Alisher Navoiy turkiy shoir, yozuvchi va davlat arbobi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
Sana09.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1180215
Bog'liq
Alisher Navoiy - Vikipediya



Alisher Navoiy
turkiy shoir, yozuvchi va davlat arbobi
Bu maqola oʻzbek va boshqa turkiy
xalqlarning shoiri Alisher Navoiy
haqidadir. Navoiy soʻzining boshqa
maʼnolari uchun mana bu sahifaga
oʻting.
Alisher Navoiy (9-fevral 1441-yil — 3-
yanvar 1501-yil) — ulugʻ oʻzbek va boshqa
turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va
davlat arbobi boʻlgan.
[1][2][3]
Gʻarbda
chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb
qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“


(din va millatning nizomi) unvoni bilan
ulugʻlanadi.


Alisher Navoiy
chigʻ.
ﯽﯾاﻮﻧ
ﺮﯿﺸﯿﻠﻋ
Alisher Navoiy miniatyurada, 16-asr boshlari
Tavalludi
9-fevral 1441-yil
Hirot, Temuriylar
imperiyasi


Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono
Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho
bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini
qozongan. Sayyid Hasan Ardasher,
Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan
taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan
ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-
Vafoti
3-yanvar 1501-yil
(-530 yoshda)
Hirot, Temuriylar
imperiyasi
Fuqaroligi
Temuriylar imperiyasi
va Greater Khorasan
Kasbi
Davlat arbobi,
faylasuf, shoir,
yozuvchi


yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar
sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga
oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida
yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik
(1469) mansabiga, vazirlik (1472) va
Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi.
1480-1500-yillar mobaynida oʻz
mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa,
40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab
oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9
hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz
qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher
Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“
(„sulton hazratlarining eng yaqin kishisi“)
degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy


davlatning barcha ishlariga aralasha
olardi.
Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida
Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur
kabi tarixchi va davlat arboblarining
asarlarida aks etgan.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir
Temurning oʻgli Shohruh Mirzo shohligi
davrida Hirotda tugʻildi. Zamondoshlari
uning haqida koʻpincha „Nizomiddin Mir
Alisher“ deb yozadilar. 'Nizomiddin"-din--
diyonat nizomi degani boʻlib, donishmand
mansab egalariga beriladigan sifat,
„mir“ — amir demakdir. Uning otasi
Hayoti


Gʻiyosiddin Muhammad (uni Gʻiyosiddin
Kichkina ham der edilar) temuriylar
saroyining amaldorlaridan, xonadonning
ishonchli kishilaridan edi. Onasi amirzoda
Shayh Abusaid Changning qizi boʻlgan,
ismi maʼlum emas. Alisherning bobosi
Temurning oʻgʻli Umarshayx bilan
emikdosh (koʻkaldosh) boʻlgan ekan.
Buyuk shoir oʻz asarlarida bu qutlugʻ
dargohga yaqinligidan iftixor etishini
bayon qiladi. Shuningdek, uning tarjimai
holiga oid ayrim lavhalar asarlarida
uchraydi. Bu tabarruk zot toʻgʻrisidagi
baʼzi maʼlumotlarni esa uning
zamondoshlari oʻz kitoblarida beradilar.


Alisher saroy muhitida yashaganligi
uchun alohida tarbiya va nazoratda oʻsdi.
Kichiklik chogʻidan sheʼr va musiqaga
ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida
boʻldi. Uch-toʻrt yoshlarida davrining
mashhur shoiri Qosim Anvorning bir
sheʼrini yod aytib, mehmonlarni hayratga
soldi. Bir yildan soʻng uni maktabga
berdilar. U boʻlajak sulton Husayn
Bayqaro bilan birga oʻqidi. Uning zehni va
iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida
tarqalib bordi.
1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib,
temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun
kurash boshlanadi. Hirot notinch boʻlib
qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yoʻl oladi.


Yoʻlda, Taft shahrida Alisher
zamonasining mashhur tarixchisi,
„Zafarnoma“ning muallifi Sharafiddin Ali
Yazdiy bilan uchrashdi.
Alisher xonadoni 1451-yilda Hirotga
qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan
bogʻliq shunday bir hikoyani keltiradi:
Karvon Yazd choʻli bilan Hirotga borarkan,
tungi yurishlardan birida ot-ulov ustida
hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot,
ittifoqo, yoʻldan chiqib, boʻlajak shoir
egardan tushib qoladi, uyqu zoʻrlik qilib,
uygʻonmaydi. Horigan ot ham egasi
yonidan ketmay, toʻxtab qoladi.


Alisher tong otib, quyosh qiziganda
uygʻonadi. Qarasa, poyonsiz sahro,
atrofida hech kim yoʻq. Yolgʻiz otigina
yovshan ildizlarini chimtib turibdi. Oʻn
yoshli bola oʻzini qoʻlga oladi. Otini minib,
zehn bilan yoʻlni topib ilgari yuradi. Kun
qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt
uzoqdan bir narsa qorayib koʻrinadi. U
suv toʻla mesh ekan, Ollohga
shukuronalar aytib, Alisher yoʻlini davom
ettiradi. Uning ota-onasi manzilga
yetgach, oʻgʻilllarini yoʻqligini biladilar va
mulozimni shoshilinch orqaga
qaytaradilar. Mulozim koʻp yurmay,
Alisherga duch keladi. Alisherni, goʻyo u
qayta tugʻilganday, quvonch bilan kutib
oladilar.


1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo
Xuroson taxtiga oʻtiradi, notinchliklar
bosiladi. Gʻiyosiddin Muhammad
Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi.
Alisher esa oʻqishini davom ettiradi.
Maktab yosh Alisherni sheʼriyat, adabiyot
olamiga olib kirdi. Boʻlajag shoir Saʼdiy
Sheroziyning „Guliston“. „Boʻston“,
asarlarini, Farididdin Attorning „Mantiq ut-
tayr“(„Qush mantigʻi“)ni soʻngsiz ishtiyoq
bilan oʻqidi. Ayniqsa, qushlar tilidan
keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur
mazmuni Alisherning oʻy-xayolini tamom
egallab oldi: Bir kuni qushlar jam boʻlibdi.
Har xil: toʻti, qumri, tovus, bulbul va
hokazo. Oʻrtaga hudhud
(sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi


tojini selkillatib, oʻzini taʼrifu tavsif etibdi.
Soʻng u hammani olam podshosi
Semrugʻni izlashga undabdi. Qushlar uni
surishtira boshlabdilar. „Zotini, sifatini,
sifatini ayt, bizga nishon ber!“ —
deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi:
Semurgʻ bir kecha dunyoni aylanib, uchib
yurar edi. Nogoh yoʻli Chin shahri ustidan
tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga
gʻaeq boʻldi. Patidan biri tushib qolgan
ekan. Ogoh boʻlganlar aqlu shuurini
yoʻqotdilar. Chin mulki esa
hashamat(ulugʻvorlikka) chulgʻandi.
Qushlar zavq-u shavq bilan yoʻlga
tushadilar. Biroq bu zavq-shavq uzoq
davom etmaydi. Qushlar eʼtiroz bildirib,
uzr aytib, oʻzlarini chetga ola boshlaydi.


Hudhud har biriga javob aytadi.
Semrugʻga yetishish baxti oldida bu
dunyoning tashvishlari hechligini isbot
etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning
gaplari, hikoyalari qushlarga yangi bir
kuch bagʻishlaydi. Ular hudhudni boshliq
qilib, yoʻlga tushadilar. Hudhud buy
oʻlning ishq yoʻli ekanligi, unga kirgan
odam Shayx Sanʼon singari oʻzligidan
kechishi lozimligini aytadi. Yana bir-
biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar
yeti vodiyni bosib oʻtadilar va oʻzlarining
Semurgʻ ekanligini anglab yetadilar.
„Mantiq ut-tayr“ xayoli Alisherga bir umr
hamroh boʻldi. Umrining soʻngida esa
„Lison ut-tayr“(„Qush tili“) nomi bilan


kitob yozdi. Boʻlajag shoir yana Nizomiy
Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy asarlarini
sevib oʻqir edi.
1453-yilda Alisherning otasi Gʻiyosiddin
Mauhammad vafot etadi. Alisher
Abulqosim Bobur hizmatiga kirdi. Avval
Sabzavorda, soʻng Mashhadda yashadi.
Ikki maktabdosh doʻst — Husayn va
Alisher yana birga boʻldilar. Bir
munosabat bilan u 50 ming bayt, 100
ming misra sheʼr yod olganini aytdi. Sheʼr
shunchaki nutq oʻstirish emas, maʼrifat,
taffakur mashqi ham edi. Navoiy 15
yoshlarida oʻz sheʼrlari bilan
zamonasining mashhur shoirlari diqqatini
tordi. Xondamirning yozishicha, sheʼrlari


bilan endigina tanilib kela boshlagan
Alisher oʻz davrining dongdor shoiri
Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi.
Mavlono undan sheʼr oʻqishni iltimos
qiladi. Alisher oʻzining: Orazin yopgʻoch,
koʻzimdin sochilur har lahza yosh,
Boʻylakim, paydo boʻlur yulduz nihon
boʻlgʻoch quyosh. matlaʼi bilan
boshlanadigan gʻazalini oʻqiydi. Sheʼrdan
hayratga tushgan keksa shoir bunday
deydi: „Valloh, agar muyassar boʻlsa edi,
oʻzumning forsiy va turkey tillarda aytgan
oʻn-oʻn ikki ming baytimni shu gʻazalga
almashtirardim va buni oʻzimning katta
yutugʻim deb hisoblar edim“. Bu turkiy
(oʻzbek) sheʼriyatiga juda katta isteʼdod
kirib kelayotganidan nishona edi.


Yigitlik yillari
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi.
Hokimyat tepasiga Abusaid Mirzo keldi.
Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga
shoʻngʻib ketdi.
Navoiy esa Mashhad madrasalarida
oʻqishni davom ettirdi. Doʻstlar orttirdi.
Keksa shoir Kamol Turbatiyni shu yerda
uchratdi. Turbatlik bu shoir Alisher bilan
bir bayt muhokamasi ustida tanishib
qoldi. Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi.
Biroq poytaxda uni noxushliklar kutadi.
Abusaid Mirzo u bilan taxt talashayotgan
Husayn Bayqaroni yaqin kishilarini taʼqib
va tayziq ostiga olgan, jumladan, togʻalari


Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali
Gʻaribiylarni oldinma-keyin qatl ettirgan
edi. Ular isteʼdodli shoirlar edi.
Alisherning ota mulki musodara qilingan,
hatto yashab turgani boshpana ham
qolmagandi. U shaharda uzoq qola
olmadi. Holbuki, yosh shoirning ijodi barq
urgan payti edi. Abdurahmon Jomiyadek
zamonasining alloma adibi bilan
yaqindan tanishib, saboqlar olgani, mehr
qozongan edi. Navoiy — „Mahmud Nuran“
deb eʼzozlagan bu mashhur shoir va olim
oʻzini siyosatdan uzoq tutar, hatto shahar
tashqarisidagi Saʼdiddin Koshgʻariy
(1456-yilda vafot etgan mashhur shyx,
Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy
qilib, oʻsha yerda yashar edi.


Navoiyning Sayyid Hasan Ardasherga
yozgan sheʼriy maktubi bor. U „Masnaviy“
nomi bilan „Xazoyin ul-maoniy“ning
birinchi devoniga kiritilgan. Mutaxasisslar
uni Navoiyning Hirotdan Samarqandga
joʻnash oldidan yozgan maktubi deb
hisoblaydilar. Chamasi, shoir safar oldida
Ardasher bilan xayrlashmoqchi boʻlgan,
lekin uni topmagan. Soʻng ushbu
maktubni yozib qoldirgan. Maktub
Alisherning safar oldidagi kechinmalari
va oʻz otasidek yaqin koʻrgan Sayyid
Hasan Ardasherning sifatlarini taʼrif etish
bilan boshlanadi. Vatan va doʻstlarni
tashlab ketish ogʻir. Xayrlashmay ketish
undan ham ogʻir. U ulugʻ doʻstiga ketishi
sabablarini tushuntirmoqchi. Xat shu


munosabat bilan yozilgan. Inson soʻz
bilan ulugʻdir, „falak jismining joni“-soʻz,
ayqisa „nazm“ (sheʼr), deydi shoir. Va
oʻzida sheʼr yozishga juda katta kuch-
qudrat sezayotganini aytadi. Shunday
qudratki, agar Firdavsiy oʻz
„Shohnoma“sini 30 yilda yozgan boʻlsa, u
oʻshanday asarni 30 oyda yoza oladi.
Nizomiy Ganjaviyning 30 yil sarflab
maydonga keltirgan „Xamsa“si uning
oldida 2-3 yillik ishdir. Faqat unga imkon
kerak. Yurt esa notinch, odamlarda vafo
yoʻq. Insoniylik qolmagan zulm avjida.
Hatto tasali beruvchi kishi ham yoʻq.
Ketaman, desang etagindan tutadigan
umr yoʻldoshing, ketsang, ayriliqdan
eziladigan doʻsting boʻlmasa.


Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida
Samarqandda yashadi. Uning bu
shaharga kelishi sababini turlicha talqin
qiladilar. Xondamir, oʻqish uchun keldi,
deydi. Toʻgʻri u Samarqandda din
huquqshunosi va faylasuf Fazulloh
Abullays qoʻlida oʻqidi. Zahiriddin Bobur
uni Abusaid surgun qildi deydi. Bunda
ham asos bor. Abusaidning Alisherga
munosabati yomon edi. Shoir
Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilik
ichida yashaydi. Keyinroq unga shahar
hokimi Ahmad Hojibek ragʻbat va hoiylik
koʻrsatadi. Nihoyat, Samarqand oʻz
goʻzalligi bilan ham Navoiyni maftun
etadi. Shoi uni
„firdavsmonand“(jannatmisol) deb ataydi


va unga hech qachon „gardi fano“
oʻltirmasligini — zavolikka yuz
tutmasligini istaydi. Navoiy shu yillari
shoir sifatida juda katta shuhrat topa
bordi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari
sheʼrlarini toʻplab, „devon“ tuzadilar. Bu
kitob bugun „Ilk devon“ nomi bilan
mashhurdir. 1468-yil oxrida Eronni
eggalash uchun boʻlgan jangda Abusaid
halok boʻladi. Husayn Bayqaro 1469-
yilning boshida Hiroti qoʻlga oladi va
Samarqandga xat yoʻllab, Navoiyni oʻz
yoniga chaqiradi. Husayn Bayqaro uni
davlat ishlariga jalb etadi. Muhrdor qilib
tayinlaydi.


Davlat va jamoat arbobi
Alisher Navoiy 1469-1472-yillarda
muhrdor, 1472-1476-yillarda vazir boʻlib
ishlaydi. 1487-1488-yillarda Astrobodga
hokimlik qildi. Husayn Boyqaro uni oʻziga
gʻoyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan
maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar
edi. Toʻgʻri, Bayqaro va Navoiy oʻrtasiga
uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik
tushgan paytlar ham boʻldi. Lekin oʻz
davrining ikki atoqli arbobi hamkorligi
juda koʻp sinovlardan muvaffaqiyat bilan
oʻtib, avlodlarga oʻrnak boʻldi. Husayn
Bayqaro saltanatining daslabki yillarida
juda notinch kechdi. Xondamirning
yozishicha, u taxtga chiqqan yilning


oʻzida Abusaid Mirzoning oʻgʻli Yodgor
Muhammad taxt daʼvosi bilan qoʻzgʻaldi.
Husayn Bayqaro unga qarshi qoʻshin
tortadi va gʻalaba qozonadi.
1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo
Astrobodda yana bosh koʻtaradi. Husayn
Bayqaro Navoiyni yoniga olib, qoʻshin
bilan yana yoʻlga tushadi. Xuddi shu payt
Hirotda qoʻzgʻolon boʻlganligi xabari
keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga
katta vakolatlar berib poytaxtga
qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni
tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday
toʻqnashuvlarning birida Yodgor
Mirzoning qoʻli baland kelib, poytaxdagi
ayrim kishilar unga qoʻshiladilar.


Mojarolarni tinchlantirish maqsadida
uylangani Abusaidning qizi Robiya
Sultonbegim eriga hiyonat qilib, u
safariga ketganida poytaxtda inisi
Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitadi. Yurt
bir muddat Yodgor Mirzo qoʻliga oʻtadi.
Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq taʼsir
etadi. Tushkunlikka tushadi. Navoiy
shunday paytda uning yonida turadi,
tassali beradi. Oʻsha 1470-yilning oʻzida
payt poylab, Navoiyning maslahati bilan
Murgʻob daryosi boʻylaridan juda qisqa
muddatda Hirotga yetib keladi va BogʻI
Zogʻonda maishatdan charchab uxlab
yotgan Yodgor Mirzoni qoʻlga oladi.
Shundan keyingina Xurosonda maʼlum
muddat tinchlik, osoyishtalik qaror


topadi. Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan
buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan
yiroq, tafakkur hamda taxayyulga moyil,
gʻoyat noziktaʼb bir kishi edi. Mansab-
lavozimlar har qancha yuksak boʻlmasin
uning uchun zil-zambil yuk boʻlib, Husayn
Bayqaroga boʻlgan ixlos va
muhabbatigina uni isteʼfo berishdan
saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u
sadoqat bilan xizmat qildi.
`Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan
koʻplab gʻalayonu qon toʻkishlarni oldini
oldi, urushlarni yarashga aylantirdi.
Uning bu fazilati, ayniqsa, 1472-1476-
yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol
namoyon boʻldi. Husayn Bayqaro


hokimyat ishlarida Navoiyning aql va
sadoqatida tayanib ish koʻrdi. Uni,
qarshiligiga qaramasdan, yuqori
martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa
„amir“(vazir)likka qoʻydi. Buyuk shoir
„amiri kabir“ (ulugʻ amir), „amirul
muqarrab“ (podshoga eng yaqin amir)
unvonlariga musharraf boʻldi. Uning
vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan,
madaniyat gullab, yashnagan davr boʻldi.
Ulugʻ amir oʻzi bosh boʻlib, suvsiz yerlarga
suv chiqardi, eski ariqlarni tozallatirdi,
yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni
taʼmir qildirib, yangilarini qurdirdi.
Qanchadan-qancha madrasalar,
xonahoqlar soldirdi.


Ijod ogʻushida
Alisher Navoiy sheʼrni, shoirlikni hamma
narsadan baland tutdi. Vazirlik
martabasida turib ham sheʼr yozishni
toʻxtatmadi. Atrofidagilar uning bu ishiga
ragʻbat va hurmat bilan qaradilar. Shoh
Husayn Bayqaroning oʻzi unga
rahnamolik qildi. Ulugʻ shoirning ilk sheʼriy
devonini muxlislari tuzgan boʻlsalar,
birinchi devoni — „Badoye ul-bidoya“
(„Badiiylik ibtidosi“)ni 1472-1476-yillarda
shohning amri va istagiga koʻra oʻzi kitob
qildi. 1485-1486-yillarda ikkinchi devon —
„Navodir un-nihoya“(„Nihoyasiz
nodirliklar“) maydonga keldi. Alisher
Navoiy 1481-1482-yillarda „Vaqfiya“


asarini yozadi. Vaqf deb biror xayrli
ishning sarfu xarajatini taʼmin qilmoq
uchun ajratilgan yer yoki mulkka aytiladi.
Alisher Navoiyning eng katta orzusi
doston yozish, birinchi navbatda, XII
asrning buyuk shoiri Nizomiy Ganjaviy
(1141-1209) dan keyin shoirlik
qudtarining mezoniga aylanib qolgan
„Xamsa“ yaratish edi. Nizomiyning „Panj
ganj“ nomi bilan tarixga kirgan „Xamsa“si
5 masnaviydan tashkil topgan edi:
„Maxzan ul — asror“(„Sirlar xazinas“),
„Xusrav va Shirin“, „Layli va Majnun“, „Hayf
paykar“(„Yetti goʻzal“), „Iskandarnoma“.
Yuz yildan keyin unga Xusrav Dehlaviy
(1253-1325) javob qildi. U oʻz
dostonlarini „Matla ul-anvor“ („Nurlar


boshlanishi“), „Shirin va Xusrav“, „Majnun
va Layli“, „Hasht behisht“(„Sakkiz jannat“),
„Oynayi Iskandariy“ (Iskandar oyinasi)
deb ataladi. Lekin bular hammasi forsiy
tilda yozildi. Ulardan forslar, shu tilni
bilganlargina bahramand boʻldilar. Oʻz
xalqining shunday hazinadan bebahra
qolishi Navoiyni qiynadi.
Navoiy maslahatga ustozi Abdurahmon
Jomiy huzuriga boradi. Jomiy Navoiyni bu
ishga tezlikda kirishishga undaydi, uning
oʻz kuchi va imkoniyatlariga ishonchini
mustahkamlaydi. Navoiy besh dostonni
ikki yilda tamomlaydi. 1483-yilda oʻz
„Xamsa“sini yoza boshlab, 1485-yilning
boshida yugatadi. Shoir ishlagan kunlar


hisobga olinsa, 54 ming misralik ulkan
obida 6 oyda bitkaziladi. Turkiy tilda
birinchi marotaba „Xamsa“ yaratiladi.
Olimu fuzalo — barcha bu hodisani zoʻr
olqish bilan kutib oldilar. Zayniddin
Vosifiyning „Badoyeʼ ul-vaqoe“sidan:
"Shoh Navoiyga: „Bir mojaro Siz bilan
bizning oramizdan koʻpdan hal boʻlmay
keladi, shuni bugun bir yoqlik qilaylik“,
deydi. Bu mojaro shundan iborat ediki,
Sulton Husayn Alisherning muridi
boʻlishini koʻpdan orzu qilar va uni „pirim“
deb atar edi.
Alisher esa har gal: „Yo Ollo, yo Ollo, bu
qanday gap boʻldi! Aslida — biz muridmiz,
siz — hammasiga pirsiz“, der edi. Endi


Sulton Husayn Alisherdan soʻradi: — Pir
nima-yu, murid nima?
Alisher javob berdi:
Pirning tilagi — muridning tilagi boʻlishi
kerak.
Shunda Sulton Husayn oʻzining oq otini
olib kelishni buyuradi. Ot juda asov,
chopagʻon edi.
Sulton Husayn aytdi:
Siz pir, men murid boʻladigan boʻlsam,
Siz shu otga minasiz, men uni
yetaklayman.
Alisher noiloj otga minishga majbur
boʻladi. Ot gʻoyat asov boʻlib, shohdan


boshqani oʻziga yaqinlashtirmas edi.
Alisher oyogʻini uzangiga qoʻyishi bilan ot
tipirchilay boshladi, Sulton Husayn otiga
oʻshqirdi, ot itoat qilib, Alisherning
minishini kutdi. Alisher egariga oʻtirishi
bilan Sulton Husayn otining jilovidan
ushlab yetaklay boshladi. Alisher
hushidan ketdi. Uni egardan koʻtarib
oldilar. Tarihda bunday hol koʻrilmagan
edi. Hech bir zamonda shoh shoirga
jilovdorlik qilmas edi. 1480-1490-yillar
Navoiy uchun badiiy ijodda samarali davr
boʻldi. Shoir „Xamsa“ dan keyin koʻp
oʻtmay, ketma-ket nasriy kitoblar yaratdi.
U 1488-yilda yozgan „Tarixi mulki ajam“
(„Ajam shohlar tarixi“) shularning biri edi.
Bu asar „Muhokamat ul-lugʻatayn“da


„Zubdat ut-tavoxir“(„Tarixlar qaymogʻi“)
deb ham ataladi. 1480-yillarning oxiri,
1490-yillarning boshida Navoiyning yaqin
doʻstlari, ustozlaridan Sayyid Hasan
Ardasher (1489), Abdurahmon Jomiy
(1492), Pahlavon Muhammad (1493)
ketma-ket vafot etdilar. Navoiy ularga
bagʻishlab „Holoti Sayyid Hasan
Ardasher“, „Xamsat ul-mutahayyirin“,
„Holoti Pahlavon Muhammad“ asarlarini
yozadi. Bu asarlar nasriy boʻlib, shoirning
bu ulugʻ zamondoshlari haqidagi memuar
xotiralaridan tashkil topgan edi. 1491-
yilda muammo janriga bagʻishlangan
„Risolayi muammo“ (ikkinchi nomi
„Mufradot“) risolasini yozi. Navoiy
zamonasida muammo janri keng


tarqalgan boʻlsa — da, asosan, fors tilida
yozilar edi. Navoiy oʻzbek tilida muammo
yozgan ilk oʻzbek shoirlaridan boʻldi.
„Xazoyin ul-maoniy“ga uning 52 muamosi
kiritilgan. Shoirning fors tilidagi
muammolarini esa 500 chamalaydilar.
Navoiyning 1490-yillardagi eng katta
xizmatlaridan biri „Xazoin ul maoniy“
(„Maʼnolar xazinasi“)ni tuzish boʻldi.
1492-1498-yillarda tartib qilingan 4 qism
devondan iborat bu ulkan sheʼriy kulliyot
shoirning turkiy tilda yozilgan deyarli
barcha lirik sheʼrlarini qamrab olgan edi.
Shoir 7-8 yoshidan 20 yoshigacha boʻlgan
davrni umrining navbahori hisobladi va
shu davr devonini „Gʻaroyib us-
sigʻar“(„Yoshlik gʻaroyibotlari“) deb atadi.


Hayotining soʻnggi yillari
1490-yillarning boshidagi ogʻir
yoʻqotishlar, ayniqsa, 40 yillik qadrdoni
Pahlavon Muhammad bilan ustozi
Jomiydan judo boʻlish Navoiyga qattiq
taʼsir etdi. Buning ustiga saroyda
Xadichbegim Nizomulmulk bilan mulk va
mansab ishtiyoqida yangi-yangi fitnalar
toʻqiydi. Shu fitnalar natijalaridan biri pok
qalbli barcha kishilarni larzaga solib,
Alisher Navoiy xaykali, Samarqand


mamlakatni halokat yoqasiga keltirib
qoʻyadi. Bu-Moʻmin Mirzoning oʻz bobosi
farmoni bilan qatl qilinishi edi. 1489-yilda
Navoiy Hirotga qaytgach oʻrniga
Astrobod hokimi qilib Badiuzzamon
tayinlagan edi. Bu orada Balxda
Darveshali qoʻzgʻoloni boshlanadi.
Husayn Bayqaro Navoiyni olib, Balxga
joʻnaydi. Darveshali bilan sulh tuziladi,
lekin Hisorda Abusaidning oʻgʻli Sulton
Mahmud Husayn Bayqaroga qarshi
kurash boshlaydi. Shoh Navoiyni Balxda
qoldirib, oʻgʻli Badiuzzamonni olib Hirotga
otlanadi. U bilan ham murosaga kelishib,
orqaga qaytadi va Balxni Badiuzzamon
tasaruffiga beradi. Badiuzzamon oʻgʻli —
13 yoshli Moʻmin Mirzoni Astrobodda


qoldirib Balxga keladi. Xadichbegim
Nizomulkmulk bilan birgalikda
Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib
tayinlashga erishadilar. Husayn Bayqaro
va Badiuzzamon oʻrtasidagi munosabat
yomonlashadi. Badiuzzamon Moʻmin
Mirzoga Muzaffar Mirzoni shaharga
kiritmaslikka buyuruq beradi. Shoh tezda
Navoiyni Balxga yuboradi. Navoiy ota va
oʻgʻil orasiga tushib, ularni yarashtiradi.
Biroq huddi shu paytda Husayn
Bayqaroning Badiuzzamonni qoʻlga
tushirish va qamoqqa olish haqidagi
Balxga, shahar qutloviga yoʻllagan
yashirin farmoni maʼlum boʻlib qoladi.
Yarash yana urushga aylanadi.


Navoiy voqeani bunday izga kirib
ketganidan qattiq iztirob chekadi va
umidsiz orqaga qaytadi. Ota-oʻgʻil
urushida Badiuzzamon yengiladi. Moʻmin
Mirzoni Muzaffar Mirzo asir oladi. 1499-
yilda Marvda Husayn Bayqaroning yana
bir oʻgʻli Abulmuhsin otasiga qarshi bosh
koʻtaradi. Shoh oʻz qoʻshini bilan Marvga
otlanadi. Bu paytlarda Navoiy hajga
boorish orzusida edi. Mirxondning xabar
Alisher Navoiy maqbarasi tolibonlar xujumigacha, Hirot, 1976-yil.


berishicha, Abulmuhsin otasi bilan sulh
tuzish uchun Alisherning podshoh
nomidan vakil boʻlib kelishini shart qilib
qoʻyadi. Navoiyga tez chopar yuboriladi.
Chopar shoirga yetib, shohning maktubini
topshiradi. Unda shoirning hajni keyinga
qoldirib, texda Marvga yetib kelishi
iltimos qilingan edi. Alisher Mashhad
ulugʻlari va hamrohlari bilan
maslahatlashadi. Ular mamlakatning
tinchiligi uchun Alisherning hajga
borishidan kechishini soʻraydilar. Alisher
belgilangan joyga yetib boradi, ota-
oʻgʻillarni yarashtirib, Hirotga qaytadi.
1498-yilda Alisher Navoiy „Majolis un–
nafois“ni qayta koʻzdan kechirib, toʻldirdi.


Shoirlar adadni 459 taga yetkazdi. Shu yili
yoshligidan qalbida muhirlanib kelgan
„Mantiq ut–tayr“ ga javob yozadi. „Lison
ut-tayr“ Navoiy ijodini yakunlovchi
asarlardan biridir. Buyuk shoir 1498-1499-
yillarda xatlarini toʻplab, „Munshaot“
tuzdi. Unda 88 ta xat jamlangan boʻlib,
ularning aksariyati shoirning shoh va
shahzodalarga yoʻllangan. Shoirning
1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan
„Mahbub ul–qulub“ asari uning eng
soʻnggi asari boʻlib qoldi. Navoiy 1501-
yilning 3-yanvarida vafot etadi. Butun
xalq — shohda gadogacha, olimdan
choʻpongacha, shoirdan dehqongacha
ulugʻ farzandining oʻlimiga qaygʻu va
iztirob bilan motam tutadi.


Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi
„Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir
birinchilardan boʻlib, turkiy tilda toʻliq
„Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday
koʻlamdor asar yozish mumkinligini
isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy
Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“)
asariga havas sifatida yozilganligini
oʻquvchilarga anglatmoq maqsadida
„Xamsa“ning kirish qismida:
„Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“
deya taʼkid etadi.
„Xamsa“


„Xamsa“ tarkibiga „Hayrat ul-abror“,
„Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“,
„Sabʼai sayyor“, „Saddi Iskandariy“ kabi
dostonlar kiradi.
"Hayratul-abror"da hamd, munojot, naʼt,
hayrat boblaridan keyin shoirning
Yaratganga, borliqqa, tabiatga, insonga
boʻlgan falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ilmiy, maʼrifiy, axloqiy va estetik
munosabati aks ettirilgan. Podshoh bilan
ulusning insonlik nuqtai nazaridan
ayirmasiz, farqsizligini, podshohning
hunar, axloq, adl, insof, mantiq, taqvo
yoʻlida ulusdan oʻta olmaganini anglatish
bilan oʻzining adolatli shoh haqidagi
qarashlarini anglatadi.


„Farhod va Shirin“da qahramonlar sevgi
sarguzashtlari orqali insonning tarix va
kelajak oldidagi vazifasini belgilaydi,
insonlik faqat muhabbatda emas, balki
oʻsha sharafli nomning himoyasi orqali
ekanini uqdiradi. Sharq tarixidagi Xusrav
va Shirin voqeasini badiiy jihatdan qayta
ishlab, Farhod orqali oʻzining komil inson
haqidagi qarashlarini ifoda qilgan. Navoiy
dostoni orqali Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy
anʼanalari yangilangan boʻlsa, undan keyin
bu syujet turk mumtoz adabiyotining
oʻzak muammolarini hal etishda asosiy
oʻrin tutdi va bu yoʻnalishda Ahmad
rizvon, Jaliliy, Harimiy, Bafqiy, Urfi
Sheroziy, Lamiiy, Nizoriy v.b. dostonlari
yaratildi.


„Layli va Majnun“ dostonida arab ertaklari
orqali maʼlum syujet oʻzining tugal
shaklini topdi, unda ishq falsafasi
betakror uslubda ifoda qilindi. Keyinroq
yaratilajak Fuzuliy, Andalib, Sayqaliy
dostonlari uchun maʼnaviy zamin boʻldi.
„Xamsa“ tarkibidagi „Sabʼai sayyor“ va
„Saddi Iskandariy“da shohlik bilan bogʻliq
masalalarni birinchi oʻringa olib chiqdi. Bu
dostonlar xamsanavislik anʼanasida
oʻzining ijtimoiy-siyosiy xarakteri va
originalligi bilan ajralib turadi. „Xamsa“ga
ustoz Abdurahmon Jomiy (1414—1492)
yuqori baho berdi.
OʻR FA ShI qoʻlyozmalar fondida 15-20
asrlarda koʻchirilgan 166 qoʻlyozma


saqlanadi. Ulardan 84 tasida beshlikning
hamma dostonlari berilgan.
„Xamsa“ haqida xorijiy olimlar A.Vamberi,
J.Malokolin, F.Richard, L.Vari, Y.Ekman,
E.Partele; rus tadqiqotchilari
I.Krachkovskiy, V.Bartold, E.Bertels,
Konrad, B.Jirmunskiy, A.Yakubovskiy,
A.Semyonov; turk olimlari F.Koʻprulu,
A.S.Levend, K. Eraslon; ozar olimlari H.
Arasli, G. Aliev; oʻzbek olimlari Fitrat,
I.Sulton, V.Zohidov, A.Qayumov, T.Jalolov,
Sodir Erkinov, S.Nazrullaeva,
A.Abdugʻafurov, M.Hakimov, S.Hasanov
v.b. ishlari maʼlum.


OʻzMUda „Xamsa“ni tadqiq etish
borasida B.Qosimov, B.Akrom,
H.Boltaboev, A.Erkinov, D.Farmonova
tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli
barcha asarlarining ruhiga singigan
boʻlsa-da, maxsus "Lison ut-tayr"
Navoiy Devonidan sahifa
Tasavvufiy asarlari


dostoni(1499)da, "Nasoyim ul-muhabbat"
(1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo"
(1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari
asarlarida aks etgan.
"Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot
haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va
hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va
sarguzashtlari orqali bayon qilgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan
soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik
jihatidan oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv
va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“,
„Munojot“ kabi asarlari chop etildi.
Jomiyning „Nafahotul-uns min hazarotil-
quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib,


soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770
taga yetkazdi.
Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy
asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy,
axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy
yoʻnalishdadir.
"Mahbub ul-qulub"(1500-1501)
Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda
ulugʻ mutafakkir adibning hayoti
davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy
tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini
topgan. Uch qismdan iborat bu asarda
„Soriun-nosning afʼol va ahvolining
kayfiyati“ (1), axloqiy muammolar (2),
Nasriy asarlari


„mutafarriqa favoyid va amsol surati“ (3)
masalalari ifodalangan.
„Xamsatul-mutahayyirin“(„Besh
hayrat“,1494) asarida ustozi va doʻsti
Abdurahmon Jomiy, uning hayoti
lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari
haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
„Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ (1488-
89), „Holoti Rahlavon Muhammad“(1493)
asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib,
ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk
shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
„Munshaot“ (1498-1499) Navoiyning
maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib,
ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari,


taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar,
sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir.
Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va
boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.
„Majolisun-nafois“ (1490-91; 1497-98)
tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki
tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis
doirasida 459 shoir va adib haqida
maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi
majlisda tazkira tartib berilganda hayot
boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda
shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi
majlisda beshinchi majlisda Xuroson,
oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo
va Eron, yettinchi va sakkizinchi
Ilmiy-filologik merosi


majlislarda temuriylar sulolasiga mansub
ijodkor shoh va shahzodalar haqidagi
maʼlumotlar jamlangan. Asar Fahriy
Hirotiy(1521-22), Muhammad
Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali
(1598) tomonidan uch marta fors tiliga
tarjima qilingan.
Navoiy „Muhokamatul-lugʻatayn“ asarini
oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar
nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-
grammatik xususiyatlarini forsiy til
xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi.
Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab
soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda
qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha
ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno


qatlamlarini ochdi. oʻzbek va boshqa
turkiy xalqlarning tili grammatikasini
Mahmud Koshgʻariydan soʻng ilmiy
asosga soldi. oʻzbek va boshqa turkiy
xalqlarning tilining badiiy va estetik
imkoniyatlari kengayishiga sababchi
boʻldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng
yirik va eʼtiborli asarlarga murojaat qildi,
shoir va olimlarni til istiqloli uchun
kurashga chorladi.
Aruz nazariyasiga bagʻishlangan
„Mezonul-avzon“(1492) asarida arab va
fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va
ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki
sheʼriyati namunalarining vazn
xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz


tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati
murakkab aruz tizimini boyitganini
anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi
tasavvurni kengaytirdi. Toʻqqizta yangi
vazn va sheʼriy shaklni aniqladi. Turklik
tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi
qarashlarni ilgari surdi.
Navoiyning ilmiy-filologik merosini
muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-
yillaridan yoʻlga qoʻyildi. Bu yoʻnalishda
Fitrat, Oybek, A.Saʼdiy, O.Sharafiddinov,
A.Hayitmetov, I.Sulton, H.Qudratullaev
kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov,
O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos
olimlarning ishlari eʼtiborli.


„Tarixi muluki Ajam“ („Ajam shohlari
tarixi“,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron
shohlari xronikasi bayon qilingan „Tarixi
Tabariy“, „Shohnoma“ asarlarini mantiqan
toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy
tizimga soladi. Afsonaviy shoh
Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi
Tarix va iqtisodga oid
asarlari
Navoiyning portreti. Portret 
Qirgʻizistonning Isfana
shahridagi 
Alisher Navoiy oʻrta maktabining
asosiy zalida uzoq yillar
davomida turgan. Portret 2012-yil mahalliy qirgʻiz rasmiylarining tazyiqi ostida asosiy zaldan olib tashlangan. Mahalliy
rasmiylar maktab nomini almashtirishga harakat qilishmoqda.


vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻlgan
shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.
„Tarixi anbiyo va hukamo“
(„Paygʻambarlar va hakimlar tarixi“, 1485
—1498) asarining birinchi boʻlimida
„Qissasul-anbiyo“lar anʼanalarini davom
ettirib, Odam alayhis-salomdan Nuh, Iso,
Muso, Yaʼqub, Sulaymon, Yusuf, Dovud
kabi paygʻambarlar tarixiga oid qissalar
keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham
anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning
„Hukamo zikrida“ deb nomlangan ikkinchi
boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz
qoldirgan donishmand hakimlar
Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot,
Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus,


Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli
hikoyalar keltiradi, ularning
donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri
qisqa satrlarda talqin qilinadi.
„Vaqfiya“ (1481) asarida vaqf yerlari,
mulklari, ularning miqdori, ulardan
foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi
evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu
yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda
oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi.
Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar
hisobiga qurilgan xayriya muassasalari,
ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab
oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro
munosabatlarini oʻrganish uchun ham
muhim hujjatli manbadir.


Tarix va iqtisodiy yoʻnalishdagi asarlari
N.Veselovskiy, Yakubovskiy, Ya.Gʻulomov,
V.Zohidov, B.Ahmedov kabi olimlar
tomonidan oʻrganilgan.
Arab va fors tillaridagi asarlari. Alisher
Navoiy fors tilida yozgan sheʼrlari
asosida „Devoni Foniy“ tuzilgan boʻlib,
uning muqaddimasida „Sittai zaruriya“
(„Olti zarurat“) va „Fusuli arbaa“ („Toʻrt
fasl“) forsiy qasidalari majmualari
berilgan. „Sittai zaruriya“ toʻplamidagi
qasidalar „Ruhul-quds“ („Muqaddas ruh“),
„Aynul-hayot“ („Hayot chashmasi“),
„Tuhfatul-afkor“ („Fikrlar tuhfasi“), „Qutul-
qulub“ („Qalbdar gʻizosi“), „Minhojun-
najot“ („Qutilish yoʻli“), „Nasimul-xuld“


(„Jannat nasimi“) kabi nomlar bilan
ataladi. Ular Xoqoniy, Dehlaviy, Salmon
Sovajiy, Abdurahmon Jomiy asarlari
ruhida, ularga falsafiy-mantiqiy javob
tarzida yozilgan. „Fusuli arbaa“da Sulton
Husayn Boyqaro madhidan soʻng „Bahor“,
„Saraton“, „Xazon“ („Kuz“) va „Day“
(„Qish“) vasfidan iborat. Muammo janri
qoidalariga bagʻishlangan „Mufradot“
(1485) fors tilidagi ilmiy asarida mumtoz
sheʼriyatdagi bu janrni nazariy jihatdan
asosladi. Muammo va uni ifodalangan
janrlar ruboiy, qitʼa, tuyuq, ayrim hollarda
gʻazal munosabatini anglatdi.
Muammolarni yechish usullarini oʻrgatish
barobarida 121 ta misol keltirdi.
Navoiyning arab tilida „Sabʼatul-abhur“


(„Yetti dengiz“) nomli diniy-tasavvufiy
ruhda lugʻat xarakteridagi asar yozgani
maʼlum. Biroq bu asar nashr etilib, yetarli
darajada oʻrganilmagan. Alisher
Navoiyning fors tilidagi merosi Fitrat,
H.Sulaymon, N.Mallaev,
Sh.Shomuhamedov, R.Vohidov, Boltaeva
tomonidan oʻrganilgan. Navoiy dahosi
tufayli insoniyat tarixida dunyoning turli
joylarida yashayotgan turkiy xalqlar
yakqalam qilindi, millat maʼnaviy merosi
umumjahon xazinasidan mustahkam oʻrin
oldi. Mustaqil Oʻzbekistonda Navoiyni
anglash davlat siyosati darajasiga
koʻtarildi. Respublikadagi eng yirik
viloyatlardan biri va uning markazi,
Oʻzbekiston Davlat mukofoti, Oʻzbekiston


Respublikasi FA Til va adabiyot instituti,
opera va balet akademik teatri,
Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi,
Samarqand Davlat universiteti va boshqa
yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar,
jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan
ataladi. [Kitobning butun bir ko'rinishi (htt
p://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5
405.0;nowap) ]
Alisher Navoiy oʻz asarlarida oʻzbek
sʻozini etnonim sifatida ishlatgan. „Shohu
toju xilʼatekim, men tomosha qilgʻali,
Uzbakim boshida qalpoq, egnida
shirdogʻi bas“.
[4]


Xilʼatin to
aylamish…
Xilʼatin to aylamish
jonon qizil, sorigʻ,
yashil,
Shuʼlayi ohim chiqar
har yon qizil, sorigʻ,
yashil.
Gulshan ettim ishq
sahrosin samumi
ohdin
Kim, esar ul dasht aro
har yon qizil, sorigʻ,
Jongʻa
chun
derman

Jongʻa
chun
dermen:
„Ne erdi
oʻlmakim
kayfiyati?“
Derki:
„Bois
boʻldi jism
ichra
Sheʼrlari


yashil.
Shishadek
koʻnglumdadur gulzori
husnung yodidin,
Tobdonning aksidek
alvon qizil, sorigʻ,
yashil.
Orazu xoling bila
xatting xayolidin erur
Koʻzlarimning ollida
davron qizil, sorigʻ,
yashil.
Laʼlgun may tutqil
oltun jom birla
sabzada
marazning
shiddati“.
Jismdin
soʻrsamki:
„Bu
zaʼfinggʻa
ne erdi
sabab?“
Der: „Anga
boʻldi
sabab
oʻtluq
bagʻirning
hirqati“.
Chun
bagʻirdin


Kim, bulardin yaxshi
yoʻq imkon qizil, sorigʻ,
yashil.
Faqr aro berangliq
dushvor erur behad,
valek
Xirqada tikmak erur
oson qizil, sorigʻ,
yashil.
Ey Navoiy, oltinu
shingarfu zangor
istama,
Boʻldi naming rangidin
devon qizil, sorigʻ,
yashil.
soʻrdum,
aytur:
„Andin oʻt
tushti
manga
Kim,
koʻngulga
shuʼla
soldi ishq
barqi
ofati“.
Koʻngluma
qilsam
gʻazab,
ayturki:
„Koʻzdindu
r gunah,


Koʻrmayin ul tushmadi
bizga bu ishning
tuhmati“.
Koʻzga chun dermenki:
„Ey, tardomani yuzi
qaro,
Sendin oʻlmish telba
koʻnglumning baloyu
vahshati“.
Yigʻlab aytur koʻzki:
„Yoʻq erdi manga ham
ixtiyor
Ki, koʻrundi nogahon ul
shoʻxi mahvash
talʼati“.


Koʻrgali
husnungni zoru…
Koʻrgali husnungni
zoru mubtalo boʻldim
sanga,
Ne baloligʻ kun edikim,
oshno boʻldum sanga.
Ey Navoiy, barcha oʻz
uzrin dedi, oʻlguncha
kuy
Kim, sanga ishq oʻti-
oʻq ermish azalning
qismati.
Kelmadi
Kecha
kelgumdur
debon ul
sarvi gulroʻ
kelmadi,


Har necha dedimki,
kun-kundin uzay
sendin koʻngil,
Vahki, kun-kundin
batarrak mubtalo
boʻldum sanga.
Men qachon dedim:
vafo qilgʻil manga —
zulm aylading,
Sen qachon deding:
fido boʻlgʻil manga —
boʻldum sanga.
Ey koʻngil, tarki
nasihat ayladim
avvora boʻl,
Koʻzlarimg
a kecha
tong
otguncha
uyqu
kelmadii.
Lahza-
lahza
chiqdimu,
chekdim
yoʻlida
intizor,
Keldi jon
ogʻzimgʻav
u ul shoʻxi
badhoʻ
kelmadi.


Yuz balo yetmaski,
men ham bir balo
boʻldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr
suyi nasibimdur
mudom,
Soqiyo, to tarki joh
aylab gado boʻldum
sanga.
Gʻussa changidin
navoe topmadim
ushshoq aro,
To Navoiydek asiru
benavo boʻldum
sanga.
Ul parivash
hajridinkim
yigʻladim
devanavor,
Kimsa
bormukim
anga
koʻrgannd
a kulgu
kelmadi.
Tolibi
sodiq
topilmas
yoʻqsakim
qoʻydi
qadam


Yoʻlgʻakim avval
qadam maʼshuqqa
oʻtru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla
hurram et koʻngul uyin,
Ne uchunkim boda
kelgan uyga qaygʻu
kelmadi.
Ruboiylar
* * *


* * *
Gʻurbatda gʻarib
shodmon boʻlmas
emish,
El anga shafiqu
mehribon boʻlmas
emish.
Oltun qafas ichra gar
qizil gul butsa,
Bulbulgʻa tikondek
oshyon boʻlmas
emish.
* * *
Zohid, senga — hur,
manga — jonona
kerak,
* * *
Jondin
seni koʻp
sevarmen,
ey umri
aziz,
Sondin
seni koʻp
sevarmen,
ey umri
aziz.
Har neniki
sevmak
ondin
ortuq
boʻlmas,
Ondin seni


Jannat — sanga
boʻlsun, manga —
mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu
paymona kerak,
Paymona necha
boʻlsa toʻla, yona
kerak.
koʻp
sevarmen,
ey umri
aziz.
* * *
Kim koʻrdi
ekin
jahonda
oyo
xushluq,
To bir kishi aylagay
tamanno xushluq.
Yuz yilda agar bir oʻlsa
paydo xushluq,
Omodadur yonida yuz
noxushluq.


Alisher Navoiy. Asarlar. 1-4 jildlar, -T.:
1963-1968;
Alisher Navoiy. Xazoyinul-maoniy. -T.:
1959-60;
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar
toʻplami (20 jildlik), 1-6 jildlar. -T.: 1987-
1992;
Alisher Navoiy. Asarlar. 6-10 jildlar, -T.:
1963-1968.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar
toʻplami (20 jildlik), 7-12 jildlar,
Toshkent, 1991-1996;
Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga
tayyorl. R.Shamsiev). -T.: 1960;
Nashr qilingan asarlari


Alisher Navoiy. Farhod va Shirin
(nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi
Gʻafur Gʻulom). — T.: 1956;
Alisher Navoiy. Hayratul-abror. Ilmiy-
tanqidiy tekst (nashr. P.Shamsiev). -T.:
1970;
Alisher Navoiy. Lisonut-tayr (nasriy
bayon muallifi: Sh.Sharirov). — T.: 1984;
Alisher Navoiy. Lisonut-tayr. — T.: 1991;
Alisher Navoiy. Nasoyimul-muhabbat.
MAT. 17-jild. -T.: Fan, 2001;
Alisher Navoiy. Munojot (nashrga
tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: Sharq, 1991;
Alisher Navoiy. Mahbubul-qulub.
Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.13. —
T.;1967;


Alisher Navoiy. Xamsatul-mutahayyirin.
Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. —
T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan
Ardasher. Asarlar. Oʻn besh tomlik.
T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Holoti Pahlavon
Muhammad. Asarlar. Oʻn besh tomlik.
T.14. — T.;1967;
Alisher Navoiy. Munshaot. Asarlar. Oʻn
besh tomlik. T.13. — T.:1967
Alisher Navoiy. Majolisun-nafois.
Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.12. -T.:
1966;
Alisher Navoiy. Muhokamatul-
lugʻatayn. Asarlar. Oʻn besh tomlik.


T.14. — T.:1967;
Alisher Navoiy. Mezonul-avzon.
Asarlar. Oʻn besh tomlik T.14. —
T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi muluki Ajam.
Asarlar. Oʻn besh tomlik. T.14. —
T.:1967;
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va
hukamo. Asarlar. Oʻn besh tomlik.
T.15. — T.:1968;
Alisher Navoiy. Vaqfiya. Asarlar. Oʻn
besh tomlik. T.13. -T.: 1967;
Alisher Navoiy. Devoni Foniy. Asarlar.
Oʻn besh tomlik. T.5. 1-2 kitob. —
T.:1966;


Alisher Navoiy. Mufradot. Asarlar. Oʻn
besh tomlik. T.15.- T.:1968;
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkiri va davlat
arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy
temuriylar saltanatiga tegishli Xuroson
mulkining markazi — Hirotda tugʻilib, shu
yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan.
Navoiyning otasi Gʻiyosiddin Bahodir
temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan.
Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan
Alisher etti yoshidayoq Farididdin
Attorning 'Mantiqut-tayrʼ asarini yod
olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga
tushgan. Mavlono Lutfiy yosh shoir
Yana Navoiy haqida


isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol
Turbatiy eʼtirofini qozongan.
Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon
Muhammad kabi ustozlardan taʼlim
olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy
hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469-
yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar
sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur
boʻlgan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga
oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida
yangi bosqich boshlanadi. Husayn
Boyqaro Alisher Navoiyga 'muqarrabi
hazrati sultoniyʼ ('sulton hazratlarining
eng yaqin kishisiʼ) degan unvonni beradi.


Unga koʻra Navoiy davlatning barcha
ishlariga aralasha olardi.
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning
sheʼrlarini yigʻib, 'Ilk devonʼ (1464-65)
tuzgan edilar, soʻngra 'Badoyiul-bidoyaʼ
('Goʻzallikning boshlanishiʼ), 'Navodirun-
nihoyaʼ ('Nodirliklar nihoyasiʼ) nomli
devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik
merosi umumiy hajmi 50000 misradan
ortiq 'Xazoyinul-maoniyʼ nomli toʻrt devon
(1491-1498)ga jamlangan. Alisher Navoiy
ijodining yuksak choʻqqisi 'Xamsaʼ asari
(1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib,
turkiy tilda toʻliq 'Xamsaʼ yaratdi va turkiy
tilda shunday koʻlamdor asar yozish
mumkinligini isbotlab berdi. 'Xamsaʼ


tarkibiga 'Hayrat ul-Abrorʼ, 'Farhod va
Shirinʼ, 'Layli va Majnunʼ, 'Sabʼai sayyorʼ,
'Saddi Iskandariyʼ kabi dostonlar kiradi.
Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli
barcha asarlarining ruhiga singgan
boʻlsa-da, maxsus 'Lisonut-tayrʼ
dostoni(1499)da, 'Nasoyimul-muhabbatʼ
manqabasiʼ(1495-96)da, 'Tarixi anbiyo va
hukamoʻ(1485-8), 'Arbainʼ, 'Munojotʼ
singari asarlarida aks etgan. Oʻzbekiston
mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy
asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan
oʻrganish kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy
bahosini olmoqda. 'Arbainʼ, 'Munojotʼ kabi
asarlari chop etildi.


Navoiy merosining salmoqli qismi nasriy
asarlardan iborat. Ular ijtimoiy-siyosiy,
axloqiy-taʼlimiy va ilmiy-falsafiy
yoʻnalishdadir. 'Mahbubul-qulubʼ(1500-
01) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib,
unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti
davomidagi kuzatishlari, toʻplagan boy
tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini
topgan. Uch qismdan iborat bu asarda
'Soriun-nosning afʼol va ahvolining
kayfiyatiʼ (1), axloqiy muammolar (2),
'mutafarriqa favoyid va amsol suratiʼ (3)
masalalari ifodalangan.
'Xamsatul-mutahayyirinʼ('Besh
hayratʼ,1494) asarida ustozi va doʻsti
Abdurahmon Jomiy, uning hayoti


lavhalari, tariqati, yozishmalari, asarlari
haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi.
'Holoti Sayyid Hasan Ardasherʼ (1488-89),
'Holoti Rahlavon Muhammadʼ (1493)
asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib,
ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk
shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan.
'Munshaotʼ (1498-99) Navoiyning
maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib,
ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari,
taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar,
sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir.
Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va
boshqa tarixiy shaxslarga bitilgan.
'Majolisun-nafoisʼ (1490-91; 1497-98)
tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki
tazkira boʻlib, unda shoir sakkiz majlis


doirasida 459 shoir va adib haqida
maʼlumot bergan. Birinchi va ikkinchi
majlisda tazkira tartib berilganda hayot
boʻlmagan shoirlar, uchinchi majlisda
shoirning zamondoshlari, toʻrtinchi
majlisda beshinchi majlisda Xuroson,
oltinchisida Movaraunnahr, Kichik Osiyo
va Eron, yettinchi va tiliga tarjima qilingan.
Navoiy 'Muhokamatul-lugʻataynʼ asarini
oʻz zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar
nutqi, badiiy va ilmiy asarlarning leksik-
grammatik xususiyatlarini forsiy til
xususitlari bilan qiyoslashga bagʻishladi.
Jonli xalq tilida qoʻllanilgan koʻplab
soʻzlarni asarga kiritib, adabiy tilda
qoʻllanilishiga sababchi boʻldi. Oʻzigacha


ishlatilgan soʻzlarni yangi maʼno
qatlamlarini ochdi. Oʻzbek tili
grammatikasini Mahmud Koshgʻariydan
soʻng ilmiy asosga soldi. Oʻzbek tilining
badiiy va estetik imkoniyatlari
kengayishiga sababchi boʻldi. Fors va
turk tillarida yaratilgan eng yirik va
eʼtiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va
olimlarni til istiqloli uchun kurashga
chorladi. Aruz nazariyasiga bagʻishlangan
'Mezonul-avzonʼ(1492) asarida arab va
fors aruzi qoidalarini turkiy tilda aniq va
ravon tushuntirdi. Turk yozma va ogʻzaki
sheʼriyati namunalarining vazn
xususiyatlarini oʻrgandi. Turkiy aruz
tabiatini yoritish bilan birga turk sheʼriyati


murakkab aruz tizimini boyitganini
anglatdi.
'Tarixi muluki Ajamʼ ('Ajam shohlari
tarixiʼ,1488) qisqa tarix boʻlib, Eron
shohlari xronikasi bayon qilingan 'Tarixi
Tabariyʼ, 'Shohnomaʼ asarlarini mantiqan
toʻldiradi, ulardagi faktlarni izchil ilmiy
tizimga soladi. Afsonaviy shoh
Kayumarsdan sosoniylarning soʻnggi
vakili Yazdi Shahriyorgacha boʻl-gan
shohlar tarixini, mifologik talqinini beradi.
'Tarixi anbiyo va hukamoʻ ('Paygʻambarlar
va hakimlar tarixiʼ, 1485-1498) asarining
birinchi boʻlimida 'Qissasul-anbiyoʻlar
anʼanalarini davom ettirib, Odam alayhis-
salomdan Nuh, Iso, Muso, Yaʼqub,


Sulaymon, Yusuf, Dovud kabi
paygʻambarlar tarixiga oid qissalar
keltiradi. Navoiy Luqmoni hakimga ham
anbiyolar qatoridan joy beradi. Asarning
'Hukamo zikridaʼ deb nomlangan ikkinchi
boʻlimida insoniyat tarixida chuqur iz
qoldirgan donishmand hakimlar
Fishogʻurs, Jomosp, Buqrot, Suqrot,
Aflotun, Arastu, Bolinos, Jolinus,
Batlimus, Buzurgmehr haqida ibratli
hikoyalar keltiradi, ularning
donishmandligi, ilmiy kashfiyotlari siri
qisqa satrlarda talqin qilinadi.
'Vaqfiyaʼ (1481) asarida vaqf yerlari,
mulklari, ularning miqdori, ulardan
foydalanish, vaqf mulki va mablagʻi


evaziga quriladigan bino va inshootlar, bu
yoʻnalishda madrasa va xonaqohlarda
oʻrnatilgan tartiblar haqida fikr yuritdi.
Navoiy oʻz ixtiyoridagi mablagʻlar
hisobiga qurilgan xayriya muassasalari,
ilmiy-madaniy binolar va bogʻlarni sanab
oʻtdi. Asar Navoiy va Husayn Boyqaro
munosabatlarini oʻrganish uchun ham
muhim hujjatli manbadir.
Navoiy dahosi tufayli insoniyat tarixida
dunyoning turli joylarida yashayotgan
turkiy xalqlar yakqalam qilindi, millat
maʼnaviy merosi umumjahon xazinasidan
mustahkam oʻrin oldi. Mustaqil
Oʻzbekistonda Navoiyni anglash davlat
siyosati darajasiga koʻtarildi.


Respublikadagi eng yirik viloyatlardan biri
va uning markazi, Oʻzbekiston Davlat
mukofoti, Oʻzbekiston Respublikasi
Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot
instituti, opera va balet akademik teatri,
Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi,
Samarqand Davlat universiteti va boshqa
yuzlab madaniy-maʼrifiy muassasalar,
jamoa xoʻjaliklari ulugʻ shoir nomi bilan
ataladi. 2016-yili Alisher Navoiy nomidagi
oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
ochilgan. -->
1. 
Valitova, A. A. (1974). „Alisher Navoi“. A.
M. Proxorov 
(rus.)
. Buyuk Sovet
Manbalar


Ensiklopediyasi. 17 (3-nashr). Moskva:
Sovet Ensiklopediyasi. 194-195-betlar.
2. 
A. M. Proxorov, muhar. (1997). „Navoi,
Nizamiddin Mir Alisher“ 
(rus.)
. Buyuk
Ensiklopedik Lugʻat (2-nashr). Sankt-
Peterburg: Buyuk Rus Ensiklopediyasi.
777-bet.
3. 
Umidbek. „Alihser Navoiy Moskvada
xotirlandi“ (http://www.ozodlik.org/conten
t/article/2302377.html) . Ozodlik Radiosi
(9-fevral, 2011). Qaraldi: 3-oktabr, 2012.
4. 
Alisher Navoi, Mukammal asarlar tuplami.
3 jild. Toshkent, 1988
O.Sharafiddinov. Alisher Navoiy.
Kitobda: Tanlangan asarlar.-T.:
Fan,1978:
Adabiyot


Ya. Gʻulomov. Alisher Navoiyning
davrini oʻrganish haqida. Kitobda:
„Ulugʻ oʻzbek shoiri“. -T.:1948;
Bertels E.E. Navoiy. Opit tvorcheskoy
biografii. -M,L.: 1948;
Oybek. Navoiyning tarjimayi holi.
Kitobda: „Navoiy gulshani“. -T.:1967;
S.Gʻanieva. Alisher Navoiy. -T.:1968;
V.Abdullaev. Navoiy Samarqandda. -T.:
1968;
Izzat Sulton. Navoiyning qalb daftari. -
T.: Gʻ. Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot
nashriyoti, 1969;
V. Zohidov. Ulugʻ shoir ijodining qalbi. -
T.: Oʻzbekiston, 1970;


A.Qayumov. Alisher Navoiy (ajoyib
kishilar hayoti). -T.:1976;
S.Ayniy. Tanlangan ilmiy asarlar. — T.:
Fan, 1978;
Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va
fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida.
Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;
M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni.
Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972;
Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning
fors tilidagi poetik merosi
tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“
jurn. 1965, № 5;
A.Rustamov. Navoiyning badiiy
mahorati. -T.: 1979;
A.Hayitmetov. Navoiy lirikasi. -T.: 1961;


Yo.Ishoqov. Navoiy poetikasi. —
T.:1984;
M.Hakimov. Navoiy asarlari
qoʻlyozmalarining tavsifi. — T.: 1983).
B. Akrom. Fasohat mulkining
sohibqironi. -T.:1991;
Z.Hamidov. Navoiy badiiy sanʼatlari. —
T.: Universitet, 2001;
N.Bozorova. Alisher Navoiy
gʻazallarida koʻngil obrazi. -T.: 2002;
]]"Insoniyat haqida Navoiyning fikri. —
T.: 1919;
Fitrat. „Farhodu Shirin“ dostoni
toʻgʻrisida. Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.:
2000;
T.Jalolov. „Xamsa“ talqinlari. -T.: 1962;


S.Erkinov. Alisher Navoiyning „Farhodu
Shirin“i va uning qiyosiy tahlili. — T.:
Fan, 1971;
A.Qayumov. „Xayratul–abror“
talqinlari. — T.: 1972;
A.Abdugʻafurov. Navoiy ijodida satira. -
T.: Fan, 1972;
A.Qayumov. „Saddi Iskandariy“ haqida
-T.: 1975;
A. Qayumov. „Farhod va Shirin“
sirlari. — T.: 1979;
„[[Nazrullaeva S. Tema “Leyli i
Medjnun“ v literaturax narodov
sovetskogo Vostoka. -T.: 1983);
A.Abdugʻafurov. Buyuk beshlik sirlari. —
T.: 1993;


Alisher Navoiy „Xamsa“sining
qoʻlyozmalari katalogi. (tuz. Q.Munirov,
M.Hakimov. -T.: 1986).
S.Hasanov. „Sabʼai sayyor“.
A.Erkinov. Alisher Navoiy „Xamsa“si
talqinining 15-20 asr manbalari. Dokt.
diss. -T.: 1998;
E.E.Bertels. Sufizm i sufiyskaya
literatura. -M.:1965;
Z.Hamidov. Alisher Navoiy „Lisonut–
tayr“ asari tilining leksik-stilistik
xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1982;
I.Haqqulov. Tasavvuf va sheʼriyat. — T.:
1991;
H.Karomatov. Qurʼon va oʻzbek
adabiyoti. -T.: Fan, 1993;


N.Komilov. Tasavvuf. -T.: 1996;
I.Haqqulov. Oʻzbek tasavvuf
sheʼriyatining shakllanishi va
taraqqiyoti. DDA.- T.:1995.
Sultonmurod Olim. Naqshband va
Navoiy. — T.: Oʻqituvchi, 1996;
R.Vohidov. Navoiy va ilohiyot. — T.:
1997; 9. A.Aʼzamov. Munojotnoma. -
Namangan: 1997, -T.: 2001;
Yo.Ishoqov. Naqshbandiya taʼlimoti va
oʻzbek adabiyoti. -T.: 2002;
A.Rustamov. Alisher Navoiyning
„Maxbubul–qulub“ asari grammatik
xususiyatlari. Nomz. diss. -T.: 1959;
Bertels E.E. Navoiy i Djami. -M.: Nauka,
1965;


Navoiy va adabiy taʼsir masalalari. — T.:
Fan, 1968;
A.Hayitmetov. Adabiyotimiz tarixining
oʻz izohlari. „Sharq yulduzi“ jurn. −1971,
№ 12;
M.Qodirov. Alisher Navoiy nasrida
kelishik shakllari. Nomz. diss. — T.:
1977;
Jomiy va Navoiy. Toʻplam. -T.: 1981;
Fitrat. Aruz haqida. -T.: 1936;
A.Saʼdiy. Adabiyot olimi va tanqidchi
sifatida Mir Alisher Navoiy.
„Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ jurn.
1938. № 11-12;
Oybek. Navoiyning „Majolisun–nafois“
asari haqida. Kitobda: Asarlar. T.9. -T.:


1974;
A. Hayitmetov. Alisher Navoiyning
adabiy-tanqidiy qarashlari.-T.:1959;
A.K.Borovkov. Alisher Navoiy, kak
osnovopolojnik uzbekskogo
literaturnogo yazika. V kn. Alisher
Navoiy. -M.: 1946;
A.Usmanov. „Muxokamat al–lugatayn“
Alishera Navoiy. -T.: 1948;
I.Sulton. „Mezonul–avzon“ va uning
kritik teksti. T.: 1940;
H.Qudratullaev. Navoiyning adabiy-
estetik olami. — T.: 1991;
L.Xalilov. Alisher Navoiy „Tarixi muluki
ajam“ asarining tekstologik tadqiqi.
Nomz. diss. -T.:1975;


V.Zohidov. Vaqfiya. „Sharq yulduzi“
jurn. 1974, № ;
M.Hakimov. Navoiy asarlari
qoʻlyozmalarining tavsifi. -T.:1983;
M.Hakimov. Navoiy asarlarini
koʻchirgan xattotlar. -T.: 1991;
Fitrat. Navoyining forsiy shoirligʻi va
fors tilidagi asarlari toʻgʻrisida.
Tanlangan asarlar. 2-jild. -T.: 2000;
M.Shayxzoda. Gʻazal mulkining sultoni.
Asarlar. Olti tomlik. T.4. -T.:1972;
Hamid Sulaymon. Alisher Navoiyning
fors tilidagi poetik merosi
tadqiqotidan. „Oʻzbek tili va adabiyoti“
jurn. 1965, № 5;


Hamil Sulaymon. Alisher Navoiyning
yangi topilgan „Sittai zaruriya“ asari va
uning qoʻlyozma manbalari haqida.
„Adabiy meros“, -T.: 1968; № 1;
Mirzoev. Foniy va Hofiz. — Dushanbe:
Irfon, 1968;
Boltaeva. Alisher Navoiyning „Fusuli
arbaa“ asarining tahlili. -Samarqand:
2000; Xondamir. Makorimul-axloq
(M.Faxriddinov, P.Shamsiev tarj.) -T.:
1967;
Zaynuddin Mahmud Vosifiy. Badoʻeul-
vaqoe (N.Norqulov tarj.) — T:1979;
Davlatshoh Samarqandiy. Tazkiratush-
shuaro. OʻRFAShI, inv.2119;


Husayn Boyqaro. Devon, risola. -T.:
1968;
Bobir. Bobirnoma. — T.:1960.
Zohidov L. Navoiy asarlarida muammo
janri.
Vikiomborda 
Alisher Navoiy
haqida turkum mavjud
Alisher Navoiy OʻzLib kutubxonasida (h
ttp://kutubxona.com/Turkum:Alisher_N
avoiy)
Turkiylarning Chauceri 
(ingl.)
 (http://ww
w.saudiaramcoworld.com/issue/1985
Havolalar


Bu sahifa oxirgi marta 20-Dekabr 2022, 19:53 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
01/chaucer.of.the.turks.htm)
Alisher Navoiy haqida Narod.ru saytida
maʼlumot 
(ingl.)
 
(rus.)
 (http://www.anavoi.
narod.ru)
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Alisher_Navoiy&oldid=350802
4" dan olindi

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling