3. Iqtisodiy zo’ravonlik
Bolalarni moddiy ta’minlashdan bosh tortish orqali jabrlanuvchini o’ziga
batamom bo’ysundirishga erishish, o’z moddiy boyliklarini, ya’ni necha pul
ishlaganligini yashirish va sir tutish, oilaviy mablag’larni yashirib o’z maqsadlarida
ishlatib qo’yish, bozor qilinganda oiladagi farzandlar, xotinning ehtiyojlarini nazarga
olmaslik, ularni inkor etish, ularga harajat qilishni xushlamaslik, ularga qilingan
harajatni benaf ketgan moddiy boylik sifatida qabul qilish (masalan, agar xotini
tarvuzni yaxshi ko’rsa, ataylab tarvuzni sotib olmaslik, yoki faqat ―men buni yaxshi
ko’raman, men uni yaxshi ko’raman‖ deb, aynan mana shu narsalarga sarf-harajat
qilish), xotinini moddiy ta’minlashdan voz kechish, uni pulsizlikda ezish, uning
mablag’siz ekanligini hisobga olgan holda, unga o’zi xohlagan narsalarni ataylab
olib bermaslik, xotini agar bozor qilishsa majbur bo’lsa, tiyin tiyinigacha bo’lgan
harajatlar borasida xisobot berishini talab qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |