Alishеr navoiy ruboiylari tahlili f f. d., Sh. Sirojiddinov F. f n., G. Odilova
Download 66.35 Kb.
|
ALISHЕR NAVOIY RUBOIYLARI TAHLILI
ALISHЕR NAVOIY RUBOIYLARI TAHLILI F.f.d., Sh.Sirojiddinov F.f.n., G.Odilova Navoiy ruboiylarini ingliz tiliga tarjima qilish ishlari tashabbuskorlaridan biri iste’dodli tarjimon K.Ma’murovdir. Albatta, ruboiy shakliy hususiyatlari va ichki qofiyalanishi jihatdan g‘azaldan farq qilib, vazn qo‘llanishi jihatidan soddaroqdir. Shu ma’noda K.Ma’murov uning ohangini tarjimaga aniq ko‘chira olish, turkiy ruboiylar jarangini inglizcha yangratish imkoniyatini topgan. Alisher Navoiy ruboiylari orasida turli tillarga oid so‘zlar ishtirokida yozilgan she’rlar bor. She’rni yaratishdagi bunday usul ijodkorlar orasida «shiru shakar», «shiru shahdu shakar» kabi nomlar bilan atalib kelingan. Mazkur ruboiyda o‘zbek tilida keng qo‘llanilayotgan “aziz” va “umr” kabi so‘zlarining ishlatilishiga balki e’tibor bermas edik, biroq ularning “umri aziz” shaklidagi birikmasi grammatik nuqtai nazaridan forscha iborani yasamoqda, shu sababli bu ruboiyda mazkur badiiy usuldan ustalik bilan foydalanganligini anglash mumkin: Jondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz, Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz. Har neniki sevmak ondin ortuq bo‘lmas, Ondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz . Q.Ma’murov tarjimasi: I love you more than my soul, oh, my dear, I love you more than all numbers, oh, my dear, Loving anything can not be more than that, I love you much more than that, oh, my dear. Ruboiyning inglizcha jarangi ham aynan Sharqona ohangga egaki, bunday she’rlar ingliz lirikasida uchramaydi. Ammo mazkur ruboiydagi “Sondin seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz” misrasida shoir “son” deganda aynan sanoq sonlarni nazarda tutmagan balki “sanalishi mumkin bo‘lgan har qanday mavjudotdanda kuchliroq sevaman” demoqchi. Bu esa cheksizlikni anglatadi. Shu o‘rinda tarjimon son so‘zini soddagina qilib – numbers (raqamlar,sonlar) so‘zi bilan tarjima qilib jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan: I love you more than all numbers, oh, my dear… So‘zma-so‘z tarjimasi: Men seni hamma raqamlardanda ko‘ra kuchliroq sevaman azizim… Ingliz tilida “hamma raqamlardan ko‘ra kuchli sevmoq” degan ibora yo‘q. Binobarin chet tilida o‘ta jo‘n chiqqan bu iborani Navoiy ham qo‘llayotgani yo‘q. Agar tarjimon “sondin” so‘zining baytdagi ma’nosi sanab adog‘iga yetib bo‘lmas cheksizlik ekanligini tushunganida ingliz tilida bu so‘zni – infinity (cheksizlik)deb bergan bo‘lar edi. Bu so‘z makmillan lug‘atida quyidagicha izohlanadi: 1 [uncountable] a space, time, or distance that continues without end or limits a barren landscape stretching into infinity 2 [singular] a very large amount of something, or a very large number of things infinity of: an infinity of combinations an infinity of patience a. [uncountable] maths the largest number that exists Ko‘rib turganimizdek bu so‘zning 1-ma’nosi cheksizlik, chegara bilmas masofa, 2-ma’nosi juda katta sanoqqa ega bo‘lgan real va mavhum predmetlar, katta sanoq sonlar. Ba’zan arab raqamlarini ham anglatadi: Arabic numeral, arithmetic progression, base, coefficient, common factor, common multiple, computation, constant, cube, cube root.. Demak, bu so‘z aynan sanab bo‘lmaydigan cheksizlikni bildiradi. Ingliz badiiy adabiyotida mazkur bayt tarjimasiga aynan mos keluvchi: Love more than infinity — cheksizlikdanda ko‘proq sevmoq degan iborasi mavjud. Shu misrani mutarjim: I love you more than infinity, oh, my dear… deb tarjima qilganda edi, ingliz tilida asliyatning bor ma’nosi va badiiyligi to‘liq ifodalab berilar edi. Alisher Navoiy ruboiylari orasida qofiyalar to‘rt bo‘lakka bo‘lingan holda yaratilganlari ham bor. Dastlabki uch bo‘lakda bir xil qofiyali so‘zlar keltiriladi. She’rda bunday usul qo‘llanilganda ichki qofiya san’ati hosil bo‘ladi. Bunga quyidagi ruboiy misol bo‘ladi: Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi. Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi, Bir-bir ne deyin, boshdin-ayog‘ing yaxshi . Navoiy mazkur she’rida tavzi’ san’atidan ham ustalik bilan foydalanib suyuklining “boshdin-ayog‘” go‘zal qiyofasini mohirlik bilan tasvirlagan. Inglizcha tarjimasi:
Asliyatdagi otlarning uyushib kelishi tarjimaga ham ko‘chgan. Tarjimon radifdan oldin kelgan qofiyadosh qabog‘ing, dudog‘ing, saqog‘ing, ayog‘ing so‘zlarini ingliz tilida eyelids, lips, chins so‘zlari bilan berib, til imkoniyatidan kelib chiqqan, natijada o‘zaro ohangdoshlik hosil qilishga intilgan va bunga erishgan. Tarjimada ruboiy ohangi to‘liq saqlab qolingan va inglizcha bo‘yoqdorlikdan xoli. Ingliz poeziyasida aruz bo‘lmaganidek, o‘zbek she’riyatida ham yamb yo‘q. Bunday qaraganda, yamb bilan aruz o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Bir-biridan yiroq bo‘lgan ikki she’riy sistema va an’anani “omixta” qilishda tarjimon jur’at bilan qalam surgan. U ingliz yambiga asl nusxadagi ixchamlik va emotsionallikni saqlay oladigan, yangi ohang beruvchi radifli qofiya kiritgan. Natijada esa qandaydir uchinchi – ona tili va bo‘lak tildagi she’riy unsurlar omixtasidan iborat nazmiy mushtaraklik barpo etilgan. Eng qizig‘i shundaki, asliyatdagi tavzi’ san’ati tarjimada qayta yaratilgan. Alisher Navoiy yorni yanada jozibaliroq tasvirlash maqsadida tashbih san’atidan va uning turlaridan ham keng foydalanadi: Dedim zaqaning tutub, saqog‘ingni o‘pay, Ko‘z qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay, Guldek yuzung islabon dudog‘ingni o‘pay, Yo‘q, yo‘q, yo‘q, agar desang ayog‘ingni o‘pay . Alisher Navoiy bu tashbihda -dek qo‘shimchasidan foydalanib tashbihi mutlaq (aniq o‘xshatish) xilini xosil qilmoqda. “O‘pay” radifli ruboiy tarjimasiga ham ohang va jarangdorligi jihatidan Sharqona uslubning G‘arbcha jarangi deya baho berish mumkin. Inglizcha tarjimasi:
Tarjima shu darajada aniq va tushunarli chiqqanki, inglizcha matndanoq Navoiy ohangi sezilib turadi. Oshiqning yor labi, yonoqlari, ko‘zu-qoshlaridan o‘pish orzusi va bu orzuga erisholmasa, ya’ni ma’nan balandda turgan ma’shuqa ruxsat bermasa, hech bo‘lmasa, oyog‘idan o‘pish va yor vasliga qonish ilohiy va majoziy ishq savdosi dardiga malham bo‘lishi ikkala matnda (asliyat va tarjimada) birdek tushunarli va chiroyli ifoda etilgan. Ruboiyda qo‘llangan savolu javob san’ati ham tarjimada qayta yaratilgan. Inglizcha tarjimaga Navoiy ruboiylarining ohangi va ruhiyatining ko‘chganligiga, tarjimonning o‘zbek millatidan ekanligi va bu ohang uning shuuriga singib ketganidan tarjimon bu qadar muvaffaqiyatga erishgan bo‘lishi mumkin. Albatta, tarjimada ohang muhim. O‘ziga xos jarangga ega lirik janr chet el kitobxonida ko‘proq qiziqish uyg‘otadi. Qo‘shiq misolida aytadigan bo‘lsak, uning matnidan ko‘ra birinchi navbatda yoqimli ohangi e’tiborni tortadi. Navoiy ijodiyotini ingliz tiliga tarjima qilishda ma’no bilan bir qatorda ohang birinchi o‘ringa qo‘yilishi zarur deb o‘ylaymiz. Keyingi ruboiyda ham Alisher Navoiy tashbehning tashbihi mutlaq (aniq o‘xshatish) xilini xosil qilmoqda: G‘urbatda g‘arib shodumon bo‘lmas emush, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emush, Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulg‘a tikandek oshiyon bo‘lmas emush. Inglizcha tarjimasi: A poor is said to be not happy in a strange land, People are said not to treat him friendly and kindly, Should there grows a red rose in the cage, Is said not to make a company like a prickle for a nightingale. Bu ruboiy tarjimasida asliyatdagi ma’no va mazmun to‘la saqlab qolingan ammo ruboiyning betakror ohangini hosil qiluvchi o tovushli aliteratsion qofiyalanish (shodumon, mehribon, oshiyon kabi) ingliz tilida qayta yaratilmagan.Til imkoniyatlaridan kelib chiqib, “bo‘lmas emush” radifi ham misra oxirida emas, balki boshida “Is said not to” tarzida keltiriladi. Natijada asliyat ohangi tarjimada biroz sezilmay qolgan. Ammo didaktik aforistik ruhiyat to‘liq saqlangan. Qachonki o‘xshatish faqat mushabbih va mushabbihun bihdan tashkil topsa bunday usul tashbihi muyaqqad deb ataladi. Tashbihning bu turi Alisher Navoiyning ayrim ruboiylarida ayniqsa, katta mahorat bilan qo‘llangan:
Inglizcha tarjimasi: Oh, the juice of your lips is sweeter than alive water, Don’t say alive water, it is sweeter than soul, Is not better than soul, better than alive water, If there is nothing better than that it is much dearest than alive water. So‘zma-so‘z: Labing sharbati tiriklik suvidanda shirin, Tiriklik suvi emas jondanda shirin Jondan emas tiriklik suvidan shirin, Agar undan azizroq bir narsa bo‘lmasa tiriklik suvidan azizroq. “Chuchuk jon”- iborasi shirin jon ma’nosida qo‘llanmoqda ammo jon – muqoyasada tiriklik suvi ya’ni “obi hayvon”dan ortiqroq ekanligi aytilmoqda. Lekin shoir qilinayotgan muqoyasalar suyuqlik ya’ni “lab sharbati” atrofida borayotganligi uchun jonni “chuchuk” deb ataydi. “Chuchuk” suvga nisbatan qo‘llaniladigan sifat ya’ni ichsa bo‘ladigan suv, keyinchalik bu so‘z “shirin suv” deb qo‘llab kelingan. Tarjimon qo‘llagan “sweeter than soul” qalbdan ko‘ra shirinroq iborasi ingliz badiiy tilida uchramadi. Agar suvga nisbatan ishlatiladigan va Navoiy jonga nisbatan qo‘llagan “chuchuk” so‘zining inglizcha ma’nodoshi “pure”- tiniq, shaffof, toza (suvga nisbatan) so‘zi qo‘llanganda nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi. Binobarin “pure than soul” – qalbdan ko‘ra tiniqroq, tozaroq iborasi ingliz she’riyatida uchraydi: Download 66.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling