I-bob Adabiyotlar sharhi
1.1 Sport, uning jamiyatdagi ahamiyati va tashkillashtirish tizimlari.
Sport asosini musobaqalar, “maxsulotini” g’oliblar, sport natijalari va
muvaffaqiyatlarini tashkil etadigan tarixan tuzilgan inson faoliyati tashkil etadi.
Bunda uning asosiy tushunchalari kelib chiqadi: “sport faoliyati”, “musobaqaviy
faoliyat”. Sport zamonaviy jamiyat tuzilmasiga kirgan, uning mazmuni universal
bo’lib, hajimli tavsifga ega. Uning elimentlari sifatida umumjahon ijtimoiy-
siyosiy birligiga turli sport jamiyatlari kiradi: sport masalalari buyicha xalqaro
birlashmalar, sport turlari bo’yicha xalqaro fediratsiyalar, texnik sport turlari
bo`yicha xalqaro birlashmalar, xalqaro turistik tashkilotlar kiradi. Sport rivojlanishi
masalalari BMT, davlatlar parlamentlari tomonidan muhokama etiladi. Ular o`z
aksini mamlakatlar konstitutsiyasi, siyosiy partiyalar dasturlarida topiladi; sportni
boshqarish davlat darajasida ta’minlanadi.
Sport faoliyatida bazaviy qisim (musobaqalar) va maxsus xizmatlarni
ajratishadi, ular uning samarali faoliyatini ta’minlashadi. Sport funksional
tuzilmasiga quyidagi qismlar ajratiladi: sport musobaqalari va uning
funksiyalanishini ta’minlash (qoidalar, nizomlar, musobqalar grafiklari, hakamlar,
tashkilotchilar); mashq; sportchilarni saralash va zaxira; ilmiy va uslubiy ta’minot;
soxa bo’yicha kadrlarni ta’minlash; moddiy –texnik ta’minot; musobaqa
funksiyasi jarayonini boshqarish va tashkillashtirish.
Jamiyatda sportning funksiyalari xilma –xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |