Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy asarlarida jamiyat bilan inson munosabati, insonparvarlik va komil inson g'oyasi Reja


Download 17.25 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi17.25 Kb.
#1407191
  1   2
Bog'liq
Alisher Navoiyn-WPS Office



Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy asarlarida jamiyat bilan inson munosabati, insonparvarlik va komil inson g'oyasi

Reja:


  1. Alisher Navoiyning asarlarida ijtimoiy falsafiy g'oyalar

  2. Adabiyot va adabiyotshunoslikning jamiyat hayotidagi o‘rni

  3. Alisher Navoiyning iloh, olam va odam haqidagi falsafasi

  4. “Xamsa” muqaddima boblarining tavsifi

  5. “Hayrat ul-abror”: “Bismillah” bobi

Navoiy falsafasining, uning inson haqidagi fikrlarini, estetik gʻoyalarini, borliq haqidagi fikrlarini anglash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Navoiyning mutlaq borliq mavjudligini tan olib, uni zamon va makon nuqtai nazaridan cheksiz deb izohlaydi. Borliqni avvali va oxiri yoʻq, deb hisoblaydi. “Hayrat ul-abror” asarida Navoiy mutlaq borliqqa shunday taʼrif beradi:


Ey senga mabdada abaddek azal,
Zot-i qadimning abadiy, lam yazal.
Ne boʻlub avvalda bidoyat senga,
Ne kelib ohirda nihoyat senga.
Ushbu asarda Navoiy azal va abadning nisbiyligini haqida mantiqiy xulosa chiqaradi. Makonning toʻliqlik va boʻshliqdan iborat, deb hisoblaydi. Mutlaq borliq esa ikki qismni ichiga oladi: “Ne anga zamonu makon ihtimoli, ne zamonu makon andin xoli. Ne xalo aning yeridur, ne malo, ammo ham xalo-vu ham malo andin toʻla” [1: 17].
Mutlaq borliqning asosiy xususiyatlaridan birini Navoiy nuqtai nazaridan zotning vojibligini, yaʼni obyektivlik gʻoyasini ilgari suradi. Bu borliq insonga taʼsiri boʻlmaydi, u bor boʻlgan va bor boʻladi. Nisbiy borliqni esa olim borliqqa qaram deb koʻradi. Mutlaq borliq taʼsirida nisbiy borliq bor boʻladi, yoki, aksincha yoʻq boʻlishi mumkin. Lekin nisbiy borliq mutlaq borliqqa hech qanday taʼsir oʻtkazolmaydi:
Arzu falak yoʻqidinu boridin,
Barchaning ixfosiyu izhoridin.
Ne azamat ichra anga sud oʻlub,
Ne jabarutiga ziyon bud oʻlub .
Mutlaq borliq yagonadir, va ushbu mutlaq borliq haqida Navoiy shunday deydi:
Hamd angakim, vojibgʻi bi-z-zot erur,
Homid aning zotiga zarrot erur.
Vahdat-i zotiga quyoshdek tanuq,
Zarradin afzun-u quyoshdin yoruq.
Navoiyning qarashlarida borliqning paydo boʻlishi mutlaq borliq harakati bilan bogʻliq deb koʻrsatilgan:
Chu bir junbish etti ayon bahr-i zot,
Padid oʻldi amvojidin koinot .
Dunyoda hech qaysi narsa oʻzidan oʻzi paydo boʻlmaydi va yoʻq boʻlmaydi. Koinotda qancha cheksiz boʻlsa ham, unda boʻshliq boʻlmaydi. Koinotda barcha narsa bir biriga bogʻliqdir, har biri biriga vosita:
Qatragacha qulzum-i zaxxordin,
Zarragacha shamsa-yi zarkordin.
Oni munga, muni anga band etib,
Bir-biriga barchani payvand etib.
Vositalar boʻldi ayon toʻ-batoʻ,
Bir-biriga bogʻlanibon moʻ-bamoʻ.
Koinotdagi bor narsalar turli-tuman narsalardan iboratdir. Mavjudotlar esa zamon va makon bilan cheklanib qoʻyilgan. Koinotdagi bor narsalar avvali va oxiri mavjud. Hamma narsa bor boʻladi va belgilangan vaqtdan keyin yoʻq boʻladi. Lekin borning yoʻq boʻlishi nisbiydir. Navoiy “Hayrot ul-abror” asarida koinotning vujudga kelishini shunday koʻrsatib beradi:
Andaki bor erdi nihon bu jahon,
Balki nihondagi jahondek nihon,
Ne sochibon kun yuzi barg-i suman,
Ne kechaning turrasi mushk-i Xoʻtan,
Ne ochibon koʻkda shafaq lolalar,
Ne yogib anjumdin anga jolalar .
Koinotning eng oliy mavjudoti sifatida Alisher Navoiy insonni ifoda etadi. Inson mutlaq borliqning ijodi natijasida paydo boʻlib, unda mutlaq borliq oʻz ifodasini topadi. Faqatgina inson soʻzlash, fikrlash, mutlaq borliqni anglash qobiliyatiga ega boʻlib, koʻnglida haqiqat xazinasi mujassam etgan:
Ganjing aro naqd farovon edi,
Lek baridin gʻaraz inson edi.
Turfa qalomingga dagi komil ul,
Sirr-i nihoningga dagʻi homil ul.
Koʻngliga qilding chu aqin ganji qism,
Jismini ul ganjga qilding tilism.
Navoiy insonning oʻz maʼnaviy va ruhiy tabiati bilan boshqa mavjudotlardan ajralishi, har bir insonning insoniylik darajasi uning maʼnaviy yuksalish darajasi bilan belgilaydi. Kishining qiymati uning odamiyligi bilan belgilanadi. Uning odamiyligi esa mol-dunyosi koʻpligi yoki martabasi balandligi bilan emas, balki ushbu molu dunyosini xalq xizmatiga sarflashi bilan belgilanishi afzalroqdir. Boylik orttirish, ushbu yoʻlda insonlarga jabr qilish, mansabga intilish, va ushbu yoʻlda kishilarga zulm oʻtkazish bilan ovora boʻlgan insonlardan koʻra, shoir oddiy va kambagʻal bir komilni yoki dehqonni ming karra afzal koʻradi. Chunki birinchisi borliq qonunlardan bexabar va qimmatbaho insoniylikni oʻtkinchi molu dunyoga almashtirib, hayotini maqsadsiz oʻtkazadi. Ikkinchi inson esa oʻz mehnati bilan oʻziga va jamiyatga bebaho naf qiladi. Hodisalarga toʻgʻri koʻz bilan qaragan insonlarni Navoiy “maʼno ahli” deb biladi, yuzaki qarashlarga ega odamlarni esa “suvrat ahli” deb ataydi.
Shoir inson mohiyatini uning ijtimoiy faoliyatida – jamiyatga foydali kasb bilan shugʻullanishi, xalqqa manfaati tegishi, odamlarning ogʻirini yengil qilishida, deb biladi. Uning xalq gʻamini oʻz gʻami deb bilmaydigan odamni odam qatoriga qoʻshmasligi bejiz emas
Odamiy ersang, demagil odami
Onikim, yoʻq halq gʻamidin gʻami.
Alisher Navoiy nafsoniyatiga berilib ketgan insonlarni tanqid ostiga oladi. Bunday dardga chalingan insonlarni birovning tushgan kulfatga parvo qilmaydi, birovga yaxshilikni ravo koʻrmaydi, har doim yolgʻiz oʻzi haqida qaygʻuradi. Bunday odamlar “barchaga oʻzgadan oʻzi azizroq va oʻzgalar soʻzidan oʻz soʻzi azizroq” deb taqiqlaydi[1:149]. Navoiy odamlarni yomon xislatlardan holi koʻrishni xohlaydi.
“Mahbub ul-qulub” asarida Alisher Navoiy odam va odamiylik haqida, chin insoniy fazilatlar toʻgʻrisida asrlar mobaynida xalq tajribasi va bilimi haqida yigʻilgan fikrlarni bayon etadi. Ushbu asarda shoir oʻzining ijtimoiy gʻoyalarini ilgari suradi, chuqurlashtiradi, yangi dalillar bilan isbotlaydi.
Navoiy inson maʼnaviy dunyosini boyitish uchun, eng avvalo, oʻzini anglashi zarur deb hisoblaydi. Ushbu yoʻlda quyidagi amallarga boʻysinishi lozim: birinchidan, nafsiy quvvatlarni maʼnaviy quvvatlarga boʻysindirishi; ikkinchidan, ilm olishi va hunar egallashi; uchinchidan, ilm, hunar, mol-dunyosini ezgulikka yoʻnaltirishi; toʻrtinchidan, koʻnglini insondagi goʻzallik bilan boy ettirishi.
Navoiy oʻz davrining mashhur davlat arbobi boʻlishi bilan bir vaqtda u buyuk mutafakkir ham edi. Shoir siyosat, davlat qonunlariga oid maxsus asarlar yozib, Turonda siyosiy-huquqiy taʼlimotlarning rivojlanishini yangi pogʻonaga koʻtargan shaxsdir.
Alisher Navoiyning “Tarixi muluki Ajam” (“Arab boʻlmagan shohlar tarixi”) asari oʻz davri nuqtai nazaridan ilmiy dalillarga asoslangan risola hisoblanadi. Asarda Eron va Turon mulkida hukmronlik qilgan toʻrt sulola: peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar tarixi batafsil hikoya qilinadi.
Anʼanaga muvofiq tarix Odam Ato (a.s.) davriga bogʻliq ravishda talqin qilinadi. Alisher Navoiy mazkur asarda “Nizomu-t-tavorix”, “Jomeu-t-tavorixi Jaloliy”, “Nasihatu-l-muluk”, “Jovidon xirad”, “Odobu-l-arab va a-l-furus”, “Guzida”, “Muntahab”, “Devonu-n-nasab” kabi manbalardan foydalanadi va Banokatiy, imom Muhammad Gʻazzoliy, Tabariy, Ali Miskavayh, Qozi Barzoviy kabi tarixchi olimlarning nomlarini keltirib, maʼlumotlarni ularning asarlaridan olganini aytib oʻtadi. Shoirlardan Abulqosim Firdavsiy va uning “Shohnoma”siga koʻproq murojaat qiladi. Iskandar haqidagi qissada esa xamsanavislar Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviylarning qarashlarini keltirib oʻtadi.
Alisher Navoiy masalaga nuktadon muarrix – tarixchi olim sifatida yondashar ekan, har bir maʼlumotning aniq va asosli boʻlishiga alohida eʼtibor qaratadi. Alisher Navoiy peshdodiylar sulolasiga mansub 11, kayoniylar sulolasidan 9, ashkoniy sulolasidan 15, sosoniylar sulolasidan 28, jami toʻrt suloladan 63 hukmdorning nomlari, ularning tarjimai holi, hayoti va yuritgan siyosatiga doir maʼlumotlarni taqdim etadi. Kayumars birinchi shoh ekanligi, Hushang, Bahrom, Afrosiyob, Jamshid kabi shohlarning, Rustamdek harbiy sarkardalarning faoliyatlariga yuksak baho beradi.
Alisher Navoiy mazkur asarida tarixga oid juda qiziqarli va ahamiyatli koʻplab maʼlumotlarni beradi. Balx, Bobil, Nishopur, Marv, Samarqand va yana oʻnlab shaharlarni bunyod qilgan shohlar, Navroʻz bayramining kelib chiqishi, roʻzaning paydo boʻlishi, butparastlikning sabablari bilan bogʻliq voqealar shular jumlasidandir.
Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asari orqali tarix bilimdoni qiyofasida namoyon boʻladi. Asardagi yuzlabgeografik nomlar, yuzlab shaxslarning ismi-sharifi hamda yuzlab voqealar muallifning kuchli xotirasidan ham darak beradi.
Navoiyining dunyoqarashida kelajakda ideal davlat orzusi katta oʻrin olgan edi. Gap uning butun bir xayoliy davlati — “Saddi Iskandariy” dostonidagi Iskandar davlati haqida bormoqda. Mutafakkir siyosiy qarashlarida mavjud feodal davlatlarni tanqid qilib taraqqiyparvar ahamiyatga ega ishlarni amalga oshirish bilan cheklanmasdan yanada ilgarilab, Iskandar davlatidek ideal davlatni oʻz dostonida yaratdi. Unda shoir boʻlajak ideal davlatni siyosat, davlat, davlatni idora qilish shakli, davlatni boshqarishda fan va texnikaning ahamiyati, xalqaro huquqqa oid masalalar, urush va tinchlik kabi murakkab siyosiy vaziyatlarni taʼriflaydi. Ana shu qoʻyilgan masalalar boʻyicha oʻzining aniq pozitsiyasini belgilaydi. Eng muhimi, Alisher Navoiy jamiyatni davlatsiz, qonunsiz, shohsiz tasavvur qilolmaydi. U jamiyatda intizom qonun-qoida boʻlishini eʼtirof etadi.
Navoiy katta siyosiy kurash yoʻlini bosib oʻtib, boy tajribaga ega boʻlganidan keyin uning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida yanada ilgarilash yuz beradi. Mutafakkir feodal davlati va huquqining tor doiralarida cheklanib qolmasdan, oʻzining vatanida markazlashgan adolatli davlatni barpo etish gʻoyasida qolib ketmasdan, yanada ilgarilab, butun dunyoda yagona markazlashgan adolatli davlat boʻlishi, uning tepasida esa adolatli shoh turishi kerak, degan gʻoyagaga yetib boradi.
Alisher Navoiyning merosi koʻp olimlar tadqiqotlarining katta va muhim obyekti boʻlib qoldi. Alisher Navoiyning olijanob gʻoyalari va ilhombaxsh asarlari tinchlik va insoniyat taraqqiyotida hamkorlikni mustahkamlashga yordam bermoqda. Navoiyning ijtimoiy-falsafiy gʻoyalari bugungi kun bilan hamohangligi hozirgi globallashuv zamonida maʼnaviy merosi madaniy transformatsiya jarayonini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni saqlab qolish uchun kuchli gumanistik ahamiyatga ega.
XX asrning boshlarida turkiy dunyo Alisher Navoiyga turkiy adabiy til asoschisi, turkiy ruhni millat shuuriga qaytargan figura sifatida qaradi. Sovet adabiyotshunosligi esa Alisher Navoiyga gumanistik g‘oyalar manbai, turkiy til fidoyisi, adabiyotshunos o‘laroq munosabatda bo‘ldi. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotshunosligida shoir asarlarining tasavvufiy qirralarini tadqiq etish asosiy planga chiqdi.
“Xamsa” muqaddima boblarining tavsifi
Ta’kid etganimizdek, Alisher Navoiy “Xamsa”sining muqaddima boblaridagi hamd va munojat qismlari muallifning e’tiqodi, olam yaralishi hikmati haqidagi qarashlarining o‘zagini, yadrosini bilib olishda asos xisoblanadi.
Bu masalaga, asosan, mustaqillikdan so‘ng e’tibor qaratildi va ba’zi tadqiqotlarda qisman o‘rganildi, qisman munosabat bildirildi. Biroq “Xamsa” muqaddima boblarini Alisher Navoiy dunyoqarashining yadrosi sifatida tadqiq etilgan ilmiy ishlar deyarli uchramaydi.
“Xamsa”dagi har bir doston Yaratgan Zot – Xudoning sifatlarini bayon etish va Unga hamd aytish bilan boshlanadi. Shu jarayonda shoir asar yozishdan ko‘zlagan maqsadini ham bayon etadi. Keyingi boblarda shoir o‘zining gunohkorligini e’tirof etib, Xudodan afv-u marhamat tilaydi; insoniyatga yuborilgan so‘nggi payg‘ambar Rasululloh Muhammad sallollohu alayhi va sallamni vasf etadi, me’roj voqeasini keltiradi; yozayotgan asarini qaysi sabab bilan, qaysi ishora yoki amr bilan yozayotganini ma’lum qiladi; ustozi – piri Abdurahmon Jomiyni maqtaydi; salaflari Nizomiy hamda Dehlaviyni ta’riflash asnosida ularning xamsalariga tanqidiy yoki ijobiy fikrini bildiradi; davlat hukmdori Husayn Boyqaroni ko‘kka ko‘tarib, olqishlash bahonasida o‘zining davlat boshqaruvi, siyosat va adolat bilan bog‘liq aniq tamoyillarini matnosti qismga joylaydi; biror shaxzodaga yoki podshoh xonadoni vakiliga madhiya bag‘ishlaydi, unga nasihat qiladi.
Bu – Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi har bir dostonning muqaddimasidagi boblarning umumiy mazmunidir. E’tiborli jihati, shoir muqaddima boblarda yozayotgan dostonning mavzusini ham e’tibordan qochirmaydi. Balki umumiy mazmun uchun muqaddima boblarni poydevor qilib oladi.
“Hayrat ul-abror”: “Bismillah” ta’rifi, hamd va munojotlar
“Bismillah” bobi
“Hayrat ul-abror”dagi dastlabki bob “Bismillah”ning ta’rifiga, “Bismillah”dagi har bir harfning muayyan ma’no anglatishiga urg‘u berilgan. Mazkur bob faqatgina “Hayratul Abror” uchun emas, balki umumiy “Xamsa” uchun ham tegishli ekani ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan ta’kidlangan, bobning o‘zi ham taxlilga tortilgan.
Alisher Navoiy “Bismillah”ni ta’riflashga kirishar ekan uni dastlab ipga tortilgan dur deb ataydi va yana quyidagi tashbehlarni keltiradi:
Davlat va din o‘ljasini, jannat g‘azoli – kiyigini band etuvchi kamand (Arqon).
Yoqasida mevalari ko‘p, “Alif”dan daraxt o‘sadigan, ichida jon va mangu tiriklik suvi (Hayvon suyi) oqadigan ariq.
Ilohiy ganjni qo‘riqlaydigan ajdaho.
Ahad bog‘i (Yakkalik bog‘i) bulbuli qo‘ngan, Oliy Arsh ichidagi qandil.
Vahdat maxzani – yakkalik hazinasiga yetkazuvchi yeng yaqin yo‘l.
Shoir mazkur tashbihlarni bayon etgach, “Bismillah”ni vahdat maxzaniga eltuvchi yo‘l deb ta’riflar ekan, shu tashbih doirasida keyingi fikrlarini bildirishda davom etadi: “Bismillah” vahdat maxzaniga eltguvchi yo‘l, ammo qattiq va xafvli yo‘l: “Lekin erur ham qatig‘u, ham maxuf”.
Alisher Navoiy “Bu bodiya” – bu vodiyni kesib o‘tishni istaganlar ikki xayl bo‘lishini ta’kidlaydi: ahli qabul va ahli rad. Ya’ni dunyo hayotida yashab o‘tayotgan insonlar “vaxdat maxzani” tomon yo‘l bosar ekan, ular “Bismillah”ni qabul etuvchi, yoki “Bismillah”ni rad etuvchi toifaga bo‘linadi, uchinchi toifa bo‘lmaydi. “Bismillah”ni rad etuvchilarga “Rahbari tafviq” – Allohdan madad berilmaydi. “Bismillah”ning har bir harfi rad etuvchilarga tahdid, xafv-xatarga aylanadi: “Bo” (ب) Robbisidan ibo qilishga chorlaydi, “Yo” (ى) esa ularga keladigan balolardan ogoh etadi. “Sin” (س)dan “mim” (م)ga o‘tishda esa kuydiruvchi yel-shamol bor. “Mim” (م) yo‘l boshida og‘zidan o‘t sochib yotgan ilon, uch “alif” (ا), uch “Lom” (ل) olti tomondan rad ahlini – mardudlarni qamrab olgan, “He” (ه) lar esa qatl etuvchi xanjar, “re”lari (ر) rad ahliga qiron keltirishni zohir etadi, “He” (ه)si bo‘yinga ilinadigan sirtmoq, “nun” (ن), yo (ى) lar ham mardudlarning kesilgan boshlaridir: “toshlar o‘lmayki, kesuk boshlar”. “Bismillah”dagi tashdid bu elga ayni shiddatdir. Ahli rad “Bismillah”ni qabul qilmas ekan, ular uchun “Bismillah” ana shunday tahdiddir.
Ammo “Bismillah”ni qabul etganlar, “vahdat maxzani” tomon dunyo vodiysini kesib o‘tar ekanlar, “Bismillah” saodat mujdasiga aylanadi. “Bo” (ب) si jannat bashorati, “sin” (س)i salomatlik-omonlik yo‘lining zinasi, saodat yuzi aks etgan oyna; “Mim” (م) maqsad manziliga yo‘l ochadi, balki maqsad manziliga yo‘l ochadi, balki maqsad manzilidagi sarchashma – buloq; “alif” (ا) lar jon aro joylashgan bo‘lib, jon shabistoni – qorong‘uligini yorituvchi mamdir; “lom” (ل)lari zarar bayrog‘i, bu zarar bayrog‘ini zafar havosi – shamoli xilpiratadi; “ho” (ه) si “huviyat”da Allohning zikrida jilva etadi, “Lom” (ل) bilan butun olam Allohning mulki ekaniga qoyil; “Ro” (ر)lari jannat eshiklari, “ho” (ه) lari vahdat g‘unchasining beshigi; shu tariqa, Alisher Navoiy “Bismillah”ni mo‘minlar va kofirlar uchun qanday ma’no, mazmun-mohiyat kasb etishini bayon etadi: ahli rad “dog‘ ustiga dog‘”ga qoladi, ahli qabul esa bog‘ ichra. Alisher Navoiyning fikricha, buning hikmati shuki, ahli rad ustida Allohning qahri, ahli qabul uzra Allohning lutfi namoyon bo‘ladi.
“To agar o‘t sochsa, Jaloliyati,
Lutf ila suv urg‘ay Jaoliyati”.
Shoir “Bismillah” tavsirini yakunlash asnosida o‘z nafsiga qarata “vahdat maxzani”ga safar qilar ekan, yo‘lning yomon-yaxshisidan g‘am yemaslikka, “Bismillah” deb yo‘lga qadam qo‘yishga chaqiradi:
“Yo‘l yomonu yaxshisidan yema g‘am,
“Bismillah” degilu, qo‘ygil qadam”
Alisher Navoiyning “Bismillah”ga bergan ta’rifi asosida uning bu masaladagi quyidagi yondashuvlarini oydinlashtirish mumkin:
Shoir “Bismillah”ni ta’riflashda aniq ilmiy yo‘ldan bomaydi, ya’ni Qur’on yoki hadis, o‘tgan islom ulamolarining bu mavzudagi dalillangan ma’lumotlariga tayanmaydi, balki shoirona uslubga suyangan holda “Bismillah”ni tashbihlar asosida sifatlaydi.
Alisher Navoiy “Bismillah”ga bo‘lgan munosabatini islom dini asosida belgilaydi. “Bismillah” vositasida islomni qabul qilganlar va rad qilganlarning holatini yoritadi.
Alisher Navoiy mazkur bobda o‘ziga xos mahorat bilan muayyan zamon va makonni tasvirlaydi. Ahli qabul va ahli radning kechmishini “Bismillah” harflari ma’nosini ramzlar orqali bayon etarkan, o‘quvchining ko‘z o‘ngida vaqt va harakat jarayonlarini gavdalantiradi.
Shoir “Bismillah” ta’rifi bilan “vahdat” tushunchasini markazga qo‘yadi. Ma’lumki, barcha payg‘ambarlar Yer yuziga Allohning yakkaligini – tavhidini yetkazish, insonlarni yakka Allohga ibodat qilishga da’vat etmoq uchun yuborilganlar. Tavhid – vahdat, Alisher Navoiy nazdida, maxzan – xazinadir.
“Bismillah” esa ana shu xazinaga insonni musharraf etadi. Zotan, “Bismillah” – Allohning ismi bilan, Rohman va Rohiym Allohning ismi bilan inson hayotga, borliqqa yondashar ekan, shubhasiz, butun mavjudiyatni, o‘zini ishlarini, taqdirini yakka Allohga topshirganini e’lon qiladi. Alisher Navoiy “Bismillah”ning mohiyatini – uning insoniyat uchun naqadar ahamiyatli ekanini yorqin, ta’sirchan, real tushuntirish uchun ham aynan tashbihlarga tayangani ehtimoldan holi emas.
“Bismillah”ni aytish bilan inson butun inon-i ixtiyorini, ishlarini, taqdirini Robbisiga topshirib qo‘yishi, shu bois yomonlik va yaxshilikdan xavotirga tushmasligi kerakligi shoirning o‘ziga qarata: “yo‘lning yomonu yaxshiligidan g‘am yema”, — tarzidagi ta’kidida ochiq ko‘rinadi. Bu o‘rinda mo‘minning taqdirning yaxshi va yomoniga rozi bo‘lishi lozimligi haqidagi aqiyda bayon etmoqda.
“Hayrat ul-abror” Ilohga hamd
“Hayrat ul-abror”ning ikkinchi bobi Ilohga hamd-maqtov mavzusiga bag‘ishlangan. Shoir sarlavhada Ilohning “Xoliq” sifatini birlamchi o‘rinda tilga oladi va to‘rtta masalani bayon etadi:
Xoliqning Yaratuvchi qalami (qalami sun’i) maxluqot tasvirini chizuvchidir (chehrakushodir);
Xoliqning hikmat qalami (xomai hikmati) san’at etilgan narsalarni (masnuotni) go‘zallashtiruvchidir (jamoli afzodur)
Xoliqning shavq zanjiridan (silsilai shavqidan) ko‘ngil kunchasi bir husn guliga bog‘lanadi (vobastalik);
Xoliqning shavq zanjiridan (silsilai muhabbati) bilan.
Har bir ko‘z yulduzi bir qosh hiloliga payvasta bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, Alisher Navoiy Xoliq bo‘lmish Ilohning ikki xil qalami (qalami sun’ va xomai qismat) hamda shavqi va muhabbati boligini ta’kidlamoqda.
Shunday qilib, Alisher Navoiy bu o‘ringancha Ilohning Yakkaligining (1), Iloh olamni (2), aqlni (3), ishqni (4) Yaratganni bayon etib keldi va husn quyoshi (5), to‘g‘risida so‘z boshlaydi. “Husn quyoshi”ni batafsil ta’riflar ekan, uni olamdagi hodisalarning markaziga qo‘yadi: “Iloh husn quyoshini ufqlarni kuydiruvchi qildi, uning porlashi bilan olamni yoritdi.”

Download 17.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling