Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki muammo va echimlar
61
1991 yilda O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng o’zbek xalqi o’z mustaqilligini saqlab qola oladimi yoki yana mustamlakachilikning yangi ko’rinishlariga xos hayot kechiradimi, degan dilemmani kun tartibiga qat’iy qilib qo’ydi. Eng muhimi mustaqillik sharoitida migratsiya kabi jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini, tendensiyalarini ilmiy tahlil qilish va prognozlashtirish juda qiyin vazifa. Ijtimoiy–siyosiy hayotdagi tadrijiy uzluksizlik va o’zgarishlar doimo inson resurs lari va ularning mobilliklariga bog’liq bo’lib kelgan. Prezidentimiz I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy qatlamlarni, tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi-osoyishtaligi, xalq farovonligi g’oyasi atrofida jipslashtirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Bu milliy rivojlanishning istiqbollarini kafolatlaydi. Buning asosiy omili, umumiy nuqtasi- mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarni: millatidan, irqidan, diniy e’tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy mavqyeidan, qaysi partiyalarga mansubligidan qat’iy nazar, umummillat manfaatlarini ifodalaydigan istiqlol g’oyalari ularning ishonch va e’tiqodidan joy olishi hamda shu g’oya asosida birlashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish, mamlakatimizda demokratik, adolatli- huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo’lib qolmoqda. Zamonoviy axborotlashgan jamiyatda texnika, texnologiya, aloqa
kommunikasiyalari shu darajada takomillashib ketdiki, uni harakatga keltiradigan inson omili ko’pincha bu jarayonlardan ortda qolmoqda. Bu ayniqsa, an’anaviy qadriyatlar nisbatan saqlanib qolgan jamiyatlarda yaqqol ko’zga tashlanadi.
XX–asrning 90–yillaridan boshlab ijtimoiy–gumanitar fanlar tizimida, inson omili rivojlanishi va uni boshqarish borasida yangicha yondashuvlar vujudga kelayotganini kuzatish mumkin. Ya’ni, zamonaviy jamiyatda «inson omili» tushunchasiga bo’lgan qarashlar tizimi o’zgardi. Yuqori sur’atlarda kechayotgan axborot asri kishilardagi umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabatlarni 62
o’zgartirishni taqozo qilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, «inson omili» tushunchasiga yangicha ilmiy munosabat tizimini yaratishga ehtiyojni kuchaytirmoqda. Shu bois malakaviy bitiruv ishida migratsiya jarayonlarining xarakteri va dinamikasi biografik uslublarni qo’llash asosida o’rganilib, muammoning tarixiy, sotsial va iqtisodiy jihatlari tahlil qilindi. Olingan natijalar O’zbekiston davlati demografik, ijtimoiy-sotsial siyosatining istiqboldagi holatini belgilashga doir dasturni ishlab chiqishda tayanch ma’lumotlar vazifasini o’tashi mumkin.
Butun dunyoda kechayotgani kabi, bugungi kunda MDH davlatlarida, xususan O’zbekiston hududida ham yangi sotsial muammolarning vujudga kelishi, «migratsiya» jarayonlarining intensivlashuvi kuzatilmoqda. Bu esa, o’z navbatida urbanizasiya jarayonlarining mutanosib tizimli rivojlanishini o’zgartirib yubordi, aholining turmush tarzida yangi mental xususiyatlarni vujudga keltirdi, kishilarning tafakkur tarzi hamda ijtimoiy–ruhiy kayfiyatlarida o’ziga xos burilishlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Malakaviy bitiruv ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot natijalaridan quyidagi metodologik va amaliy tavsiyalarni berish mumkin: O’zbekistonning xalqaro migratsiya jarayonidagi mavqyeini kuchaytirishga doir qonuniy–huquqiy asoslarni mustahkamlash, xususan «Migratsiyada ishtirok etuvchilar va migrant maqomi to’g’risida» Qonun qabul qilish; O’zbekiston aholisining migratsiyaga oid ma’lumotlar bankini tashkil qilish, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi huzurida migratsiya jarayonlarini o’rganuvchi ilmiy tadqiqot markazini tashkil etish; Migrantlarning huquqlari, burchlari, majburiyatlari, mas’uliyati haqida ommabob nashrlarni ko’paytirish va tarqatishni yo’lga qo’yish. Mahalliy o’z–o’zini boshqarish organlari migrantlar bilan doimiy ishlashlari, ularning harakatlanishini nazorat qilishi, ro’yxatga olishi va kerakli maslahatlarni berish yuzasidan kerakli chora–tadbirlarni amalga oshirishlari muhim amaliy ahamiyatga ega.
Ish o’rinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari iqtisodiyotning alohida korxonalarini qo’llab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirishga yo’naltiriladigan O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hamda byudjetdan 63
tashqari jamg’armalar mablag’laridan. alohida muhim investisiya loyihalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining rekonstruksіya qilish va rivojlantirish jamg’armasi mablag’laridan, korxonalar mablag’laridan. shu jumladan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqqa oid imtiyozlarni qo’llash natijasida qoladigan mablag’lardan, aholining xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish va olib borishga mo’ljallangan mablag’laridan, chet el investisiyalari, tijorat banklarining kreditlaridan iborat bo’ladi. Hozirgi zamon O’zbekiston jamiyatining mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo’nalishlari: ta’lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma’naviy-ma’rifat, adabiyot va san’at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integrasiyalashgan kompleks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi: Birinchidan, uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo’ygan edi. Ikkinchidan, shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy- institusional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko’nikish effektini» vujudga keltirib: bo’ysinuvchanlik, qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib aytganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum faqat jamiyat unga zo’rlab bo’ysindirilgani uchungina emas, balki jamiyat zo’rlik yo’li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi». 62
qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g’oyaviy emansipasiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi. Xulosa
qilib aytganda, mustaqillikka erishgandan keyin milliy
qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy taraqqiyot uchun ma’naviy muhitni yaratib bermoqda. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosi g’oyaviy barkamollik uchun oziq bo’lmoqda, lekin, shuni ham aytish kerakki, bizning
62 Бжезинский З. Коммунизм талвасаси. //Жаҳон адабиёти. 1997 й. №6 , - Б. 161. 64
tariximizga mahliyo bo’lib, kelajakni unitishga haqqimiz yo’q. Tarixiy tajribalardan saboq olish, undan xulosalar chiqarish milliy g’oyani, jamiyat mafkurasi sifatida xalq ishonchi va e’tiqodiga aylantirish uchun zarur. Shuning uchun ham I.A.Karimov: «Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi» 63 deb ta’kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu milliy g’oyaga ishonch va e’tiqodni mustahkamlaydigan negiz-poydevordir. Mana shulardan kelib chiqqan holda, O’zbekistondagi migratsion jarayonlarni tadqiq etishning quyidagi obektiv sabablari va sharoitlari aniqlandi.
63 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Биз ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т.7.-Т.: «Ўзбекистон», 1999. – Б. 153. |
ma'muriyatiga murojaat qiling