Kurs ishining maqsadi – iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish
bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu
maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari etib
quyidagilar belgilandi:
mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini yoritib
berish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlari
shakllanishning mezon va ko‘rsatkichlarini tasniflash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining asosiy
vazifalari va yo‘nalishlarini aniqlash;
Samarqand viloyatida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
organlari faoliyatini tahlil etish;
Samarqand viloyatida “Aholini ish bilan ta’minlash Davlat dasturi”
asosida malakali kadrlarni tayyorlash holatini tahlil etish;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatida axbort
tizimlarini joriy etish yo‘llarini aniqlash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini baholash usullarini tasniflash;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini oshirish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va
tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |