Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘tau tadqiqotchisi Musulmonova Kamola Xusniddin qizi Lingvistik ekspertiza o‘tkazishning maqsad vazifalari


Download 27.32 Kb.
bet1/2
Sana09.05.2023
Hajmi27.32 Kb.
#1447623
  1   2
Bog'liq
Musulmonova Kamola maqola. 1


Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU tadqiqotchisi Musulmonova Kamola Xusniddin qizi
Lingvistik ekspertiza o‘tkazishning maqsad vazifalari
Badiiy asarlar tahlili jarayonida muallif yashagan davr, ijtimoiy tuzum haqida muayyan xulosalarni olish mumkin. Bundan tashqari, tahlil asarning g‘oyaviy yo‘nalishi va muallif strategiyasini aniqlashga yordam beradi. Xuddi shu ma’noda lingvistik ekspertizada og‘zaki va yozma nutq aktlari tekshiriladi. Nazariy bilimlar amaliyotga bevosita tatbiq etiladi. Sud jarayonida mavjud dalillar, guvohlarning ko‘rsatmalari, ayblanuvchining ko‘rsatmasi tekshiriladi. To‘plangan barcha materiallarni umumlashtirish va yakuniy qarorga kelishda dalillar, og‘zaki va yozma nutqlarni ekspertiza qilish muammo yechimiga yordam beradi. Ushbu terminni tavsiflashda keng va tor ta’rif ajratiladi. Keng ta’rif uchta kichik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
a) qonunning yozma tili;
b) qonuniy kontekstda so‘zlashuv;
c) tildan dalil sifatida foydalanish.
Tor ta’rif bo‘yicha esa zarur o‘rindagina til ziddiyatli matn dalili sifatida ishlaydi. [1.27]
“Lingvistik ekspertiza – sud ekspertizasining turlaridan, tergovgacha va tergov jarayonida mavjud dalillarni asoslash va isbotlash usullaridan biri. So‘nggi bir necha yil ichida “tilshunoslik ekspertizasi” atamasi keng ishlatib kelingan. Ushbu ekspertizada asosiy e’tibor yozma nutqni leksik va uslubiy jihatdan o‘rganishga qaratilgan.” [2.40] Biroq nutq hodisasi aks etadigan ekspertiza obyektlari va shu bilan bog‘liq sud ishlarining ko‘payishi mohiyatan keng qamrovli ekspertiza turiga ehtiyoj borligini ko‘rsatdi. Ana shu ehtiyoj negizida sud-lingvistik ekspertizasi yuzaga keldi.
Lingvistik ekspertiza sud ekspertizalari tizimidan o‘rin oluvchi, lingvistik bilimlar tatbiq etilishi lozim bo‘lgan ekspertiza turi.
Protsessual jihatdan lingvistik ekspertiza shaxs huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilgan, tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan faoliyat turi. Shunday qilib, ekspertiza daliliy ma’lumotni olish usullari yoki vositalaridan biri va ushbu ma’lumotni boshqa usullar bilan olish imkoni bo‘lmaganda tayinlanadi. “Lingvistik ekspertiza fakultativ ekspertiza sinfiga kiradi, ya’ni sud tomonidan oldindan belgilanadi. Tilshunoslik aspektida lingvistik ekspertiza – obyekt (obyektlar) haqida haqiqat/yolg‘onlikni tavsiflovchi bayonotlarning muallifini aniqlash mumkin/mumkin emasligini belgilaydigan obyektlarni o‘rganish turi.” [3.13]
“Sud-lingvistik ekspertizasida ekspertga qo‘yilgan savollardan kelib chiqadigan tadqiqot mavzusi to‘g‘risida nutq ishida gumonlanuvchi/jabrlanuvchi to‘g‘risida salbiy ma’lumotlar mavjud, degan xulosaning haqiqat/yolg‘onligi tekshiriladi.” [4.13]
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, lingvistik ekspertiza sud-huquq tizimida yuzaga kelgan konfliktli matnlarni lingvistik belgilarga muvofiq tahlil qiladigan, umumiy xulosalarni asoslaydigan va mavjud dalillarni oydinlashtiradigan jarayondir.
Sud ishlarini amalga oshirishda har qanday vaziyat ham konfliktli deb baholanmaydi. Sud va tergovgacha jarayonda gumonlanuvchi mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalarini rad etsa, shaxsni obro‘sizlantirish bilan bog‘liq holatlarda haqorat/haqorat emaslik faktorini aniqlashda ziddiyatlar yuzaga kelsa, anonim xarakterga ega matnlarning muallifini aniqlash muammosi paydo bo‘lsa, bunday holatlardagi yechimini topmagan nutq materiali konfliktli matn sifatida baholanishi mumkin. Bunda lingvistik bilimlarni tatbiq etgunga qadar matnni texnik tekshirish (holati, ishlatilgan vositalar) amalga oshiriladi.
Bunda diqqat qaratish joiz bo‘lgan asosiy jihatlar mavjud. Quyida ularni keltirib o‘tamiz:

  1. matnni ziddiyatli/ziddiyatli emas faktori asosida baholash. Ziddiyatli deb topilgach, ekspertizaga taqdim etish;

  2. lingvistik ekspertiza avvalida yozma matnlarni texnik tekshirish (qo‘lyozmalarda yozuv bosimi, varaq holati, ishlatilgan yozuv vositasi);

  3. matndagi so‘zlarni o‘zaro muvofiq yoki nomuvofiqlik kategoriyasi asosida tekshirish;

  4. matnni mavzu yo‘nalishiga muvofiq semantik bloklash (matn mazmuni, g‘oyasini aniqlash);

  5. davlat tuzumiga tajovuz yoki shaxsni obro‘sizlantirish mazmunidagi matnlarda salbiy ma’noning bor/ yo‘qligini asoslash;

  6. matnning o‘zgartirilgan/o‘zgartirilmaganlik faktorini aniqlash;

  7. matnni huquqiy, lingvistik, psixologik, fiziologik faktorlar asosida tarkibiy qismlarga ajratish;

  8. bir nechta namuna uchun berilgan matnlarni o‘xshashlik va farqlilik kategoriyasiga muvofiq tahlil qilish;

  9. matnning pragmatik mazmun yo‘nalishini aniqlash.


Download 27.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling