Alisher navoiy nomidagi samarqand


Oqsillar almashinuvining boshqarilishi


Download 210.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana05.01.2022
Hajmi210.12 Kb.
#227437
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
modda va energiya almashinuvi

 

Oqsillar almashinuvining boshqarilishi. 

 


Organizmda  oqsillarni  almashinuvini  doimo  nerv  va  gumoral  tizimlar  boshqarib 

turadi.  Oraliq  miyaning  gipotalamus  qismida  oqsillar  almashinuvini  idora  etuvchi 

markaz  bor  deb  qaraladi.  Gipotalamusning  ayrim  yadrolari,  ayniqsa  kulrang 

do’mboqcha  qismidagi  yadrolar  ta’sirlanganida  oqsillarning  parchalanishi  tezlashadi, 

oqibatda  siydik  bilan  azot  chiqishi  ko’payadi.  Shuningdek  gipotalamusning  boshqa 

qismlari  oqsillar  almashinuvini  tormozlab  quyadi  deb  taxmin  qilinadi.  Nerv  tizimi  o’z 

ta’sirini asosan gumoral tizim orqali amalga oshirsa kerak, deb faraz qilinadi. Jumladan, 

nerv  tizimi  tegishli  ichki  sekretsiya  bezlaridan  -qalqonsimon  bezdan  tiroksin, 

triyodtironin,  gipofizdan  somatotrop  gormon  ajralishini  kuchaytirib,  shular  orqali 

oqsillar  almashinuvini  o’zgartirsa  ajab  emas.  Oqsillar  almashinuviga  miya  po'stlog'i 

ta’sir  qilishi  haqida  ham  ma’lumotlar  bor.  Jumladan,  organizmda  oqsillar 

almashinuvini,  “yolg’ondakam  oziqlantirish”  usuli  yordamida,  shartli  reflektor  yo’l 

bilan o’zgartirish mumkinligi isbotlangan. 


Download 210.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling