Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


KIRISH  Mavzuning dolzarbligi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana07.11.2021
Hajmi0.51 Mb.
#171426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

KIRISH 

Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi mos ravishda 

ijtimoiy  mehnat  sohasidagi  munosabatlarning    rivojlanishini  ham  taqozo  qiladi. 

O‘z-o‘zidan  ayonki,  har  qanday    iqtisodiy  munosabatning  tashkiliy-iqtisodiy 

bazasiz  amalga  oshishi  mushkul.  Mehnat  munosabatlari  amalga  oshishining 

shunday  asoslari  birinchi  navbatda  qanday  darajadagi  tashkiliy  tuzilmaning 

mavjudligi,  uning  mehnat  munosabatlarini  barqaror  rivojlanishiga  ijobiy  ta’siri, 

sohasidagi  huquq  va  kafolatlarning  amalga  oshishida  ko‘mak  va  imkon  berishi 

bilan belgilanadi.  

Bu  esa  ijtimoiy  va  iqtisodiy  munosabatlar  rivojlanishining  ob’ektiv 

qonunlaridan samarali foydalanish zarur. O‘z-o‘zidan ayonki, har qanday  iqtisodiy 

munosabatning  tashkiliy-iqtisodiy  bazasiz  amalga  oshishi  mushkul.  Mehnat 

munosabatlari  amalga  oshishining  shunday  asoslari  birinchi  navbatda  Mehnat  va 

aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish 

va  ular  samarali  shakllanishining  sifat  ko‘rsatkichi  bo‘lgan  malakali  kadrlar 

tayyorlash holatiga bog‘liqdir. 

Shu  nuqtai  nazardan  Prezidentimiz    I.A.Karimov  ta’kidlaganidek:  “Ish 

o‘rinlarini  tashkil  etish  va  aholi  bandligini  ta’minlash  bo‘yicha  mintaqaviy 

dasturlarning  amalga  oshirilishi  natijasida  2013-yilda  qariyb  970  ming  kishi  ish 

bilan  ta’minlandi.  Bu  ish  o‘rinlarining  60,3  foizdan  ortig‘i  qishloq  joylarda 

yaratildi.  Bu  borada  kichik  korxonalar,  mikrofirmalar  va  yakka  tartibdagi 

tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish 

hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi”

1

.  


 

Iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  jarayonini  boshidan  kechirayotgan 

mamlakatlar  singari  respublikamizda  ham  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza 

qilish  tizimi  takomillashtirish  bilan  bog‘liq  echilishi  lozim  bo‘lgan  bir  qator 

muammolar  mavjud.  Ularning  asosiysi  sifatida  mehnat  va  aholini  ijtimoiy 

                                                           

1

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013-



yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 

“Xalq so‘zi” gazetasi,2014 yil 18 yanvar, №13. 




 

muhofaza  qilish  organlari  faoliyatini  takomillashtirish  va  istiqbollashtirish  kabi 



muammolarni alohida qayd etib o‘tish lozim.  


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling