Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta
Elektr bilan yoritish, yorug’lik kattaliklari va ularni o’lchaydigan birliklar
Download 0.69 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba
2.2. Elektr bilan yoritish, yorug’lik kattaliklari va ularni o’lchaydigan birliklar
Eletr bilan yoritish maqsadida elektr lampalari ishlatiladi. Elektr lampalari bir necha xil bo’ladi: cho’g’lanish, lyuminessent, gaz bilan yoritiladigan va maxsus lampalar. Elektr lampalarida xosil bo’ladigan issiqlik energiyasi yorug’lik energiyasiga aylanib, yorug’lik oqimini hosil qiladi. Yorug’lik oqimining o’lchov birligi – lyumen (qisqacha lm) deb ataladi. Lyumen miqdorini quydagi misollardan tasavvur qilish mumkin: yozda yer satxining xar bir kvadrat metriga quyoshdan tushadigan yorug’lik oqimi 10000 lm ga teng bo’ladi: 220 v kuchlanishli va quvvati 100 vt ga teng bo’lgan cho’g’lanish lampasi 1000 lm yorug’lik oqimi hosil qiladi. Elektr lampalarning yorug’lik oqimi har tarafga tarqalishi mumkin. Elektr lampalari yoritish armaturasining ichiga o’rnatilsa, lampaning yorug’lik oqimini kerak bo’lgan tamonga yo’naltirish mumkin. Yorug’lik oqimining zichligi yorug’likning kuchi deb ataladi. Yorug’likning kuchi qancha ko’p bo’lsa nur tushayotgan joy shuncha ko’p yoritiladi. Yorug’likning kuchi svera sv (sham) bilan o’lchanadi. Bir kvadrat metr joyga tushayotgan yorug’lik oqimining miqdori lyuks deb ataladi va shu joyning yoritilish darajasini belgilaydi. Elektr lampa hosil qilayotgan yorug’lik oqimining shu lampa ista’mol qilayotgan elektr quvvatiga bo’lgan nisbati lampaning yorug’lik berish darajasi deb ataladi va lm/vt bilan o’lchanadi.
Lampalar elektr tarmog’iga doimo parallel qilib ulanadi. Lampa qanday kuchlanishga belgilangan bo’lsa , faqat shunday kuchlanishli tarmoqqa ulanishi kerak. Aks holda lampa kuyadi yoki yaxshi yoritmaydi. Lampa ulangan tarmoqning kuchlanishi qisman o’zgarib tursa, lampaning ko’rsatgichlari ham sezilarli darajada o’zgaradi. Kuchlanishning o’zgarishi natijasida cho’g’lanish lampalarida ro’y beradigan o’zgarishlar
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling