58
2.2. - § Tajriba-sinov natijalari
O’zbek oilalarida ota-ona-farzandlar munosabatlarini o’rganish maqsadida
Samarqand viloyati Urgut tumani Ravotxo’ja qishloq hududidan 73 ta to’liq oila
hamda Samarqand shahar Siyob tumani hududidagi Termiz, Sadriddin Ayniy
kuchalarida istiqomat qilayotgan 71 ta to’liq oila tanlab olindi. Bunda tanlab
olingan oilalarda ota-onalarning ma’lumotlariga, hayotiy tajribalariga, ishlab
chiqarishda mehnat bilan shug’ullanishlariga e’tibor berildi.
Ma’lumki, o’quvchi shaxsining intellektual salohiyat kurtaklari oilada,
o’zaro munosabatlar ta’sirida yuzaga keladi. Bugungi kunda ushbu masalaga
qay yo’sinda yondashish ma’qul? Ushbu savolga bizning amalga oshirgan
tadqiqotimiz javob beradi. Tadqiqotning vazifalaridan biri o’zbek oilalaridan
biri ota-ona va farzandlari o’zaro munosabatlarining ijtimoiy va etnopsixologik
xususiyatlarini o’rganishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun biz Ye.Shefer
tomonidan taqdim etilgan «Ota-onalarning ota-onalik roliga» ustanovkasi va
munosabatlar metodikasidan foydalandik. Biroq, bu yerda biz o’rgangan
tadqiqotimiz natijalarini malakaviy ish hajmiga moslashtirgan holda ko’rib
chiqamiz. Bunda ota-onalarning farzandlariga o’z fikrlarini gapirib olish
imkoniyatlarini hamda ularga o’zaro tenglik huquqlarini berishi, ularning
faoliyatini rag’batlantirishi ular bilan do’stona munosabatlar o’rnatishi yoki
bo’lmasa, ular bilan bo’ladigan muloqatdan qochishi kabi holatlar aniqlandi.
Bolaga nisbatan munosabatda demokratiklikning yo’qligi demokratik:
Do'stlaringiz bilan baham: