Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-mavzu Ozbek xalq1ning etnik shakllanishi 1.4. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- 1.2. «Ozbek xalq1ning etnik shakllanishi» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari
- 4-Mavzu Ozbek xalqining etnik shakllanishi Reja
- Qo’shimcha adabiyotlar
- Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi
- Dars o’tish vositalari
102
Ma’ruza mashg’ulotlari 4-mavzu O'zbek xalq1ning etnik shakllanishi 1.4. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli Kirish-axborotli ma’ruza Ma’ruza rejasi 1 . Ur u g ' . qabila. elat. xalq va millat tushunchalari 2.O'zbck x a l q i n i n g etnik shakllanishi jarayoni. 3.O'zbyek atamasi muammosi. O’quv mashg’ulotining maqsadi: O'zbek xalqining etnik shakllanishi va uning taraqqiyot bosqichlari haqidagi nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash Pedagogik vazifalar: Ur u g ' , qabila, elat,
xalq va
millat tushunchalari haqida ma’lumot berish; O'zbck x a l q i n i n g etnik shakllanishi jarayoni qanday kechganligi haqida ma’lumot berish; O'zbyek atamasi muammosini kelib chiqish sabablari to’g’risida tushuntirib berish; O’quv faoliyati natijalari: Ur u g ' , qabila, elat, xalq va millat tushunchalari haqida to’lasincha ma’lumot berish, gapirib berish; O'zbyek x a l q i n i n g etnik shakllanishi jarayoni qanday kechganligi, bu jarayonga ta’sir ko’rsatgan qabilalar to’g’risda to’lasincha gapirib berish (misollar tariqasida); O'zbyek atamasi muammosini kelib chiqish sabablari to’g’ri talqin qilgan holda gapirib berish;
Ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol- javob, suhbat, tushuntirish, klaster
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, kompyuter texnologiyalari, slaydlar
Texnik
vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya Monitoring va baholash Og’zaki nazorat, savol-javob 103
1.2. «O'zbek xalq1ning etnik shakllanishi» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
1.1.O’quv kursi nomini aytadi. Ekranga o’quv kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, mavzular ro’yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi 1.2.Birinchi mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi. 1.3.Klaster asosida o’tiladigan mavzuning mazmuni va mohiyatini qisqacha yoritadi Tinglaydilar.
Tinglaydilar
2- bosqich Asos
iy bosqich (55
daqiqa) 2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo’llaydi:
Urug', qabila, elat,
xalq va
millat tushunchalari haqida nimalarni bilasiz?
O’zbek
xalqining shakllanish jayorayoni qanday kechgan?
O’zbek
xalqining shakllanishiga
ta’sir
ko’rsatgan turkiy qabilalarni ayting?
IX-XII asrlarda o’zbek xalqining shakllanish jayorayoni qanday kechgan?
«O’zbek» atamasining kelib
chiqishini izohlang?
Markaziy Osiyoda markazlashgan davlatlar qaysilar va ular to’g’risida ma’lumot bering?
2.2 Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi. 2.3. Ekranda slaydlar namoyish etish bilan o’zbek
xalqining shakllanish jayorayonida ishtirok etgan bir qator qabilalar haqida ma’lumotlarni aks ettirish orqali ma’lumot beriladi Talabalar diqqatini mavzuning asosiy
jihatlariga karatadi, ularning dolzarb
va ahamiyatli ekanini asoslaydi. 2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini aytadi. Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo’naltiradi, zarur maslahatlar beradi. 2.5. Bir nechta talabaning ish natijasini tekshiradi, talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi. Zarur bo’lsa, qo’shimchalar kiratadi va ushbu savol bo’yicha to’liq ma’lumot berishini aytadi. Savolga javob
beradilar. Fikrlarini bildiradilar.
Tinglaydila r, zarur
ma’lumotlarni yozib oladilar.
yakka tartibda bajaradilar.
Ish natijasini taqdim kiladilar.
Tinglaydila r,
zarur ma’lumotlarni yozib oladilar.
104
2.6. Rejaning ikkinchi savoliga doir bo’lgan slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq yoritadi 2.7. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi 3.
Yaku niy bosqich (10 daqiqa)
3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: (1) o’tilgan mavzu asosida B/B/B jadvalini to’ldirib kelish. B/B/B jadvalini to’ldirish qoidasini tushuntiradi (6-ilova); (2) ikkinchi mavzu bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelish. Savollar beradilar.
Vazifani yozib oladilar. 4-Mavzu O'zbek xalqining etnik shakllanishi Reja 1 . Ur u g ', qabila, elat, xalq va millat tushunchalari 2.O'zbyek x a l q i n i n g etnik shakllanishi jarayoni. 3.O'zbyek atamasi muammosi.
1. I.Karimov. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. Toshkyent, 1992. 2. SH.Karimov, R.SHamsutdinov. “Vatan tarixi”. Andijon, 1995. 3. Abulg’oziy. “SHajarai turk”. T.: CHo’lpon, 1992. 4. B.Axmyedov. Tarixdan saboqlar. T.: “O’qituvchi”, 1994. 5. B.Axmyedov. “O’zbyek ulusi”. T.:Nur, 1992. 6. Zaki Validiy. “O’zbyek urug’lari”. T.: 1992. 7. I.Jabborov. O’zbyek xalqining etnografiyasi.T.: O’zbyekiston, 1994. 8. Nasimxon Raxmon. Turk hoqonligi. T:1993. 9. Usmon Turon. Turkiy xalqlar mafkurasi.T.:CHo’lpon, 1995. 10. Xasan Ato Abdushiy. “Turkiy qavmlar tarixi”. T.:CHo’lpon, 1994. 11. A.Ibrohimov, X. Sultonov, N.Jo’rayev. Vatan tuyg’usi. T.:O’zbyekiston, 1996. 12. U.Sanaqulov. O’zbyek xalqining hamda tilining tarkib topishi va nomlanishi. Samarqand, 1991. 13. O’zbyekiston tarixi. T.: Univyersityet, 1996, 1 – jild. 14. Ashirov A.Atadjanov SH Etnologiya. T.., 2007 15. Ziyo Kukalp. “Turkchilik asoslari”. T.:1994. 16. SHoniyozov K.O’zbyek xalqining shakllanish jarayoni. T. «SHarq», 2001y
17. Abdizuxur Abduaziz. Turkiy xalqlar: tillari va tarixi. O’zbyekiston adabiyoti va san’ati gazyetasi. 1993, 19 fyevral’. 18. A.Asqarov, B.Axmyedov. O’zbyek xalqining kyelib chiqish tarixi. “O’zbyekiston ovozi” gazyetasi, 1994, 20 yanvar. 19. A.Tilavov. El nyetib topgay myeni kim… (Tarixning oydinlashgan sahifalari). “Zarafshon” gazyetasi, 1996, 26 iyun. 20. B.Axmyedov. O’zbyeklar. “Muloqot” jurnali, 1991, 1-son. 21. K.SHoniyazov. O’zbyek xalqining etnogyenyeziga oid
ba’zi nazariy
masalalar. “O’zbyekistonda ijtimoiy fanlar”, 1998, 6-son. 22. X.Doniyorov. O’z tariximizni bilamizmi? “Lyenin yo’li” gazyetasi 1990, 15 iyun.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarga o’zbyek xalqining etnik shakllanishi, 105
etnogyenyezi haqida yangi mustaqillik davri qarashlarini tushuntirishdan, shuningdyek bu sohadagi qarashlarning turli xil fikrlarini tanishtirishdan iboratdir.
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 5.
mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy vaziyat mavzusining ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Yo`qlama- 5-minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut YAngi mavzu bayoni – 50 minut Sinov savollar namunasi – 5 minut Uyga vazifa byerish – 3 minut
Etnogyenyez, o’zbyeklarning tarixiy vatani, urug’, qabila, elat, xalq, millat, etnik-madaniy jarayon, skiflar, saklar, massagyetlar, “ikki daryo oralig’i tipi”, o’zbyek xalqi shaklanishi bosqichlari, “o’zbyek” atamasi.
O’zbyek xalqining kyelib chiqishi – etnogyenyezi juda kam o’rganilgan, tarix, arxeologiya, etnografiya, antropologiya, tilshunoslik, fol’klorshunoslik kabi fanlarning ancha jiddiy tadqiqotlarini kutayotgan masalalardan biridir. Bu mavzuni o’rganishda Karim SHoniyozovning 2001 yilda «SHarq» nashriyotidan chiqqan «O’zbyek xalqining shakllanish jarayoni» nomli monografiyasi nihoyatda qimmatlidir. Muallif bu asarda ko’plab ushbu mavzuga taaluqli manbalarni o’rganib talqin qilib o’zbyeklar etnogyenyez va etnik tarixining haqqoniy manzarasini gavdalantirgan. Bu ish uchun olimning yarim asrlik umri kyetdi. Bu kitobni yozish uchun olim 1964-yilda «O’zbyeklar – qarluqlar (tarixiy etno0grafik ochyerk)», 1974-yili «O’zbyek xalqining etnik tarixidan», 1999-yili «Qarluqlar davlati va qarluqlar» nomli monagrafiyalarini yaratdi. Olim shu soha bo’yicha 6 monografiya 200 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qildi. 2
aks ettiruvchi etnik jarayonlarning manzarasini gavdalantirish, o’zbyeklarning O’rta Osiyo hududidagi engqadimgi ajdodlarini ko’rsatishga muvaffaq bo’ldi. XI asr boshida Qoraxoniylar davlatida nihoyasiga yetgan, o’zbyek xalqi shakllanishining asorhsiy davrlari ochib byerildi. 1998 yil iyunida Pryezidyent I.Karimov ham tarixchilar va O’R FA ning rahbariyati bilan “Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q” mavzusidagi uchrashuvida “… biz o’zimizni millat dyeb bilar ekanmiz, o’zbyekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz kyerak” 3 , dyeyish orqali xalqimiz etnik shakllanishi masalasini chuqqur o’rganish zarurligini ko’rsatgandi. YUrtboshimiz o’zining yuqorida nomi zikr etilgan ma’ruzasida o’zbyeklarni bunyodkor xalq ekanligini, o’zbyeklar qandaydir ko’chmanchi xunnlar davlatining rahbari Atillaga emas,
2 Шониёзов К. «Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни».Т., «Шарқ», 2001й, 4-бет 3 Каримов И.А. «Тарихийхотирасиз келажак йўқ». Т., «Шарқ», 13-бет 106
balki Byeruniyga, Buxoriylarga, Amir Tyemur, M.Ulug’byek, M.Boburlarga voris ekanligini bot- bot tarkorladi. 4
O’zbyekiston va unga qo’shni mamlakatlarda yashayotgan o’zbyeklar soni 25 mlndan ortig’ini tashkil qiladi. O’zbyekistonda (20 mln. 800 ming, 2005 yil), Tojikistonda (1,2 mlndan ziyod), Qirg’izistonda (550-600 ming), Qozog’istonda (332 ming), Turkmanistonda (320-330 ming) o’zbyeklar yashaydi. Bundan tashqari Afg’onistonda (2,5 mlndan – 4 mlngacha), Rossiyada (123 ming, 2002 yil), Saudiya Arabistonida (550-600 ming), Xitoy xalq Ryespublikasining Sinuzyan – Uyg’ur avtonom rayonida (13,7 mingdan ortiq), qolavyersa Turkiya, Gyermaniya, AQSH kabi uzoq xorij mamlakatlarda ham o’zbyeklar yashaydilar.O’zbyeklarning ancha yosh tarkibi navqiron bo’lib, 1989-yilgi ma’lumotlarga ko’ra 15 yoshgacha bo’lganlar umumiy ahololining 44%ni , 15 yoshdan -60 yoshgacha bo’lganlar 51%ni tashkil qilgan. 5
O’zbyeklar millat bo’lib ana shu yerlarda shakllanganlar. Lyekin o’tmishda o’zbyeklar yashagan hudud bundan ham kyeng bo’lgan. Masalan, A.Navoiy vatani Hirotda XVI asr boshida ham CHig’atoy turklari – o’zbyeklar ko’pchilikni tashkil qilgan. CHig’atoy turklari u payt Marv va Astrabodda ham yashardi. Biroq, Eron Tyemuriylardan mustaqillikka erishgach, Safaviy shohlar o’zbyeklarning aksariyatini qirdilar, tirik qolganlarini esa shi’a mazhabiga o’tkazdilar. Qobul XVI asrda Bobur Mirzo mulki bo’lib, uning asosiy aholisi ham o’zbyeklar bo’lgan. Kyeyinchalik Hindistonning Sulaymon tog’laridan kyelgan afg’on-pushtunlar bu yerlarni bosib olib, ular orasidan chiqqan Ahmadshoh Durroniy 1756 yili Afg’onistonni mustaqil qilguncha bu hudud aholisining talay qismini o’zbyeklar tashkil etgan. Sibir xoni Kuchum ham o’zbyeklardan bo’lib, u SHayboniylar sulolasi qarindoshi edi. XVI asr oxirida Sibir xonliklari ruslar tomonidan bosib olinib, aholisi “tatar” dyeb ataldi, chunki u paytda ruslardagi an’anaga ko’ra Usmonli turklardan tashqari turkiy xalqlar “tatarlar” dyeb nomlangan. Hattoki 1918 yilga qadar ojarboyjonlar ham “kavkaz tatarlari” dyeyilgan. XIX asr yarimida Sirdaryoning quyi oqimida va Yettisuvda ham o’zbyeklar ko’pchilikni tashkil qilgan. Lyekin ular gyenyeral CHyernyayev askarlari tomonidan 1862-1865 yillarda qirilgan yoki surib chiqarilgan. O’zbyek xalqining etnik shakllanishi milodgacha 40-12 ming yilliklarni o’z ichiga olgan so’ngi palyeolitdayoq yuzaga kyelgan urug’chilik jamoasidan to hozirgi davrda yetuk millat darajasiga ko’tarilgan juda uzoq va murakkab jarayonni o’z boshidan kyechirdi. Aslida urug’ bir ota-onadan tarqalgan qon-qarindoshlarning uyushuvi natijasida shakllangan jamoadir. Tirikchilik tashvishi va tashqi dushmanlardan saqlanish zaruriyati kishilarning qon-qarindoshlikka asoslangan birlashuviga olib kyelgandi. Urug’chilik jamoasi eng qadimgi odamlar to’dasiga nisbatan mustahkamroq va tashkiliyroq bo’lib, shu yo’l orqali kishilarning tyeng huquqliligi, asosiy ishlab chiqarish qurollarining umumiy mulkligi, jamoa myehnati va istye’mol qilishning umumiyligi ta’minlangan, nikoh va diniy marosimlar tartibga solinib turilgan, joriy urf-odatlar buzilganda aybdorlar jazolangan. Urug’ jamoasi o’zining eng aqlli va botir jangchilaridan birini shu urug’ning boshlig’i etib tayinlagan. Bir hududda yashagan bir nyecha urug’ jamoalari birlashib qabilaga aylangan. Qabilalar yagona qabilaviy tilga (shyevaga), kyengashga va harbiy boshliqqa ega bo’lgan. Urug’ boshliqlari qabila kyengashi tarkibiga kirgan, eng kuchli urug’ boshlig’i esa qabila rahnomasi dyeb e’lon qilingan. Qabilalar yuzaga kyelish jarayoni kishilarning ovchilik va ko’chmanchi chorvachilik bilan birga dyehqonchilik va ibtidoiy tyemirchilikka o’ta boshlagan, boshqacharoq qilib aytganda aqliy tabaqalanish mulkiy tabaqalanishga o’ta boshlagan davrga to’g’ri kyeladi.
tarkib topgan birligi tushiniladi. Aksariyat holatlarda qabilalar ittifoqi yaylov va suv uchun tyez- tyez bo’lib turadigan janglarda o’zini himoya qilishi yoki g’olib chiqish maqsadida barpo etilgan. Elatni xalqning millat bo’lib shakllanishidan oldingi bosqichi dyeyish mumkin. Kishilarning bir
4 Каримов И.А. «Тарихий хотирасиз келажак йўқ». Т., «Шарқ». 12-20 бетлар 5 Аширов А. «Этнология», Т., 2007 й, 90-91 бетлар 107
hududda elat bo’lib yashashlari qon-qarindoshlik, umumiy manfaatdorlik his-tuyg’ularini kuchaytirgan. Umumiy manfaatdorlik hissi va uni himoya qilish ma’suliyati esa davlatni vujudga kyeltirgan.
falsafiy nuqtai-nazardan qaralsa, uni tarixning barcha bosqichlarida jamiyat vazifalarini hal etishga qodir, yurt yumushiga yaroqli va qobiliyatli qatlam, ijtimoiy birlik, tarix ijodkori dyeyish mumkin. Dyemak, balog’atga yetmaganlar aholi soniga kirsa ham xalq safiga kirishga hali erta. Millat kishilarning tarixiy tarkib topgan, umumiqtisodiy turmush, til, hudud birligi, madaniyat, ong va ruhiyat uyg’unligi dyemakdir. Millatni davlatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Hozirgi o’zbyek millati ham urug’chilik va qabilachilik davrlarini, elat, xalq va millat shakllanishi jarayonlarini o’z boshidan kyechirgan. Manbalarda ko’rsatilishicha, milodgacha ikki ming yillikning o’rtalari va oxirlari (bronza asri) O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron hududlari tarixi hind va eron qabilalari yoyilishi bilan bog’liq. Ular hattoki, Volga va Ural daryolari hamda janubiy Sibir oralig’idagi yerlarda ham yashaganlar. Antropolog T.Xodjayov qayd etishicha, bronza davrida O’rta Osiyoning janubiy qismida baland bo’yli, boshi cho’ziq, yuzi torroq irqning vakillari tarqalgan. O’rta Osiyoning shimoliy va cho’l hududlarida esa janub aholisidan farqli ravishda boshi dumaloq, yuzi juda kyeng va cho’ziq bo’lmagan qabilalar yashagan. Fanda janubiy qiyofali odamlar O’rta Yer dyengizi irqining vakillari dyeb ataladi. Ular Old Osiyo, Myesopatomiya, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo, Hindiston kabi katta gyeografik hududga yoyilganlar. SHimoliy qiyofali odamlar esa Janubiy Sibirdan to Qozog’iston, O’rta Osiyoning shimoliy-sharqiy qismida Ural va Volga bo’yi yerlarigacha tarqalgan. Taniqli arxeolog A.Sagdullayev fikricha, ana shu bronza davridayoq O’rta Osiyoda yuqorida eslatilgan qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi odamlar vakillarining qo’shilishi jarayoni boshlanadi hamda aynan shu davrda o’lkamizda yashagan qabilalar O’rta Osiyoning qadimgi xalqlariga asos solganlar. Milodgacha ikki ming yillikning oxiri-birinchi ming yillikning boshida O’rta Osiyo hududida o’ta murakkab etnik-madaniy jarayonlar sodir bo’lib, unga ko’ra janubiy hududlaridagi hosildor vohalar o’troq dyehqonchilik aholisi tomonidan o’zlashtirilishi boshlangan bo’lsa, shimoliy viloyatlarda ko’chmanchi chorvador qabilalar tarqala boshlaydi. Ko’chmanchi chorvadorlar bilan o’troq dyehqonchilikda band bo’lgan aholi o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalar avj oladi. O’lkamizning qadimgi aholisi tosh va bronza asrlari davrida qanday nom bilan atalganliklari bizga noma’lum. Ilk bor O’rta Osiyo aholisi xususidagi ma’lumotlar sharq va antik davr yunon-rim manbalarida tilga olinadi. YUnon tarixchilari aytishicha, Yevroosiyoning katta hududlarida yashovchi qabilalar umumiy “skiflar” nomi bilan atalgan. Tadqiqotchi Pliniy esa o’sha davrda O’rta Osiyoda 20 yaqin turli nomda qabilalar borligi to’g’risida xabar byergan. YAna skiflarning 2 ta yirik qabilasi: saklar va massagyetlar xususida ham qayd etiladi. YUnon olimlaridan Efor (milodgacha 405-330 yillar) quyidagilarni yozgan: “Qo’yboqar saklar skiflar tarkibiga kiruvchi qabilalardir. Ular soddadil ko’chmanchilar toifasidan bo’lib, don yetishtiradigan Osiyoda istiqomat qiladilar. Saklar bir joydan ikkinchi bir joyga aravalarda ko’chib yuradilar va biya suti bilan tirikchilik o’tkazadilar” YUnonistonlik Strabon (milodgacha 63-28 yillar) va Pompyey Trog (milodgacha 1-milodiy I asr) asarlarida saklar va massagyetlarning qaysi xalqqa mansubligi, ular egallagan hududlar to’g’risida qimmatli ma’lumotlar byeriladi. Pompyey Trog shunday yozadi: “Kaspiy dyengizidan boshlab skiflarning katta qismi daylar (Qoraqumda), ulardan SHarqda yashovchi qismi esa massagyetlar va saklar dyeb ataladi… Skiflarni hamma vaqt eng qadimiy xalq dyeb hisoblab kyelganlar. Qadimiylikda ular misrliklardan qolishmaydilar”. Milodgacha VI-V asrlarda toshga o’yib yozilgan ahmoniylar yozuvlarida saklarning uchta qabilaviy birlashmalari ko’rsatib o’tilgan: “Saka-Tigraxouda” Sug’diyonaning sharqiy-shimolida, Sirdaryoning o’ng tomonida – Toshkyent viloyati, Yettisuv va janubiy Qozog’iston yerlarida yashaganlar. Ularni “cho’qqayma qalpoq kiygan saklar” dyeyishgan: “Saka-Tiay-Taradarayya” Sirdaryo va Orol dyengizi atrofida yashab, ularni “daryo narisidagi saklar” dyeyishganlar; “Saka- xaumavarka” O’rta Osiyoning markaziy va janubiy qismida istiqomat qilishgan.
108
Bu qabilalarning bir qismi o’troqlik holatiga o’tib, dyehqonchilik bilan shug’ullana boshlasa, boshqa katta qismi esa tog’ va tog’oldida istiqomat qilishgan, cho’llarda ko’chib yurishgan. O’troq bo’lib yashagan qabilalar esa ilk tyemir asridan (milodgacha XII-IX asr) “so’g’dlar”, “baqtriyaliklar”, “farg’onaliklar” va “xorazmliklar” dyeb atalgan. Jahon tajribasiga ko’ra, millat faqat bir xalq vakillari asosida shakllanmagan. Hozirgi o’zbyek millatining tarkib topishida ham mahalliy xalqlar bilan birga ko’plab turkiy qabila va urug’lar ishtirok qilganlar. Undan tashqari qator tadqiqotlarda o’zbyek xalqi shakllanishida sakkiz muhim davr bo’lganligi qayd etilib, ular qatoriga ahmoniylar, makyedoniyaliklar, arablar va mo’g’ullar istilolari bilan bog’liq etnik jarayondagi o’zgarishlar tilga olinadi. Bu zabt etishlar, shubhasiz, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga, tiliga, turmush tarziga ma’lum darajadagi o’z ta’sirini o’tkazgan. Ammo bu yurishlarning mahalliy xalqlar irqiy va etnik holatiga juda kam o’zgarishlar kiritgan. Lyekin ular mahalliy xalq “qonini” va gyenyetikasini tubdan o’zgartira olmadilar. Ular son jihatdan ko’pchlikni tashkil qilgan mahalliy aholi tarkibiga singib kyetgan. Barcha tarixiy davrlarda mahalliy xalq kyelgindi aholidan hamisha ustun turgan. Milodgacha IV-III asrlardayoq O’rta Osiyoning shimoliy-sharqida turkiy tilli qabilalar mavjud bo’lib, ularning xorazm, so’g’d, baqtriya kabi yozuvlari o’sha joy aholisi ichida ishlatilgan. Yettisuvdagi saklarning bir qismi ham turkiy tilda so’zlashgan. Tushunarliki, O’rta Osiyoda qadimdan 2 xil: turkiy va sharqiy eroniy tillarda so’zlashuvchi aholi bo’lgan. Hozirgi o’zbyek millatining asosini ana shu ikki tilda so’zlashuvchi urug’lar, qabilalar, elatlar tashkil etgan. O’zbyek xalqining etnik shakllanishi uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo’lib, uning shakllanishidagi asosiy vosita ishlab chiqarishdagi, iqtisodiyotdagi va madaniy hayotdagi o’zgarishlar bo’lgan. Antropolog olim T.Xodjayov O’rta Osiyoning turli hududlaridan topilgan 500 dan ortiq antropolgik matyerial asosida hozirgi o’zbyek va tojiklarga xos antropologik tip – “Ikki daryo oralig’i irqi” milodgacha birinchi ming yillik oxiri va milodning boshlarida Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlarida shakllanib, kyeyinroq Farg’ona va Xarazm vohalariga, Zarafshon vodiysiga ko’chib o’tganligini isbot qildi. Bu esa fanda yaqingacha kyeng tarqalgan fikrlar, ya’ni o’zbyeklarga xos Markaziy Osiyo “ikki daryo oralig’i irqi” avvalo Volga daryosi bo’ylarida va O’rolda sarmat qabilalari tarkibida shakllanib tarqaldi, dyegan yoki bir irq Baykal ko’li atrofida va Mo’g’uliston cho’llarida shakllanib tayyor holda mahalliy aholiga o’z irqini tarqatdi, dyegan fikrlarni inkor qiladi. T.Xodjayovning bu antropologik tadqiqoti natijalari yozma manbalarda ma’lum bo’lgan sak qabilalarining bir tarmog’i hisoblangan yuechjilarning janubga yurishi – YUnon-Baqtriya podsholigining istilo etilishi va Buyuk Kushon impyeriyasining barpo bo’lishi davriga to’g’ri kyeladi. Ma’lumotlarga ko’ra, yuechjilarning janubi-g’arbga yurishi Iskandar vafotidan kyeyinroq boshlanib, ular YUnon-Baqtriya davlatini inqirozga uchratdi. Ko’chmanchilarning boshqa bir katta qabila ittifoqi O’rta Osiyoning shimoliy qismida yarim o’troq va yarim ko’chmanchi Kang’ davlatini barpo etishda ishtirok etdi (milodgacha III-II asr). Ana shu davrda hozirgi Toshkyent viloyati va Janubiy Qozog’istonda “ikki daryo oralig’i tipi” bilan birga “qovunchi madaniyati” yuzaga kyeldi. Bu madaniyat ijodkorlari qang’arlar bo’lishi kyerak. CHunki turkiylarning Movarounnahr va Xorazmning ichki hududlariga kirishi ana shu madaniyat yoyilishi davri bilan bog’liq. Milodning IV-V asrlarida shimoldan O’rta Osiyoning markaziy va janubiy tumanlariga xionitlar, kidariylar va eftalitlarning kirib kyelishi natijasida yerli aholining moddiy madaniyatidagi qadimgi an’ana kamayib, nozik va nafis sifatli kulolchilik buyumlari o’rnini dag’al, yarim o’troq chorvadorlar hunarmandchiligi egallay boshladi. Dyemak, bu o’zgarishlar turkiylarning kirib kyelishi bilan bog’liq edi va ular bu hududda milodgacha II-I asrlardan to milodiy VI asr o’rtasida ham istiqomat qilishardi. Milodgacha birinchi ming yillikda Markaziy Osiyo, Sibir hamda shimoliy-g’arbiy Xitoy yerlarida yashagan xalqlarning bir qismi turkiyzabon bo’lganligi manbalarda ma’lum. Issiqko’l yaqinidan milodgacha IV-III asrlarga doir sak qabilalari qabridan qadimgi yozuv namunalari topildi. Bu oromiy imlosida bitilgan yozuv “qadimgi turk yozuvi” dyeb tan olinmoqda. “Turk yozuvi” qadimgi Xorazm, Sug’d va Baqtriya yozuvlari singari O’rta Osiyoning shimoliy-sharqiy hududlarida istiqomat qiluvchi turkiy tilli aholi yozuvi sifatida yuzaga kyelgan. Dyemak, “Turk yozuvi” 109
qo’llanilgan yerlarda turkiy qabila va elatlar yashagan, ular ham juda erta o’z yozuviga ega bo’lganlar. Markaziy Osiyoning sug’diylar, xorazmiylar va bahtarlar yashagan hududlarda SHarqiy Eron tillar guruhiga kiruvchi sug’d va xorazm tillarida so’zlashsalar, shimoliy-sharqiy qismidagi aholi turkiy tilda so’zlashganlar va o’zlarining turkiy yozuviga ega bo’lganlar.
Hozirgi o’zbyek tili turkiy tillar nyegizida shakllangan bo’lsa, tojik-fors tili SHarqiy Xuroson, ya’ni dariy tili asosida shakllandi. Dyemak, tojik tili hozirgi Tojikiston hududidan tashqari Amudaryoning narigi tomonida, Murg’ob vohasi, hozirgi Afg’oniston va SHimoliy-sharqiy Eron zonasida shakllanib, asta-syekin eftalitlar davlati va turk xoqonligi sharoitida, ayniqsa somoniylar hukmronligining dastlabki davrida so’g’dlar yurtiga jadal kirib bordi. U dastlab shahar va unga yangi aholi punktlarida yerli sug’d tilini siqib chiqarib, markazlashgan somoniylar davlatining tiliga aylandi. Sug’d tilini hali XII-asrda ham uchratish mumkin bo’lgan. Qadimgi sug’d va xorazm tillari o’zbyek va tojik tillarining hozirgi zamon tillari darajasiga chiqmagan bo’lsalar-da, ana shu tillarda so’zlashgan qadimgi tub aholi – o’zbyek va tojiklarning elat sifatida shakllanishida dastlabki etnik qatlamini tashkil etgan. Lyekin bularning har ikkalasi ham to xalq bo’lib shakllashga qadar uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Natijada ularning jismoniy-biologik tuzilishida bir xillik, aynan o’xshashlik sodir bo’ldi. Tadqiqotlarda bu tipni hozirgi zamon o’zbyek xalqi va voha tojiklariga xos “ikki daryo oralig’i tipi” dyeb qayd qilinadi. Aniqrog’i, u milodgacha birinchi ming yillik oxiridan to milodiy IV asrgacha hozirgi O’zbyekistonning markaziy va janubiy shaharlari aholisi orasida syezilarli etnik qatlamga ega bo’ldi, ilk fyeodal munosabatlar yuzaga kyelishi davrida esa qishloq aholisi o’rtasiga ham kirib borganligi ma’lum. XI asrda yashagan Mahmud Qoshg’ariy “Dyevonu lug’otit turk” asarida turklarning ijtimoiy hayoti to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni kyeltiradi: “Iskandar Zulqarnayn Turonni bosib olayotgan paytda turklar uzun, uchi cho’ziq burk kiyib, ot chopayotib, orqa tomonidagi dushmanga mahorat bilan yoydan o’q otardi”. Xuddi shunday ta’rifni skiflar davriga oid arxeologik qazilmalarga bag’ishlangan asarida S.Rudyenko ham takrorlaydi. Dyemak, qadimgi skiflar nomi bilan Sirdaryoning o’rta va quyi sohillaridan to Oltoygacha bo’lgan hududda ko’chib yurgan qabilalar turklarning ajdodi bo’lgan. Hozirgi zamon turkiyzabon xalqlarning soni 200 milliondan ortiqroq bo’lib, ular turli diniy e’tiqodga va 32 dan ko’proq bir-biriga yaqin tillarda so’zlashadilar. O’rta Osiyo xalqlarining shakllanishida ma’lum rol’ o’ynagan eftalit qabilalar uyushmasi ham etnik jihatdan turkiylar tarkibiga kirgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avyesto”da ahmoniylar va sosoniylar asoratiga tushib qolgan xalqlar orasida tur (ko’ra) lar ham tilga olinadi. SHarq manbalarida Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida, unga tutash yerlardagi xalqlar “Turk” nomi bilan, ular istiqomat qilgan yerlar esa “Turon” yoki “Turkiston” dyeb atalib kyelingan. Firdavsiyning “SHahnoma”sida ham “Eron” va “To’ron” atamalari ko’plab tilga olinadi. Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida Alp Er To’nga davrida yashab kyelayotgan turkiy xalqlarning kyeng qatlamiga 539 yildan “Turkiston” dyegan nom byerilgandi. O’rta Osiyo VI asr ikkinchi yarmida to’la G’arbiy Turk hoqonligi tasarrufiga o’tgandan kyeyin, bu o’lkaga turkiy xalqlarning guruh-guruh bo’lib kirib kyelishlari yanada tyezlashdi. Dastlab u hududimizning mahalliy aholi yashab ulgurmagan qismlariga o’rnashdilar, kyeyin asta-syekin mahalliy aholi bilan yonma-yon, hattoki aralashib yashaydigan bo’ldilar, til jihatidan turkiylashish jarayoni kuchaydi. Milodgacha birinchi ming yillikdan O’rta Osiyo dasht mintaqalarida yashagan xalqlar hududimizning markaziy va janubiy viloyatlariga o’troqlashuv jarayonini o’z boshidan kyechirib, ularning janubga siljishi va YUnon-Baqtriya davlatini istilo etishi natijasida Buyuk Kushon saltanatining barpo bo’lishi bilan yakunlangan bo’lsa, G’arbiy Turk hoqonligi hukmronligi sharoitida cho’l aholisi Sirdaryo quyi oqimidan Markaziy Qizilqum orqali Samarqand atrofiga, so’ngra Qashqadaryoning Qarshi shahri orqali Surxandaryo viloyatidagi ko’hna Tyermiz, Dalvarzin, SHoxtyepa, Ayritom kabi qadimiy shahar va yirik manzillarga kyelib joylashganlar. Ularning ikkinchi guruhi esa qadimiy Buxoro vohasi orqali Turkmanistonning janubiy viloyatlariga yetib borgan. Tarixchi at-Tabariyning “Payg’ambar, podshohlar va xalifalar tarixi” asarida ko’rsatishicha, arab istilosi arafasida Balx, Bodhiz, Xuttalon, CHag’oniyon, SHosh va hatto Buxoro aholisining katta qismini turklar tashkil etgan. Ular mahalliy xalqlar bilan aralash yashash jarayonini o’z boshidan
110
kyechirganlar, bu xalqlarga til jihatdan ta’sir o’tkazib, ularning tillarini turkiylashtirib bordilar. O’z navbatida ilgaridan o’troq turmush tarzida istiqomat qiluvchi mahalliy aholi xalqlar ham asosiy kasbi chorvadorchilik bo’lgan turkiy xalqlarga o’z ta’sirini o’tkazganlar. Ammo til nuqtai-nazaridan turkiy xalqlarning ta’siri shu qadar kuchli bo’lganki, arablar bosqini arafasida Movarounnahr va Xorazmning tub yerli aholisi turklashib bo’lgan edi. VIII asrning 30 yillarida arablar Movarounnahrga o’z hukumronligini mustahkamlab olgach, sug’d tuprog’iga turklarning kirib kyelishi syekinlashadi. CHunki arablar bu o’lkada hukumronlikni turk zodagonlaridan tortib olishgan edi. Arablarga qadar kyelib o’rnashib olgan qabilalarning arablar hukumronligi sharoitida chuqurroq o’troq hayot tarziga ko’chishi tyezlashdi. SHosh, Farg’ona va Xorazmda turkiy xalqlar mahalliy aholi orasiga tobora singib, o’troqlashgan turkiy va til jihatidan turklashgan yerli aholi “sart” dyeb ataluvchi etnik qatlamga aylanib bordi. Movarounnahr va Xurosonda arab mustamlakachiligidan chiqib, mustaqil davlatlarning tashkil topa borishi natijasida fors-dariy tili mahalliy aholining bir qismida shakllanib, badiiy adabiyot yuzaga kyeldi. Movarounnahr va Xurosonning forsiy-tojik tilida so’zlashuvchi aholining bir qismini XI asrdan o’zlarini tojik dyeb yurita boshlagan.
Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling