Alisher navoiy va musiqa


Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1698122
1   2   3
Bog'liq
alisher-navoiy-va-musiqa

Cholgʻu ijrochiligida musiqiy taʼlim uzviyligini taʼminlash 
Providing the integrity of music education in instrumental performance 
Tashkent, Uzbekistan 
253 
peshravlari bordir”
1
. Ham vokal musiqa (naqsh) va ham cholgʻu musiqa (peshrav) 
boʻyicha kuylar yaratgan deb taʼkidlanayotgan Navoiyning musiqa asarlaridan 
baʼzilari bizning davrga yetib kelgan, degan taxmin bor. Jumladan, Abdurauf Fitrat 
oʻzining “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” kitobida “Qari Navo” yoki “Qari 
Navoiy” kuyi haqida yozadi: “Bu kuyning juda eski bir kuy ekani har tomonda 
soʻylanib turur. Eshitganimizga koʻra, Fargʻonada ham “Qari Navoiy” ismli eski bir 
kuy bor. Toshkent musiqachilari bu kuyni “Qari Navo” derlar. Biroq, bu ism 
yanglishdir. Alar shul “Qari Navoiy” ismini buzib olgʻanlar. Buxoroning eski 
musiqashunoslarining orasida bu kuy Navoiy asari boʻlgʻoni soʻylanadir. Mana shu 
maʼlumotlardan soʻng “Qari Navoiy” kuyining Alisher Navoiy asari boʻlgʻani 
ehtimoli kuchlanib qoladir”
2
. Xulosa shuki, Toshkentda “Qari Navo” deb ataladigan 
kuyni Navoiy yaratgan boʻlishligi joiz. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, 
Navoiy milliy cholgʻularni yaxshi bilgan. Jumladan, Xondamir yozadi: “Hazratning 
oʻzlari qonunu udda zoʻr taʼlim olganlar. Binobarin, sozanda ahlining koʻpchiligi 
hamisha oliyhazratning mulozamatida boʻladilar”. 
Navoiy oʻzbek musiqa madaniyati rivojiga, ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek 
ustozona musiqasi taraqqiyotiga beqiyos ulush qoʻshgan ulkan sanʼatkor ekanligi 
haqida oʻzbek musiqasining bilimdonlari Abdurauf Fitrat va Isʼhoq Rajabovlarning 
zalvarli tadqiqotlarida dalillar bor
3
. Navoiyning oʻzi bu haqda “Sabʼai sayyor”da 
shunday yozadi: 
Sanʼatim anda soz chalmoq ishi, 
Bilmayin men kabi ishini kishi. 
Ilmi advoru fanni musiqiy, 
Mendin ul ilm ahli tahqiqi. 
Xonandalar va bastakorlar tomonidan ashulalar toʻplami sifatida foydalanib 
kelinadigan bayozlarning asosiy qismini Navoiy gʻazallari tashkil etadi. Masalan, 
Oʻz.R.F.A. Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kitob xazinalarida 
saqlanayotgan 43 bayozni tashkil etuvchi gʻazallarning aksariyati Navoiyga 
mansubdir, chunki, Navoiy sheʼriyatining qiymati, qoʻllagan sheʼriy usullar, vaznlar 
asrlar davomida buyuk musiqachilarning necha avlodi tomonidan yaratilgan maqom 
va maqom yoʻlidagi oʻzga musiqiy shakllar qiymatiga, ularda qoʻllanilgan usullar, 
ritmga mutanosibdir. Shuning uchun ham necha asrlardan beri, bizning kungacha 
Navoiy soʻzlari bilan ijro etilib kelinayotgan ashulalar maqom, suvorish yoki 
Toshkent – Fargʻona maqom yoʻllaridagi: “Bayot – II”, “Ushshoq”, “Qoʻshchinor”, 
“Qoʻshchinor – II”, “Chorgoh – III” va boshqalar oʻzbek mumtoz musiqasining 
husnu tarovatini koʻrsatuvchi asarlardir. Navoiy soʻzlariga kuy bastalash anʼanasining 
1
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnonma” 162 b. 
2
A.Fitrat “O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi” 1993 
3
Rajabov I. “Maqomlar” 



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling