204. Tayanch o‘quv rejasi deganda qanday reja tushuniladi?
*a) o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta'lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini ifodolovchi reja
205. Nutqiy kompetensiya elementlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
*a) Tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish
206. 9-sinf bitiruvchisi qaysi ish qog‘ozlarini yoza olishi kerak.
*a) Ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimayi hol, ixcham hisobot, e’lonlarni yoza oladi.
207. Tovushlar talaffuzida orfoepik me’yorlarga amal qila oladi, leksik birliklarning ma’nosini farqlashda lug‘atlardan unumli foydalana olish talablari qaysi kompetensiya elementlari ekanligini belgilang.
*a) Lingvistik kompetensiya elementlar
208. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti bo‘yicha malaka talablari nimalardan tarkib topgan?
*a) Bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya
209. Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi berilgan qatorni aniqlang.
*a) O‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan- muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish
210.Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti asosida A2+ standart darajasi qanday nomlanadi?
*a) Fanni o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi
211. Ona tili fani 5-9- sinflarda o‘quv reja bo‘yicha yil davomida necha soat o‘qitiladi?
*a) 646 soat hajmda
Do'stlaringiz bilan baham: |