Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, badiiy grafika va mehnat ta
II-Bob. O’quv ustaxonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash usullari
Download 0.69 Mb.
|
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti musiqa, ba
II-Bob. O’quv ustaxonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash usullari
2.1. O’quv ustaxona binolariga elektr kiritish Past kuchlanishli elektr sim yo’llaridan tushirilgan simlar binolarga devor yoki tomga o’rnatilgan kronshteynda (traversadan) bo’g’ot orqali kiritiladi. Binolarga kiritilgan simlar ikki qismdan iborat bo’ladi: Biri ustundan devorlrga o’rnatiladigan izlyatorgacha yoki tomlarga o’rnatiladigan kronshteyngacha bo’lgan qismi» Ikkinchisi izolyatordan yoki kronshteyndan boshlanib binolarning ichidagi taqsimot shchitiga o’rnatilgan saqlagichlargacha bo’lgan qismi: Binolarga simlar tomdagi kronshteyndan tushiriladigan bo’lsa, ustundan kronshteyngacha tortilgan sim tomdan kamida 2 metr baland qilib o’rnatiladi. Ikkinchi qismi esa tom va bo’g’ot orasidan o’tgan yaxlit po’lat truba ichidan o’tkazilishi lozim. Simlar binolarga devor orqali kiritilganda, simlarning birinchi qismi, ya’ni ustundan devordagi izolyatolargacha bo’lgan qismi, 10 m dan uzun bo’lmasligi kerak. Shuningdek bu sim ko’chaning transport qatnaydigan qismidan o’tmasligi shart. Qoidaga ko’ra simlarning ustunga ulanadigan joyi yerdan kamida 5,5 m va devordagi izolyatorga bog’lanadigan joyi 2,75 m balanda bo’lishi kerak. Bordiyu bu shartlarni bajarishning iloji bo’lmasa, unda elektr kiritiladigan binoning yoniga maxsus qo’shimcha ustun o’rnatish lozim. (Jadvallar) Tashqi provodka simlari orasidagi masofa
Simlar parallel tortilganda izolyatorlar orasidagi masofa (mm hisobida)
Asosiy ustunda keladigan simlar bu ustunga yerdan kamida 3,5 m balanda ulanadi.Simlarning binoga tushiriladigan qismi izolyasiya qilingan bo’lishi lozim. Binolarning ichida izolyasiyali simlar ishlatiladi.Izolyasiyali simlarni binoning ichida ikki usulda ochiq yoki yopiq qilib o’rnatish mumkin.Elektr kiritiladigan binoning xarakteriga va bino ichidagi provodkaning bajaradigan vazifasiga ko’ra o’rnatiladigan simlarning markasi ham , ko’ndalang kesimi ham xar xil bo’ladi.
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling