalarni tuzishni yanada osonlashtirishga va unga nisbatan qonunchilik talablarini yanada aniqlashtirishga xizmat qilishini xiobga
69 olgan holda JPKning 90-moddasiga quyidagi mazmundagi 4-qismni quyidagicha qo’shicha kiritishni taklif qilinadi: “Tergov harakatlari bayonnomalari tergov harakatini o’tkazish jarayonida yoki uning tugashi bilanoq tuziladi. Bayonnomalar qo’lda yoki texnik vositalarni qo’llash orqali tuzilishi mumkin.” 6. Qayd etishning ilmiy-texnika vositalaridan foydalanishning samaradorligini oshirish va tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish maqsadida JPKning 91- moddasini yangi tahrirda bayon etish taklif etiladi: “Dalillarni qayd etish uchun bayonnoma tuzish bilan bir qatorda ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvir, fotosuratga tushirish, qoliplar tayyorlash, nusxalar olish, rejalar, sxemalar tayyorlash va axborotni aks ettirishning boshqa usullari qo’llanilishi mumkin. Ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish vositalari shuningdek gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohning talabiga ko’ra qo’llanilishi mumkin. Surishtiruvchi, tergovchi, sud dalillarni mustahkamlashning bu
usullarini qo’llanishga ko’maklashish uchun
mutaxassislarni jalb etishi mumkin. Tergov harakati boshlanishidan oldin ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish vositalari qo’llanilishi haqida ishtirokchilar xabardor qilinadi. Ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish vositalari qo’llanilgan tergov harakati tugaganidan so’ng ishtirokchilarga yozib olingan ovoz qo’yib eshittiriladi, videoyozuv, kinotasvir ko’rsatiladi. Fonogramma, videoyozuv, kinotasvir yuzasidan bildirilgan qo’shimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, e`tirozlar fonogramma, videoyozuv, kinotasvirga kiritiladi. Ovoz yozish, videoyozuv yoki kinotasvirga olish ishtirokchi- larning uning to’g’riligini tasdiqlovchi fikrlari bilan tugatiladi. Surishtiruvchi, tergovchi, sud tomonidan dalillarni qayd etishning qanday usullari qo’llangani, foydalanilgan apparatlar, asboblar, uskunalar, materiallarning texnikaviy tavsifi keltirilib, tegishlicha tergov harakati bayonnomasi yoki sud majlisi bayonnomasida aks ettiriladi.
70 SHu bilan birga, ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish bilan o’tkazilgan tergov harakati bayonnomasida ovoz yozish, videoyozuv yoki kinotasvirga olish qo’llanilganligi, bu haqda ishtirokchilar xabardor qilinganligi, texnik vositaning tavsifi, ovoz yozish, videoyozuv, kinotasvirga olish sharoiti, agar to’xtalishlar bo’lgan bo’lsa uning qancha vaqt davom etgani va sababi, yozib olingan ovoz, videoyozuv, kinotasvir ishtirokchilarga qo’yib eshittirilganligi, ko’rsatilganligi va ular tomonidan yozib olingan ovoz, videoyozuv, kinotasvir to’g’risida bildirilgan qo’shimchalar, tuzatishlar, fikr-mulohazalar, e`tirozlar qayd etiladi. Fonogramma, videoyozuv, kinotasma ish materiallarida saqlanadi va dastlabki tergov tugaganidan so’ng muxrlanadi. Tergov harakatining faqat ma`lum bir qismini ovozini yozib olish, videoyozuv yoki kinotasvirga tushirishga va oldin berilgan ko’rsatmalarni ovoz yozib olish, videoyozuv yoki kinotasvirga tushirish uchun takrorlashga yo’l qo’yilmaydi. Fonogramma, videoyozuv, kinotasma boshqa tergov harakati jarayonida qo’yib eshittirilsa yoki ko’rsatilsa bu haqda tegishli tergov harakati bayonnomasida belgilab qo’yiladi. Ish materiallari bilan tanishtirishda fonogramma, videoyozuv, kinotasvir ayblanuvchi va uning himoyachisiga, iltimosnoma bildirilganda protsessining boshqa ishtirokchilariga qo’yib eshittirilishi yoki ko’rsatilishi mumkin. Tergov yoki sud harakatining borishi va natijalari aks ettirilgan fotosuratlar, fonogrammalar, videoyozuvlar, kinotasvirlar, qoliplar, nusxalar, rejalar, sxemalar va boshqalar bayonnomaga ilova qilinadi. Har qaysi ilovada tergov yoki sud harakatining nomi, o’tkazilgan joyi, sanasi ko’rsatilgan izohlovchi matn bo’lishi lozim. Bu izohlovchi matnni surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida surishtiruvchi yoki tergovchi va xolislar, sudda esa, raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi o’z imzolari bilan tasdiqlaydilar.”
71 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI I. Rahbariy adabiyotlar: 1.1. Karimov I.A.O’zbekiston demokratik taraqqiyotining yangi bosqichida. T.: O’zbekiston, 2005. - 32 b. 1.2. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – Toshkent: O’zbekiston, 2005. – 96 b. 1.3. Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – Toshkent: O’zbekiston, 2005. – B. 46-47. 1.4. Karimov I.A. O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. – T.: O’zbekiston, 2007. - 34-b. 1.5. Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. – Toshkent: Ma`naviyat, 2008. – 176 b. 1.6. Karimov I.A.O’zbekiston Konstitutsiyasi – biz uchun demokratik taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir. – Toshkent: O’zbekiston, 2009. – 32 b. 1.7. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – Toshkent: O’zbekiston, 2010. – 80 b. 1.8. Karimov I.A. Bizning yo’limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir // Prezident Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasi. – “Inson va qonun” gazetasi. – 2011 yil 8 dekabr’. 1.9. Karimov I.A. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so’zlagan nutqi. – “Xalq so’zi” gazetasi. – 2012 yil 17 mart. II. Normativ-huquqiy hujjatlar: 2.1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 12.
72 2.2. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi. – T.: Adolat, 2010. 2.3. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – Toshkent: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, 2012. -384 b. 2.4. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar. Mas`ul muharrir: prof. G’.A. Abdumajidov. – T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 950 bet. 2.5. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi organlari faoliyatini tashkil qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar va Bosh prokurorning buyruqlari to’plami. – T., 2006. - 428-b. 2.6. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari to’plami. 1991- 2006. 2 jildli. – T.: Adolat, 2006. Birinchi jild. – B. 62. 2.7. O’zbekiston Respublikasining “Prokuratura to’g’risida (yangi tahriri)” 2001 yil 29 avgust Qonuni // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 2001 yil. 9-10-son. 168-modda. 2.8. O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida (yangi tahriri)” 2001 yil 14 dekabr’ Qonuni // O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 2002 yil. 1-2-son. III. Maxsus adabiyotlar: 3.1. Abdumajidov G’. Jinoyat-protsessual qonunchiligi, uni takomillashtirish – zarurat. Huquq va burch ijtimoiy-huquqiy jurnal. 2009. №4. 52-bet.; 3.2. Abdurahmonov U.A. Dastlabki tergovda rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar va ularga sharh. –T.: TDYUI, 2007. 317 bet.; 3.3. Abdurahmonov U.A., Bazarova YU.B. Dastlabki tergov va sud boqichlarida rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar va ularga
sharh. –T.: TDYUI, 2010. 388 bet.; 3.4. Davletov A.J. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi asosida jinoyat protsessining surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida tuziladigan protsessual hujjatlar (talablar va tuzilish tartibi). Uslubiy qo’llanma. T., 1995. 8-b.; 3.5. Davletov A.Dj. Prokurorskiy nadzor: Uchebnik.–Nukus, 1999.–169-b.
73 3.6. Dastlabki tekshirishda jinoyat ishini qo’zg’atish va ehtiyot chorasini tanlash to’g’risidagi protsessual aktlar. Mualliflar jamoasi. T., 1985. B. 6 . 3.7. Jinoyat protsessi: (Maxsus qism). YUridik institut va fakul’tetlar talabalari uchun
darslik. Z.F. Inog’omjonovaning umumiy tahriri ostida. -T.: TDYUI nashriyoti, 2008. 382 bet. 3.8. Jinoyat protsessi: (Umumiy qism). YUridik institut va fakul’tetlar talabalari uchun
darslik. Z.F. Inog’omjonovaning umumiy tahriri ostida. -T.: TDYUI nashriyoti, 2008. 596 bet. 3.9. Jinoyat protsessi. Darslik. Z.F. Inog’omjonovaning umumiy tahriri ostida. T., 2007. B.382. 3.10. Jinoyat protsessi: (Maxsus qism): YUridik oliy o’quv yurtlari va universitetlarining yuridik
fakul’tetlari uchun talabalari uchun darslik (Z.F. Inog’omjonovaning umumiy tahriri ostida).-T.: “Adolat” 2008. ; 3.11. Jinoyat protsessi: (umumiy qism). YUridik oliy o’quv yurtlari va universitetlarining yuridik fakul’tetlari uchun talabalari uchun darslik (Z.F. Inog’omjonovaning umumiy tahriri ostida).-T.: “Adolat” 2008. ; 3.12. Inog’omjonova Z.F. Jinoyat ishlari bo’yicha protsessual hujjatlar. –T.: TDYUI nashriyoti, 2009. 414 bet. 3.13. Inog’omjonova Z.F.; Abdurahmonov U.A. Jinoyat ishlari bo’yicha protsessual hujjatlar. T:. 2007. 19-b.; 3.14. Inog’omjonova Z.F., To’laganova. G.Z. Jinoyat protsessi muammolari. O’quv qo’llanma./ yu.f.d., prof Abdumajidov G’.A. umumiy tahriri ostida. –T.: TDYUI nashriyoti, 2006. –B. 340. 3.15. Inog’omjonova Z.F., To’laganova G.Z. “Jinoyat-protsessual huquqi” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma. –T.: TDYUI nashriyoti, 2010. 441 bet. 3.16. Inog’omjonova Z.F., To’laganova G.Z. “Jinoyat protsessi” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma. –T.: TDYUI nashriyoti, 2008. 401 bet. 3.17. Inomjonov SH.X. Dalillar nazariyasi muammolari. O’quv qo’llanma. / yu.f.d., prof. G’.A. Abdumajidovning tahriri ostida. -T.: 2006 yil. –B. 25.
74 3.18. Mustafoev S. O’zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorligi // Zamonaviy xalqaro munosabatlar va O’zbekiston Respublikasida islohotlarning dolzarb muammolari: Ilmiy–amaliy konferentsiya materiallari to’plami. – Toshkent, 2007. – B. 60–64. 3.19. Muhammadiev A.A. Dalillar nazariyasi muammolari. YUridik oliy o’quv yurtlari va universitetlarining yuridik fakul’tetlari talabalari (magistrantlari) uchun darslik (yu.f.d., prof. Z.F. Inog’omjonovaning umumiy tahriri ostida). –T.: TDYUI nashriyoti, 2008. –B.39; 3.20. Po’latov YU.S., Xidoyatov B.B. Surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart- sharoitlarni aniqlash va ularni bartaraf etish. O’quv qo’llanma. – T.: TDYUI, 2007. – B. 30-31. 3.21. Raxmonqulov A.X. Ichki ishlar organlarida dastlabki tergov. Darslik. – T.: - Uz.R. IIV Akademiyasi, 2005. 80-b.; 3.22. SHodiev G’. Jinoyat ishlarini sudga qadar yuritish bosqichida sud nazoratining ob`ekti sifatida shaxsning huquq va erkinliklarini cheklovchi tergov harakatlari // Sud-huquq islohotlari: hozirgi holati va takomillashtirish istiqbollari. Ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. – Toshkent: TDYUI, 2007. - B. 132. 3.23. Esanov M.G., Obidov M.H., Alaev SH.P. Tergovchi (tergovchining kasbiy sifatlari, protsessual huquq va vakolatlari, ayrim tergov harakatlarini o’tkazish usullari va dastlabki tergov protsessual hujjatlari na`munalari) M.A. Mirzaevning umumiy tahriri ostida. – T: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi, 2011. – 680 b. 3.24. O’zbekiston Respublikasi yuridik entsiklopediyasi. –T.: Adolat. 2009. – B. 655-656. 3.25. Huquqni muxofaza qilish
organlari / M.X. Rustamboev, E.N. Nikiforova va b.; Z.F. Inog’omjonovaning umumiy tahriri ostida. –T.: O’kituvchi, 2005. - 495 b.
75 IV. Internet sahifalari 4.2.
Internet sayti:http://www.elib.org.ua/internationallaw/ua 4.3.
http://www.lex.uz
4.4. http://www.tsil.uz
4.5. http://www.norma.uz
4.6. http://www.juristlib.ru
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling