Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti
Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar
Download 7.17 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Laboratoriya mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar
- 8. Seminar mashg’uloti va mustaqil ish topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar
- 9. Mustaqil ish turlari
- 10. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar
- 2. Gidravlikaning fan sifatida yuzaga kelishi.
- 3. Gidravlika fani rivojining zamonaviy bosqichi.
6. Amaliyot mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; masalani yechishning to’g’ri usulini tanlay bilish; masalani mustaqil yechish ko’nikmasini hosil qilish; masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. 7. Laboratoriya mashg’uloti topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlash-tirish va mustahkamlash; laboratoriya mashg’uloti topshirig’ini bajarishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish; topshiriqni bajarishning to’g’ri usuli va ketma-ketligini tanlay bilish; topshiriqni mustaqil bajarish va uni amaliyotga qo’llay bilish ko’nikmasini hosil qilish; topshiriqning yechimini mustaqil tahlil qila bilish. 8. Seminar mashg’uloti va mustaqil ish topshirig’ini bajarishdan kutiladigan natijalar: mavzuga oid qo’shimcha materiallarni axborot manbalari (kutubxona, internet tarmog’i, vaqtli matbuot va hokazo) dan topish, konspektlashtirish va ularni o’rganish; mavzu yuzasidan matn bilan ishlash, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash; fikrlar ketma-ketligini tanlay bilish; o’z ustida malakaviy ishlashni o’rganib borish; nutqni rivojlantirish va eslab qolish qobiliyatini kuchaytirish; o’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelib, yakuniy xulosani bayon qilish; mavzuni hayotiy voqyealar bilan bog’lash; mustaqil tahlil va xulosalar chiqara bilish; pedagogik mahoratni shakllantirib borish. 9. Mustaqil ish turlari: takrorlash va mashq qilish: takrorlash; tahlil qilish; qayta ishlash; mustahkamlash; chuqurlashtirish; eslab qolish; ko’nikma hosil qilish; malakani shakllantirish; yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: yangi mavzular; axborot manbaini izlab topish va konspektlashtirish; mustaqil fikrlar tuzish; 42 ijodiy xarakterdagi ishlar: muammoli vaziyatlarni aniq-lash; test va topshiriq tuzish; slaydlar tayyorlash; musta-qil qaror qabul qilish; yangi usullar yaratishga intilish. 10. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda foydalanadigan vositalar: nazariy mashg’ulotlarda foydalanadigan vositalar (dars-lik; o’quv qo’llanma; masala va mashq to’plami; diapozitivlar; lug’atlar; masalalar to’plami; magnit yozuv; video yozuv; o’rgatuvchi dasturlar; multimedia va hokazo); amaliy mashg’ulotlarda foydalaniladigan vositalar (yo’-riqnomalar to’plami; tabiiy o’qitish vositalari; xarakatlanuvchi modellar; o’quv plakatlari; yo’riqnoma; texnologik xaritalar; trasparantlar; modellar; elektron kitoblar; maketlar; testlar va hokazo). 1.2. Gidravlika fanining mazmuni Suyuqliklarning ochiq va yopiq o’zanlarda harakati, suyuqlikning idish va suyri qattiq jismlar sirtlariga kuch ta’siri masalalarini o’rganish bilan bog’liq ko’plab har xil texnik masalalarni yechish gidromexanika deb ataluvchi keng qamrovli fanni yuzaga keltirdi. Bu fan umumiy holda ikki bo’limga bo’linadi: texnik gidromezanika; suyuqlik va gazlarning nazariy mexanikasi (1.1-rasm). Gidravlika fani suyuqlik va gazlarning harakat va muvozanat holatlari, qonunlari va ularni turli amaliy va texnik masalalarga qo’llash usullari haqida fan hisoblanadi. 1.1-rasm. Gidromexanika bo’limlari. Fanning maqsadi: mexanika yo’nalishi bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga gidravlika fanini amaliyotga tadbiq qilish, tajribaviy natijalar va nazariy ma’lumotlar asosida olingan qonunlar va formulalarni texnika va ishlab chiqarish obyektlarida, gidroinshootlarda ishlatishni o’rgatish. Bu fanda o’rganilayotgan obyekt suyuqlik va gaz bo’lib, ular oson deformasiyalanuvchan materiallar hisoblanadi, ya’ni «suyuqlik» deb tushinilayotgan tutash fizik jismning zarracha-lari oquvchan, boshqacha aytganda, bu zarrachalar xoxla-gancha kichik kuchlar ta’sirida o’zining shaklini xoxlagancha keskin o’zgartiradi. Bu tushunchaga ko’ra suyuqlik odatdagi suyuqlik yoki tomchili suyuqlik (xuddi shunday gaz ham) deb qabul qilinadi. Bu o’z navbatida massaning, impulsning, energiyaning saqlanish qonunlarini maxsus shakllarda yozishni va ularni yechishning maxsus usullarini o’rganishni talab qiladi. Demakki, masalaning matematik korrekt qo’yilishi talab qilinadi. Bu yerda gidravlikaning asosiy qonunlari tomchili suyuqliklar uchun o’rinli bo’lib, gazlar uchun esa ularning siqiliuvchanligi e’tiborga olinmagandagina (chunki bunday holatlar amaliyotda juda ko’p uchraydi) qo’llaniladi. «544200 – Mexanika» ta’lim yo’nalishi talabalari gidrav-lika fanini o’quv rejaga muvofiq o’rganib, shu fandan amaliy mashg’ulotlarni bajaradi. Shuning uchun talabalarda bu fanning gidrostatika bo’limiga oid misol va masalalarni yechish ko’nikmalarini hosil qilishlariga yaqindan yordam berish maqsadida ushbu uslubiy ko’rsatma yaratildi. Bunda shu bo’limga oid qisqacha tushunchalar, bir qator misol va masalalar, ularning namunaviy yechimlari, nazorat savollar, mustaqil o’zlashtirishga oid adabiyotlar va boshqa tarqatma materiallar keltitilgan. Suyuqlik deb ikkita alohida xususiyatga ega bo‘lgan fizik jismga aytiladi: yetarlicha kishik kuch ta’sirida ham o‘z hajmi-ni keskin o‘zgartiruvchan va oquvchan, yengil qo‘zg‘aluvchan. Boshqacha aytganda, suyuqliklar – bu molekulalari betartib joylashgan, vaqti-vaqti bilan bir muvozanat holatdan boshqa-siga sakrab o‘tib turadigan moddalar. Suyuqlikning eng muhim mexanik xarakteristikalari bu uning zichligi, solishtirma og‘irligi va qovushoqligi. Suyuqliklar ikki ko’rinishda bo’ladi: tomchili suyuqliklar; gazsimon suyuqliklar (1.2-rasm). Tomchili suyuqliklar odatdagi umumiy suyuqlik deb ataluvchi tushuncha bilan ifodalanuvchi suv, neft, kerosin, yog’ va hokazo moddalar. Gazsimon suyuqliklar esa odatdagi gazsimon moddalar: havo, kislorod, azot, propan va hokazo. 1.2-rasm. Suyuqlikning ko’rinishlari. Gidrostatika – bu suyuqlik va gazlar 43 mexanikasi fanining suyuqlikning muvozanati va sokin holatidagi suyuqlikning unga botirilgan jismga ta’siri qonuniyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi. Suyuqlik va gazlarning gidrostatik xossalari o‘zining molekulyar tuzilishiga ko‘ra qattiq jismlar xossalaridan keskin farq qiladi. Gazlar o‘zini saqlayotgan idish shaklida bo‘ladi. Yetarlicha kichik ta’sir kuchi yordamida suyuqlikning hajmini o‘zgartirmasdan uning shaklini o‘zgartirish mumkin. Og‘irlik kuchi maydonidagi suyuqlik uni saqlayotgan idish saklida bo‘ladi. Sokin suyuqlikning sathi (gazlardan farqli), uni saqlayotgan idishning shaklidan qat’iy nazar, ogirlik kuchi ta’siri yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘ladi. Gidrostatikaning asosiy qonunlari: Guk qonuni; Paskal qonuni; energiyaning saqlanish qonuni (gidrostatikaning asosiy tenglamasi); tutsh idishlar qonuni; Arximed qonuni; jismning suzish sharti. Gidrostatikaning asosiy tenglamalari: Eyler tenglamasi (suyuqlikning muvozanat tenglamasi); teng bosimli sirt tenglamasi; gidrostatik bosim taqsimoti tenglamasi (Paskal qonuni); uzviylik tenglamasi; 1.3. Gidravlika fani rivojining qisqacha tarixi 1. Gidravlika fanining dastlabki manbalari. Gidravlika tarixan dunyoda eng qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. Suyuqliklar mexanikasini o’rganishga katta amaliy qiziqishning bir qator ob’yektiv sabablari mavjud. Birinchidan, tabiatda juda katta suyuqlik zahitasi majud va hama vaqt inson yengil erisha oladi. Ikkinchidan, suyuq jismlar insonning amaliy faoliyatida qulay «yollanma ishchi» sifatida foydalanishi mumkin bo’lgan bir qator foydali xossalarga ega. Bundan tashqari hayot uchun muhim bo’lgan bir qator ximik almashinuv reaksiyalar aynan suyuq fazada (ko’prog suvli qorishmalarda) yuz beradi. Shu sababli inson o’z taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq suyuqliklarga qiziqqan. O’sha davrlarda suv va havo (ya’ni suyuqlik va gaz) tabiat hodisalarining asosiy sababchisi deb qaralgan. Tarix shuni ko’rsatadiki, qadimda insonlar o’zlarining suv va havo bilan bog’liq ko’plab amaliy masalalarini muvaffaqiyatli yechishganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida taxminan eramizdan 5000 yilcha avval Misr va Xitoyda, keyinchalik qadimgi dunyoning boshqa davlatlari: Suriya, Vavilon, Yunoniston, Rim, Hindiston, Yaqin va O’rta sharqda har xil gidravlik inshootlar qurilmalari: kanallar, suv to’g’onlar, suv charxpalaklarini ifodalovchi rasmlar (dastlabki chizmalar) topilganligi buni tasdiqlaydi. Aslida bu inshootlarning hech qanday hisobi bajarilmagan, ular o’sha zamon ustalarining amaliy ko’nikmalari va san’atlari asosida barpo etilgan. Gidravlik masalalarni yechishga ilmiy yondashishning dastlabki korsatmalari eramizdan avvalgi 250 yilda Yunon olimi Arximed (287-212) tomonidan suyuqlikka botirilgan jismga uning bosimi (yoki suyuqlikka botirilgan jismning muvozanati) haqidagi qonunning ochilishi (Arximedning «Suzuvchi jismlar haqida» nomli dastlabki qo’lyozmasi yaratilishi) bilan aloqador. Uning ishlari bir qator ajoyib gidravlik apparatlar (porshenli nasos, sifonlar va hokazo)ning yaratilishiga turtki bo’ldi. Keyinchalik 1500 yil ichida gidravlikaga deyarli muhim o’zgartirishlar kiritilmadi. Shu davrda bu fan deyarli rivojlanmadi, xususan XV asrgacha gidravlikaga oid birorta ham qo’lyozma saqlanmagan. 2. Gidravlikaning fan sifatida yuzaga kelishi. Eramizning XV-XVII asrlariga, ya’ni tiklanish yoki tarizchilar aytganidek Renessans davdiga kelib shunday ilmiy ishlari paydo bo’ldiki, bunda Leonardo da Vinchi (1548-1620) – jismlarning suzishi, suyuqliklarning quvur va kanallarda oqishi, Galileo Galiley (1564-1642) – suyuqlik muvozanati va harakatining asosiy tamoyillari, Evanjelist Torrichelli (1604-1647) – siqilmaydigan suyuqliklarning idish teshigidan oqib chiqish tezligi formulasi, Blez Paskal (1623-1727) – suyuqlikda bosim uzatilishi (gidrostatik bosimning ikkinchi xossasi), Isaak Nyuton (1643-1727) – mexanikaning asosiy qonunlar, butun olam tortishish qonuni, suyuqliklarning harakatida ichki ishqalanish qonunini yaratib, gudravlikaning muammo va masalalarni yechishga o’z ilmiy ishlarini bag’ishlab, ular gidravlikaning keyinchalik fan sifatida rivojlanishiga poydevor yaratishdilar. XV asrda Leonardo da Vinchining «Daryo va o’zanlarda suvning harakati va uni o’lchash» nomli asari uning o’limidan 307 yil keyin 1828 yilda chop etildi. Golland olimi Simon Stevin (1548- 1620) esa 1586 yilda o’zining «Gidrostatika asoslari» nomli asarini chop etdi. Ammo faqatgina XVIII asrga kelib suyuq jismlarni o’rganish sohasida Peterburg Fanlar Akademiyasining akademiklari Daniel Ivanovich Bernulli (1700–1782) – ideal suyuqlikda solishtirma energiya zahirasi tenglamasi, Leonard Pavlovich Eyler (1707–1783) – suyuqlikning muvozanat va 44 harakat differensial tenglamasi, Mixail Vasilyevich Lomonosov (1711–1765) – energiyaning saqlanish qonunini yaratib zamonaviy gidravlikaga mustahkam poydevor qo’ydilar. XVII asr oxirlariga kelib Fransiyada suyuqliklarning texnik mexanikasi nomli fransuz maktabi ochildi. Bu maktabning etuk namoyondalari, Parij Fanlar Akademiyasining a’zolari Antuan Shezi (1718- 1798), J.Sh Borda (1733-1799), X.Pito (1695-1771), mahalliy qarshiliklarga oid bir qator masalalarni yechib, shu sohaning qator ilmiy yutuqlariga erishdilar. Fransiyalik muhandis–gidrotexnik P.Dyubua (1734-1809) o’zining «Gidravlika asoslar» nomli kitobi bilan mashhur bo’lgan. Italiyalik olim G.B.Venturi (1746-1822) va D.Poleni (1685-1761) – suyuqlikning teshikdan, nasadkadan va oqova novidan oqishi, Yu. Veysbax (1806-1871) – suyuqlik oqimiga qarshilik, imgliz olimi O.Reynolds (1842-1912) – laminar va turbulent oqimlarni o’rganishga katta hissa qo’shdilar. XIX-XX asrlarda gidravlikani amaliy fan sifatida rivojlanishiga hamda gidravlika va gidromexanikada qo’llaniladigan nazariy va amaliy masalalarni o’rganish usullarini yaqinlashtirgan ilmiy izlanishlar bu nemis olimlarining: M.Veber (1871-1971), F.Forxgeymer (1852-1933), L.Prandtl (1875- 1953) – chegaraviy qatlam nazariyasi, X.Blazius (1883-1951) ni o’rganishga qo’shgan salmoqli hissalaridir. Qovushoq suyuqliklarning harakati haqidagi bilimlar asosini 1821 yilda fransuz olimi Lui Mari Anre Navye (1785-1836) boshlab berdi va u ingliz olimi Dj.G.Stoks (1819-1903) tomonidan 1845 yilda yakuniy holga keltirildi, bunda u kuchlanishning deformatsiya tezligidan chiqli bog’liqligi asoslab berdi hamda qovushoq suyuqlikning fazoviy harakat tenglamasini yakuniy shaklga keltirdi (keyinchalik bu tenglama Navye-Stoks tenglamasi deb nom oldi). 1846 yilda Stoks quvur va kanallarda qarshilikni nazariy va amaliy tadqiq qilishning nazariy yechimini berdi. Franzsuz vrachi va tadqiqotchisi J.Piazeyl (1799-1869) juda kichik diametrli quvurlarda (kapilyarlarda) qovushoq suyuqlikning harakatini eksperimental tadqiq qilib, 1840-1842 yillarda tomirlarda qonning harakatini o’rgandi. Suyuqlikning uyurmali harakati haqidagi bilimlarning yaratuvchisi deb 1858 yilda ideal suyuqlikning uyurmali harakati haqidagi asosiy teoremalarni yaratgan G.Gelmgoltsni bilishadilar. Uyurmalar nazariyasi meteorologiya, samolyot qanoti nazariyasi, propeller va kema vinti nazariyasining rivojida juda katta ahamiyat kasb etdi. Nikolay Egorovich Jukovskiy (1847-1921) kabi olimlarning ishlaridir: Rossiyada 1791 yilda A.Kolmakov tomonidan gidravlikaga oid birinchi qo’llanma shop etildi; I.S.Gromeka - suyuqlikning uyurmali harakati tenglamasini, 1881 yilda «Siqilmaydigan suyuqlik harakatining ba’zi hollari» mavzuli ishida suyuqlik harakati tenglamasining yangi shaklini taklif etdi; 1883 yili Nikolay Pavlovich Petrov (1836-1920) moylash (smazka) gidrodinamik nazariyasini yaratdi; 1898 yili «rus aviatsiyasining otasi» N.E.Jukovskiy quvurlarda gidravlik zarba nazariyasini yaratib, suyuq elementning uyurmali va deformatsion harakatini tahlil qilib va bularga doir kitob nashr etib, gidrodinamikaga salmoqli hissa qo’shdi. Shu va ulardan keyingi olimlardan Veysbax, Prandtllarning ilmiy ishlarid hisobiga gidravlikada yaratilgan nazariy tadqiqotlarni amaliy va eksperimental ishlar bilan bog’lash imkoniyati tug’ildi. Bazen, Puazeyl, Reynolds, Frud, Stoks va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqodlati esa real (qovushoq) suyuqliklar dinamikasi haqidagi bilimlarni rivojlantirdi. Navye-Stoksning differensial tenglamasi real suyuqliklar harakatini tashqi shartlardan bog’liq holda shu suyuqlik parametrlarining funksiyasi sifatida tavsiflash imkonini berdi. Umumlashtirib aytganda, bu olimlarning ilmiy izlanishlari asosan oqimning turbulentligini, qovushoq suyuqliklar harakatiga qarshilikning umumiy qonunlarini o’rnatish, suyuqliklarning quvurlarda, kanallarda va oqova novlarda harakatini tadqiq qilishga bag’ishlangan. Bundan tashqari ular asosiy e’tiborlarini o’lchov va o’xshashlik nazariyasini yaratishga va laboratoriya eksperimentlarini o’tkazishga qaratdilar. 3. Gidravlika fani rivojining zamonaviy bosqichi. Zamonaviy inshootsozlik, mashinasozlik, aviatsiya, transport va sanoatning boshqa sohalarida gidravlikaning amaliy ahamiyati bebaho. Gidravlika fani amaliy muhandislik fani sifatida har xil gidrotexnik insootlar va gidromashinalarni hamda ulardan tashkil topganhar xil gidrotizimlarni loyihalashda keng qo’llanilmoqda. Har qanday avtomobil, uchuvchi apparat, suzuvchi ob’ektlar, suv to’g’onlari va dambalari, oqava novi va bosqalarda asosan gidravlik tizimlar qo’llaniladi. Sanoatda esa juda katta kuchni yuzaga keltiruvchi gidravlik press (zichlagich)siz biror ish qilib bo’lmatdi. Eyfel 45 bashnyasi qurilishi tarixidan qiziqarmi dalilni keltirishimiz mumkin. Bashnyaning tayyor bo’lgan ko’p tonnali qurilmasini beton asosga o’rnatish uchun uning har bir tayanchiga o’rnatilgan gidravlik press yordamida unga qat’iy vertikal holat berildi. Gidravlika fani masalalari insonning har bir qadamida uchraydi: ishda, uyda, transportda va hokazo. Tabiatning o’zi insonda gidravlik tizimni o’rnatgan: yurak – nasos; jigar – filtr; buyrak – himoyalovchi klapanlar; qon tomirlar (inson organizmida ularning umumiy uzunligi 100000 km) – quvurlar. Bizning yuragimiz bir kunda 60 tonna (bu to’ldirilgan temityol sisternasiga teng miqdor) qonni haydaydi. XX asrga kelib nazariy va amaliy gidravlika sohasida yaratilgan ilmiy ishlar amaliy masalalarni yechish usullarini rivojlantirish, tadqiqotlarning yangi usullarini yaratish, yangi yo’nalishlar (filtratsiya nazariyasi, gazo- va aerodinamika va hokazo)ga yo’naltirildi. Masalan, A.N.Kolmagorov - turbulentlik nazariyasi; N.N.Pavlovskiy – filtratsiya nazariyasi va suyuqlikning notekis harakati; I.N.Kukolevskiy – mashinasozlik gidravlikasi nazariyasi; S.A.Xristianovich – suyuqlikning nobarqaror harakati va boshqalar. O’zbekistonda esa Gidravlikaning amaliy masalalarini yechishda hammaga ma’lum bo’lgan quyidagi tadqiqot usullariga tayaniladi: cheksiz kichik miqdorlarni tahlil qilish usuli; o’rta qiymatlar usuli; o’lchovlar tahlili usuli; analog usuli; eksperimental usul. Cheksiz kichik miqdorlarni tahlil qilish usuli – bu suyuqlik va gazlar miuvozanati va harakati jarayonlarini miqdoriy tavsiflashning boshqa usullarga ko’ra eng qulayidir. Bu usul ob’ektlar harakatini atom-molekulyar darajasida, ya’ni harakat tenglamasini chiqarishda suyuqlikni (yoki gazni) modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi nuqtai nazaridan qarash zarur bo’lganda juda yaxshi samara beradi. Bu usulning asosiy kamchiligi – bu abstraktlikning deyarli yuqori darajada ekanligida bo’lib, talabadan nazariy fizika sohasida juda keng bilimga ega bo’lishni hamda matematik analiz va vektor analizning har xil usullaridan mohirona foydalanishni talab qilishidadir. O’rta qiymatlar usuli hammabobroq usullardan biri bo’lib, bu usul moddaning tuzilishi haqidagi sodda farazlarning asosiy gipotezalariga tayanadi. Bunda asosiy tenglamalarni chi-qarish ko’p hollarda molekulyar-kinetik nazariyasi bilimlariga ega bo’lishni talab qiladi, bu usul bilan olingan tadgigot natijalari esa «sog’lom fikr»ga qarshi bo’lmaydi va asoslangan bo’lib ko’rinadi. Bu usulning kamchiligi tadqiqot predmeti haqida ba’zi aprior farazlarga ega bo’lish zarurligida. O’lchovlar tahlili usulini tadqiqotning qo’shimcha usullaridan biri sifatida qarash mumkin va u o’rganilayotgan mexanik jarayonlarni har tomonlama bilishni taklif etadi. Analog usuli o’rganilayotgan mexanik jarayon kabi moddaning o’zaro ta’sirlashish turiga oid mukammal o’rganilgan jarayonlar bor bo’lganda qo’llaniladi. Eksperimental usul boshqa tadqiqot usullari biror sababga ko’ra qo’llanilishi mumkin bo’lmagan hollarda tadqiqotning asosiy usuli hisoblanadi. Bu usuldan ko’pincha boshqa usullar bilan olingan natijalarning qay darajada to’g’riligini tasdiqlash uchun kriteriya sifatida foydalaniladi. 1.4. Suyuqlik va gazlarning mexanik xarakteristikalari va asosiy xossalari Suyuqlik – bu moddaning agregat holatlaridan biri. Suyuq holat qattiq jism va gaz orasidagi holat hisoblanadi. Suyuqlik va gazlar asosan ikkita xossaga ega: tutashlik va oson qo’z-g’aluvchanlik yoki oquvchanlik. Shuning uchun oquvchanlik xossasiga ega, yani mustaqil o’z hajmini saqlash xususiyatiga ega bo’lmagan fizik jism suyuqlik deb ataladi. Gidravlikada harakati qonunlari va muvozanati o’rganiluvchi suyuqliklar ikkita sinfga bo’linadi: siqiluvchan suyuqlik va gazlar; qariyb siqilmaydigan – tomchili suyuqliklar. Gidravlikada ideal va real suyuqliklar qaraladi. Ideal suyuqlik deb zarrachalari o’rtasida ichki ishqalanish kuchlari bo’lmagan suyuqlikka aytiladi. Natijada u siljishning urinma kuchlariga va cho’zuvchi kuchlarga qarshilik korsatmaydi. Ideal suyuqlik umuman siqilmaydi, u siquvchi kuchlarga cheksiz katta qarshilik korsatadi deb faraz qilinadi, ya’ni bunday suyuqlikning qovushoqligi va issiqlik o’tkazuvchanligi yo’q. Aslida tabiatda bunday suyuqlik yo’q, bu ilmiy abstraksiya bo’lib, 46 suyuqlik va gazlarga oid mexanikning umumiy qonunlarini tahlil qilishni soddalashtirish uchun zarur. Real yoki haqiqiy suyuqliklar esa urinma va chozuvchi zo’riqishlrga ma’lum darajada qarshilik ko’rsatadi hamda qisman siqiladi. Shuning uchun gidravlikaning ko’plab masalalarini yechishda ideal va real suyuqlik-larning bu farqini hisobga olmaslik mumkin. Shunga ko’ra ideal suyuqlik uchun chiqarilgan qonunlarni ma’lum tuzatishlar bilan, ba’zida esa ularsiz real suyuqliklarga qo’llash mumkin. Mexanikada harakat qonunini o’rgana turib, alohida molekulaning holati qaralmaydi, aksincha, o’rganilayotgan muhit bo’shliqlarsiz va uzilishlarsiz shu modda bilan to’l-dirilgan deb faraz qilinadi. Suyuqlik va gazlar uchun uzviylik sharti bajarilgan deyiladi, agar oqimning xarakterli o’lchamlari (masalan, quvurning diametri, yopqishning diametri va hokazo) molekulalarning harakatini xarakterlovchi parametrlarga (masalan, molekula tebranishining amplitudasiga) nisbatan juda katta bo’lsa. Suyuqlikning oquvchanligi deb uning xoxlagancha kichik kuchlar ta’sirida cheksiz deformatsiyalanish xususiyatiga aytiladi. Suyuqlik va gazlar osongina qismlarga ajralmasdan o’zlarini saqlab turgan idish shakliga kiradi. Oson qo’zg’aluvchanlik yoki oquvchanlik suyuqlik va gazlarning oqishini yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko’rsatish xossasiga mos qovushoqlik tushunchasini kiritish imkonini beradi. Oquvchanlik – bu qovushoqlikka teskari miqdor. Suyuqliklar oquvchanlik chegarasiga ega emas. Gazlar suyuqliklarga nisbatan yetarlicha katta oquvchanlikka, shunga ko’ra, kichik qovushoqlikka ega. Tomchili suyuqliklarning quyidagi eng asosiy fizik xarakteristikalari (zichlik yoki solishtirma og’irlik, temperatura) va xossalari (siqiluvchanlik; temperaturaviy kengayish; cho’zilishga qarshilik; qovushoqlik)ni qaraymiz. Suyuqlikning bulardan tashqari ko’piklanish, ximik va mexanik chidamlik, singdiruvchanlik, bug’lanish, suyuqlikka gaz pufakchalarining aralashuvchanligi, kavitatsiyalanuvchanlik xossalari ham mavjud (bular haqida ma’lumotlar to’plashni talabalarga mustaqil ish sifatida qoldiramiz). Download 7.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling