Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta
Qalamtasvirda tasvirlash vositalari va ularni ishlatish haqida tushuncha
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
qalam tasvirda manzara ishlash va uni oqitish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug`lik
- 1.4. Tasvirlashni asosiy qonun- qoidalari va ahamiyati. Perspektiva qonuni.
- "Tabiatdagi
1.3. Qalamtasvirda tasvirlash vositalari va ularni ishlatish haqida tushuncha. Bo‘lajak tasviriy san'at o‘qituvchilarini tayyorlashda, qalamtasvir mashg'ulotlarining, amaliy jihatlarini o‘rgatish bilan bir qatorda, uning nazariy asoslari ham puxta o‘qitilishi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun qalamtasvir mashg'ulotlari qator aniq predmetlar asosida olib boriladi. Ulardan asosiysi – perspektiva va plastik anatomiyadir. Bularsiz talaba eng oddiy vazifani ham to‘g'ri bajarishi mushkul. Perspektiva qonuniyatlarini bilmay turib, u buyumning fazoviy holatini aniq topa olmaydi yoki odam plastik anatomiyasi borasida aniq bilimga ega bo‘lmasdan, inson qomati va portretini chiza olmaydi. Yorug' va soya qonuniyatini yaxshi tushunib yetmagan talaba tasvirlanayotgan buyum tusi, hajmi va materiallik xususiyatlarini aniq tasvirlashning uddasidan chiqa olmaydi. Buyumlarni tasvirlash san'ati, boshqa aniq fanlar kabi, fikrlab chizilayotgan narsani chuqur tahlil etib, uni so‘z orqali emas, turli tasvirlash vositalari bilan, obrazli qilib yaratishni taqozo etadi. Tasviriy san'at ustasi va rus pedagoglaridan biri P.P.Chistyakov aytganidek, tasvirlash – fikrlash demakdir. U shogirdlariga doimo bunday deb ta'kidlagan: “Hech qachon fikrlamay rasm chizmang, har doim oldingizga maqsad qo‘ygan holda gapirib tasvirlang, bu yerdan–bu yergacha”. So‘z – tasvirlanayotgan buyumni tahlil qilib, to‘g'ri chizishda eng muhim jihatlardan biridir. U chizuvchida fikr yuritib tasvirlash odatini shakllantiradi. Ma'lumki, tasviriy san'at atrof–muhitni keng va atroflicha o‘rganish natijasida, aniq fanlar kabi, tabiatni ilmiy jihatdan tahlil etish orqali o‘rganiladi. Shuning uchun bo‘lajak tasviriy san'at o‘qituvchisi tabiatni qanchalik ko‘p sevsa va kuzatib o‘rgansa, u tasvirlash sohasida shunchalik yuksak natijalarga erishishi mumkin.
23
Uyg'onish davrining buyuk rassomlari tabiatni ilmiy tahlil qilib, uni asosli o‘rganganlar va o‘z asarlarida ishonarli tasvirlaganlar. Jumladan, Leonardo da Vinchi, Alberti va Dyurerlar inson tanasi a'zolarining har bir bo‘lagini aniq o‘lchamlarda o‘rganib, o‘z tasvirlarida amalda qo‘llaganlar. (3–rasm) Ular inson qomati yoki portretini tasvirlashdan oldin uning tuzilish xususiyatlarini, xuddi anatom tadqiqotchidek, asosli o‘rganganlar va natijada jahonga mashhur san'at asarlarini yaratganlar. Qalamtasvir mashg'ulotlarida buyumlarning hajmini to‘g'ri va haqqoniy tasvirlash, oddiy qalamda amalga oshiriladi. Rangtasvirdan farqli o‘laroq, bu vazifa ancha mushkul bo‘lib, talabalardan qalamtasvir borasida ko‘plab amaliy mashqlar bajarishni talab etadi. Shuning uchun, talabalar turli hajm va shaklga ega buyumlarning yorug' va soyalarini tasvirlayotganda buyumlarning hajmi va shakli asosida ish yuritishi taqozo etiladi. Bunda talaba buyumga tushayotgan yorug', soya, yarim soyalarni, yengil chiziqlar bilan bir tekisda chizishga va chiziqiar tortishda ularni dona–dona bajarishga e'tibor berishi kerak. Buyumga yorug'lik qanchalik tik tushsa, uning tasviri shunchalik yaqqol ko‘rinadi. Aksincha, chetdan tushayotgan yorug'lik buyumga umumiy tarzda urilib, bajarilayotgan tasvir xiraroq bo‘lishiga olib keladi. Yorug'lik bir buyumdan urilib (sinib), ikkinchisiga va uchinchisiga tiishishi mumkin. Bu hol tasvirlanayotgan buyumlardagi yorug' va soyalar majmuasini tashkil etadi. Ular quyidagilardan iborat: a). yorug`lik; b). soya; s). yarim soya; d). aks; e). yaltiroqlik. Yorug`lik– quyosh yoki sun'iy yoritgichning buyum yuzasiga tik tushuvchi nuridir. Soya – buyumlarning yoritilgan qismining orqa tomoni (teskarisi), yorug'lik nurlari tushmagan yeri. 24
Bunday soyalar shaxsiy soya deb ham yuritiladi. Tasvirlashda tushuvchi soyalar ham kuzatiladi. Ushbu soyalar buyumlarning biri ikkinchisini to‘sishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday soyalar buyum tekisligiga, (stol, pol, yer va hokazo) hamda buyumlarning biridan ikkinchisiga ham tushishi mumkin. Buyumga qiyaroq tushuvchi yorug'lik, ularda yarim soyalarni tashkil etadi. Yarim soyalar, asosan, yorug'lik va shaxsiy soyalar oralig'idagi qismda joylashadi. Shuning–uchun soyalar bir xil to‘q tusda bo‘lmaydi.Buyumlarning hajmlarini soya va yarim soyalar orqaligina to‘g'ri tasvirlash mumkin. Buyumlarga urilish natijasida qaytib, boshqasiga
tushuvchi yorug'liklar aks yorug'likni hosil qiladi. Aks yorug'lik predmetlarning bir–biridan qanday masofada joylashganiga ko‘ra kuchli yoki kuchsiz bo‘lishi mumkin. Lekin hech –qachon aks yorug'lik buyumlarga tik tushuvchi yorug'likka nisbatan koichli bo‘lmaydi. Buyumga yorug'likning tik tushishi natijasida esa yaltiroqlik hosil bo‘ladi. Bu holat shisha, chinni, temir, sopol va yorug'likni qaytarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa ko‘pgina buyumlarda kuzatiladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, o‘quv qalamtasvirida yorug' va soyalar qalamda yengil chiziqlar (shtrix) bilan amalga oshiriladi. Yorug' va yarim soyalarda chiziqlar tasvirlanayotgan buyumning xarakteri va yorug'likning tushish yo‘nalishi bo‘yicha dona–dona, aniq bo‘lishi kerak. Bunday ishlangan tuslar buyumlarning konstruktiv tuzilishini yanada yaqqol ko‘rsatadi. Aksincha, buyumning soya qismlarida chiziqlar quyuqroq, bir–biriga yaqin (birlashib ketgan) bo‘lishi kerak. (11–rasm) Geometrik shakllarni tasvirlashda ularning tuslariga e'tibor berish darkor. Oldingi qatordagi buyumlar aniq chiziqlar bilan chizilsa, 2– va 3– qatordagi buyumlar chizuvchidan uzoqroqda joylashganligi hisobiga umumiy tarzda tasvirlanadi. Bu, o‘z navbatida, buyumni haqqoniy (fazoyiy perspektiva qonuniga asosan) tasvirlashda g'oyat muhimdir. 25
Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, buyumning hajmi asosida ishlash – buyumni to‘laqonli hajmli tasvirlash omilidir. Pala–partish, duch kelgan tomonga chiziqlar tortish qo‘yilgan maqsadga erishishga to‘sqinlik qiladi. (12,13, 14–rasmlar.) Buyumlarning hajmini chizishda chiziqlarni tortish ketma–ketligiga rioya qilish kerak. Qalamni qog'oz sirtida bir xil kuch bilan bosganda chiziqlar orasidagi masofalarning teng bo‘lishiga e'tibor berish – buyumni to‘g'ri chizishda katta ahamiyatga ega. Dumaloq (sferik) hajmga ega bo‘lgan buyumlarni chizishda chiziq tortish ellips shaklida bajariladi. (15– rasm.) Sferik buyumning eng quyuq soya joylari uning ekvatoriga yaqinlashgan joyida bo‘ladi. (16–17–18–rasmlar.) Shuni doimo yodda tutish kerakki, shakllarning yorug' va soya uchrashgan(yaqinlashgan) qismida soyalar to`q bo`ladi. (12– rasm.) Yorug'–soya qonu–niyatlari tasvir–lashchda aniqlikni talab etadi. Fizik olimlarning tadqi–qotlari shuni ko‘rsat–diki, yorug'lik buyum va narsalarga rna'lum hajmlar qonuniyati asosida tushadi. Talaba quyida– gilarni doimo o‘z tasviriy faoli– yatida bilishi va qo‘llashi lozim: a). yorug'hk manbaiga yaqin turgan buyumda yorug' va soyalar har doim kuchlidir; aksincha, buyum yorug'lik manbaidan uzoqlashgan sari, soya – yorug' kuchlari ham umumiylashib,xira ko‘rinadi. Buyumlar tasvirda aniq bo‘lishi uchun yorug'lik manbaiga yaqin turganlarini keskin yorug' soyalar orqali bajarish, uzoqda joylashgan buyumlarni esa umumiy tarzda chizish tavsiya etiladi; (13– rasm.) b) buyumning turni to‘sishi natijasida u yoki bu tekislikka tushuvchi soya har doim shu buyumning o‘z soyasiga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun tus jihatdan to‘q bo‘lgan buyumni yorug'likning to‘silishi natijasida tushuvchi soya bilan solishtirish va tushuvchi soyani to‘qroq tasvirlash kerak. Yuqoridagilardan ko‘rinib turib– diki, bo‘lajak tasviriy san'at o‘qituv– chisi tasvirlashning texnik jihatlari bilan bir qatorda, uning nazariy tomonlariga ham e'tibor berishi lozim. O'tmishda usta rassomlar tabiat– dagi yorug'–soya qonuniyatini izchil kuzatganlar va o‘zlarining amaliy ishlarida muvafaqqiyat bilan qo‘llay bilganlar. 26
Jumladan, Leonardo da Vinchi shunday deydi: «To‘q tusli buyumda hosil bo‘luvchi aks yorug'lik doimo ochroq tusdagiga nisbatan aniq va yaqqol ko‘rinadi». Ba'zi tasviriy san'at amaliyotchilarining fikricha, tasviriy faoliyatdagi ilmiy asoslar talabaning ijodiy yo‘nalishiga to‘sqinlik qilar va salbiy ta'sir ko‘rsatar emish. Ularning ta'kidlashicha, agar talaba tasvirlashning ilmiy jihatlari asosida ma'lum vazifani bajarsa, tasvir ham bir xil darajada bo‘lar ekan. Ushbu tushuncha noto‘g'ri ekanligini quyidagi misolda ko‘rsatib o‘taylik. Talabalar natyurmort qalamtasvirini boshlang'ich bosqichidan to oxirigacha pedagog nazoratida, uning bevosita ko‘rsatmalari orqali bajarsalar ham, vazifa tugal holatga kelganda har bir ish chizish uslubi va emotsional jihatlari bilan bir–biridan keskin farq qiladi. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, qalamtasvir mashg'ulotlarini o‘tishda ayrim pedagoglar qalamtasvirning ilmiy asoslariga, perspektiva qonunlariga, plastik anatomiya va yorug ` –soyalar nazariyasiga yetarli e'tibor bermaydilar. Oqibatda talabalar ushbu qonun–qoidalardan bexahar qoladilar va amaliy vazifalar puxta bajarilmaydi. (14– rasm.) Oliy o‘quv yurti o‘qituvchisining asosiy vazifasi – talabalarga mutaxassislik fanlari: rangtasvir, haykaltaroshlik, xalq amaliy san'ati va aynigsa, qalamtasvir borasida amaliy hamda nazariy bilim berib, umumta'lim maktablari uchun yuqori malakali mutaxassis o‘qituvchilar tayyorlashdir. Qalamtasvir mashg'ulotlari uchun maxsus o‘quv xonasi (ustaxona) bo‘lishi lozim. Bu ustaxona muayyan talablarga javob berishi zarur. Model tusini yaxlit ko‘rishga xalaqit bermasligi uchun, quyosh nuri o‘quv xonasining o‘ng yoki chap tomonidan tushishi maqsadga muvofiq. Qalamtasvir uchun mo‘ljallangan o‘quv xonasining devorini och kulrangga, shiftini oq rangga bo‘yash tavsiya etiladi. Bunday xonada naturaning soyasi yaxlit ko‘rinadi. Mashg'ulotlarda natura yonidan (chap yoki o‘ng) yoki yuqoridan 27
yoritilsa, buyumlarning shakli aniq ko‘rinadi. Maxsus elektr yoritgichlar (safit) turli tusdagi soya – yorug' berish imkoniyatini yaratadi. Qalamtasvir ishlash uchun maxsus ish qurollari zarur. Barcha kurslarda talabaning amaliy mashg'ulotlar bajarishida, ular zaruriy ashyolar hisoblanadi. Ular quyidagilar: qog'oz, qattiqligi va yumshoqligi turlicha bo‘lgan turli grafik qalamlar, guash va akvarel bo‘yoqlar, yumshoq va yassi shakldagi mo‘yqalam, o‘chirg'ich, rasm taxtasi (planshet) va molbert. Rasm chizishda qog'oz asosiy material hisoblanadi. Qog'oz, albatta, oppoq, yetarli darajada qalin va pishiq bo‘lishi kerak. Ulardan eng yaxshisi – "vatman" deb nomlanuvchi qog'ozdir. Akvarel bo‘yog'ida ishlash uchun vatman qalin vayuzasi g'adir–budur bo‘lishi kerak, agar yupqa bo‘lsa, u suvni tez shimib olib, ivib ketadi, natijada bo‘yoq yoyilib ketadi. Shu bilan birga "yarim vatman" qog'ozini ham qo‘llash mumkin. Hozirgi kunda ko‘plab qog'oz turlari mavjud. Qog'oz kashf etilgunga qadar odamlar yaproqlar, g'ishtlar va g'or devorlari, toshlarga rasm chizishgan. Qadimgi Misrda papirus yaproq– lariga chizishgan. Qadimgi Pergam davlatida hayvon terisi qog'oz o‘rnini bosgan. U "pergament" deyilgan. Lekin bunday "qog'oz"lar juda ham qimmat bo‘lgan, chunki bitta kitob uchun kamida bir necha yuz mol terisi ishlatilgan.(30-rasm) Qog'oz II asrda xitoyliklar tomonidan kashf etilgan. Bu qog'oz matoning mayday bo‘laklaridan tayyorlangan. Hozirda esa qog'oz maxsus qog'oz fabrikalarida ishlalb chiqariladi. Oddiy qora qalam. Hozirgi kunda oddiy qora qalamning juda ko‘pturlari mavjud. O'rtacha yumshoq qalamlardan tortib, juda qattiq qalam turlari mavjud. Bular; "T", "2T", "N", ; '2N", "M", "2M", "3M" yoki V, T, 2T, M, 2M, N, 2N, NV, V, 2V va boshqalar. Tarixga nazar tashlasak, ibtidoiy davrda odamlar g'orlarga, tog'–u toshlarga turli tasvirlar chizganini ko‘rish mumkin. Ular biron–bir uchli, qattiqroq narsa bilan g'or devorlarihi tirnab, turli shakllarni yasashgan.
28
Taraqqiyot tufayli rasm chizish asbob–uskupalari ham takomillashib bordi. Oddiy qora qalam ham shular jumlasidan. XVI asrda Angliyada grafit konidan topilgan tayoqchalarda rasm chizib ko‘rishgan, shunda ular qog'oz yuzasida juda nafis va chiroyli chiziqlar tushira olish xususiyatiga ega ekanligi ma'lum bo‘lgan. Oddiy qora qalam XVII asrning oxirida fransuz olimi N.Kante tomonidan kashf etilgan. “T” harfi bilan belgilangan qalaanlar "Tвёрдый"– qattiq degan ma'noni anglatadi. Odatda gips buyumlarga rasm chizshda qattiq qalam qo‘llaniladi. "M" belgisi "Mягкий"– yumshoq degan ma'noni bildiradi va undan ko‘proq xomaki chiznialar yoki kompozitsiya eskizlari tayyorlashda foydalaniladi.
ishlatiladi. Ko‘mir tayoqchalarini uy sharoitida ham tayyorlasa bo‘ladi. Ko`mir tayoqchalarini tayyorlashning oddiy usuli quyidagicha: buning uchun tok yoki atirgulning qizarib, yaxshi pishgan novdasidan 5–10 tasi bo‘yiga 10–12 santimetr (diametri 8–9 millimetr) qilib kesib olinadi. Biron mahsulotdan bo‘shagan temir idish(banka)ni olib, ichini yaxshilab tozalab, quritib qo‘yamiz. Bu idish ichiga tok novdalarini tik holatda joylab, idishni qum bilan to‘lg'azamiz. Og'zini loy bilan qalinroq qilib suvab, kichikroq bir teshikcha qoldirish shart. Keyin tandir yoki o‘choq oloviga qo‘yib, qizdiramiz. Gho‘qqa bo‘y harohar ko‘mib qo‘ysak ham bo‘ladi. (30– rasm)Temir idish qizishi davomida qoldirilgan teshikchadan olovsimon ko‘kish tutun chiqa boshlaydi. Ko‘kish tutun tugashi bilan idishni olovdan (cho‘g'dan) olish kerak. Tayyorlangan ko‘mir qalamcha bilan qog'oz yuzasiga tasvir tushirish mum– kin. Tasvir o‘chib ketmasligi uchun ozgina shakar eritilib, qog'ozdagi tasvir ustiga yengil purkaladi. Shu narsani unutmaslik kerakki, tok qalamchalari juda zich holda joylashishi kerak. Ularning hammasini bir–biriga zich qilib bog'lab qo‘ysa ham bo‘ladi. Ota–bobolarimiz bunday qalamchalardan kulolchilik ishlarida foydalanishgan. Rossiyada esa oq qayin daraxtining shoxchalaridan foydalanishadi. Zavodlarda esa 3000° issiqlikdagi havosiz joyda 3 soatdan 5 soatgacha qizdirish orqali ko‘mir qalamchalari tayyorlanadi.
29
(o‘simlik yoki minerallarning mayih qilib yanchilgan kukuni) va bog'lovchi modda–olcha yelimi, glit– serin va ozroq asal bo‘ladi. Akvarel bo‘yog'i nafisligi va rangining tiniq– ligi, yorqinligi, uyg'un ko‘rinishi bilan ajralib turadi, hatto, bir rangning ustidan ikkinchisi surilganda ham avvalgi rang sezilib turadi va qo‘shi– lish natijasida yangi rang hosil bo‘ladi.
singari tiniq emas. Guash bo‘yoq– lari ishlatilganda (bir rangning usti– dan boshqasi berilganda) avvalgi sur– til gan rang butunlay ko‘rinmaydi. Gu ash bo‘yog'i tez quriydi, ammo qu– yoshda ko‘proq tursa, uning rangi xiralashib qoladi.
lamlardan foydalanish kerak. Ular yumaloq va yassi shaklda bo‘lib, olmaxon, bo‘rsiq, suvsar, quyon, tuya kabi hayvonlarning mo‘ynalaridan tayyorlanadi. Sifatli mo‘yqalam ho‘llanganda qillari bir joyga yig'ilib, konussimon holatga keladi. Yumaloq mo‘yqalam, akvarel bo‘yog'ida foydalanniladi, yassi shakldagisi esa guash bilan ishlashda qo‘llaniladi. O'chirg'ich– Rasm chizishda yordamchi va ortiqcha chiziq va shtrixlarni o‘chirish uchun yumshoq oqish o‘chirg'ichlar ishlatiladi. Yumshoq o‘chirg'ichning sifati, qog'oz yuzasidagi qalam izlarini shikast yetkazmay o‘chirishi bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda o‘chirg'ichlarning turlari juda ko‘p. Rasm chizganda ko‘proq ko‘kimtir va oq tusdagilari ishlatiladi. Qizg'ish tusdagi o‘chirg'ichlardan tasvir chizganda foydalanilmaydi, chunki uning tarkibida "qumqog'oz" parchalari bo‘lib, qog'ozni titib yuboradi. Keraksiz chiziqlarni o‘chirishda o‘chirig'ichni qattiq bosmaslikka, iloji boricha o‘chirg'ichdan kamroq foydalanishga odatlanish lozim. Oq o‘chirg'ich qattiqroq bo‘lsa, yumshatish uchun uni 2–3 kun mobaynida, kerosin yoki benzinga solib qo‘yish kerak. So‘ng o‘chirg'ich qaynagan issiq suvga solinsa, yumshoq holatga keladi. Ish jarayonida o‘chirg'ichni doim qo‘lda ushlab o‘tirish yaramaydi, chunki qo‘l terlashi oqibatida, o‘chirg'ich namlanadi va o‘chirishda 30
rasmga shikast yetadi. Akvarel bo‘yog'i bilan ishlash uchun rasm tayyorlashda iloji boricha o‘chirg'ichdan kamroq foydalanish maqsadga muvofiq. Planshet–Talabalarga rasm chizish uchun maxsus planshet tayyorlashni va vatman qog'ozni ho‘llab tortishni o‘fgatish lozim. Tayyorlangan yarim vatman qog'oz o‘lchami planshetga nisbatan 2–3 sm kattaroq bo‘lib, chetlari buklanadi. Buklangan tomonlaridan tashqari, qog'ozning ichki qismi mo‘yqalam yoki bir parcha paralon bilan ho‘llab chiqiladi. Qog'oz suvni o‘ziga tortganidan so‘ng, u planshet ustiga qo‘yiladi va quruq buklangan tomonlari PVA yelimi bilan reykalarga yopishtiriladi hamda quritiladi. Tajaba molbert oldida qanday o‘tirishi, hamda qalamni qanday ushlashi kerakligi rasmda ko‘rsatilgan. Molbert oldida egilmasdan, qalam ushlab turgan qo‘lni, bukmasdan to‘g'ri o‘tirish talab etiladi. Qog'oz yuzasida qo‘lni bukmasdan buyumni tasvirlash ancha qulay. Iloji boricha xotirjam bo‘lish va yengil harakat qilib, buyumdan ko‘zni uzmagan holda tasvirlash zarur. Qalam asosa uch barmoq bilan ushlanadi. Uni ushlagan vaqtda erlkin ushlashga qo‘lni o‘rgatish kerak. (30–arasm). Qalamni qattiqroq yoki bo‘shroq bosish orqali har xil chiziqlarni chizish mumkin. Tasvir chizganda qalamni bo‘shroq ushlash kerak. Qalam uchi tasvir chizishga tayyorlanganda, uning grafit qismini 5–6 mm, yog'och qismini esa 15–20 mm qilib yo‘nish kerak. Chunki bunday yo‘nilgan qalam chiziqlarning aniq–ravshan ko‘rinishiga yordam beradi. 30– a rasmda yumshoq qalamlarni ushlash yo‘llari ko‘rsatilgan. Bunday usul rasm chizish uchun eng maqbulidir. Qalamtasvir mashg'ulotlari uchun maxsus o‘quv xonasi (ustaxona) bo‘lishi lozim. Bu ustaxona muayyan talablarga javob berishi zarur. Model tusini yaxlit ko‘rishga xalaqit bermasligi uchun, quyosh nuri o‘quv xonasining o‘ng yoki chap tomonidan tushishi maqsadga muvofiq.
31
Perspektiva qonuni. Tasvirlanayotgan buyum, ushbu buyum qaysi tomonidan tasvirlanishidan qat'iy nazar (uzoqdan, yaqindan, yuqoridan, pastdan, to‘g'ridan yoki chekkadan), chizuvchiga o‘zgarib ko‘rinadi. Masalan, (16–rasm) kubni u yoki bu tomonga burib, uning tomonlari perspektiv o‘zgarib ko‘rinishini kuzatamiz. 19–rasmda temir o`li relslari, simyog'ochlar va kenglikdagi boshqa shakllarning bizdan uzoqlashgan sari kichrayib, bir nuqtada tutashini ko‘rishimiz mumkin. Hayotda o‘zaro parallel bo‘lgan relslar hech qachon to‘qnashmasalar–da, perspektiva qonuniga birioan, ular bizdan uzoqlashgan sari kichrahib, bir nuqtada tutashishini (18–rasm )ko`rishimiz mumkin. Hayotda o`zaro paralel bo`lgan relslar hech qachon to`qnash– masalar–da, perspektiva qonuniga birioan, ular bizdan uzoqlashgan sari bu holatni kuzatishimiz mumkin. Bu perspektiva qonuniga asosan sodir bo`ladi. Buyumlarni tekislikda haqqoniy tasvirlashda rassom perspektiva qonuniga bevosita murojaat qiladi. Bu holatni shunday ta'riflash mumkin: "Tabiatdagi barcha buyumlar qanday shaklga ega bo‘lmasin, perspektiva qonun va qoidalariga bo‘ysunadi". Perspektiva qonunlarini mukammal o‘rganib, har qanday buyumning ko‘rinar va ko‘rinmas tomonlarini to‘g'ri tasvirlash mumkin. Perspektiva qonunlarining asosiy xususiyati shundaki, buyumlar qanday kattalikda bo‘lmasin, chizuvchidan uzoqlashgan sari va tekislikda qanday joylashganiga qarab perspektiv qisqaradi. O'z navbatida, perspektiva qonuni haqqoniy tasvirlash “ alifbo"laridan bo‘lgan "surat tekisligi", "buyum tekisligi", "ko‘rish maydoni", "ko‘rish nuqtasi", "ufq chizig'i" kabi qonuniyatlar bilan chambarchas bog'liqdir. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling