Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja


MAVZU: HO’JANAZAR HUVAYDO LIRIKASI


Download 474.89 Kb.
bet31/79
Sana06.11.2023
Hajmi474.89 Kb.
#1750683
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79
Bog'liq
Marosim folklori-fayllar.org

MAVZU: HO’JANAZAR HUVAYDO LIRIKASI.


R E J A:
  1. Shoirning hayoti.


  2. Huvaydo ijodiy merosi.


  3. “Rohati dil” axloqiy –didaktik doston.



Xo'janazar Huvaydo XVIII asr o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biridir. Xalq orasida bu zot hozirgi kunda ham "Hu­vaydo eshon" deya e'zoz bilan tilga olinadi. Bu uning yetuk diniy arbob hamda tariqat rahnamosi bo'lganligidan dalolat beradi. Uning ijodi maktab va madrasa o'quv dasturidan mustahkam o'rin olgan edi. Shuningdek, ma'rifatli davralarda, ziyoli oilalarda shoirning she'rlari doimo o'qilgan, o'rganilgan. Adibning merosi bir necha avlod uchun o'ziga xos badiiy did hamda axloqiy tarbiya maktabini o'tagan.

Shoirning hayoti. Huvaydoning hayoti haqida noaniqliklar mavjud edi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Adabiyot instituti tomonidan nashr etilgan 5 jildlik O'zbek adabiyoti tarixining 3-jildida, V. Abdullaevning oliy o'quv yurtlari uchun yozgan "O'zbek adabiyoti tarixi" darsligida shoirning tug'ilgan yili noma'lum, u O'shda tug'ilib, Farg'onaning Chimyon qishlog'ida yashab, ijod qilgan deb berilgan. Lekin keyingi tadqiqotlarga ko'ra Huvaydo 1704-yil Farg'onaning Chimyon qishlog'ida tug'ilgan. Shoir "Rohati dil" dostonida o'zi haqida quyidagi ma'lumotlarni aytgan edi:
Kaminaning oti Xo'janazardur,
Atosining oti G'oyibnazardur.
Nasabda O'sh-u mavludi Chimyoniy,
G'arib-u xokisor-u dil parishoniy.
Bu ikki baytda Huvaydo o'zining va otasining ismini keltirib, nasabi (asli kelib chiqishi) O'shdan, mavludi (tug'ilgan joyi) Chimyon ekanligini ta'kidlamoqda. Uning otasi G'oyibnazar so'fi o'shlik bo'lib, bir necha yillar o'z davrining mashhur shayxi, Boborahim Mashrabning ham piri bo'lmish qashqarlik Ofoqxo'ja huzurida muridlik qilgan. Keyinchalik u marg'ilonlik qarindoshlari bilan Chimyonga borib joylashib qoladi. Bu qishloqda masjid va xonaqohlar qurdirib, eshonlik qilgan, qishloq bolalariga bilim bergan. Bo'lajak shoir shu qishloqda tug'ilgan. Aytishlariga ko'ra, Ofoqxoja hazratlarining g'oyibona nazarlari tushganligi tufayli unga Xo'janazar deb ism qo'yganlar. Huvaydo ham avval maktabda, so'ng Qo'qon madrasasida tahsil oladi. Otasining vafotidan so'ng uning ishini davom ettirib, maktabda domlalik, xonaqohlarda va'zxonlik qiladi. Uning avlodlaridan nabirasi Mavlaviy Sirojiy, chevaralari Samarbonu, Salohiddin Soqiblar ham iste'dodli shoirlar bo'lishib, o'z she'rlaridan devon tartib qilganlar. Shoirning vafoti 1780/1781-yillar deb ko'rsatiladi. Buni uning zamondoshi Mavlono Noseh va shogirdi Mir Hasan Sadoyilar o'z marsiya-ta'rixlarida qayd etganlar. Jumladan, Mavlono Noseh shunday yozadi:
Xirad ustodi ta'rixi vafotin
Bitibdur: "G'oyib o'ldi qutdi hodi".
Baytdagi "g'oyib o'ldi qutbi hodi" iborasidan abjad hisobi bilan 1195- sana kelib chiqadi. Bu melodiy 1780/1781 -yilga to'g'ri keladi. Shuningdek, bu ta'rixda Huvaydoning o'z davri va hududining "qutbi hodi", yani din va tariqat qutbi ekanligi ham ta'kidlanadi. Lekin bu ta'kid shunchaki mubolag'a emas. Inson kamolotini kuylagan, ilohiy mohiyatga ko'z tikkan ruh holatini va iztiroblarini chizgan shoir she'riyatini tahlili bu bahoning ayni haqiqat ekanligini oydinlashtiradi.
Shoirning qabri tug'ilgan qishlog'i Chimyonda. U yer hozirda Farg'ona vodiysining eng gavjum ziyoratgohlaridan biriga aylangan.

Download 474.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling