Аlisher Navoiy MUHOKАMАT UL-LUGʼАTАYN - R u b o i y:
- Ey soʼz bila qilgʼon ofarinish ogʼoz,
- Insonni aroda aylagon mahrami roz
- Chun «kun fayakun»2 safhasiga boʼldi tiroz
- Qilgʼon oni nutq ila boridin mumtoz.
- Subhonolloh ne qudrati komiladurkim, insonni «Xammartu tiynata odama biyadi arbaʼina sabohan»3 karimasi mazmuni birla «allam alasmoa kullaha!»4 qobiliyati berdi va ani «al-mutakallim» ismi mahzari qildi. Va to ul bu mazhariyat sharafidin jamiʼi maxluqotqa sarafroz boʼldi va bu tashrif bila borisidin imtiyoz topti.
- R u b o i y:
- Yaʼniki, chu olamni yaratti Maʼbud,
- Olam eliga qudrat ila berdi vujud.
- Inson edi maqsudki, boʼldi mavjud,
- Insondin ham habibi erdi maqsud.
- Mutakallimeki, arab fusahosi balogʼat gulbongin sipehr gulshanidin oshurgʼonda aning bulbul nutqi «ano afsahu»5 tarannumi bila alarni zabonbast va daʼvilari ovozasin yerga past qildi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |