Alisher Navoiy "Xamsa" si tarkibiga kiruvchi dostonlar vaznini oʻrganish shoir badiiy mahoratining yana bir muhim qirrasi haqida tasawur hosil qilishga yordam beradi


Download 347.5 Kb.
bet1/3
Sana13.11.2023
Hajmi347.5 Kb.
#1771476
  1   2   3
Bog'liq
Alisher Navoiy


Alisher Navoiy “Xamsa” si tarkibiga kiruvchi dostonlar vaznini oʻrganish shoir badiiy mahoratining yana bir muhim qirrasi haqida tasawur hosil qilishga yordam beradi. Zero, dostonlarda vazn va u orqali ritm obraz yaratishning asosiy vositalaridan bo'lib, muallif gʻoyaviy niyati, qahramonlar ruhiyati, voqealar rivoji va umuman badiiy asar mazmuniga koʻp jihatdan bogʻliqdir. Sharqshunos olim N.Konrad Navoiy “Xamsa” si[1] haqida gapirar ekan, ritmlardagi har xillik jihatidan bu besh dostonni musiqa ilmidagi pentatonikaga oʻxshatgan edi. “Biri - haqiqiy major, ikkinchisi - haqiqiy minor; uchinchisi – majorga “yaqinlashayotgan” , to'rtinchisi - “minorga yaqinlashayotgan” va nihoyat beshinchi doston major va minorning ajralmas birligidir” . Garchi Navoiy “Xamsa”si forsigo'y salaflari Nizomiy va Dehlaviy dostonlariga nazira tarzida vujudga kelgan boʻ lsa-da, Navoiy oʻz “Xamsa”si misolida an’anaviy shakl doirasida ham yangi fikr ayta olish imkoniyatini, belgilab berilgan shakllarni jilvalantirish usullari mavjudligini koʻrsatib berdi. Xususan, “Xamsa” dostonlari uchun avvaldan qat’iy belgilab qo'yilgan she’riy oʻlchovlarning vazn xususiyatlaridan foydalanib, oʻz gʻoyaviy niyatini amalga oshirdi. Dastawal, “Xamsa” vaznlariningturkiy epik she’riyatda qoʻllanilish koʻlamiga va Navoiyning bu sohadagi novatorligi bilan bogʻliq jihatlarga e’tibor qaratsak. Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ulabror” Nizomiy dostoni singari sari’ bahrining sariyi musaddasi matviyi makshuf vazni (afoyili va taqti’ i: muftailun muftailun foilun, - W - / - W - /—V -) da yaratilgan. 0 ʻzbek adabiyotida Navoiygacha bu vazn Durbekka nisbat beriladigan “Yusuf va Zulayxo” , Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” (“Gulshan ul-asror”)i va Sayyid Qosimiy dostonlarida qo'llanilgan edi. Soʻnggi ikki muallifning dostonlari Nizomiy “Maxzan ul-asror”iga bevosita javob bo'lganligi uchun ushbu dostonlarda mazkur she’riy o'lchov qoʻ llanilgan. Sayyid Qosimiyning “Gulshani roz” dostoni garchi Nizomiy dostoniga javoban yozilmagan boʻlsa-da, mazmuniga koʻra pandnoma ruhidagi doston boʻlganligi uchun unda aynan shu mavzudagi dostonlar uchun moʻ ljallangan sari’ bahridan foydalanilgan. A.Rustamov sari’ bahri pand-nasihat ohangiga ega boʻlgan bahr boʻlganligi uchun “Xamsa”larning birinchi dostoni shu she’riy oʻ lchovda yaratilgan, degan fikrni bildiradi. Haqiqatan ham, sari’ bahri epik poeziya vaznlari orasida eng yengil va oʻynoqi ohangga ega boʻ lgan vazn hisoblanadi. Pand-nasihat ruhidagi fikrlarning kitobxon tomonidan malol kelmaydigan darajada qabul qilinishiga erishish uchun aynan shunday ohangdagi she’riy o'lchov zarur edi. Har ikkala holatda ham dostonlar uchun tanlangan she’riy o'lchov asar mavzusiga mutanosib ekanligini koʻ rish mumkiN

Xamsa“yozishni ozarbayjonlik ulugʻ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. U 1170-1204-yillar oraligʻida birin-ketin 5 ta doston yaratdi. Bu dostonlar shoirning vafotidan keyin yaxlit bir toʻplam holiga keltirilib „Panj ganj“(„Besh xazina“) deb nomlandi va keyinchalik „Xamsa“nomi bilan mashhur boʻldi. Nizomiy beshligidagi birinchi doton „Maxzan ul-asror“(„Sirlar xazinasi“)1180-yil gʻaznaviylar hukmdori Bahromshohga bagʻishlab yozilgan."Maxzan ul-asror"falsafiy-axloqiy masalalarga bagʻishlngan boʻlib,18 bob, muqaddima va xotimadan iborat. Nizomiy „Xamsa“sining ikkinchi dostoni „Xusrav va Shirin“taxminan 1181-yilda yozib tugallangan. Bu doston saljuqiy hukmdor Toʻgʻrul II topshirigʻi bilan yozilgan. Nizomiy „Xamsa“sidagi uchinchi doston „Layli va Majnun“ 1188-89-yillarda Shirvonshoh Axsitan ibn Manuchehr topshirigʻiga koʻra yaratiladi. Nizomiy beshligidagi toʻrtinchi doston „Haft paykar“ („Yettigoʻzal“) 1197- yilda yozib tugallanadi. Doston 4600 baytdaniborat boʻlib, hukmdor Alouddin Koʻrpa Arslon (1174-1207)topshirigʻi bilan yaratilgan. Nizomiy beshligidagi soʻnggi – beshinchi doston „Iskandarnoma“ deb atalib, ikki qism: „Sharafnoma“ va „Iqbolnoma“dan iborat. Doston hajman 10500 bayt boʻlib, 1197-1204-yillar oraligʻida yozilgan. Doston uchun Sharq adabiyotida keng tarqalgan Iskandar Zulqarnayn timsoli bosh qahramon sifatida olingan."Sharafnoma"da Iskandarning harbiy yurishlari va jahongirligi tasvirlansa, „Iqbolnoma“da Iskandar donishmandligi bilan namoyon boʻladi.




Mazkur kitobda Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, meʼyoridan choʻzilib ketgan manzaralar, monologlar bir oz qisqartirilgan. Ushbu Navoiy dostonlarining nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy sheʼriyatning gultoji hisoblanmish “Xamsa” sheʼriy dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb oʻylaymiz.



Download 347.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling