4 – o‘quvchi:
Orazidek oydin erkanda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.
Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
1 – boshlovchi: Navoiy ijodi sira tuganmas xazina. Uni o‘rganganimiz sari u haqidagi bilimlarimiz juda ozligiga ishonch hosil qilamiz. Bugungi tadbirimiz ham Navoiyni o‘rganish yo‘lidagi bir urinish, bir saboq o‘rnida qabul qiling. Chunki, Navoiyni o‘rganish to insoniyat yashar ekan aslo tugamaydi.
1 – boshlovchi: Shuning bilan Alisher Navoiy tavalludining 582 – yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “G‘azalxonlik” kechamiz o‘z nihoyasiga yetdi.
2 – boshlovchi: Xayr sog‘ – salomat bo‘linglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |