Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiyotda tutgan o‘rni


Download 30.72 Kb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi30.72 Kb.
#1102645
  1   2
Bog'liq
Alisher



Ma‘naviyat soati:
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiyotda tutgan o‘rni.”

Tayyorladi: Xuodiberdiyeva M.M.
Alisher Navoiy
O’zbek adabiyotining quyoshi , adabiy tilimizni kamolotga yetkazgan Amir Nizomiddin Alisher binni G’iyosiddin Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida temuriylar xonadoni amirlaridan bo’gan G’iyosiddin Kichkina oilasida tavallud topdi. 1445-yildan boshlab maktabga boradi. U bo’lg’usi podshoh Husayn Boyqaro bilan birga o’qidi.
1447-1449 yillarda Alisher oilasi Iroqning Taft shahrida yashaydi. Yosh Alisher Taftda buyuk tarixchi-olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashdi. 1449-yilda yana Hirotga qaytib keladi. 1452-1457 yillarda otasi G’iyosiddin Kichkina podshoh Abulqosim Bobur saroyida xizmat qiladi, uni podshoh Sabzavor shahriga hokim qilib jo’natadi. Alisher podshoh Abulqosim Bobur homiyligida Mashhadda o’qishni davom ettirdi.
1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etdi, Abu Sayd Mirzo Hirot Taxstini egalladi. 1459-1469 yillari Alisher Navoiy Samarqandda yashadi, unga Samarqand hokimi Ahmad Hojibek , mashhur olm Fazullx Abulays rahnamolik qildi.
1469-yil boshida hirot taxtini Husayn Boyqaro egalladi va uning chaqirig’iga binoan Navoiy 1469 yil aprel oyida Hirotga qaytdi, podshoh unga muhrdorlik lavozimini topshirdi.
1472-yilda navoiy vazir etib tayinlandi.
1476-yilda Navoiy vazirlikdan iste’fo berdi. Endi u davlat ishlaridan biroz yiroq bo’ldi va astoydil badiiy ijod bilan shug’ullandi. 1483-1485 yillarda navoiy 5 dostonni o’z ichiga olgan (“Hayratul abror” 1483-yil, “Farxod va Shirin” 1484-yil, “Layli va Majnun” 1484- yil, “Sabbayi Sayyor” 1485-yil, “Saddi Iskandariy” 1485-yil.) “Xamsa” asarini yaratdi. 1487-yilda Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni Astrobod shahriga hokim etib tayanlandi va 2-yil Astrobodda xizmat qildi. 1492-yilda Abdurahmon Jomiy vafot etdi. 1488-1501-yillarda Alisher Navoiy quyidagi asarlarini yaratdi.
1. “Tarixi muluki Ajam” – 1488-yil
2. “Holati Sayyid Hasan Ardasher” – 1490 yil
3. “Risolai muammo” – 1491 yil
4. “Majolis un-nafois” – 1491-1493 yil
5. “Xamsat ul-mutahayyirin” – 1492-1494 yil
6. “munshaot” – 1492 yil
7. “mezon ul-avzon” – 1492 yil
8. “Holati pahlavon muhammad” – 1496 yil
9. “Nasoim ul-muhabbat” – 1496 yil
10. “Xazoniyy ul maoniy ” devoni – 1491-1498 yil
11. “Devoni Foniy” – 1491-1498 yil
12. “Lisonut tayr” – 1498-1499 yil
13. “Muhokamat ul-lug’atayn” – 1498 1499 yil
14. “Mahbub ul-qulub” – 1500 yil
Bulardan tashqari Alisher Navoiy quyidagi diniy – axloqiy asarlarini ham yozgan:
1. “Nazm ul-javohir” – 1485 yil
2. “Tarixi anbiyo va hukamo” – 1488 yil
3. “Siroj ul-muslimin” – 1488 yil
4. “Arbain”
1501-yil 3-yanvarda Alisher Navoiy vafot etdi. Husayn Boyqaro buyrug’iga ko’ra butun mamlakatda motam e’lon qilindi. Ko’plab shoirlar Navoiy vafoti munosabati bilan marsiyalar, tarixlar yaratdilar. Alishe navoiy nomida : Respublika xalq kutubxonasi, navoiy viloyati, O’zbekiston adabiyot muzeyi, respublika milliy bog’I, o’zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, Samarqand Davlat universiteti, Respublika opera va balet katta teatri. Navoiy haqda yaratilgn muhim badiiy asarlar:
Oybek “Navoiy” romani
Oybek “Guli va Navoiy” dostoni
Oybek “Alisherning yoshligi” qissasi
Uyg’un va Izzat Sulton “Alisher Navoiy” drammasi
Uyg’un va Izzat Sulton “Alisher Navoiy” filmi
L.Bat “Hayot bo’stoni”
B.Boyqobilov “Shukuhli karvon” She’riy romani va boshqalar.
Navoiyning ko’pina asararida ota onasini rozi qilgan farzand timsolini ko’rsatgan. Farxod, Majnun, Layli, Mehr, Suxayl kabilar shular jumlasidandur. Chunonchi , Farxod xoqon taklif etgan shoxliknii rad etib , otasini mamnun qiladi. Yunonistonda ajdarni o’ldirib, xazinani topgach, uni otasiga taqdim etadi. Uning bu ishidan hamma xursand bo’ladi. Ota onada esa farzand ximmatidan qoniqish va faxr tuyg’usi vujudga keladi.
Ishq majnuni devonaga aylantirgan bo’lsada , lekin u ota ona oldidagi burchini unutmagan edi. U ota ona roziligi uchun Navfalning qiziga uylanishga, ularning shodligi deb makkaga borishga majbur qiladi. Layli esa Majnunni qanchalik sevmasin , ota onasini rozi qilish uchun Ibn Salomga Turmushga chiqichga ko’nadi.
Birinchidan farzand faqatgina ota ona tufayli dunyoga kelganini unutmasligi kerak.
Ikkinchidan farzand ota onasining qanday muomila qilsa , vaqti u ham o’z farzandidan shunday munosabat ko’radi.
Uchinchidan farzand uchun ota onadan yaqin kishi yo’q, chunki ular o’z farzandi uchun jonini berishga ham tayyor. Bu farzni Navoiy ham ta’kidlaydi . jumladan shoirning “Sabbai Sayyor” dostonidagi 5-xiroyatda ta’kidlashicha mehr va Suxaylni otalari shunchalik sevishar edki, farzandlarini bandi qilgan jabirdan tan –tortmay ularni ozod qilish uchun boradilar. Garchi ular ham jobir tomonidan asir olinsalarda, lekin ko’p o’tmay mehirni donoligi va Suxaylining jasorati tufayli ozod bo’ladilar. Yoshlar bir-biriga yetishadilar. O’z bolalaridan rozi bo’lgan shox toj taxtini Suxayliga topshiradi. Bu bilan Alisher Navoiy aytmoqchiki ota ona roziligi har qanday bolani daf etib farzandini albatta maqsadiga yetkazadi.
Ulug’ shoir va mutafakkir , ulkan san’at arbobi Alisher Navoiy o’z avlodlariga va jahon xalqlariga juda katta adabiy va ilmiy meros qoldirgan. Qancha davru-davronlar o’tgan bo’lishiga qaramay, u yozgan asarlar bilan bizning zamonamiz ilm toliblarining ham dillarini nazm javohirlari ila munavvar etib kelmoqda. 50-yildirki uning asarlari ma’naviy poklik fikriy yetuklik va badiiy yuksaklikning buyuk mezoni sifatida har bir o’zbek xonadoniga kirib kelmoqda va kishilar qalbidan chuqur joy olmoqda. Navoiy yaratgan bebaxo badiiy durdonalar yuksak san’at namunasi sifatida yangidan yangi avlodlarga ma’naviyat va ma’rifat nurlarini tarataveradi.
Navoiy o’z salaflarning yuksak san’atkorligini sharaflaydi, ularnin adabiy tajribalaridan ta’lim olganligini e’tirof qiladi. Dostonlarning muqqadima qismida ustozlariga bag’ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug’laydi. Ma’suliyatli bu ishda ularga ruhan suyanadi va “Yo’ldasa bu yo’lda Nizomiy yo’lim , qo’ldasa Xisrav bila Jpmiy qo’lim” – deb madad tilaydi. Biroq Navoiy oldingi xamsanavislarni takrorlamaydi yoki ularga ko’r ko’rona taqlid qilmaydi. O’z oldiga yangi , o’ziga xos “Xamsa” yaratish vazifasini qo’yadi. Buni muallif “Xamsa” ning o’rnida ochiq oydin ta’kidlaydi . jumladan u “Farxod va Shirin” dostoni muqaddimasida shunday yozadi “Ani nazm etki, toza bo’lg’ay, Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay. Yo’q ersa nazm qilg’onni xaloyiq Mukkarar aylamak sendin ne loyiq?” bu misralari orqali Navoiy “Xamsa ” yozishdagi belg’ilab olgan o’z yoriqlarini beyond etadi. Shunday asar – doston yozginki o’ziga xos bo’lsin, o’qigan odamlarga yangi, boshqa asarlarga o’xshamasligi sezilib tursin, aks holda asari o’zgalar yozgandek bo’lsa, bunday takrorlash senga loyiq emas.
Haqiqatdan ham Nizomiydek nazm she’ri ila maydonda turmoq oson emas. U bilan bahslashish uchun sher yoki hech bo’lmasa , yo’lbars bo’lmog’I darkor. Navoiy sher bilan tenglashadigan sher bo’ldi. U og’ir va ma’suliyatli bir muddat – ikki yil (1483-1485) davomida 51 ming misradan ortiq besh dostonni yozib tugalladi. U 1483-yilda “Hayrat ul-abror” falsafiy ta’limiy dostonini , 1484 – yilda uch asarni “Farxod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” ishq qissalarini , “Sabba’I sayyor” ishqiy sarguzasht dostonini, 1485-yili esa “Saddi Iskandariy” qahramonlik dostonini yaratdi.
KELMADI


Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.


Lahza-lahza chiqdim-u, chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘a-yu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.


Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zgorimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u kelmadi.


Ul parivash hajridinkim, yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.


Ko‘zlaringdin necha su(v) kelgay, deb o‘lturmang meni –
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha su(v) kelmadi.


Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avvalqadam ma’shuqe o‘tru kelmadi.


Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.


Download 30.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling