Аlisher Navoiy MUHOKАMАT UL-LUGʼАTАYN - Alisher Navoiy soʻzlarning koʻp maʼ-noliligi, sinonimlar jihatidan ham oʻzbek tilining imkoniyati kengligini, ularning sheʼriyatda turli nozik maʼnolarni ifodalashdagi ahamiyatini (ot, it, tush, yon, yoq, bor, sogʻin, tuz, koʻk kabi soʻzlar talqinida) koʻrsatadi. Navoiy grammatik jihatdan ham oʻzbek tili fors tiliga nisbatan baʼzi imkoniyatlarga ega ekanligini tahlil etadi. Maʼlumki, qaysi til maʼ-noni qisqa yoʻl bilan ifodalay olsa, shu til rivojlangan til hisoblanadi. Oʻzbek tilining rivojlangan til ekanligini shoir zaruriy misollar bilan koʻrsatib beradi. Mas, oʻzbek tilida birgalik nisbat qisqagina -sh affiksi orqali yasaladi: "va masdargʻa bir shin harfi ilhaq qilmoq bila ul maqsudni topibdurlar. Andoqki chopishmoq va topishmoq va quchushmoq va oʻpushmoq va bu shoye lafzdur". Forslar bu maʼnoni soʻz birikmasi orqali ifodalaydilar. Navoiy shaxs oti yasovchi qoʻshimchaning xususiyatini 30 ga yaqin soʻz misolida isbotlab (qoʻrchi, suvchi, nayzachi, yurtchi, qushchi, barschi, qoʻychi, turnachi, kiyikchi va h.k.), oʻzbek tilining soʻz yasash va fikr ifodalash jihatidan ham oʻziga xos imkoniyati mavjudligini koʻrsatgan.
- Navoiy oʻzbek tilining boyligi va qudratini, ifodaviy imkoniyatini asosli tahlil etib, quyidagi xulosaga keladi: oʻzbek tilida bu xildagi nozik maʼnoli suz va iboralar koʻp, ammo "bu kunga degincha hech kishi haqiqatigʻa muloxaza qilmogʻon jihatidan bu yashurun qolibdur... hunarsiz turkning sitam zarif yigitlari osonliqqa boʻla forsiy alfoz bila nazm ayturgʻa mashgʻul boʻlubturlar". Shuning uchun Navoiy oʻzbek shoirlarini uz tilida ijod qilishga daʼvat etadi.
Аlisher Navoiy MUHOKАMАT UL-LUGʼАTАYN - Navoiy “Muhokamatu-l-lug‘atayn” (“Ikki til muhokamasi”) asari bilan o‘zbek lafzida tilshunoslik bo‘yicha ilmiy ish yaratish uslubini, yozma ilmiy bayon texnikasini yaratib berish bilan birga, uning ilmiy atamashunosligini ham ishlab chiqdi. Shu jihatlari bilan bu asar o‘zbek va jahon fani uchun g‘oyat qadrli fundamental tadqiqotdir. Yaqinda ana shu asarning yangi nashri turkiy tillar tarixining bilimdonlaridan biri Qosimjon Sodiqov tahlili, tabdili va talqini ostida chop etildi (Alisher Navoiy. Muhokamatu-l-lug‘atayn.. – Toshkent: “Akademnashr”, 2017). Mazkur kitobda asarga bag‘ishlangan tadqiqot, “Muhokamatu-l-lug‘atayn”ning ilmiy transkripsiyasi, hozirgi o‘zbek tiliga soddalashtirilgan o‘girmasi, asarda ishlatilgan ilmiy atamalar so‘zligi berilgan. Ilova sifatida Parij va To‘pqopi nusxalarining faksimili ham keltirilgan. “Muhokamatu-l-lug‘atayn”ning to‘rtta qo‘lyozmasi bizgacha yetib kelgan bo‘lib, uning birinchi nusxasi Istanbuldagi To‘pqopi saroyi muzeyi Revan kutubxonasida saqlanayotgan Navoiy kulliyotidan o‘rin olgan. Taxminlarga qaraganda, u mavjud nusxalarning eng eskisidir.
- Asarning yana bir nusxasi Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasining Fotih bo‘limida saqlanmoqda va u Navoiy kulliyotiga kirgan. 1526-1527 yillarda ko‘chirilgan Parij nusxasi Parijdagi Milliy kutubxonada va asarning to‘rtinchi qo‘lyozmasi Budapeshtda saqlanmoqda. Alisher Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn” asarining yangi nashri ana shu nusxalarni o‘zaro qiyoslash natijasida yaratildi. “Muhokamatu-l-lug‘atayn”ning qo‘lyozmalari orasida To‘pqopi va Parij nusxalari matniy jihatdan bir-biriga juda yaqin: To‘pqopida qaysi joylari tushib qolgan bo‘lsa, Parij qo‘lyozmasida ham aytarli shunday holat kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |