Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Me’dada ovqatning hazmlanishi.
Iste‟mol qilingan ovqatlar og‟iz bo‟shlig‟idan me‟daga tushadi va u yerda navbatdagi kimyoviy va mexanik qayta ishlanadi. 10-12 yoshli bolalarning me‟dasining hajmi 1,5 L gacha bo‟lsa, voyaga yetgan odamlarda esa 3,0 L gacha bo‟ladi. Suyuqliklarni ko‟p iste‟mol qiluvchi odamlarda esa me‟daning hajmi ayrim paytlarda 5-10 l.gacha yetishi mumkin bo‟lsa, otlarda 6-15 l, qoramollarda esa – 100 l.ga yaqindir. Odamlar me‟dasi odatda ikkita hazmlovchi bir-biridan tuzilishi va funksiyasi jihatidan jiddiy farq qiluvchi ikkita bo‟shliqdan iborat bo‟lib, ular fundal va pilorik qismlar deb ataladi. Bir kamerali oshqozonga ega bo‟lgan hayvonlarda esa me‟dalar uch qismga farqlanadi va kardial qismi ham mavjud. Kardial qism bezsiz, fundal va pilorik qismlar bezli bo‟shliqlar hisoblanadi. Odamlarda fundal bo‟shlig‟i me‟daning umumiy hajmining 4/5 qismini tashkil etsa, pilorik bo‟shlig‟i 1/5 qismini tashkil etadi. Bu bo‟shliqlar doimo bir- biri bilan uzviy aloqada bo‟lib turish bilan birga muskulli qovuzloq (pilorik oldi sfinektri) bilan ajralib turadi. Bunday ajralib turish ovqat hazmining ayrim davrlarida yuz beradi. me‟daning shilliq qavatida bez hujayralari bo‟lib, ular bosh, qoplama va qo‟shimcha bezlarga farqlanadi. Fundal qismidagi bosh hujayralardan fermentlar, qo‟shimcha bezlardan – shilliq va qoplama bezlardan xlorid kislota ishlab chiqiladi. Xlorid kislotaning hosil bo‟lishida oqsillarning sulfagidril guruhi ishtirok etadi. Fundal qismning shirasi kislotali muhitga ega bo‟lsa, pilorik qism esa ishqoriy muhitga ega bo‟ladi. Me‟daning pilorik qismida faqatgina bosh hujayralarni eslatuvchi hujayralar bo‟lib ularning miqdori fundal qismidagidan ancha kam va qoplama bezlar bilan birgalikda shilliq parda devorlarida joylashgan bo‟ladi. Bundan tashqari pilorik qism fundal qismidan kuchli rivojlangan muskulli devor bo‟lishi bilan farq qiladi. Unda moddalarning so‟rilishi kuzatiladi, lekin fundal qismida esa so‟rilish jarayoni juda kuchsiz holda bajariladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling