Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 0.49 Mb.
Pdf просмотр
bet3/6
Sana16.03.2020
Hajmi0.49 Mb.
1   2   3   4   5   6

 

 

1.3  Oilada,  maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  va  umumiy  o’rta  ta`lim 

muassasalarida huquqiy ta’lim-tarbiya. 

 Oilada huquqiy tarbiya tarbiyaning asosiy tarkibiy qismidir. Inson turmushi, 

oila  a’zolarining  va  ijtimoiy  hayotning  ishonchli,  barqaror,  mustahkam  bo’lishi 

huquqiy  ta’lim–tarbiya  bilan  uzviy  bog’liq.  Oilada  maqsadli  huquqiy  tarbiyani 

tashkil  qilmay,  inson  turmushini,  oila  a’zolarining  hozirgi  va  kelajak  hayotini 

davom ettirish qiyin. 

Bu  borada  Mirzo  Ulug’bekning  olti  asr  avval  inson  hayotida  huquqiy 

tarbiyaning ijtimoiy, amaliy ahamiyati haqida «Ilm ila o’z haq–huquqi sari intilish 

bandasi uchun farzdir va bu hayot ekanmi ani ado etmog’i kerak»,  -deb bildirgan 

fikri  diqqatga  sazavor  va  har  bir  ota–onaga  alohida  ijtimoiy  mas’uliyat,  burch  va 

vazifa yuklaydi. Haqiqatan ham inson o’z murod, maqsadiga erishish uchun faqat 

bilimli bo’lishning o’zi yetarli emasligini hozirgi oila va ijtimoiy turmush ko’rsatib 

turibdi.  Shuning  uchun hozir  insonlar,  xususan  bolalar  bilimli  bo’lish  bilan  birga 

o’z haq–huquqini himoya qilish bo’yicha aqliy jihatdan rivojlangan bo’lishi shart. 

Ammo o’zbek oilalarida bolani huquqiy tarbiyalashda muammolar mavjud. Ba’zi 


25 

 

ota-onalarning  befarqligini  ta’kidlash  joiz.  Bunday  holga  chek  qo’yish  oila  va 



ijtimoiy hayotning obyektiv ehtiyoji, talabi bo’lib qolmoqda. Demak oilada bolani 

huquqiy jihatdan tarbiyalamay, komil insonni shakllantirish mumkin emas. 

Oilada  bolani  huquqiy  tarbiyalash  va  hayotga  tayyorlashni  amalga 

oshirgandan  keyin  oilalar  huquqiy  jihatdan  mustahkam,  iqtisodiy  tomondan 

barqaror  rivojlanish  yo’liga  o’tadi  va  oila  a’zolari  to’q,  faravon  hayot  kechirishi 

ta’minlanadi.  Oilada  bola  huquqiy  tarbiyasini  ro’yobga  chiqarmay  huquqiy 

demokratik  jamiyat,  davlat  qurishni  tasavvur  etish  qiyin.  Xullas  demokratiyani 

oiladan boshlash kerak. 

O’zbekistonda  demokratik  davlatni  qurish,  yurtboshimizning  inson 

kamolotida,  ijtimoiy  hayotda  tutgan  o’rni  va  amaliy  ahamiyati  haqida  Islom 

Karimovning  «Biz  shunchaki  demokratik  jamiyat  emas,  demokratik  odil  jamiyat 

qurmoqchimiz.  Adolat  va  haqiqatga  intilish  xalqimiz  tabiatining  muhim 

fazilatlaridan biridir. 

Adolat  va  haqiqat  g’oyasi  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarini  qamrab 

olmog’i  darkor.  Adolat  va  haqiqat  g’oyasi  qonunchilik  faoliyatimizning  zamini, 

bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari,  mehnat 

va  uy  joy,  nafaqa  va  soliq,  tabiatni  muhofaza  qilish  va  jinoyatchilikka  qarshi 

kurashish masalalari, qo’yingki, hayotimizning hamma jabhalari ana shu zaminga 

tayanishi  zarur»

2

 -deb  bildirgan  fikri  nafaqat  demokratik  jamiyat  qurish  uchun 



emas,  balki  bevosita  jamiyatning  asosiy  bo’g’ini  bo’lgan  oilaga  ham  taalluqli 

desak  mubolag’a  bo’lmaydi.  Shu  nuqtai  nazardan  yondoshganda  oilada  bolani 

huquqiy  tarbiyalashni  amalga  oshirish  o’ta  dolzarb  pedagogik  ijtimoiy  muammo 

bo’lib qolmoqda va ijtimoiy ahamiyatga ega. 

O’zbekiston  Respublikasi  Oila  kodeksi  “Ota–onalarning  bolalarga  ta’lim–

tarbiya  berishga  oid  huquq  va  majburiyatlari”da  “Ota–onalar  o’z  bolalarini 

tarbiyalash  huquqiga  ega  va  tarbiyalashi  shart.  Ota–ona  o’z  bolalarining  tarbiyasi 

                                                           

2

 

Каримов И.А. Ўзбекистоннинг сиёсий – ижтимоий истиқболининг асосий тамойиллари. Тошкент, 



“Ўзбекистон”, 1995 йил, 13-бет. 

 


26 

 

va  kamoloti  uchun  javobgardir”



3

,  -deb  huquqiy  jihatdan  asoslangan  va  ota–

onalarga ijtimoiy mas’uliyat yuklaydi. 

Konstitusiyaning  oila  bobidagi  moddalar,  O’zbekiston  Respublikasining 

«Bola  huquqlarining  kafolatlari  qonuni»dagi  talablar  oilada  bolani  huquqiy 

tarbiyalashga  pedagogik  asos,  negiz,  poydevor  bo’ladi.  Oilada  bolani  huquqiy 

tarbiyalash  mas’uliyati  ota-onalarga  yuklatiladi.  Buning  uchun  ota–onalar  oilada 

huquqiy  tarbiyaning  maqsad,  vazifasi  haqida  atroflicha  ilmiy  ma’lumotga  ega 

bo’lishi darkor. 

Bakalavrlar  mazkur  ijtimoiy  vazifani  ro’yobga  chiqarish  uchun  ota–ona 

oilada  farzandlarining  istiqbolli,  uzoq  kelajagini  aniq  tasavvur  etishlari  lozim. 

Ya’ni ular bolaning hozirgi va kelajakda ijtmoiy hayotning barcha yo’nalishlarida 

huquqlarini bilishi, uni o’z shaxsiy hayotida qo’llay olishi nimaga yoki bilmasligi 

qanday  oqibatlarga  olib  kelishi  hamda  bola  kamolotida  qanday  o’rin  tutishligini 

bilishlari,  anglashlari  shart.  Agar  ota-onalar  bu  masalaga  e’tiborsiz  bo’lsalar  bola 

hayotida ko’plab muammolar sodir bo’ladi. Bola o’z haq–huquqini bilmaydi, uni 

himoya qila olmaydi, birovlarga tobe bo’lib oxir oqibat u jabr ko’radi va hokazo. 

Bundan  birinchi  galda  bola,  oila  va  jamiyat  katta  moddiy  va  ma’naviy  zarar 

ko’radi.  Bolaning  kelgusida  shunday  ahvolga  tushmasligi  uchun  ijtimoiy  mas’ul 

bo’lgan ota–onalar bola huquq tarbiyasini to’g’ri tashkil qilishlari lozim. 

Agar  ota–onalar  oilada  bola  huquq  tarbiyasini  hozir  aniq,  ravshan  ilmiy 

jihatdan  tasavvur  eta  olmasalar, bola  huquq  tarbiyasi  noaniq,  taxminiy  maqsadsiz 

olib  boriladi  va  natijalari  ham  shunga  yarasha  kechadi.  Har  bir  ota–ona  o’z 

farzandlarining  kamolotini  ko’rishni,  hayotda  o’z  o’rnini,  mavqyeni  topishini, 

baxt–saodatli  bo’lishini  hamda  keksayganda  ular  oldida,  piru–badavlat,  izzat–

hurmatli, ardoqli ota–ona bo’lishni xohlaydi va shunga harakat qiladi. 

Ota–onalarning  asosiy  vazifasi  yuqorida  ta’kidlangan  huquqiy  asoslarga 

tayanib  o’z  farzandlari  tarbiyasining  tarkibiga  huquqni  singdirish  orqali  hayotda 

                                                           

3

 



Ўзбекистон Республикаси Оила кодекси. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1998 йил, 46-47-бетлар. 

 


27 

 

ular  uchun  zarur  bo’lgan  huquqiy  ko’nikma,  malakalarni  tarkib  topdirishga 



erishishdan iborat. 

Bola  huquqlarining  kafolatlari  moddalari  mohiyatini  ota-onalar  uqtirish, 

tushuntirish, hikoya, suhbat, bahs, namuna, o’z–o’zini tarbiyalash, rag’batlantirish, 

jazolash  metodlaridan  o’rinli  foydalanib,  bola  ongini  shakllantirish  eng  to’g’ri 

yo’ldir.  Keyin  bola  ongga  asoslanib  mashqlantirish  metodi  yordamida  huquqiy 

ko’nikma, odatlar tarkib toptiriladi. Masalan, ota yoki ona oila sharoitida o’g’li yo 

qizining jamoat transportida: avtobus, tramvay, trolleybusda tartib qoidalarga rioya 

qilib, o’z haq–huquqini huquqiy jihatdan tushuntirib, o’zini boshqara olishi hamda 

bular buzilsa, o’zini himoya qilish ko’nikmalarini birgalikda mashq qildiradi. Yoki 

bolaga ota–onasi, oila a’zolari oldidagi huquqiy burchi, vazifasi nimalardan tashkil 

topishini  anglatib  borishi  yoki  bozorda  iste’molchi  sifatida  o’z  haq–huquqi 

yuzasidan muomala, munosabatini, xulq–atvorini qanday boshqarish bo’yicha ota–

ona  bilan  birgalikda  ishtirok  etishi  amaliy  ahamiyatga  ega.  Shunday  mashqdan 

keyin  bola  oilada,  bozorda  yoki  jamoat  joylarida  qanday  xatti–harakatni,  xulq–

atvorni  huquqiy  tomondan  to’g’ri  yo  noto’g’riligini,  mumkin,  yo  mumkin 

emasligini,  ma’qul,  yo  noma’qulligini  asta–sekin  anglab  yeta  boradi.  Bolada 

bosqichma–bosqich  huquqiy  ko’nikma,  shaxsiy  tajriba  tarkib  topib,  ortib  oila  va 

ijtimoiy  turmushga  tayyorlanib  boradi.  Shuning  uchun  ham  ota–onalar 

farzandlarining  huquq  tarbiyasi  bo’yicha  aqliy  jihatdan  rivojlanishiga  alohida 

e’tibor qaratishlari ham oilaga, ham jamiyatga birdek naf keltiradi. 

Bizningcha  oilada  ota–onalar  asosan  farzandlarni  huquqiy  tarbiyalashda  va 

hayotga tayyorlashda o’z oila tarbiyaviy faoliyatida uch yo’nalishda ibrat–namuna 

bo’lishlari darkor: 

Birinchidan,  ota–onalarning  bolaga  huquqiy  tarbiya  bo’yicha  bilimi, 

ma’lumoti,  ongi  ya’ni  fikrlashi  jihatidan  ustun  bo’lishi.  Ikkinchidan,  huquq 

bo’yicha  aqliy  ma’lumotini,  ongini  oila  va  ijtimoiy  hayotda  tadbiq  qilish  bilan 

bog’liq bo’lgan huquqiy ko’nikma, malakalarni o’zlarida tarkib topdirmog’i ya’ni 

ularni  mustaqil  bajara  olishlari  juda  muhim.  Uchinchidan,  huquq  bo’yicha  aqliy 



28 

 

ma’lumotni ya’ni fikrini, hosil qilgan huquqiy ko’nikma, malakalarni o’z shaxsiy, 



oilaviy  va  ijtimoiy  hayotida  va  ayniqsa  mehnat  jamoasida  qo’llay  olishi  juda 

muhim. 


Agar ota–onalar oila sharoitida yuqoridagi huquqiy sifatlarni o’zlarida tarkib 

toptirsa,  bolaning  huquq  tarbiyasi  talab  darajasida  shakllanadi.  Ammo  bu  sohada 

o’zbek  oilalarida  muammolar  mavjud.  Mazkur  muammolarni  hal  qilishda 

pedagogika va psixologiya mutaxassislari va ayniqsa oilada ota–onalar o’ta ziyrak, 

faol  hamda  tadbirli  bo’lishlari  maqsadga  muvofiq.  Buning  uchun  ota–onalar  o’z 

bolalarining fe’l–atvorini, huquqiy tarbiyalanganlik darajasini, bu boradagi hozirgi 

zamon  talablarini  va  oila  shart–sharoitini,  oilaning  tarbiyaviy  imkoniyatlaridan 

foydalanishlari lozim. 

O’zbekiston  oilalarida  bolani  huquqiy  tarbiyalash  va  tayyorlashda  ota–

onalarning  tarbiyachilik  faoliyatini  tashkil  qilishni  yanada  yaxshilash  bo’yicha 

Respublikada quyidagi tadbirlarga asosiy e’tiborni qaratishlari maqsadga muvofiq. 

Bular:  Ommaviy  axborot  vositalarida  oilada  bolani  huquqiy  tarbiyalash 

bo’yicha  radio  eshittirishlarini,  oynai  jahon  ko’rsatuvlarini,  internet  axborotlarini 

ota–onalarga moslashtirib tashkil qilishni doimo, uzluksiz yo’lga qo’yish. Gazeta, 

jurnal  sahifalarida  bola  huquq  tarbiyasi  haqida  pedagogik  huquqiy  maqolalarni, 

uslubiy  tavsiyalarni,  ommabop  pedagogik  adabiyotlarni  ya’ni:  «oila»,  «oilada 

bolaning  huquq  tarbiyasi»,  «Konstitusiyani  o’rganamiz»  kabi  yangi  pedagogik 

yo’nalishdagi maqolalarni chop etishga erishish; 

Oilada  bola  tarbiyasi  bo’yicha  mahalla,  tuman,  viloyat  va  respublika 

miqiyosida ilmiy–nazariy konferensiyalar uyushtirish va undagi ma’ruzalarni chop 

etishni yo’lga qo’yish va ota-onalarga yetkazib berish

Ilg’or ota–onalarning huquqiy tajribasini o’rganish va yoyishni radio, oynai 

jahon  eshittirish,  ko’rsatuvlarida  hamda  ularning  hayotini  ifodalovchi  video 

kassetalarni ishlab chiqarishga erishish orqali sotishni tashkil qilish va h.k. 

Yuqoridagi 

tashkiliy 

tarbiviy 

tadbirlarning 

va 

yangi 


pedagogik 

maqolalarning chop etilishiga erishish oilada ota–onalarning huquqiy tarbiyachilik 



29 

 

faoliyatlari  samaradorligini  oshirishga,  takomillashtirishga  zamin  hozirlaydi. 



Shunday  qilib,  oilada  bolani  huquqiy  tarbiyalash  va  hayotga  tayyorlash  komil 

insonni  shakllantirishning,  oilani  barqarorlashtirishning,  mustahkamlashning, 

shuningdek,  mamlakatda  huquqiy  demokratik  davlat  qurishning  tarkibiy  qismi 

bo’lmog’i  lozim.  Chunki  oilada  bolani  huquqiy  tarbiyalamay,xuquqiy  jamiyatni 

qurish mushkul. 

Oila  tarbiya  uchog`i  ekani  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  ham 

o`z ifodasini topgan. Chunonchi, Konstitutsiyaning 64-moddasida «Ota-onalar o`z 

farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar» deb 

yozilgan.  Oilada  ota  onalar  o`z  farzandlarini  inson  qilib  tarbiyalashlari,  ular 

to`g`risida  g`amxo’rlik  qilishlari  shart.  Ana  shu  sababdan  Konstitutsiyamizning 

63-moddasida:  «Oila  jamiyatning  asosiy  bo’g`inidir,  hamda  jamiyat  va  davlat 

muhofazasida bo`lish huquqiga ega» deb tasdiqlangan

4



Maktabgacha ta`lim turida huquqiy ta`lim-tarbiya uch bosqichda olib boriladi: 



1) o`rta yosh (3-4 yosh); 

2) katta yosh (4-5 yosh);  

3) maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh). 

Maktabgacha  ta`lim  yoshdagi  bolalarga  ilk  huquqiy  ta`lim  tarbiya  berishda 

bolalarning  yosh  xususiyatlari  hisobga  olinadi.Huquqiy  qoidalarni  bayon  qilib 

berishda  o`yin  usullaridan  foydalanish  tavsiya  qilinadi.Bolalarga  ilk  huquqiy 

tushunchalarni berish orqali ularning shu davrdagi yoshiga mos qonun-qoidalarga 

rioya  qilish  maqsadi  qo`yiladi  va  mashg`ulotlar  tufayli  ijobiy  natijalarga 

erishiladi.Huquqiy  ta`lim  mashg`ulot  tarzida  bolalarga  tevarak  atrof,  tabiat  bilan 

tanishish,  badiiy  adabiyot,  odobnoma  mashg`ulotlarini  mujassamlashtirib,  har  bir 

yo`nalishni bir-biriga moslab, uzviy ravishda olib boriladi. 

Umumiy o`rta ta`limda huquqiy ta`lim-tarbiya 

Umumiy o`rta ta`limda huquqiy ta`lim-tarbiya uch bosqichda olib boriladi; 

1. boshlang`ich ta`limda (1-4 sinf); 

                                                           

4

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.:”Adolat”2011 yil. 



30 

 

2. umumiy o`rta ta`lim (5-7 sinf); 



3. umumiy o`rta ta`lim (8-9 sinf). 

Boshlang`ich  ta`limda  bolaning  yosh  xususiyati  e`tiborga  olingan  holda  huquqiy 

ta`lim-tarbiya fanlar tarkibida olib boriladi.Xar bir sinfda 10 soatdan vaqt ajratilib, 

o`qituvchi  «Ona  tili»,  «Atrofimizdagi  olam»,  «Odobnoma»,  «O`qish», 

«Tabiatshunoslik»  darslarida  o`tiladigan  mavzular  bilan  bog`lab  huquqiy 

tushunchalar  berib  boradi.  Masalan,  «Ona  tili»  darsida  «O`quvchi  kun  tartibi» 

mavzusida  qoida  tushunchasi,  o`quvchilar  qoidasi  tushuntiriladi.  Huquqiy  nuqtai 

nazardan  qoida  nima  sababdan  o`rnatiladi,  unga  bo`ysunish  majburiyat,  burchligi 

o`rgatiladi. Bola ilk huquqiy terminlarning ma`nosini anglay boshlaydi. Beshinchi 

sifdan  boshlab  yettinchi  sinfgacha  har  bir  sinfda  17  soatdan  dars  soati  ajratilib, 

bolaning  qabul  qilish  layoqati,  yoshi,  fanlarning  murakkablanib  borishi  hisobga 

olingan  holda,  huquqiy  bilim  ham  chuqurroq  o`rgatiladi.  Masalan,  bu  sinflardagi 

o`quvchilar: huquq tushunchasini; inson va fuqarolarning huquqiy holati asoslarini; 

mustaqillik,  davlat  ramzlari  tushunchasini;  mulk  huquqi,  fuqarolik  huquqiy 

munosabatlar  asoslarini;  inson  huquqi,  bola  huquqi;  qonun  va  o`smir; 

huquqbuzarlik tushunchalarini va boshqa huquqiy bilimlarni o`rganadi 

8-9  sinflarda  maxsus  «Huquqshunoslik»  darsi  o`tiladi.Unda  huquqshunoslikdan 

O`zbekiston  davlati  va  huhuhi  bilan  bog`liq  bilim  olinib,  9-  sinfda  O`zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasi  o`rganiladi.Har  bir  sinfda  34  soatdan  dars  o`tilishi 

rejalangan. 

o`qituvchilar  jamoasini  huquqiy  tarbiyalash  lozim.  Respublikamiz  Prezidenti 

I.A.Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida so`zlagan nutqida 

ta’lim_tarbiya isloxoti uning mazmuniga to`xtalib shunday deydi: «Maktablardagi 

jarayonda  o`qituvchi  hukmron.U  boladan  faqat  o`zi  tushuntirayotgan  narsasini 

tushunib  olishni  talab  qiladi.  Prinsip  ham:  «mening  aytganim-aytgan  deganim-

degan


5

».  


                                                           

5

 Jamiyat va davlat boshqaruv jurnali. T: “O’zbekiston”, 2012 yil. 34-b. 



31 

 

 



Huquqiy  ta`lim-  tarbiyada  shaxs  xususiyatlarini  hisobga  olish  lozim.  Shaxs 

xususiyatlari xilma xil bo`lib huquqiy tarbiyalashda ulardan hech birini e’tiborsiz 

qoldirib bo`lmaydi. Masalan shaxsning tabiiy xususiyatlaridan yoshi va jinsini olib 

ko`raylik.  Yosh  o`zgaruvchan  jins  doimiy  bo`lgani  bilan  shaxsning  rivojlanishi 

ko`p  jihatdan  shu  ikki  xususiyat  bilan  belgilanadi  va  ular  o`zaro  chambarchas 

bog`liqdir.  Yoshga  bog`liq  holda  tabiiy  o`zgarish  vujudga  keladi  va  shaxsning 

huquqiy ta`lim- tarbiya elementlariga bo`lgan ehtiyoji ham o`zgaradi.  

 Maktab  jamoasida  o`quvchilarni  huquqiy  tarbiyalashda  yosh  xususiyati  alohida 

o`rin  tutadi.  Quyi  sinflarda  bolalar  ketma-ket  takrorlanuvchi  qisqa  ishlarni  tez 

o`zlashtiradilar.  Ular  bu  yoshda  itoatkor  bo`ladilar  oila  hayotida  maktabda 

ko’chada  uchrab  turadigan  qoidalarni  oson  o`rganadilar.  Masalan  kattalar  bilan 

muomala  odobi  oziq-ovqat  asbob  uskunalarni  tejash  nonni  e’zozlash  va  hakozo. 

Quyi  sinflarda  axloqiy-huquqiy  tarbiya  samarali  bo`lsa  o`quvchilar  yuqori 

sinflarga  o`tganda  ularga  murakkabroq  huquqiy  normalarni  o`rgatish  osonroq 

kechadi.  

Maktablarda  o`smirlarning  huquqiy  tarbiyasiga  alohida  e’tibor  bermoq 

kerak.Bu  yoshda  bolalar  o`zlarini  kattalardek  xis  qiladilar  kattalarga  taqlid  qila 

boshlaydilar  lekin  ularda  bolalik  xususiyati  hali  ancha  saqlanib  turadi.  Ularga 

ko`proq  tartibga  aloqador  qonun-qoidalarni  mulkka  nisbatan  tejamkorlikni 

o`rgatish maqsadga muvofiq bo`lar edi.  

 Yuqori  sinf  o`quvchilari  yoshlar  ayrim  huquqiy  munosabatlar  bo`yicha  muomala 

qobiliyatiga  ega  bo`la  boradilar.  Ular  bilan  yakka  tarzda  ish  olib  borish  ularga 

qonunlarni  mustaqil  o`rganishni  hayotda  qo’lay  bilishni  o`rgatish  bunda  ayniqsa 

fuqarolik  mehnat oila  tabiatni  muhofaza qilish  qonunlariga ko`proq e’tibor berish 

tavsiya  etiladi.  Yoshlar  jamoat  tartibini  saqlashda  ishtirok  etishga  o`rgatilishlari 

zarur. 


 

Sinfdagi tarbiyaviy soat (sinf rahbari soati) – bu ma'naviy tarbiya darsidir. U 

anjuman, ma’ruza, axborot, suhbat, munozara shaklida o`tkazilishi mumkin.  


32 

 

 



Bizning  nazarimizda,  suhbat  (barcha  sinflar  o`quvchilari  uchun)  maktab 

o`quvchilarining huquqiy ta'limida eng samarali usuldir.  

 

Amaldagi  uslubiy  tavsilar  va  to`plangan  tajribaga  amal  qilgan  holda 



o`quvchilarning  I-IV,  V-IX,  X-XI  sinflardagi  huquqiy  ta'lim  jarayonining  asosiy 

qoidalarini bayon qilamiz.  

 

Boshlang`ich  sinflarning  o`quvchilari  “O`rta  umumiy  ta'lim  maktabi 



nizomi”, voyaga yetmaganlarning jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalari, “Ko`cha 

harakati qoidalari”ni o`rganishda huquq haqidagi ilk tasavvurlarga ega bo`ladilar. 

O`quvchilar  “O`rta  umumiy  ta'lim  maktabi  nizomi”  bilan  tanishishda  o`zlarining 

“tirishqoqlik bilan o`qishi, o`zini namunali tutishi, maktab ijtimoiy turmushida va 

ijtimoiy  foydali  mehnatda  faol  qatnashishi,  o`quvchilar  uchun  qoidalarga  amal 

qilishi” shartligini anglab oladilar.  

 

Boshlang`ich  sinflarning  o`quvchilari  uchun  suhbatlar,  odatda,  “Sening 



huquqlaring va majburiyatlaring” mavzuida boshlanadi.  

 

O`quvchilar uchun qoidalar, quyidagi axloqiy-huquqiy mavzularda suhbatlar 



o`tkazish  imkoniyatini  beradi.  I-V  sinflar  uchun:  “Xalq  boyligini  ehtiyot  qiling, 

buyumlarni  avaylang,  tabiatni  muhofaza  eting,  tozalikka  rioya  qiling”,  “O`zingni 

namunali tut” va h.k.  

 

Maktablarda  bunday  mavzularni  o`rganish  yuzasidan  katta  tajriba 



to`plangan.  Masalan  birinchi  sinf  o`qituvchisi  yomon  qiliqlarni  oldini  olish 

maqsadida shunday suhbatlarni o`tkazadi: “Jamoat joylarida o`zingni yaxshi tut”, 

“Yaxshi  va  yomon  ishlar”,  “Ishonchni  yo`qotish  oson,  uni  qozonish  qiyin”, 

“Haqiqatga  tik  qarashga  o`rgan”  va  h.k.  birinchi  sinf  o`quvchilari  shunday 

kinolentalarni  tomosha  qiladilar  va  muhokamadan  o`tkazadilar:  “Qahramonning 

ukasi”  va  boshqalar.  Bu  sinfda  bolalar  gazetalari  va  jurnallaridagi  hikoyalarni 

muntazam  o`qib  boradilar  va  o`quvchilarning  o`zlari  u  yoki  boshqa  ijobiy  yoki 

salbiy qilmishga baho beradilar.  

 

Huquqiy  ta'lim  natijalari  o`quvchilar  ijtimoiy  faolligining  oshishi,  ularni 



o`tmish  sarqitlariga,  loqaydlikka,  xudbinlik,  milliy  ma'naviyat  me'yorlarini 

33 

 

buzishlarga  qarshi  kurashga  jalb  etish  bilan  bog`liqdir.  Boshqa  fanlarga  doir 



darslar  kabi  huquq  darsi  ham  har  xil  mashqllarda  –  dars-suhbat,  dars-ma’ruza, 

dars-seminar, takrorlash-umumlashtirish darslari tarzida o`tkazilishi mumkin

6

.  


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                           

6

O.Karimova. “Huquq ta’limini o’qitish metodikasi” O‘quv qo‘llanma.T., 2012 yil,43-bet. 



34 

 

II BOB BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA XUQUQIY 



TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, SHAKL VA 

METODLARI. 

2.1  Kichik  yoshdagi  o’quvchilarda  dars  jarayonida  xuquqiy  tushunchalarni 

shakllantirishning pedagogik jixatlari.

 

Barcha ta’lim turlari uchun bolalar va o’quvchilarning yosh hususiyatlarini 

hisobga  olgan  holda,  huquqiy  ong  va  madaniyatni  shakllantirishga  qaratilgan. 

Konstitusiyani  o’rganish  bo’yicha  dasturlar,  darsliklar,  adabiyotlar  va  metodik 

tavsiyalar  yaratish  kun  tartibiga  qo’yiladi.  Yuqoridagi  vazifalardan  kelib  chiqib 

umumiy  o’rta  ta’limning  boshlang’ich  sinflarida  10  soatdan  «Konstitusiya 

alifbosi»  va  5-7  sinflarda  «Konstitusiya  olamiga  sayohat»dan  14  soatlik  darslar 

joriy etildi. 

Boshlang’ich  sinflardan  ona  tili,  atrof  olamni  muhofaza  qilish  va  o’qish 

singari  darslarini  o’rganish  tarkibida  o’rganiladigan  bo’ldi.  Bunda  ko’zda 

tutiladigan asosiy maqsad kichik o’quvchilarda huquqiy tasavvur, tushuncha va ilk 

ko’nikmalarni  tarkib  toptirishdir.  Xalqimizda  dunyo  xalqlari  tarixidan  ma’lumki, 

har  bir  millat  va  elatdan  faqat  erkinliklarini  qo’lga  kiritgandan  so’nggina  ravnaq 

topganlar.  Tarixda  «Turon,  Turkiston  va  Movaraunnuxr»  nomi  bilan  mashhur 

bo’lgan  Markaziy  Osiyo,  ayniqsa  O’zbekiston  hududida  ming  yillar  davomida 

yuksak madaniyat gullab yashnadi, qudratli davlatlar mavjud bo’ldi. Ular insoniyat 

tarixida  sezilarli  iz  qoldirdi»,-deb  ta’kidlangan.  I.A.Karimov  haqiqatdan  ham 

hozirgi O’zbekiston hududida avval juda katta qudratga ega bo’lgan davlat mavjud 

edi. Albatta bunday qudrat o’sha davlatning huquq sohasida o’ta rivojlanganligini 

isbotlab  turibdi.Chunki  adolat  va  huquq  hukmron  bo’lmagan  davlat  kuchli  va 

qudratli davlat bo’la olmaydi. Buning haqiqiyligini Amir Temurning tuzuklari ham 

isbotlab turibdi. 

O’z  zamonasida  Mirzo  Ulug’bek  ham  kishilarning  huquqiy  ongi  yuksak 

bo’lishi haqidagi quyidagi fikri «Ilm ila o’z haq-huquqi sari intilish bandasi uchun 

farzdir va u hayot ekan, oni ado etmog’i zarur»,-degan fikri ham isbotlab turibdi. 


35 

 

Insonning  kamol  topishida  ilm  bilan  birga  o’z  haq-huquqini  bilishi  hamma 



zamonlarda  asosiy  hal  etuvchi omil  bo’lib kelgan va bundan keyin ham  shunday 

bo’lib  qoladi.  Hozirgi  davrda  ana  shu  maqsadni  umumiy  o’rta  ta’limning  quyi 

bosqichi  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  zimmasiga  yuklatildi.  Buning  uchun 

o’qutuvchilar huquqshunoslik fanini va O’zbekiston Konstitusiyasini nazariy-ilmiy 

asosda  bilishi  va  o’z  o’quvchilariga  o’rgata  olishi  juda  muhim.  O’qituvchi 

o’quvchilar  ongida  quyidagi  tushunchani  singdirishga  erishmog’i  darkor. 

Qonunchilik-bu  ijtimoiy  hayotning  alohida  tartibi  bo’lib,  uning  asosiy  mohiyati 

qonunning mutloq hukmronlik qilishidadir. 

Yoshlarni  huquqiy  ijtimoiylashtirishimizda  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  1994-yil  13-iyundagi  «Yoshlarni  huquqiy  ta’limini 

takomillashtirishning kompleks dasturi» to’g’risidagi qarorining qabul qilinganligi 

bu asosida maktablar uchun «Huquqiy ta’lim» to’g’risida nizom ishlab chiqilgani 

ham ayni muddao bo’lib, yoshlikdan boshlab berilishi lozim. Bolalar maktabgacha 

tarbiya  muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo’lishi, ma’naviy va 

ba’zi huquqiy me’yorlar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar olishi, kelgusi o’quv 

yili  davomida  bu  bilimlar  kengaytirilishi  va  chuqurlashtirilishi  aniq  ifodalangan 

huquqiy hususiyat kasb etishi zarur. 

Huquqiy  ta’lim  va  huquqiy  tarbiya  muassasalarida,  umumta’lim 

maktablarida  olib  borilishini  nazarda  tutuvchi  me’yoriy  va  o’quv  uslubiy 

mezonlarini  ishlab  chiqish,  tasdiqlash  hamda  yangi  o’quv  fanlarini  joriy  qilish 

demakdir.  Huquqiy  madaniyat  asoslari  haqida  gap  yuritmoqchi  bo’lsak, 

respublikamizda  iqtisodiyot,  siyosat,  davlat  qurulishi,  huquqiy  tizim  va  jamiyatni 

ma’naviy  o’rganish  sohasida  keng  ko’lamli  islohatlar  o’tkazilmoqda. 

O’tkazilayotgan  islohatlarning  qonuniy  zamini  yaratildi.  Ijtimoiy-siyosiy 

hayotning  huquqiy  asoslari  mustahkamlanmoqda  va  takomillashmoqda.  Shu 

munosabat  bilan  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1997-yil  29-

avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish 

milliy  dasturi»  matbuotda  e’lon  qilindi.  Huquqiy  madaniyat-umumiy 



36 

 

madaniyatning  ajralmas  tarkibiy  qismidir.  Insonlar  ongida  shunday  ishonch  qaror 



topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo’lgan va bilimli deb hisoblanadi. Milliy 

dasturning  maqsadi  aholining  barcha  qatlamlari  huquqiy  savodxonlikka 

erishishlari,  yuksak  darajadagi  huquqiy  ongga  ega  bo’lishlari  hamda  huquqiy 

bilimlarni  kundalik  hayotda  qo’llay  olishlari  uchun  huquqiy  madaniyatni 

shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratishdan iboratdir. 

Huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  Milliy  dasturi  qanday  vazifalarni  ko’zda 

tutadi; 

Huquqiy ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirish

Barcha  davlat  organlari,  mansabdor  shaxslar  va  fuqarolarning  qonunga 

hamda huquqi hurmat munosabatda bo’lishga erishish; 

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish; 

Fuqarolarning  ijtimoiy  huquqiy  faolligini  oshirish  singari  ustivor 

yo’nalishlarga  erishishdan  iboratdir.  Mazkur  milliy  dastur  fuqarolarning  huquqiy 

ta’limi  va  huquqiy  tarbiyasi  yuridik  organlar,  bolalar  muassasalari,  boshlang’ich 

ta’lim,  barcha  turdagi  maktab  va  oliy  ta’lim  qatlamlariga  daxldor  bo’lib,  uni 

joylarda, ishlab, o’rganib chiqish va amaliyotga tadbiq etish davrimizning dolzarb 

vazifasidir.  Xalqimizning  huquqiy  madaniyatini  yuksaltirish  davlat  siyosati 

darajasida  ko’tarilishi  lozim.  Bu  Prezidentimizning  hayotiy  kuzatishlari  asosida 

kelib chiqqan xulosasi, dardi va talabidir. 

-Inson  huquqlari  eng  avvalo,  huquqiy  madaniyat,  huquqiy  bilim,  huquqiy 

ongga kelib taqaladi,-deya ta’kidlaydi prezidentimiz Islom Karimov. 

Prezidentimizning  huquq  to’g’risidagi  ma’ruzalariga  odamlarimiz  ongida 

eskicha  psixologiyani  o’zgartirib,  ularda  yangicha  huquqiy  ongni  shakllantirish, 

huquqiy  madaniyatni  yuksaltirish  bugungi  hayotimizning  talabidir.  Ana 

shundagina  mamlakatimizga  huquqiy  demokratik  jamiyat  barpo  etish  mumkin 

bo’ladi. Yoshlarning qonunlarga moslashib borishi, huquqning o’zi nima? Huquqiy 

burch nima? Tushuntirish, yaxshini yomondan, halolni haromdan, pokni-nopokdan 

ajrata  bilishga  yordam  berish  zarur.  O’z  navbatida  huquqiy  bilimga  ega  bo’lgan 



37 

 

inson  huquqiy  madaniyati  shakllana  boshlaydi.  Huquqiy  ta’lim  maktabda 



maktabda uzluksiz olib boriladi. 

Demak biz maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllantirishga poydevor 

yaratishimiz  kerak.  Boshlang’ich  maktabda  esa  shu  vazifani  ilk  tushunchalarini 

tarkib  toptirishga  harakat  qilishimiz  lozim.  Kishi  qancha  keng  qamrovli  huquqiy 

bilimga  ega  bo’lgan  sayin  shu  darajada  madaniyatli  bo’la  boradi.  Bu  borada 

O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim 

oluvchilarning  huquqiy  ta’lim  hamda  tarbiyasini  takomillashtirish»,-zarurligi 

alohida  ta’kidlangan.  Shuning  uchun  huquqiy  ta’lim-tarbiyaning  maqsadi  har  bir 

o’quvchiga  amaliy  faoliyatida  zarur  bo’ladigan  huquqiy  bilimlarni  belgilangan 

davlat  standartlaridan  kam  bo’lmagan  hajmda  olish  imkoniyatlarini  berishdan 

iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni skakllantirishda 

ularga  o’qitiladigan  o’qish,  odobnoma,  onatili,Konstitutsiya  alifbosi  kabi 

fanlarning  ahamiyati  katta.“Konstitutsiya  alifbosi”  kursining  asosiy  vazifasi 

o’quvchilarda  huquqiy  madaniyatni  shakllantirishdan  iborat.  Bunda  eng  avvalo 

o’quvchilar  diqqatini  “huquq”  so’zining  ma’nosini,  inson  huquqlarining 

mohiyatini,  bolalar  huquqlarini,  odamlar  bilan  munosabatda  huquqiy  madaniyat 

me’yorlariga mos munosabatda bo’lish kabi masalalarga e’tibor qaratiladi. 

 Darslar  o’tilishi  davomida  o’qituvchi  jamiyatda  sodir  bo’lgan  voqelikka 

munosabat  bildirishiga  to’g’ri  kelib  qolsa,  mavzudan  kelib  chiqib,  o’zi  lozim 

topgan metodda yoki yo’nalishda dars tuzilishini o’zgartirishi mumkin (mavzular 

ketma-ketligi yoki biron-bir mavzu matni). 

 “Konstitutsiya 

alifbosi”  mashg’ulotlari  orqali  o’quvchilar  O’zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasida  va  boshqa  huquqiy  hujjatlarda  aks  topgan  o’z 

huquqlarini bilishlari, huquqiy madanyatli bo’lish nima uchin kerakligini tushinib 

yetishlari  zarur.  Insonparvarlik  munosabatlari  shakllangan,  madanyati  rivojlangan 

jamiyatdagi  insonlar  o’z  qadr-qimmatlarini  bilishlari,  o’zgalar  huquqini  hurmat 

qilishlari muhimdir. 



38 

 

 Mashg’ulotlarni  o’quvchilar  tez  qabul  qila  oladigan  didaktik  o’yinlar,  rasmlar 



bo’yicha  ishlash,  hikoyalar  yozish,  psixotreninglar,  viktorinalar  kabi  shakl  va 

metodlarda olib borish maqsadga muvofiq.  

 Ko’zlangan  natijalarga  erishish  uchun  o’quvchi  shaxsiga  hurmat  bilan 

qarash muhitini yaratish lozim. Ularda shu yo’l bilan o’z qadrini bilish bilan birga, 

o’zgalar  hurmat  va  ishonchiga  javoban  atrofdagilar  huquqlarini  hurmat  qilish 

fazilatlari  shakllanilishiga  erishiladi.  Dars  davomida  doira  bo’lib  bir-birlariga 

yuzlanib o’tirishlariga imkon yaratish lozim. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling