Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Kavsh qaytarish akti. Kavshovchi hayvonlarda chala chaynab yutilgan
ozuqa oshqozon oldi bo‟lmalaridan og‟iz bo‟shlig‟iga qayta chiqarilib har bir porsiya ovqatni 50-60 marta chaynab qayta yutadilar. Bir kecha-kunduzda 8-9 marta kavsh qaytarish davri kuzatilib, ularning har qaysisi 40-50 minut davom etadi. Kavsh qaytarish – mo‟‟tadil ovqat hazmining asosi hisoblanadi va uning bajaralishini to‟xtashi kuchli buzilish jarayonlariga olib keladi. O‟rtacha bir kecha-kunduzda hayvonlar bog‟lab xashakli ratsion bilan boqilganda qo‟ylar 6-9 soat vaqtni kavsh qaytarishga sarflasa, dalada haydab boqilganda (bahor, yoz oylarida) 6-7 soat vaqt sarflanadi. Buzoqlarda birinchi kavsh qaytarish davri hayotning 3-chi haftasida kuzatiladi. Ularni o‟simliklar dunyosi ozuqalarini iste‟mol qilishga ertaroq o‟rgatilishi kavsh qaytarish jarayonini ertaroq boshlanishiga olib keladi. Buzoq, qo‟zi va uloqlarda kavsh qaytarish davrlari hayotining 6-12 kunlari kuzatilishi mumkin. Kavsh qaytarish jarayoni tur qorin, qizilo‟ngach novi va katta qorin zonalaridagi reseptorlar hisobiga reflektor yo‟l bilan bajariladi. Bu esa u yerdagi ikki guruh mexanoreseptorlarning funksiyasi bilan aniqlanadi. Ozuqalarning qattiq qismlari bilan qo‟zg‟atiladigan birinchi guruh retseptorlari tangoreseptorlar ( taktil retseptorlar) deb ataladi. Ikkinchi guruh retseptorlari organni to‟lishi natijasi cho‟zilishini tahlil qiladi va ular tenzioretseptorlar yoki o‟sha organdagi bosimni qabul qiluvchi – baroretseptorlar deb ataladi. Kavsh qaytarish jarayoni tur qorin va qizilo‟ngach novining tangoreseptorlarini ozuqalarni dag‟al qismi bilan qo‟zg‟atatilishi natijasida boshlanadi. Qatqorin va katta qorindagi oziq massalari qanchalik dag‟al bo‟lsa kavsh qaytarish jarayoni shunchalik tez va uzoq bo‟ladi. Kavsh qaytarish jarayonining boshqarilishida bosh miyaning turli tuzilmalari ishtirok etadi. Kavsh qaytarish jarayonining boshqarilishida gipotalamus, po‟stloqning limbik qismi va bosh miya po‟stlog‟ining motoroldi zonalari ham ishtirok etadi. Kavsh qaytarish faqatgina bedorlik paytida kuzatiladi, shu sababli kechalari bu jarayon oldidan hayvonlar uyqudan uyg‟onadilar. Kavsh qaytarish jarayoniga shartli reflekslar hosil qilinadi. Kavsh qaytarish jarayoni turli tashqi signallar ta‟sirida tormozlanadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling