-
Alisher Navoiy qayerda tug’ilgan? (Hirotda)
-
A.Navoiy tug’ilgan joy hozir qayerga tog’ri keladi? (Afg’onistonga
-
A.Navoiyning otsi kim bo’lgan? (Otasi G’iyosiddin Muhammad, temuriylar saroyi amaldori bo’lgan)
-
A.Navoiyning onasi kimning qizi bo’lgan? (amirzoda Shayx Abusaid changing qizi bo’lgan)
-
A.Navoiy 3-4 yoshlarida kimning bir baytini aytib mehmonlarni hayratga slogan? (Qosim Anvar)
-
A.Navoiy maktabda kim bilan birga o’qiydi? (Husayn Bayqaro)
-
Alisherlar oilai Iroqqa qachon ketadi? (1447-yil Shoxrux Mizo vafotidan so’ng)
-
A.Navoiy Taft shaxrida kim bilan uchrashadi? (mashhur tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiy bilan)
-
Alisherlar xonodoni Hirotga qachon qaytadi? (1451-yilda)
-
Giyosiddin Muhmmad qayerning hokimi edi? (Sabzavorning)
-
A.Navoiy yoshligidan qanday asarlarni surb o’qigan? (Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Boston”, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarlarini surb o’qigan)
-
A.Navoiyga yoshligidan yod bo’lib ketgan asar qaysi? (Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (Qush nuqti) asari)
-
“Mantiq ut-tayr” asarining muallifi kim? (Farididdin Attor)
-
A.Navoiyning otasi qachon vafot etdi? (1453-yil)
-
A.Navoiy necha yoshdan she’r yozgan? (7-8 yoshidan )
-
A.Navoiy turkiy va forsiy she’lariga qanday taxallus qo’llagan? (Turkiy she’rlariga Navoiy, forsiy she’rlariga Foniy)
-
A.Navoiyning taxalluslarining ma’nosi? (Navo-kuy, ohang, Foniy-vaqtincha, o’tkinchi)
-
A.Naoiy 15 yoshida qaysi shoir bilan uchrashadi? (Lutfiy bilan)
-
Orazin yapqoch, ko’zmidin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz nihon bo’lg’och quyosh. matla’si bilan boshlanadigan g’azalini o’qib kimni qoyil qoldiradi? (Movlono Lutfiyni)
-
Alisherning tog’alari kimlar edi? (Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G’aribiy)
-
Qaysi podsho davrida A.Navoiy mol-mulki musodara qilingan, tog’alari qatl etirilgn, o’zi esa Samarqandga ketishga majbur bo’lgan? (Abu Said Mirzo davrida)
-
A.Navoiy kimni “Nuran maxdum” deb e’zozlagan? (Abduraxmon Jomiy)
-
“Nuran maxdum” ta’rifiga sazovor bo’lgan alloma kim edi? (Abduraxmon Jomiy)
-
A.Navoiy kimni “Shamsul millat” (millatning quyoshi) deb ataydi? (Pahlavon Muhammadni)
-
“Shamsul millat” (millatning quyoshi) degan ta’rif egasi kim? (Pahlavon Muhammad)
-
“Bu faqir turk vas art (fors)llar orasida ondin tamomroq kishini ko’rmayurmen”-degan ta’rifni Navoiy kimga nisbatan aytgan? (Sayyid Hasan Ardasher)
-
NAvoiy 60-yillarning yarmida qayerda yashagan? (Samarqandda)
-
Samarqandda Navoiyga kim hokimlik qilgan? (Ahmad Hojibek)
-
Navoiyning 1465-1466-yillarda muxlislari tomonidan tuzilgan devoni fanda qanday ataladi? ( Fanda “Ilk devon’’ nomi bilan mashhur)
-
Husayn Bayqaro Samarqanddan Navoiyni qachon chaqirib oladi? (1469-yil Husayn Bayqaro taxtga o’tirgach, chaqirib oladi)
-
Navoiyning “Hiloliya” qasidasi nima uchun yozilgan? (Husayn Bayqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan)
-
Husayn Bayqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan kim qanday qasida yozgan? (A.Navoiy “Hiloliya”)
-
A.Navoiyning o’zi tuzgan 1-devoni qanday atalgan? (“Badoya ul-bidoya” (Badiiylikning ibtidosi))
-
A.Navoiyning 1472-1476-yllarda o’zi tartib bergan birinchi devoni qanday ataladi? (“Badoya ul-bidoya” (Badiiylikning ibtidosi))
-
A.Navoiyning 2-devoni nima deb ataladi?(“Navodin un-nihoya” (Nihoyasiz nodirliklar))
-
A.Navoiy qaysi qaysi lavozimlarda faoliyat urutgan? (Muhrdor, vazir va Astroboddahokim bo’lgan)
-
A.Navoiy qanday unvonlarga sazovor bo’lgan? (“miri kobir” (ulug’ amir), “amir ul muqarrab” padshoga eng yaqin amir unvoniga sazovor bo’lgan)
-
Sharqda xamsachilik an’anasini km boshlab bergan? (Nizomiy Ganjaviy)
-
Xamsanavis shoirlarni sanab bering. (Nizomiy Ganjaviy, Xusrav, Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy)
-
Turkiy tilda kim birinchi bo’lib “Xamsa” yozgan? (A.Navoiy)
-
A.Navoiy “Xamsa”si tarkibidagi dostonlarni tartib bilan anab bering. (“Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai Sayyor”, “Saddi Iskandariy”)
-
A.Navoiy qancha muddatda ‘Xamsa”sini yozib tugatadi? (ikki yil 1483-1485)
-
Navoiy “Xamsa”sining hajmi qancha? (Navoiy “Xamsa”si 51ming misradan iborat)
-
A.Navoiy “Xamsa”sining 4-dostoni nima deb ataladi? (Sab’ai Sayyor” ( yeti kezuvchi))
-
A.Nvoiyning “Xamsa”sining 3-dostoni nima deb ataladi? (“Layli va Majnun”)
-
A.Navoiyning “Xamsa”sining 1-dostoni nima deb ataladi? (“Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi))
-
A.Navoiyning “Xamsa”sining 2-dostoni nima deb ataladi? (“Farhod va Shirin”)
-
“Farhod va Shirin” dostoni yana qanday nomi bilan yuritiladi? (“Mehnatnoma” dostoni)
-
Navoiy qaysi dastoni “sharq dostoni” deb ataydi? (“Farhod va Shirin”)
-
A.Navoiyning to’g’rilik haqidagi qarashlari “Hayrat ul-abror”ning qaysi hikoyasida keltirilgan? (Sher bilan durroj)
-
A.Navoiyning komil inson haqidagi qarashlari”Xamsa”ning qaysi dostonida berilgan? (“Farhod va Shirin”)
-
Armon diyorining malikasi kim edi? (Shirin)
-
Shirin kimning jiyani edi? (Mehrinbonuning)
-
Farhod do’stining ismi nima? (Shopur)
-
Navoiyning komil inson haqidagi orzu-o’ylari qaysi timsolda o’z ifodasini topgan? (Farhod)
-
A.Navoiyning “adolatli shoh” orzu o’ylari “xamsa”ning qaysi dostnida ifodalangan? (‘Saddi Iskandariy”)
-
A.Navoiy nechanchi yillarda Astrobodda hokimlik qilgan? (1485-1488-yillarda)
-
A.Navoiy “Xamsat ul-mutahayyirin” asarini kimga bag’ishlab yozgan? (Abduraxmon Jomiyga)
-
Navoiyning Jomiyga bag’ishlangan asari nima deb ataladi? (“Xxamsat ul-mutahayyirin”)
-
Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga bag’ishlangan risolasi qanday ataladi? (“Holati Sayyid Hasan Ardasher”)
-
“Holati Pahlavon Muhammad” risolasi kimga bag’ishlangan? (Pahlavon Muhammadga)
-
Navoiyning muamo janriga bag’ishlangan asari qanday? (“Risolayi muamo” (“Murfradot”))
-
“Risolayi muamo” asarining ikkinchi nomi. (“ Mufradot”)
-
Navoiyning necha o’zbekcha muamosi bor? (52 ta)
-
Nvoinin hadislar asosidagi 40ta ruboiyni o’z ichiga olgan asari qaysi? (“Arboiyn”)
-
“Arboiyn” asarida nechta ruboiy kiradi? (40 ta)
-
Navoiyning turkey tildagi barcha she’rlari qaysi devonda to’plangan? (“Xazoiyn ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi))
-
“Xazoiyn ul-maoniy” to’plamiga qaysi devonlar kirad va ular qaysilar? 1. G’aroyib us-sig’ar” (Bolalik g’aroyibotlari) 2. “Navodin ush-shabab” (Yigitlik nodirliklari) 3. “Badoye ul-vasat” (O’rta yosh go’zalliklari) 4. “Favoyid ul-hibat” (Keksalik foydalari)
-
“Xazoiyn ul-maoniy” 1-devoni qaysi va u umrning qaysi fasliga o’xshatadi? (“G’aroyb us-sig’ar’(Bolalik g’aroyibotlari) umr faslining bahoriga o’xshatilib, unda 7-8 yoshdan 20 yoshgacha bo’lgan davr hisoblanadi)
-
“Xazoiyn ul-maoniy”ning 2-devoni qaysi va umr faslining qaysi qismini bildiradi? (‘Navodin ush-shabab” (Yigitlik nodirliklari) unda 20 oshdan 35 yoshgacha bo’lgan davr bo’lib, u umrning yozi deb belgilanadi)
-
Umrnng kuz fasliga qiyoslanadigan “Xazoiyn ul-maoniy”ning devoni qaysi? ( “Badoye ul-vasat” (O’rta yosh go’zalliklari) unda 35-45 yoshdagi davr belgilangan)
-
Umrnng qish fasliga qiyoslanadigan “Xazoiyn ul-maoniy”ning devoni qaysi? (45-60 yoshdagi avr bo’lib “Favoyid ul-hibat” (Keksalik foydalari))
-
Navoiyning forsiy she’rlari to’plangan devoni qaysi? (Devoni Foniy)
-
“Xazoiyn ul-maoniy” devonlariga nechtadan g’azal kirilgan? (650tadan)
-
“Xazoiyn ul-maoniy” devonida nechta g’azal bor? (2600ta )
-
“Xazoiyn ul-maoniy”da nechta misraga yaqin she’r bor? (450 ming misraga yaqin)
-
“Xazoiyn ul-maoniy” sharqda yana qanday nom bilan yuritilgan? (Chor devon)
-
“Xazoiyn ul-maoniy”ga necha xil jnrdagi she’rlar kiritilgan? (16 xil janrdagi)
-
“Majois un-navois” tazkirasida nechta shoir haqida ma’lumot berilgan? (459 ta)
-
Navoiyning tazkirchilikka oid asari qaysi? (“Majois un-navois”)
-
A.Navoiyning aruz vazniga oid asari qaysi? (“Mezon ul-avzon” (vazinlar o’lchovi))
-
Navoiyning eng so’nngi asari qaysi? (“Mahbub ul-qulub” (Ko’ngillarning sevgisi))
-
“Mahbub ul-qulub” asari nechinchi yilda yozilgn? (1500-yilda)
Do'stlaringiz bilan baham: |