Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/26
Sana21.08.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1668983
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
So’rilish nazariyasi. Dyubua–Reymon (1908) so‟rilishni faqatgina ximik-
fizik jarayoni ekanligi va u osmos, diffuziya va filtrlanish bilan ta‟min etiladi deb 
taxmin qilgan. Lekin shuni ta‟kidlash kerakki so‟rilish jarayoni faqatgina 
filtrlanishning natijasi emasdir, chunki kapillyarlardagi qon bosimi 30-40 mm. sim. 
ust. teng bo‟lsa, ingichka ichaklar yuzasida esa 5 mm. sim. ust. teng, ichaklar 
qisqarganida uning 10 mm. sim. ust. ortishi mumkin, ammo so‟rilish u ortishi bilan 
yana ortaveradi. So‟rilish jarayonida diffuziya va osmos va diffuziya 
qonuniyatlariga qarshi gipotonik eritmalaridan suvni so‟rilishini tushuntirishning 
imkoni yo‟q. 
Itlarning izolyasiya qilingan ichagining kesilgan bo‟lagida so‟rilish jarayonini 
o‟rganishda, ichakning ushbu bo‟lagiga qon kiritilishi shuni ko‟rsatadiki, ichak 
devorining har ikki tomonida bir xil suyuqlik qon bo‟lishiga qaramasdan ichak 
ichidagi qon, biroz muddat o‟tganidan keyin so‟rilib ketadi. Ichakka narkotik 
moddalar ta‟sir ettirilganida so‟rilish vaqtincha to‟xtaydi va ichak to‟qimalari 
o‟lganidan keyin to‟lig‟icha to‟xtaydi. Bu esa shuni ko‟rsatib turibdiki, so‟rilish 
faqatgina fizik-ximik jarayon bo‟lib qolmay balki ichaklarning mo‟tadil hayot 
faoliyatida epitelial hujayralariga xos bo‟lgan fizioligik jarayondir. 
Buning fiziologik jarayon ekanligini so‟rilish paytida ichaklar epiteliyasida 
kislorodni iste‟mol qilinishining ortishi va yuzaga keladigan morfologik 
o‟zgarishlar ham ko‟rsatib turibdi. 
So‟rilish asab tizimi bilan boshqariladi va shartli reflektor yo‟l bilan 
o‟zgarishi mumkin. Asab tizimi so‟rilish jarayoniga tomirlar harakatini va ichaklar 
motorikasini boshqaruvchi nervlar bilan ta‟sir ko‟rsatadi.
Adashgan nerv so‟rilishni tezlashtirsa, simpatik, uyat nervlari keskin 
kamaytiradi. 
Ayrim ichki sekretsiya bezlari gormonlari (gipofiz, qolqonsimon bez, 
me‟daosti bezi) uglevodlar so‟rilishini tezlashtiradi. O‟t suyuqligi yog‟larning 
so‟rilishini faqatgina ichaklarda tezlashtirib qolmasdan, balki me‟dada ham 
so‟rilishini tezlashtiradi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling