Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
So’rilish nazariyasi. Dyubua–Reymon (1908) so‟rilishni faqatgina ximik-
fizik jarayoni ekanligi va u osmos, diffuziya va filtrlanish bilan ta‟min etiladi deb taxmin qilgan. Lekin shuni ta‟kidlash kerakki so‟rilish jarayoni faqatgina filtrlanishning natijasi emasdir, chunki kapillyarlardagi qon bosimi 30-40 mm. sim. ust. teng bo‟lsa, ingichka ichaklar yuzasida esa 5 mm. sim. ust. teng, ichaklar qisqarganida uning 10 mm. sim. ust. ortishi mumkin, ammo so‟rilish u ortishi bilan yana ortaveradi. So‟rilish jarayonida diffuziya va osmos va diffuziya qonuniyatlariga qarshi gipotonik eritmalaridan suvni so‟rilishini tushuntirishning imkoni yo‟q. Itlarning izolyasiya qilingan ichagining kesilgan bo‟lagida so‟rilish jarayonini o‟rganishda, ichakning ushbu bo‟lagiga qon kiritilishi shuni ko‟rsatadiki, ichak devorining har ikki tomonida bir xil suyuqlik qon bo‟lishiga qaramasdan ichak ichidagi qon, biroz muddat o‟tganidan keyin so‟rilib ketadi. Ichakka narkotik moddalar ta‟sir ettirilganida so‟rilish vaqtincha to‟xtaydi va ichak to‟qimalari o‟lganidan keyin to‟lig‟icha to‟xtaydi. Bu esa shuni ko‟rsatib turibdiki, so‟rilish faqatgina fizik-ximik jarayon bo‟lib qolmay balki ichaklarning mo‟tadil hayot faoliyatida epitelial hujayralariga xos bo‟lgan fizioligik jarayondir. Buning fiziologik jarayon ekanligini so‟rilish paytida ichaklar epiteliyasida kislorodni iste‟mol qilinishining ortishi va yuzaga keladigan morfologik o‟zgarishlar ham ko‟rsatib turibdi. So‟rilish asab tizimi bilan boshqariladi va shartli reflektor yo‟l bilan o‟zgarishi mumkin. Asab tizimi so‟rilish jarayoniga tomirlar harakatini va ichaklar motorikasini boshqaruvchi nervlar bilan ta‟sir ko‟rsatadi. Adashgan nerv so‟rilishni tezlashtirsa, simpatik, uyat nervlari keskin kamaytiradi. Ayrim ichki sekretsiya bezlari gormonlari (gipofiz, qolqonsimon bez, me‟daosti bezi) uglevodlar so‟rilishini tezlashtiradi. O‟t suyuqligi yog‟larning so‟rilishini faqatgina ichaklarda tezlashtirib qolmasdan, balki me‟dada ham so‟rilishini tezlashtiradi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling