Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


Ekosistemalarda  modda  aylanmasi  va  uning  maxsuldorligi


Download 450.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana02.01.2022
Hajmi450.64 Kb.
#192030
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ekosistema va ularning tasnifi

         Ekosistemalarda  modda  aylanmasi  va  uning  maxsuldorligi. Ekosistemada 

o‘simliklar  tomonidan  vaqt  birligi  ichida  yaratiladigan  organik  modda  miqdori 

ekosistemaning birlamchi maxsuldorligi deyiladi. Umumiy va sof birlamchi maxsuldorlik 

farq  qilinadi.  O‘simlik  tomonidan  vaqt  birligi  ichida  yaratilgan  organik  moddaning 

umumiy  miqdori  umumiy  birlamchi  maxsuldorlikni  tashkil  qiladi.  Bu  maxsuldorlikning 

bir qismi o‘simlikning hayot faoliyatini ushlab turishga sarflanadi va tanada to‘planadi. Bu 

o‘sishiga  sarflangan  qism  sof  birlamchi  maxsuldorlikni  hosil  qiladi.  Sof  birlamchi 

maxsuldorlik  konsumentlar  uchun  energiya  zaxirasi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Vaqt  birligi 

ichida konsumentlar massasining o‘sishi ekosistemaning ikkilamchi maxsuldorligini hosil 

qiladi.  Ikkilamchi  maxsuldorlik  har  bir  oziq  darajasi  uchun  alohida  hisoblab  topiladi. 

       Ekosistemadagi 

barcha 


organizmlarning 

massasi 


biomassa 

deb 


ataladi. 

          Sof  birlamchi  va  ikkilamchi  maxsuldorlikning  yaratilishi  va  sarflanish  tezligi 

jihatidan  ekosistemalar  turli  tuman  bo‘ladi.  Lekin  barcha  ekosistemalar  uchun  birlamchi 

va ikkilamchi maxsuldorlikning aniq miqdoriy nisbatlari xos. Har doim vaqt birligi ichida 

yaratilgan birlamchi biomassa miqdori oziq darajalarning ketma ketligi bo‘ylab kamayib 

boradi. 


Bu 

qonuniyat 

ekologik 

piramida 

qoidasi 

deyladi. 

          Organik  moddaning  yaratilish  tezligi  har  bir  trofik  darajadagi  organizmlarning 

biomassasini belgilamaydi. Produtsentlar va konsumentlarning  aniq biomassasi shu trofik 

darajada  yaratilgan  organik  modda  va  uning  keyingi  darajaga  berilgan  miqdorlarining 

nisbatiga  bog‘liq.  Bundan  tashqari  biomassa  miqdoriga  organizmlardagi  avlodlar 

almashinish 

tezligi 


ham 

ta‘sir 


ko‘rsatadi. 


19 

 

          Quruqlik  ekosistemalarida  biomassalar  piramidasi  qonuni  amal  qiladi,  ya‘ni 



o‘simliklar  biomassasi  Har  doim  o‘simlikxo‘r  hayvonlar  biomassasidan,  o‘simlikxo‘r 

hayvonlar  

biomassasi 

esa 


yirtqichlar 

biomassasidan 

yuqori 

bo‘ladi. 

          Turli  ekosistemalarda  biomassaning  o‘sish  tezligi  turlicha  bo‘ladi.  O‘rmonlarda 

biomassa  sekinroq  o‘sadi  va  yiliga  2-6%  ni  tashkil  qiladi.  Utchil  o‘simliklar  xukumron 

biotsenozlarda  yillik  maxsuldorlik  40%  dan  76%  gacha  bo‘lishi  mumkin.  Utloklarda 

o‘simliklar tomonidan bir yilda yaratilgan biomassaning 70%i gacha hayvonlar tsmonidan 

iste‘mol  qilinsa,  o‘rmonlarda  bu  ko‘rsatkich  o‘rtacha  10%  ni  tashkil  qiladi. 

          Okeanlarda  asosiy  produtsentlar  bir  xujayrali  suvo‘tlar  bo‘lib,  ularda  avlodlar 

almashinishi  juda  tez. Shuning uchun bir yilda  ular  uz  biomassalariga nisbatan  bir necha 

yuz martagacha ko‘p maxsulot yaratadi. Lekin sof birlamchi maxsulot tezda oziq zanjiriga 

tushadi va suvo‘tlar biomassasi juda kam o‘sadi. Tez ko‘payish hisobiga organik modda 

zaxirasi  doimo  yetarli  bo‘lib  turadi.  Okeanlarda  biomassalar  piramidasi  qonuni  amal 

qilmaydi.  Yuqori  trofik  darajalarda  biomassa  ko‘proq  to‘planadi.  O‘simliklar  biomassasi 

hayvonlar 

biomassasidan 

kamroq 


bo‘ladi. 

Energiya  uzatilishi  yirtqich-o‘lja  aloqalari  orqali  o‘tadigan  Oziq  zanjirlarida  sonlar 

piramidasi  qonuni  ham  amal  qiladi,  ya‘ni  individlar  soni  oziq  zanjiri  bo‘ylab  kamayib 

boradi 


 


Download 450.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling