Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja
Shoirning ijodiy merosi. Lirikasi
Download 474.89 Kb.
|
Marosim folklori-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Adabiyotlar
Shoirning ijodiy merosi. Lirikasi.
Muqimiydan bizgacha, taxminan 10 ming misra atrofidagi ijodiyoti yetib kelgan. Muqimiy asarlari ilk bora 1907 yilda N. P. Ostroumov tomonidan nashrga tayyorlandi va "Devoni Muqimiy" nomi bilan Toshkentda bosildi. 1920— 1912-yil-larda esa "Devoni Muqimiy maa hajviyot" deb nomlangan ikkinchi devoni chop etildi. Sho'ro davrida Muqimiyning ijodiy merosini to'plash, nashr etish, ilmiy tahlil qilish borasida professor G'ulom Karimov xizmatlari beqiyos bo'ldi. Uning 1960-yilda chop ettirgan Muqimiy ijodiy merosining ikki jildlik nashri shoir ijodiyotini o'rganishda yaxshi manba bo'lib xizmat qildi. Shoir ijodining asosiy qismini an'anaviy lirika, hajviyot, sayohatnoma va maktublari tashkil qiladi. Muqimiy lirikasi mumtoz adabiyotimiz hazinasida saqlanayotgan asarlar orasida o'zining soddaligi, samimiyligi, xalqqa yaqin bo'lganligi bilan ajralib turuvchi asarlardir. Bu jihatdan uning g'azallari xalq she'riyatiga yaqin turadi. Shu boisdan, mehnatkash xalq uning asarlarini g'oyat sevgan va qadrlagan, hatto qo'shiq qilib kuylagan. Shoir she'rlarida uchraydigan Mamajon makay, Nizomxon, Farzinxon, Ismoil naychi kabi ismlar uchraydiki, bular o'z davrining dovrug'dor san'atkorlari bo'lgan. Muqimiy lirikasining asosiy xususiyatlaridan biri hayotiylikdir. Bu narsa she'rga qanot baxsh etadi. Inson go'zalligini, uning his-tuyg'ularini va ichki kechinmalarini kuylash bu davr lirikasiga ham xos xususiyatlardir. Shoirlar g'oyaviy pozitsiyasini lirik shoir sifatida ishq mavzusida ham izchil ravishda ifodalay oldilar. She'r naqadar samimiy, zukko mushohada bilan boshlangan bo'lsa, shunchalik teran hayotiy o'g'it va murosa bilan yakunlanadi. Shu yo'sinda oshiq muhib qalbining muddaosini nazokatli tarzda anglatiladi, ya'ni, nihoyat mahbubani ko'rib oshiq bo'lgan va uning vasliga vosil bo'lolmay, subhu shorn hajr iztirobida yongan muhib duogo'y bo'lib turishga rozi, hech bo'lmasa, qaerda bo'lmasun, shundan oshufta ko'ngli taskin topgusi, duolari muhabbat izhori sifatida sog'inchlarga xumor bosdi bo'lgusi. Demak, murabba'ning badiiy tugallanmasi shunday: Sultonisan, barcha xo’blar nadiming, Doyim erdim duogo'yi, qadiming, Bovujudi so'rmay o'tting Muqiming, O'zim har joydaman, ko'nglum sandadur. Murabba’ ulkan badiiy mahorat mahsuli sifatida Muqimiy hayotligidayoq shuhrat topdi, xalqqa sevilib, tildan-tilga, dildan-dilga ko'chdi, nash'u namo topdi. Tayanch tushunchalar: Muqumiy
Hajviyot
Tanobchilar Hajvi xalifai Mingtepa Ko’sa
Gumashta
Savol va topshiriqlar: Shoirning tarjimai holi haqida nimalarni bilasiz? Muqimiy adabiy merosining asosiy g'oyasini aniqlang. Muqimiyning hajviy qahramonlari haqida nima deya olasiz? "Tanobchilar" satirasida qanday hayotiy lavha aks etgan? Shoir lirikasi haqida nima deya olasiz? "Yolg'uz", "Toleim", "Navbahor" g'azallarini badiiy tahlil qiling. Murabba’ nima? Muqimiyning bu boradagi xizmatlari qanday bo'lgan? Adabiyotlar: S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007 B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001 B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006 B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005 Download 474.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling