Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot-kutubxona markazi Ilmiy –uslubiyat bo‘limi


Download 46.44 Kb.

Sana10.01.2019
Hajmi46.44 Kb.

Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati 

Axborot-kutubxona markazi 

Ilmiy –uslubiyat bo‘limi

 

 



 

     


 

 

 



O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi 

Mukarram Turg‘unboeva tavalludining 105 yilligiga

 bag‘ishlab 

 tayyorlangan 

uslubiy qo‘llanma 

 

 

 

 

 

 

 

 

Guliston -2018  

K i r i sh 

 

O„zbek milliy raqs san‟ati millatimizning madaniy-ma‟naviy boyligi bo„lib ko„z 

qorachig„idek asrab avaylab kelinmoqda. O„zbek raqs san‟atining rang-barang va serjilo janrlari, 

shakl va turlari o„zining betakror ijro jozibasi, yorqin ifodaviyligi, mazmuni va emotsional kuchi 

bilan hech kimni befarq qoldirmaydi, o„ziga maftun etib hayratga soladi. Milliy qadriyatlarimizni 

boyitayotgan raqs san‟atining an‟analari bugungi kunga qadar ham badiiy-estetik qimmatini 

yo„qotgani yo„q. Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek, “Bu xazina asrlar davomida 

misqollab to„plangan, tarixning ne-ne sinovlaridan o„tgan. Insonlarga og„ir damlarida madad 

bo„lgan. SHu xazinani ko„z qorachig„imizday asrash va yanada boyitish kerak” 1 . Darhaqiqat, 

qadim-qadimdan dono va ziyoli ajdodlarimiz kelajak avlod uchun boy tarixiy, madaniy, badiiy 

va ma‟naviy merosimizni saqlab qolishga harakat qilganlar. Raqs ham shular jumlasidandir. 

Zero, har-bir xalqning madaniyati hamda raqs san‟ati uning o„zligida saqlangandir. Raqsning 

badiiy obrazi, betakror jozibasi, xarakteri, ruhiyati, milliy tarovatini aks ettirishda sahna 

libosining ahamiyati e‟tiborga loyikdir. O„zbek milliy raqs san‟ati xalqimizning madaniy-

ma‟naviy boyligi sifatida qadimdan asrab avaylab kelingan. Uning serqatlam va rang-barang 

janrlari, shakl va turlari o„zining betakror ijro jozibasi, yorqinligi bilan barcha insonlarni 

xayratga solib, o„ziga rom etib kelmoqda.

 

Darxaqiqat, raqsni san‟at xazinasi, merosi deb aytsak mubolag„a bo„lmaydi. Bu xazina 



asrlar davomida tarixning ne-ne bosqichlaridan o„tib kelgan. SHuni alohida ta‟kidlash joizki, 

YUrtboshimiz O„zbekiston Mustaqilligini e‟lon qilishlari bilan, jamiyat tizimini ma‟naviy- 

ma‟rifiy yangilash va rivojlantirish yo„llarini aniqlab, qadriyatlarimiz, jumladan, o„zbek raqs 

san‟atiga davlat miqyosida alohida e‟tibor qaratdilar. Prezidentimiz “O„zbekistonda milliy raqs 

sanatini yanada rivojlantirish va unga o„zbek milliy raqsini tarixiy an‟analarini tiklash, boy 

ma‟naviyatimizga monand raqslarni targ„ib etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqs 

san‟atini xalqimiz orasida yuksak cho„qqilarga ko„tarish hamda uni boyitish, ayniqsa yosh avlod 

ongiga raqsga nisbatan chuqur xurmat va havas tuyg„ularini singdirish xislarini yuksaltirish, 

shuningdek o„zbek milliy raqs maktabini yaratish”2 vazifalari belgilangan. 

Bu boy merosni asrash va rivojlantirish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 

I.Karimovning farmoni bilan 1997-yilda Milliy raqs birlashmasi tuzildi va unga buyuk raqqosa 

Mukarrama Turg„unboevaning nomi berildi. Ushbu birlashma O„zbekistonning barcha 

viloyatlaridan 13 ta raqs dastalari, shuningdek, Toshkent shahridagi “Bahor”, “Lazgi”, 

“Tanovar”, “Zarafshon” kabi 4 ta raqs jamoasidan iborat bo„lgan.



  

Mukarrama Turg‘unboeva 

 

 



 

 

 Tug‘ilgan sana: 1913 yil  

Vafot etgan sana: 1978 yil 

Yo‘nalishlar: 

Raqqoslar

 

 

 



 

O„zining yuksak mahorati, qizg„in hayoti bilan san‟at tarixida yorqin iz qoldirgan 

afsonaviy siymolardan biri Mukarrama Turg„unboevadir. "Bahor" ansamblining tashkilotchisi, 

mohir raqqosa, mehribon ustoz, qalbi daryo inson Mukarrama Turg„unboeva "Bahor" ansamblini 

tashkil etibgina qolmay, unga 20 yildan ortiq davr mobaynida rahbarlik qildi, bor mehrini, qalb 

ko„rini, umrini baxshida etdi. 

 

Tarjimai hol 



 

Jahon san‟atida mashhur siymolar oz emas. Biroq maktab yaratib ketgan san‟atkorlar 

barmoq bilan sanarlidir. Mukarrama Turg„unboeva - o„zbek raqs san‟atida o„zining maktabini 

yarata olgan sara san‟atkorlardan biridir. 

Sahnaga chiqqanida 16 yoshda bo„lgan Mukarrama raqs san‟ati uning taqdiriga 

aylanganini yurakdan anglab etgandi. U raqs sirlarini qunt bilan o„rganishga kirishdi. Bu borada 

unga an‟anaviy san‟atimizning piri ustozlari Usta Olim Komilov, YUsufjon qiziq SHakarjonova, 

Otaxo„ja raqqoslar yaqindan yordam berdilar. Ustozlari san'atidan bahramand bo„lgan raqqosa 

taqlid yo„lidan bormay, o„z uslubini yaratishga intildi. 

U yaratgan "Tanovar", "Jonon", "Pilla", "Munojot" singari raqslarda umumlashma poetik 

obraz yaratishga intilish bor edi. SHu o„rinda ta‟kidlash joizki, Mukarrama Turg„unboyeva 

raqslarida quruq taxnika emas, har bir harakatning ma'no va mazmuni, o„sha davr ruhiyati aks 

etib turadi. Tomoshabinga nimanidir "so„zlayotgandek", biron-bir fikrni ifodalayotgandek edi. 

Aniqrog„i, har bir harakatning o„z "so„zi" bor edi. Raqqosalarning qo„l va oyoq harakatlari, 

yuzdagi nim tabassumi, yoqimli va hayoli imo-ishoralarining barida fikrlar uyg„unligi yotardi. 

Ular juda oddiy, sokin his-tuyg„ular ila ijro etilardi. Xalqimizning qalb ko„ridan joy olgan 

birgina "Tanovar"ni eslashning o„zi kifoya, "Tanovar" - raqs dostoni. Bu raqs juda oddiy va engil 

harakatlardan tashkil topganga o„xshasa-da, undagi lirik qahramonning ruhiy olami, inja his-

tuyg„ulari, boy qalbi, nozik tebranishlari barchani maftun etib kelgan. U ham mazmunan, ham 

shaklan, ham ijro jihatidan boshqa raqslardan ajralib turadi. "Har bir ijodkor san'atining jilg„asi 

hisoblanadigan ixtirosi bo„ladi, - deb yozgan edi atoqli shoiramiz Zulfiya. Mukarramaxonimning 

ajoyib asarlari bor, lekin bu san‟atkor ijodining, mening nazarimda jilg„asi "Tanovar"dir. 

"Tanovar"ni hech kim, hech qachon, hech qayerda Mukarramaxonimdek latofat va nazokat, 

mahorat va dardli harorat bilan ijro etmagan". 

"U yaratgan va asos solgan maktabning xususiyati shundan iborat ediki, - deb yozadi 

san‟atshunoslik fanlari doktori Muhsin Qodirov, - u bir vaqtning o„zida raqs san‟atining uchta 

sohasi bo„yicha ish olib bordi. Birinchisi - raqs ijrochiligi, ikkinchisi - yangi raqs yaratish, 

uchinchisi - yosh raqqoslarni tarbiyalab voyaga etkazish edi. Mukarrama Turg„unboevaning 

"Bahor" raqs ansambli dasturlarida ko„p yillar davomida ijro etib kelingan raqslarini uch guruhga 

bo„lib o„rganish mumkin. Biri xalq orasida keng yoyilgan oddiy o„yinlar negizida yaratilgan 

raqslar ("Andijon polkasi", "Namanganning olmasi", "Besh qarsak", "Toshkent piyolasi", 

"Samarqand bahori") bo„lsa, ikkinchisi, mumtoz o„zbek raqslarini ommaviy va zamonaviy 

asosida qayta tiklashga e‟tibor qaratdi. CHunonchi, u o„z qizlari bilan "Katta o„yin", "Zang", 

"Rog„", "Sokinoma", kabi raqslarga yangi hayot bag„ishladi. Alisher Navoiyning "Sab‟ai sayyor" 

dostonidan ilhomlanib yaratgan "Etti go„zal" raqsi ham o„zbek mumtoz raqs san‟atiga 

mansubdir. U nafaqat o„zbek milliy raqslarini, balki jahon raqs san‟ati namunalarini sahnaga olib 

chiqishga muvaffaq bo„ldi". 

Mukarrama opa o„zining "Bahor"i bilan dunyo kezdi. Undan juda katta madaniy-

ma'naviy meros qoldi. Bu xalq orasiga, ongi shuuriga singib ketgan bir-biridan go„zal va jozibali 

raqslardir. Ularning har birini shovullab oqayotgan daryoga qiyoslash, mahzun taralayotgan 

qo„shiqqa mngzash mumkin. Ularning har birida o„zbek ayolining qalbi, dardi, orzu-armonlari, 

shodligiyu quvonchi, nafosati va nazokati, baxti va qudrati manaman deb bo„y ko„rsatib turadi. 

SHu bilan birga "Bahor"dan qolgan bu boy merosda Mukarrama Turg„unboevaning ovozi, 

nafasi, yurak harorati sezilib turadi. 



"Tanovar" kuyi yangrashi bilan sahnaga mayda qadamlar bilan, yuzini ro„mol bilan 

yashirib, uyatdan ko„zlarini olib qochayotgan nazokat va fasohatli kuyga mos xirom aylayotgan 

hassos san‟atkor Mukarrama Turg„unbaeva chiqib kelayotgandek tuyuladi. SHuning o„ziyoq 

uning nomi va u qoldirgan raqslarning umri boqiyligidan dalolatdir. 



 

1997 yil 8 yanvar -  Mukarrama Turg„unboeva nomidagi «O„zbekraqs» ijodiy 

birlashmasi tashkil topdi. 

 Mustaqillik  yillarida  milliy  raqs  va  balet hayotida  yangi  davr  boshlandi. 1997  yil  8 

yanvarda  Mukarrama  Turg„unboeva  nomidagi  «O„zbekraqs»  ijodiy  birlashmasi  tashkil topdi, 

birlashma qoshida  maxsus  jamg„arma  tuzildi,  xoreografiya  bilim  yurti  negizida  esa  Toshkent 

milliy  raqs  va  xoreografiya  maktabi  barpo  etildi. «O„zbekraqs»  birlashmasi  tarkibiga  «Bahor», 

«Zarafshon»,  «Lazgi»,  «Tanavor»  raqs  teatri,  «Ayqulash»  nomli  katta  ansanbllar,  «Sumalak 

(Andijon),  «Lola»  (Buxoro),  «Gulira‟no»  (Jizzax),  «Momogul»  (Qashqadaryo),  «Navoiy 

navolari»  ,  «Namangan  gullari»,  «Samarqand  bahori»,  «Do„stlik»  (Sirdaryo),  «Boysun», 

«SHalola»  (Surxondaryo),  «  Guldasta»  (Toshkent  viloyati),  «Anor»,  «Kamalak» 

(Farg„ona),  «Xorazm  navolari»  xalq raqsi hamda  folklor-  etnografik  ansambllar  kiritilgan. 

Milliy  raqs  ijrochiligi  bo„yicha  M.Turg„unboeva  nomidagi  davlat  mukofoti  belgilandi. Har  yili 

bahorda 

M.Turg„unboeva 

nomidagi 

yosh 


raqqos(a)larning 

ko„rik- 


tanlovi 

o„tkazilmoqda.Birlashma qoshida  raqs  merosini  saqlash  va  yoshlarga  o„rgatish  maqsadida 

«Mukarrama» studiyasi tashkil etilgan. 

 

 



 

 

O‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboeva 

 

 

 



 

 

 



 

 

Xulosa 

 

M.Turgunboeva  ijodini  o„rganish  jarayonida  xulosam  shu  bo„ldiki,  Ushbu  ayol, 



bizga  qoldirgan  ulkan  me‟rosi,  bir-birini  takrorlamagan  go„zal  raqslari,  dunyoni  lol  qoldirgan 

san‟ati  xar  qanday  san‟at  ixlosmandlari  e‟tirofiga  sazovar.  Uning  ijodini  o„rgangan  xar  bir 

ixlosmand  uning  soddagina  qiyofasini,  murakkab  xarakatlaridagi  jonli  ifodalarni,  liboslaridagi 

uyg„unliklvrni  ko„rib,  uning  san‟atiga  taxsinlar  aytadi.  CHunki  xech  bir  inson  uning  raqsini 

shunchaki tomosha qilolmaydi, balki uning raqsidan ilxomlanadi, zavqlanadi. 

 

 M.Turgunboevaning  shogirdlari  katta-katta  baletmeysterlar  uni  xar  doim  yaxshi 



xotiralar  bilan  yodga  olishadi.  SHogirdlaridan  biri  M.Ergasheva  “M.Turgunboeva  xar  birimiz 

uchun  nafaqat  ustoz,  balki  ona  edi.  U  xar  birimizni  o„z  farzandidek  ko„rar,  xar  bir 

saxnalashtirgan raqslaridagi liboslarga aloxida e‟tibor berardi”. 

 

 X.Lutfullaev  “  Opa  o„z  san‟atini  shu  qadar  sevardiki,  xatto  umrining  so„ngi 



kunlarida xam saxnaga chiqishga, o„z san‟atidan muxlislarini baxramand etishga ulgurdi” degan 

fikrlarni  tinglab,  o„sha  buyuk  ayol  siymosiga,  san‟atiga,  qoldirgan  me‟rosiga  yana  bir  bor 

shukrona aytamiz. CHunki mana shunday ayolning Uzbekistonda tug„ulib o„sgani, raqslari bilan 

yurtimizni nomini jahonga tanitgani, uni xali xanuz katta e‟tirof bilan yodga olio„lari bizda faxr 

va  iftixor  tuyg„ularini  uyg„otadi.  Respublikamizda  xar  yili  an‟anaviy  tarzda  M.Turg„unboeva 

xotirasiga  bagishlangan  va  uning  nomi  bilan  atalgan  Respublika  raqs  ko„rik  tanlovi  o„tkazilib 

kelinmokda.

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

 

 



1.

 

R. Karimova, D. I. Sayfullaeva. O„zbek ayollar yakka raqslari.T.2007



 

2.

 



F. Usmonova Bahor malikasi.T.1974.60 b.

 

3.



 

O„zbek milliy raqs san‟atida Mukarrama Turg„unboevaning me‟rosi   mavzuidagi 

 M A L A K A V I Y    B I T I R U V  I SH I  Toshkent 2013 

4.

 



www 

 library.ziyonet.uz/

 

5.

 



5.www ziyouz. uz. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ilmiy uslubiyat bo‘limi 

 tomonidan tayyorlandi. 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling