Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonida yangi korxonalarni tashkil etish
Q = D
s * D u * D iv Bu yerda, Q – korxonaning ishlab chiqarish quvvati; D s
D u – vaqt birligidagi bir dona dastgohning unumdorligi; D iv – dastgohlarning ishlash vaqti; Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) tsexlar quvvati bilan, tsexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma (normativ) lari;
uskunalarning ishlash vaqti fondi;
ishchilar soni;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va xilma-xilligi). Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
58
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir tsexlarda (yig’uv, quyuv va boshqa tsexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga asosan hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ilg’or hamda progressiv bo’lishi talab qilinadi. Korxona bosh bo’g’inining (asosiy tsexining) ishlab chiqarish quvvati quyidagi formula asosida hisoblanadi:
t maks M F n M Bu erda: M -tsex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish quvvati; n - tsex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni; F maks –bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat; M t –bosh uskunada mahsulot tayyorlashning progressiv mehnat sig’imi, soat.
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini aniqlaydi. Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab topiladi. Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 59
12 12 2 1 n М n M Mn M l v r.yil
o'
Bu erda: M o’r.yil
– korxonaning o’rtacha yillik quvvati; M n – korxonaning yil boshidagi quvvati; M v – yil mobaynida kiritiluvchi quvvati; M l – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat;
n 1 , n 2 – ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni.
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlari balansini tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va ularni ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi. Uskunalardan intensiv foydalanishni yaxshilash uchun korxonaning texnika va texnologiyasini takomillashtirish, mashinalarning ish tezligini oshirish, metal qo’yishga, kimyoviy jarayonlarga sarflanadigan vaqtni qisqartirish, shuningdek, kadrlar malakasining texnikaviy saviyasini oshirish, korxonalarni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish va hamkorlik asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish zarur.
17
17 Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti:O’quv qo’llanma. – T.:O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2004 yil.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling