Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. 
Pedagogik innovatsiyalar haqidagi: «Pedagogik inno-
vatsiyalar davlat organlari, pedagogik jarayonni boshqaradigan 
ma’muriyat singari yuqori tashkilotlar tomonidan emas, balki fan 
va ta’lim tashkilotlari xodimlari, ya’ni pastdan ishlab chiqarilishi 
hamda tavsiya etilishi kerak», tarzidagi qanoatga e’tibor qiling. Siz 
bu fikrga qo‘shilasizmi, yo‘qmi? Nega? Uni qanday tushundingiz? 
Qarashlaringizni ta’lim amaliyoti yoki hayotiy haqiqatlarga taya-
nib asoslang.
2. «Pedagogik innovatsiya jarayonining quyidagi uch 
 
bosqichi: yangi g‘oya yoki kashfiyotni yuzaga keltirish bos-
qichi; g‘oyaga ishlov berish, uni amaliyotda foydalanish mum-
kin bo‘ladigan holatga keltirish bosqichi; yangilikni joriy etish 
bosqichi»ni biror badiiy asarni o‘rganish asnosida izohlashga 
urinib ko‘ring. 
3. Pedagogika ilmida tavsiya etilgan innovatsiyalarni innovat-
sion o‘zgarishlar shiddati yoki yangilik darajasiga ko‘ra sakkizta 
toifasi tavsiya etilganligini bildingiz. Ularning har birini alohida 
tahlilga torting. Sizningcha, ularning qaysi biri milliy adabiy ta’lim 
uchun ahamiyatliroq? Nimasi bilan? Fikringizni asoslashga, qa-
rashlaringizni o‘qituvchingiz va kursdoshlaringizga ham tushunarli 
qilib ifodalab berishga urining. 
4. Pedagogik innovatsiyalarning tasodifiy, foydali va tizimli 
singari tasniflari haqida bildingiz va ularning mohiyatiga kirdin-
giz. Endi o‘ylab ko‘ringchi, ularning qaysi biri zamonaviy o‘zbek 
adabiy ta’lim metodikasi ilmi uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi, 
sizningcha? Fikringzni asoslang.
5. Mazkur innovatsiyalarning tasodifiy, foydali va tizimli in-
novatsiya singari turlarini badiiy asarlar, hayotiy misollar asosida 
tahlilga torting. Fikrlaringizni asoslang.


173
6. Taniqli metodist olim M. Maxmutovning: «Ta’lim metod-
lari o‘quvchi rivojlanishining yangi bosqichida tafakkur psi-
xologiyasida to‘plangan, ular tomonidan bilimlar va faoliyatni 
o‘zlashtirish jarayonini boshqarishni yaxshilashga imkon beradi-
gan barcha ma’lumotlarni qamrab olishi kerak» tarzidagi qanoa-
tini qanday tushunganingizni o‘z tushunchangiz asnosida izohlab 
be ring.
7. «Har bir mashg‘ulot darsning maqsadi va mavzuni 
o‘rganishning rejasini ma’lum qilishdan boshlansa, o‘quvchilarga 
darsda o‘z faoliyati yo‘nalishini aniqlab olishga imkon beriladi», 
degan fikrga qanday qaraysiz? Sizningcha, buni qanday tashkil 
etish mumkin? Biror badiiy asarni o‘rganish misolida qarashlarin-
gizni asoslang.
8. «Mustaqillik mening taqdirimda» mavzusida insho yozing. 
Bir-biringizning insholaringizni tekshiring. Xatolar ustida birga-
likda ishlang.


174
175

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling