Alisher Navoiyning “Muhokamat ul lug‘atayn” asari haqida


Download 1.51 Mb.
bet1/3
Sana19.12.2022
Hajmi1.51 Mb.
#1033493
  1   2   3
Bog'liq
5.Muhokamatul lug\'atayn

Alisher Navoiyning “Muhokamat ul lug‘atayn” asari haqida


TAT-201 guruh magistranti Qaxxarova Zilola

Аlisher Navoiy MUHOKАMАT UL-LUGʼАTАYN

  • Аlisher Navoiy tilshunoslikka doir asari «Muhokamat ul-lugʼatayn»ni hijriy 905, milodiy 1499 yilda yozdi. Ulugʼ ijodkor umrining soʼngida yaratgan bu kitob ahamiyati beqiyosdir. Ona tili – turkiyda «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa» singari lirik va epik ijodiyotning mumtoz, buyuk namunalarini yaratib, Sharq adabiyotida Nizomiy, Dehlaviy maqomiga koʼtarilgan Аlisher Navoiy «Muhokamat ul-lugʼatayn» misolida tilimizning badiiy imkoniyatlarini inkishof etadi. Аsarga shoirning yarim asrdan ortiq turkiy til xazinasida amalga oshirgan ijodiy tadqiqotlari – nazmiy va nasriy kitoblarni vujudga keltirish tajribasidan kelib chiqib tartib beriladi.

Аlisher Navoiy MUHOKАMАT UL-LUGʼАTАYN

  • "MUHOKAMAT UL-LUGʻATAYN" ("Ikki til muhokamasi", 1499) — Alisher Navoiyning tilshunoslikka oid asarlaridan biri. Navoiy "Ikki til muhomamasi" (Muhokamat ul-Lug'atayn)asarida oʻzbek tilining boyligini, qudratini, oʻsha zamonning adabiy tillari qatoridan oʻrin olishga qodir va haqli ekanligini ilmiy tomondan isbotladi. Asarda oʻzbek (turkiy) va fors tillari unli tovushlar, leksika va morfologiya doirasida oʻzaro qiyoslanadi. Dastlab har ikki tildagi unlilar qiyoslanganda, shoir fors tilida unlilar soni cheklanganligi, oʻzbek tilida esa unlilar bir qancha maʼno farq,lovchi variantlarga ega ekanligi va ular uzaro uzunqisqaligi bilan ajralib turishini dalillar orqali koʻrsatib bergan.
  • Alisher Navoiy oʻzbek va fors tillari leksikasini qiyoslash uchun tabi-at manzaralari, uy-roʻzgʻor buyumlari, ov jarayoni, hayvon va qushlarning turlari kabi juda koʻp sohaga oid yuzlab soʻzlarni keltirib, bu soʻzlarning mukrbalasi forschada yoʻkligini, forslar koʻpincha oʻsha oʻzbekcha soʻzlarning oʻzini ishlatishlarini taʼkidlab, oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini har tomonlama koʻrsatgan. Mana shunday fikrlaridan ayrimlari: "...xoʻblarning koʻz va qoshlari orasinki, qabogʻ derlar, forsiyda bu uzvning oti yoʻqtur..".

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling