topshiriq. So‘zlardagi ichki ma’noviy farqlarni izohlab bering.
Boshqacha — o‘zgacha — ajib — ajoyib — g‘alati — g‘aroyib — alomat — antiqa.
Тuzuk — durust — bir navi — yaxshi — zo‘r — a’lo — gap yo‘q — mixdek.
topshiriq.Quyidagi so‘zlarning har biri bilan ikkitadan gaplar tuzing. Ularning birida shu so‘z o‘z asl ma’nosida ikkinchisida ko‘chma ma’noda qo‘llansin.
Shayton, tulki, ola, tor, yumshoq, dum, ajdaho, ilon, tamoq, luqma, dunyo, og‘irlik, shisha, tosh, karam...
topshiriq. Quyida berilgan so‘zlar qavs ichidagi so‘zlar bilan birga qanday ma’noga ega bo‘lganligini tushuntiring.
Maslahat (oldi, qildi, soldi), dili (qora, siyoh, pok), toshmoq (suv, ichi, to‘lib), mayl(i) (qo‘shimchasi, bo‘ldi, bildirdi), zarar (yetkazadi, qildi, ko‘rdi), iliq (gap, suhbat, suv), dars (hayot, matematika), ochmoq (ko‘ngil, eshik, yo‘l).
topshiriq. Tushunchalarga berilgan misollarni moslashtiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |