Alisherov Mirzohidning jahon arxivlari fanidan tayorlgan taqdimoti


Download 1.9 Mb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1473744
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alisherov Mirzohidning

“Erkinlikning buyuk xartiyasi” 1215-yil iyunda ingliz dvoryanlarining qirol Ioann Yersizga qo‘ygan talablari asosida tuzilgan bir qator qonuniy huquq va imtiyozlarni himoya qiluvchi 63 moddadan iborat qonun. Mazkur qonun o‘rta asrlar Angliyasining soliqlar, turli yig‘imlar va feodal bojlari, sud tizimi va jarayonlari, ingliz cherkovi, shaharlar va savdogarlar huquuqlari, meros huquqi va vasiylik masalalarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Xartiyaning bir qator moddalarida qoidalar mavjud bo‘lib, ularning maqsadi mamlakatning siyosiy tizimiga maxsus davlat organlari – qirollik umumiy kengashi va yigirma besh baron qo‘mitasini kiritish orqali qirol hokimiyatini cheklash edi. Shuning uchun bu moddalar konstitutsiyaviy deb ataladi7. Qirollik devonxonasi fondi (XII asrdan), oliy moliya organi “Shaxmat taxtasi palatasi” (XII asrdan) fondi o‘rta asr Angliyasi muassasalarining eng muhim fondlari hisoblanadi.

  • “Erkinlikning buyuk xartiyasi” 1215-yil iyunda ingliz dvoryanlarining qirol Ioann Yersizga qo‘ygan talablari asosida tuzilgan bir qator qonuniy huquq va imtiyozlarni himoya qiluvchi 63 moddadan iborat qonun. Mazkur qonun o‘rta asrlar Angliyasining soliqlar, turli yig‘imlar va feodal bojlari, sud tizimi va jarayonlari, ingliz cherkovi, shaharlar va savdogarlar huquuqlari, meros huquqi va vasiylik masalalarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatdir. Xartiyaning bir qator moddalarida qoidalar mavjud bo‘lib, ularning maqsadi mamlakatning siyosiy tizimiga maxsus davlat organlari – qirollik umumiy kengashi va yigirma besh baron qo‘mitasini kiritish orqali qirol hokimiyatini cheklash edi. Shuning uchun bu moddalar konstitutsiyaviy deb ataladi7. Qirollik devonxonasi fondi (XII asrdan), oliy moliya organi “Shaxmat taxtasi palatasi” (XII asrdan) fondi o‘rta asr Angliyasi muassasalarining eng muhim fondlari hisoblanadi.

Shuningdek, XIII asrlardan saqlanib qolgan parlamentning qadimgi hujjatlari, sud hujjatlari, cherkov komissiyalarining hujjatlari alohida fondlarni tashkil etadi. Shaxmat taxtasi palatasi ( Exchequer) – oʻrta asrlardagi Angliyada, Fransiyadagi Plantagenetlar mulkida, shuningdek, Shotlandiyada Yevropa tarixidagi birinchi ixtisoslashgan eng yuqori moliyaviy boshqaruv organi. Bu nom shaxmat taxtasiga oʻxshagan katak mato yordamida mahalliy moliya amaldorlarining naqd pul tushumlarini hisoblash va tekshirish usulidan kelib chiqqan. Ushbu organ dastlab moliyaviy, ma’muriy va sud funksiyalarini nazarda tutgan. Keyinchalik shaxmat taxtasi palatasi gʻaznachilik (fiskal) masalalari bo’yicha eng yuqori nazorat organiga aylantirildi va uning sud funksiyalari alohida muassasa – Gʻaznachilik sudiga oʻtkazildi (u Vestminster sudlari deb ataladigan sudning bir qismi edi). Angliya va Shotlandiyaning moliyaviy tizimlari soddalashtirilgan va birlashtirilganligi, Gʻaznachilik vakolatlari kengaytirilganligi sababli Shaxmat taxtasi palatasining ahamiyati tushib ketdi hamda XIX asr boshlarida ular tugatildi

  • Shuningdek, XIII asrlardan saqlanib qolgan parlamentning qadimgi hujjatlari, sud hujjatlari, cherkov komissiyalarining hujjatlari alohida fondlarni tashkil etadi. Shaxmat taxtasi palatasi ( Exchequer) – oʻrta asrlardagi Angliyada, Fransiyadagi Plantagenetlar mulkida, shuningdek, Shotlandiyada Yevropa tarixidagi birinchi ixtisoslashgan eng yuqori moliyaviy boshqaruv organi. Bu nom shaxmat taxtasiga oʻxshagan katak mato yordamida mahalliy moliya amaldorlarining naqd pul tushumlarini hisoblash va tekshirish usulidan kelib chiqqan. Ushbu organ dastlab moliyaviy, ma’muriy va sud funksiyalarini nazarda tutgan. Keyinchalik shaxmat taxtasi palatasi gʻaznachilik (fiskal) masalalari bo’yicha eng yuqori nazorat organiga aylantirildi va uning sud funksiyalari alohida muassasa – Gʻaznachilik sudiga oʻtkazildi (u Vestminster sudlari deb ataladigan sudning bir qismi edi). Angliya va Shotlandiyaning moliyaviy tizimlari soddalashtirilgan va birlashtirilganligi, Gʻaznachilik vakolatlari kengaytirilganligi sababli Shaxmat taxtasi palatasining ahamiyati tushib ketdi hamda XIX asr boshlarida ular tugatildi

Foydalanilga manbalar:

  • 1. ziyo.uz
  • 2. arxiv.uz
  • Fayllar.org

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling