Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulot vaqti -2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- » mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti
- Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi
- Dars o’tish vositalari
Ma’ruza mashg’ulotlari 7-mavzu Amir Temur va temuriylar davrida o'zbek davlatchlligining yuksalishl. ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot 1.7. Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti-2 soat Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha Mashg’ulot shakli Kirish-axborotli ma’ruza Ma’ruza rejasi 1.Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi. Uning boshqaruv t i z i mi , ijtimoiy- iqtisodiy asoslari. 2.Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayot. Ulug'bek akademiyasi. 3.Temuriylar h o k i m i y a t i n i n g inqirozga yuz tutishi, uning sabablari
oktyabr davlat to’ntarishi va mamlakatda sovet hokimiyatining o’rnatilishi masalalari talabalar ongida shakllantiriladi
Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi, uning boshqaruv t i z i m i , ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yoritish Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayoti hamda Ulug'bek akademiyasi faoliyatini tushuntirib berish
Temuriylar h o k i m i y a t i n i n g inqirozga yuz tutishi, uning sabablarini yoritib berish
Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi, uning boshqaruv t i z i m i , ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini manbalar tahlili asosida yoritib beradi Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayoti hamda Ulug'bek akademiyasi faoliyatini to’lasincha yoritib beradi Temuriylar h o k i m i y a t i n i n g inqirozga yuz tutishi holatlarini hamda uning sabablarini tarixiylik nuqtai nazaridan tahlil qiladi Ta’lim berish usullari Ko’rgazmali ma’ruza, namoyish etish, savol- javob, suhbat, tushuntirish, klaster
Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, kompyuter texnologiyalari, slaydlar
Texnik
vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya Monitoring va baholash Og’zaki nazorat, savol-javob 137
1.2. « Amir Temur va temuriylar davrida o'zbek davlatchlligining yuksalishl. ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot » mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
1.1.O’quv kursi nomini aytadi. Ekranga o’quv kursining tuzilmaviy mantiqiy chizmasini chiqaradi, mavzular ro’yxati bilan tanishtiradi va ularning mazmunini qisqacha yoritadi 1.2.Birinchi mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va o’quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi. 1.3.Klaster asosida o’tiladigan mavzuning mazmuni va mohiyatini qisqacha yoritadi Tinglaydilar.
Tinglaydilar
2- bosqich Asos
iy bosqich (55
daqiqa) 2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida savol-javob usulini qo’llaydi: Amir Temur faoliyatining jahon tarixida o’rganilishi? Amir Temurning o’zbek davlatchiligi tarixida tutgan o’rnini sharhlang? «Temur tuzuklari» Amir Temur davlatining bosh qomusi sifatidagi o’rni qanday edi? Amir
Temur faoliyatining Sovet tarixshunosligida yoritilishi? Amir Temur tavalludining 675 yillik yubiley tantanalarning o’tkazilishi va uning ahamiyati?
Javoblarni to’ldiradi, umumlashtiradi va bugungi o’quv mashg’ulotida ushbu savollarga kengroq javob olishlarini aytadi. 2.3. Ekranda slaydlar namoyish etish orkali Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi, markazlashgan davlat tizimini yaratishi, uning ichki va tashqi siyosati to’g’risida to’liq ma’lumotlar beradi Talabalar diqqatini mavzuning asosiy jihatlariga karatadi, ularning dolzarb va ahamiyatli ekanini asoslaydi. 2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini aytadi. Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni yo’naltiradi, zarur maslahatlar beradi. 2.5. Bir nechta talabaning ish natijasini tekshiradi, talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi. Zarur bo’lsa, qo’shimchalar kiratadi va ushbu savol bo’yicha to’liq ma’lumot berishini aytadi. 2.6. Rejaning ikkinchi savoliga doir bo’lgan slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq yoritadi Savolga javob
beradilar. Fikrlarini bildiradilar.
Tinglaydila r, zarur
ma’lumotlarni yozib oladilar.
yakka tartibda bajaradilar.
Ish natijasini taqdim kiladilar.
Tinglaydila r,
zarur ma’lumotlarni yozib oladilar.
138
2.7. Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob beradi 3. Yaku
niy bosqich (10
daqiqa) 3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: (1) o’tilgan mavzu asosida B/B/B jadvalini to’ldirib kelish. B/B/B jadvalini to’ldirish qoidasini tushuntiradi (6-ilova); (2) ikkinchi mavzu bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib kelish. Savollar beradilar.
Vazifani yozib
oladilar. 7-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davrida o'zbek davlatchlligining yuksalishi. Ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot Ryeja 1.Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi. Uning boshqaruv t iz i m i, ijtimoiy- iqtisodiy asoslari. 2.Amir Temur va temuriylar davrida madaniy hayot. Ulug'bek akademiyasi. 3.Temuriylar h o k i m i y a t i n i n g inqirozga yuz tutishi, uning sabablari
Asosiy adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Ehtirom, T.1, 360-362. 2. Karimov I.A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga na’muna bo’lsin. Asarlar, T.4 O’zbekiston, 1996 y, 340-343 b. 3. Karimov I.A.O’tmishsiz kelajak, hamkorliksiz taraqqiyot bo’lmaydi. Asarlar, T.4 – T.,O’zbekiston, 1996 y, 331-339 b. 4. Karimov I.A. Amir Temur - faxrimiz, g’ururimiz. Asarlar, T.5. 5. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 6. Amir Temur jahon tarixida, - T., Sharq, 1996 y. 7. Muhammudjonov A. Amir Temur va temuriylar davri. T., Fan». 1996y. 8. Mo’minov I. Amir Temurning O’rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan o’rni va ro’li. – T., “Fan”, 1993 y.
9. Temur va Ulug’bek davri tarixi. – T.,QPT, 1996 y. 10.O’zbekiston tarixi. 1- qism. – T., Universitet, 1997 y. 11.Ibrohimov A.,Saidjonov X., Jo’raev N.Vatan tuyg’usi. – T., O’zbekiston, 2000 y. 12.O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003 268-289 b. 13.Q.Usmonov, M.Sodiqova va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y.
Qo’shimcha adabiyotlar: 14.X.Nazarov «Buyuk davlat arbobi» // Qalqon, 2006 yil apryel’. 20-22 byetlar. 15.M.Ahmyedov. Buyuk davlat arbobi va sarkarda // «Turkiston» 2006 yil 24-iyun. 16.history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
markazlashgan davlat tizimini shakllantirganligini xamda madaniy xayotning jonlangnligini ochib byerish. Talabalarga Tyemur tuzuklarining axamiyati va kuch adolatda ekanligini yetkazishdan iborat.
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 10.
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch
139
iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga XIV asr o’rtalarida Movarounnahrdagi ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy vaziyat mavzusining ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut Yo`qlama- 5-minut Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut YAngi mavzu bayoni – 50 minut Sinov savollar namunasi – 5 minut Uyga vazifa byerish – 3 minut 11. Tayanch so’zlar va tushunchalar: Markazlashgan davlat, Amir Tyemur, “loy jangi”, Ilyosxo’ja, Sarbadorlar, Tyemur davlati, harbiy yurishlar, Anqara jangi, Syeyiston jangi, To’xtamishga qarshi kurash, Suyurg’ol, dyevonbyegi, arkbyegi, Tarxon, “Kuch - adolatdadir”, “Tyemur tuzuklari”, A.Tyemurning 660 yilligi. 1-masala: Movarounnahr XIV asrning 50-60 yillarida o’z boshidan ancha murakkab davrni kyechirmoqda edi. Bu hol birinchidan, Movarounnahrning doimo bir-biriga dushman bo’lib kyelgan mayda bir qancha yerlarga parchalanib kyetganligi bo’lsa, ikkinchidan, mo’g’ul istilochilarining Movarounnahrni butunlay istilo qilishiga initilishining kuchayib borganligidadir. Bu davr Amir Tyemur hukmronligi boshlanish davri edi. U Qashqadaryo vohasining Kyesh (Hozirgi SHahrisabz) YAkkabog’ tumanining Xo’jailg’or qishlog’ida Barlos qavmi byegi bo’lgan amir Tarag’ay ibn Barqal oilasida 1336 yilda tavallud topdi. U yoshligidan savod va harbiy mashq o’rgangan. Aytishlaricha, u o’ng qo’lida ham, chap qo’lida ham birdyek husnixat yozish bilan shug’ullangan. Har ikki qo’li bilan bir xilda qilich chopgan. Maktabda ustozi mulla Alibyek bo’lgan. Qur’onni yoddan bilgan. U 16 yoshgacha faqat diniy emas, balki dunyoviy fanlar – tarix, falsafa, gyeografiya, hisob va boshqa ilmlarni mukammal egallagan. Tyemurning o’zi “Myen Fotih Tyemur” asarida “yoshim yetmishga yetganda ham tib va nujum (tibbiyot va falakkiyot) fanlarini yaxshi egallab olmadim” dyeydi i .
Tyemurning kyeyingi pirlari Amir SHayx Mir SHamsuddin va Sayid Mir Barakalar bo’lgan. Uning jangovor faoliyati, dastavval Mo’g’uliston xoni Tug’luq Tyemur Movarounnahrga hukmronlik qilgan davrga to’g’ri kyeldi. Tug’luq Tyemur 1360-61 yillarda Movarounnahrning katta qismini egallab, o’z hukmronligini o’rnatishga erishgan edi. Mo’g’ullar istilosidan hurkib, Xurosonga qochib kyetgan. Kyesh hokimi Xo’ja Barlos o’rnini egallashga muvaffaq bo’lgan yosh Tyemur darhol Tug’luq Tyemur xizmatiga o’tib oladi. Lyekin, Tug’luq Tyemurga xizmat qilish uzoq davom etmadi. CHunki, uning asosiy maqsadi Movarounnahrni mo’g’ullar istibdodidan xolos etib, uni mustaqillikka olib chiqish bo’lgan. Ana shu maqsadda u Turk amiri Qozog’onning (Qorajoy) Amir Husayn bilan aloqa o’rnatadi. U 1361-1370 yillarda Samarqand taxti uchun kurash olib bordi. Amir Husayn bilan Sohibqiron Tyemurning bir- birlari bilan juda yaqinlashgan va yaxshi munosabatda bo’lgan davrlar 1361-1365 yillarni o’z ichiga oladi.
Ayniqsa, Amir Tyemurning Husaynning singlisi O’ljoy Turkon og’aga uylanishi ular o’rtasidagi do’stlikni yanada mustahkamladi. O’ljoy Turkon og’a Sohibqironning ikkinchi xotini hisoblanadi. 1361-1365 yilga qadar syezilarli kuchga ega bo’lgan har ikkala amirning o’zga yurtlarga harbiy yurishlari davom etib turgan davri edi. Ular Amudaryodan o’tib Xuroson dashtlari, Mohon, Bovard (Abivard) atroflarini egallaganliklari haqida dalillar kyeltirilgan. Bunday og’ir vaziyatda ularga turkmanlarning Sanjari qabilasi boshlig’i bo’lgan Muborakshoh yordam byeradi. 140
Amir Tyemurning hayotida ro’y byergan va bir umrga unga tan jarohatini muhrlagan voqyea 1362 yilda Sayistonda bo’lib o’tgan jang hisoblanadi. Amir Tyemur jang vaqtida o’ng qo’lini tirsagidan va o’ng oyog’idan kamon o’qi tyegishidan qattiq jarohatlanadi. Buning oqibatida u bir umr oqsoqlanib yuradi. SHu bois undan dahshatga tushgan dushmanlari-raqiblari hasad bilan Tyemirlang dyeb atashgan (Tyemur oqsoq). Tug’luq Tyemur vafotidan kyeyin Movarounnahrdan haydalgan uning o’g’li Ilyosxo’ja 1365 yilda katta qo’shin bilan Movarounnahrga qarab yo’lga chiqdi. Husayn bilan Tyemur bo’lg’usi jangga birgalikda tayyorgarlik ko’rdilar. Tarixga “Loy jangi” nomi bilan kirgan bu katta jang taxminan CHinoz bilan Toshkyent o’rtalarida bo’lib o’tadi. Garchi mazkur jang Tyemur va Husaynning vaqtinchalik mag’lubiyati bilan tugagan bo’lsa ham ularning orasidagi mo’g’ullar bosqinchiligiga qarshi turgan katta kuch Sarbadorlar harakati edi. Ma’lumki, Sarbadorlar harakati XIV asrning I yarmida Xurosonda ijtimoiy harakat sifatida maydonga chiqib mo’g’ullarning bosqinchilik siyosatiga va ularning tartiblariga qarshi qaratilgan edi. Mo’g’ul tartibotlari mahalliy myehnatkash ommaga mayda savdogarlar, ziyolilar va dyehqonlarga og’ir yuk edi. Sarbadorlar harakati nyegizini ham mana shu aholining ijtimoiy qatlamlari tashkil qilgan edi. Harakat qatnashchilari o’zlarini sarbadorlar (o’z boshlarini dorga osganlar) dyeb atadilar. Sarbadorlar harakatining asosiy maqsadi mo’g’ullar hukmronligiga qarshi qaratilagan ommaviy harakat edi. CHunki, mo’g’ul hukmronligi suistye’mol qilishlarining butun bir sistyemasini yaratdi. Dastavval Sarbadorlar Xurosonda muvaffaqiyatga erishib o’z mustaqil davlatlarini tuzdilar. Markazi Sabzavor shahri bo’lgan bu davlat 1337 yildan to 1381 yilgacha barqaror bo’ldi. Bu davlatning tashkil topishida sarbador Darxon Xo’ja YAhyoning hissasi katta bo’ldi. Samarqand aholisini ham Mavlonzoda va Abu Bakr Kalaviy singari xalq ichidan chiqqan sarbadorlar boshchiligida mo’g’ullar hujumini qaytarib, Samarqandni qo’lda saqlab qolganligi, shubhasiz muhim tarixiy voqyea bo’ldi ii . Sarbadorlarning Ilyosxo’ja ustidan tarixiy g’alaba qozonganliklari to’g’risidagi xabar Husayn va Tyemurni ham hayratga soldi. Ular qanday bo’lmasin Samarqandga qaytish va u yerda o’z hukmronliklarini o’rnatishga intildilar. Ular sarbadorlar rahbarlari bilan uchrashib, birga harakat qilish va shu yo’l bilan o’z maqsadlariga erishish niyatida edilar. SHunday qilib, Husayn va Tyemur 1366 yil bahorida Samarqandni o’zlariga bo’ysundirdilar. 1370 yilga kyelib Husaynning ko’pgiga xoinlik kirdikorlarini syezib yurgan Tyemur Balxni qamal qilish paytida o’z ittifoqchisi Xuttolon hokimi Qayxusrav qo’li bilan Husaynni o’z yo’lidan supurib tashlaydi. Ana shu davrdan e’tiboran Amir Tyemurning Movarounnahrning yakka hukmdori sifatidagi faoliyati boshlanadi. Balxning olinishi va Husayn o’limi Tyemur hayotida katta voqyea bo’ldi hamda va rasman shu kundan boshlab o’ziga Amir Ko’ragoniy dyeb nom qo’ydi (chunki u CHingizxon avlodidan bo’lgan amir Husaynning byeva xotini Saroy mulk xonimga uylangan edi). Amir Tyemurning o’z oldiga qo’ygan muhim vazifalaridan yana biri fyeodal tarqoqlikni yo’qotish, alohida mulklarni mustahkam, markazlashgan va kuchli davlat ostida birlashtirish edi. Mamlakatlarni tumanlarga ajratgan vaqtda u o’zining safdoshlari va yaqin kishilarini turli mansablarga o’tqazgan edi. Bu bilan o’ziga ishonchli tayanch vujudga kyeltirdi. Amir Tyemur 35 yil davomida harbiy yurishlar qildi. Bu yurishlar natijasida u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg’oniston, Eron, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va Farbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Tyemurning muvaffaqiyatlariga avvalo uning nodir harbiy istye’dodi sabab bo’lgan. Amir Tyemurning harbiy yurishlari albatta g’alaba bilan tugallanishi kyerak edi. CHunki, uning maqsadi ezgulik, birlik, tinchlik, erk bo’lgan. Tyemur boy o’ljalar bilan chyeklanib qolmay, balki jahon karvon savdosi yo’llari (Yevropa va O’rta Osiyo mamlakatlarining uzoq SHarq bilan) ustidan hukmronlik qilinishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan. U Oltin O’rda hududidan o’tgan shimoliy savdo yo’lini ishdan chiqarish va savdo yo’lini O’rta Osiyo orqali o’tgan “Buyuk ipak yo’li”ga yana burib yuborishga zo’r byerib harakat qildi. XIV asr oxiri va XV asrdagi Movarounnahrning iqtisodiy-siyosiy va madaniy hayotiga nazar tashlaydigan bo’lsak, bunda biz ancha yuksalish alomatlarini ko’ramiz. Fyeodal tarqoqlik hukmronlik qilgan
141
Movarounnahrda SHahrisabz, Buxoro, Tyermiz, Badaxshon, Xo’jand, SHosh hokimlari o’rtasida o’zaro tinimsiz urushlar bo’lib turganligi tarixdan ma’lum. O’zaro nizolar, g’alayonlar va talon- tarojlar mamlakat va xalqqa mislsiz azob-uqubatlar va kulfatlar kyeltirdi. Ana shu fyeodal urushlarda shubhasiz Tyemur ham qatnashdi. O’zining istye’dodi va uddaburonligi tufayli mohir harbiy sarkarda darajasiga ko’tarildi. Tyemurning butun faoliyati o’z hokimiyatini mustahkamlash, Movarounnahrda qudratli hokimiyat birlashgan davlatni vujudga kyeltirishga qaratildi. Mamalakatning xo’jalik, siyosiy va madaniy hayotida u o’tkazgan tadbirlar ana shu maqsadni ko’zlagan edi. U tashkil etgan markazlashgan fyeodal davlat sharoitida ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi bilan bir qatorda Tyemurning ko’pdan ko’p harbiy yurishlari natijasida to’plangan juda katta boyliklar ham ma’lum darajada mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga yordam byerdi. Tyemur davlatni amir sifatida boshqardi. U o’zini davlatning “xoni” dyeb e’lon qilmadi, chunki kyelib chiqishi, nasl-nasabi bilan chingiziylar sulolasiga mansub emas edi. SHu bois ham Tyemur chingiziylar tomonidan qabul qilingan an’anani buzib, o’ziga ortiqcha dahmazani orttirib o’tirmadi va CHingiziylar avlodidan bo’lgan Suyurgatmishni (1370-1383), so’ngra esa uning o’g’li Sulton Mahmudxon (1388-1402) rasmiy suratda qo’g’irchoq xon qilib ko’tardi. Ularning nomi bilan davlatni idora qildi, yorliqlar chiqardi, tangalar zarb qildirdi. Lyekin, “xon”lar davlatning ichki va tashqi siyosatiga umuman aralashmagan. Amir Tyemur buyuk saltanat barpo etdi. Ayni paytda o’zi tirikligidayoq parchalanish jarayonini boshlab byergan edi. CHunki, Tyemurning o’zi Farg’onani hisobga olmaganda Movarounnahrni hyech kimga byermasdan kyelgan hududlarni to’rt qism - mulkka bo’lgan Xuroson, Jurjon, Mozondoron, Syeiston (markazi Hirot)- SHohruhga; Farbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) - Mironshohga; Fors ya’ni Eronning janubiy qismi (markazi SHyeroz) - Umarshayxga; Afg’oniston va SHimoliy Hindiston (markazi Fazna kyeyinchalik Balx) - Pirmuhammadga suyurgol (in’om) qilib byerilgan edi. Bu mulklar nomigagina Markaziy hokimiyatga bo’ysunardi, aslida mustaqil davlatlar edi. U yerlar avloddan avlodga o’tgan iii .
buyuk bo’lsa-da, aslida uning iqtisodiy nyegizi mustahkam bo’lmagan. Amir Tyemur saltanatini 12 ta ijtimoiy toifa tashkil qilgan: 1. Sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil kishilar. 2. Ishbilarmon, donishmand kishilar. 3. Xudojo’y, tarki dunyo qilgan kishilar. 4. No’yonlar (no’yonlar - tuman boshlig’i-yu ming kishilik qo’shin boshlig’i), amirlar, mingboshilar, ya’ni harbiy kishilar. 5. Sipoh va ra’iyat (ra’iyat - soliq to’lovchi xalq). 6. Maxsus ishonchli kishilar. 7. Vazirlar, sarkotiblar. 8. Hakamlar (faylasuf, donishmand, alloma). 9. Tavsif va Hadis olimlari. 10. Ahli hunar va san’atkorlar. 11. So’fiylar. 12. Savdogar va sayyohlar iv . Amir Tyemur davrida boshqaruv ikki idora dargoh va dyevonlarga (vazirliklarga) bo’lingan. Dargoh - eng oliy davlat idorasi. Uning boshlig’i ham tabiiy ravishda davlatning oliy hukmdori. Amir Tyemur davlat tyepasiga kyelgandan so’ng CHingiziylardan bo’lmish Suyurg’atmishni xon, ya’ni oliy hukmdor dyeb e’lon qilganligi ma’lum. SHu bilan birga Suyurg’atmish “soxta xon” mavqyeida bo’lib, amalda hokimiyat Sohibqiron ixtiyorida bo’lgan. Dyemak, dargoh boshida amalda Amir Tyemur turgan mamlakat va davlat ahamiyatidagi masalalar uning hukmi va ko’rsatmasi asosida hal etilgan. SHu bilan birga dargohda vaqti-vaqti bilan xos majlislar o’tkazilib turgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodir bo’layotgan o’zgarishlarga munosabat, muhim mansab va vazifalarga tayinlash kabi masalalar ko’rib chiqilgan. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning vazirliklar, mahalliy hokimiyat idoralari va umuman saltanatda kyechgan jarayon bilan bog’lanib turish ishini oliy dyevon olib borgan. Dargoh tizimidagi bu dyevonga dyevonbyegi boshchilik qilgan. Amir Tyemur hukmronlik qilgan davrlarda 142
davlatning markaziy ma’muriyati boshida dyevonbyegi, arkbyegi va vazirliklar bo’lgan. Oliy dyevonning ahamiyati va mavqyei shu qadar baland bo’lganki, manbalarda ba’zan uni dargoh bilan bir ma’noda ta’riflash hollari ham kuzatiladi v . Oliy dyevonda har kuni to’rt vazir, ya’ni ijroiya idoralaridan bosh vazir, harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri hozir bo’lib, o’ziga xos ravishda hisobot byerib turganlar (Tyemur tuzuklaridan, 107-byet). Sarhad va boshqa tobye mamlakatlar boshqaruvi bilan bog’liq yana uch vazirlik ham dyevonbyegiga hisobot byerganlar. Viloyat va tumanlarda hokimiyat markaziy hukumat yoki ulus hukmdorlari tomonidan tayinlangan mansabdor (dorug’alar) qo’lida bo’lgan. Markaziy hukumatni asosan 3 bosh davlat muassasi: dyevoni oliy (oliy ijroiya organi), dyevoni mol (moliya ishlari boshqarmasi) va dyevoni tavogi (harbiy ishlar boshqarmasi) idora qilgan. Din va shariat ishlari SHayxulislom qo’lida bo’lgan. Davlatni asosan 4 ta vazirlik idora qilgan: 1. Mamalakt va ra’iyat ishlari bo’yicha vazir (Bosh vazir). 2. Vaziri sipoh (ya’ni harbiy ishlar bo’yicha vazir). 3. Egasiz qolgan mol-mulklarni tasarruf etish vaziri. 4. Saltanat kirim-chiqim ishlarini boshqarish (moliya). Vazirlar asosan 4 ta sifatga: 1) asillik, toza nasllik, 2) aql-farosatlilikka, 3) sipohi ra’iyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomalada bo’lish, 4) sabr-chidamlilik va tinchlik syevarlik. Tyemur davrida yerga egalik qilishning 5 ta ko’rinishi bo’lgan: 1) Suyurg’ol yerlar. Bu yerlarning egalari har qanday soliqlardan ozod bo’lgan. Ular yer egaligi sifatida dyehqonlarni ishlatib, yer solig’i - xiroj olganlar. 2) Tarxon yerlar. Xususiy mulk bo’lgan bu yerlar odamlarga biror bir alohida xizmatlari uchun byerilgan. 3) O’shr yerlar. Sayid va xo’jalarga mansub bu yerlarni egalari olgan daromadining o’ndan bir qismini davlatga to’laganlar. 4) Vaqf yerlar. 5) Askarlarga va ularning boshliqlariga ajratib byeriladigan yerlar. XV asrning birinchi yarmida O’rta Osiyoda myehnatkash dyehqon butun hosilning birdan to’rt ulushini “xiroj” sifatida xazinaga byerishga majbur edi. Kyeyin xiroj (sol.) bilan bir qatorda byegor dyeb ataladigan hashar juda og’ir majburiyat hisoblanardi. Sultonlar, amirlar, hokimlar yoki oddiy dunyoviy va ruhoniy fyeodallar shahar atrofida dyevor aylantirishga va u bilan bog’liq bo’lgan istyehkomlar, qal’alar, saroylar, madrasalar va davlat ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa binolar qurishga va shunga o’xshash ishlarga dyehqon aholisini zo’rlab jo’natganlar. Tyemuriylar zamonining soliq tartibida asosan mug’ullar byelgilagan tartib, hosilni yig’masdan oldin xiroj undirish usuli kyeng qo’llanib kyelingan edi. Umuman olganda, XV asrning birinchi yarmida Tyemuriylar davlati harbiy-fyeodal zulmga, myehnatkash ommani shafqatsiz ekspluatatsiya qilishga va ezishga asoslangan edi. Sinfiy jihatdan Tyemur va tyemuriylar fyeodal aslzodalar va savdogarlar manfaatini himoya qilardi. XV asrning birinchi yarmida ham xalq ommasini ekspluatatsiya qilish zo’raysa zo’raygan, lyekin kamaygan emas edi. Bu esa o’sha davrning o’ziga xos xususiyati edi. SHunday qilib, XIV asr II yarmi XV asrning boshlarida Amir Tyemur o’zining buyuk impyeriyasiga asos soldi va dunyoni larzaga kyeltirdi. U o’zi yashagan davrning farzandi sifatida jahongir lashkarboshi, davlat arbobi sifatida tanildi. Amir Tyemur harbiy fyeodal davlat arbobi sifatida fyeodallar, zodagonlar va ruhoniylar manfaati yo’lida myehnatkashlar ommasini mislsiz darajada ekspluatatsiya qildi. U asos solgan impyeriya zo’rlik, qilich va nayzalar kuchi asosida hisobsiz to’kilgan qonlar evaziga bunyod etilganligi tufayli Amir Tyemur vafotidan kyeyin tyez orada parchalanib kyetdi. CHunki, zo’ravonlikka asoslangan har qanday impyeriyaning umri qisqadir. SHunday bo’lsa-da tarixda buyuk tyemuriylar davlatini barpo etish bilan mashhur. Amir Tyemur jamiyat va davlat boshqaruvida hokimiyat bo’linishi haqida fikr yuritar ekan, tadqiqotchilar uni XVIII asr mutafakkiri Montyesk’yening hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov idoralariga bo’linishi haqidagi ta’limotiga mos kyelishini ta’kidlaydi. “Tangri taoloning dini va Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj byerdim” Sohibqironning birgina ana shu so’zining o’zi butun saltanatining ezgulik va yuksak ma’naviyatiga asoslanganligini ko’rsatadi. Uning islom diniga munosabati xalq manfaatlariga mos kyeladigan, uning taqdirini byelgilaydigan ulkan hodisadir.
143
Sohibqiron “Har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim”, - dyeydi. Ma’lumki, shu davrda YAssaviya, Naqshbandiya, Kubroviya kabi so’fiylik tariqatlari paydo bo’ldi va rivojlandi. U hukmronlik qilgan yillarda islom dini axloqiy katyegoriyalari yanada yuqori darajaga ko’tarildi. Bu davrda islom Turkiston xalqlarini ma’naviy-g’oyaviy jihatdan birlashtiruvchi qudratli omil rolini o’ynagan. Buning isboti sifatida so’fiylarning sarbadorlar harakatida faol qatnashgani byejiz emas. Amir Tyemur umr bo’yi o’zi bilan Qur’oni karimni olib yurgan. Zarur holatlarda o’z fikri va sa’y- harakatlarining isbotini undan topgan. Bu haqda u o’zi: “Biron ishni qilmoqchi bo’lsam, kyengashib olib kyeyin... Qur’on hukmi bilan ish qilardim” dyeb ta’kidlaydi. Dunyo mye’morchilik san’atining gultoji bo’lgan osari atiqalar - Go’ri Amir, Bibixonim, Zangi Ota, Xoja Ahmad YAssaviy maqbaralari, Oq saroy va SHohi Zinda majmualari kabi ko’plab ziyoratgohlar hamda Amir Tyemurning shariat va tariqat pyeshvolariga nisbatan izzat-hurmati uning shaxsiyatining naqadar ulug’vorligini va daholik qudratini ko’rsatadi. SHuning uchun ham islom dini o’sha davrda yuqori cho’qqiga ko’tarilgan dyeb ta’kidlash mumkin. U ahli sunna va jamoaga sodiq bo’lgan, aqidaparastlik va diniy tarafkashlikka qat’iy qarshi turgan. Manbalarning guvohlik byerishicha, Amir Tyemur islom dinini mutaassiblikdan xoli, o’ziga xos, erkin tarzda tushungan. Amir Tyemur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. Sohibqiron o’z davrining fan va madaniyati jonkuyari sifatida shuhrat qozondi. Tyemur taqvodor ruhoniylarga chuqur hurmat bilan qaradi. Ularning duolarini oldi. Amir Tyemur jahonning buyuk sarkardalaridan ekanligi u hayot chog’idayoq e’tirof etilgan. Sohibqironning byetakror harbiy istye’dodi va qobiliyati zabardast harbiy islohotchi hamda atoqli sarkarda sifatida yaqqol ko’zga tashlandi. U eng qudratli va intizomli armiyani barpo etishga, harbiy qismlarini yurish va jang vaqtida oqilona boshqarishga, paydo bo’lgan har qanday g’ov va to’siqlarni tadbirkorlik bilan yengishga, qo’shindagi jangovor ruh, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini doimo yuksaltirib borishga muvaffaq bo’lgan. Amir Tyemur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o’z qo’shinlariga suyanganligi sababli harbiy islohotga, ya’ni qo’shin boshliqlarini tanlash, lashkar qismlar, ularning joylashishi, askarlarning qurollanishi va harbiy intizom masalalariga katta e’tibor byergan. U qo’shinlarini o’nlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga bo’lgan. Uning uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblangan. Amir Tyemur qo’shinining tuzilishi va tizimi ba’zi bir muhim jihatlari bilan boshqa davlatlar qurolli kuchlaridan farq qilar edi. Jumladan, armiyaning zarbdor qismlarini tashkil etuvchi otliq askarlar bilan bir qatorda qal’a va qo’rg’onlarni egallashda qo’l kyeladigan piyoda askarlar ham yetarli darajada edi. Harbiy sohada sharq va g’arb davlatlarida yuz byerayotgan o’zgarishlardan yaxshi xabardor bo’lgan Sohibqiron o’z armiyasida to’p ishlatishni joriy etdi va sharqda mukammal qurollarning tarkib topishiga hamda rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Qo’shinning janggohda yetti qismga bo’lib joylashtirilishi Amir Tyemur dahosi tomonidan jahon harbiy san’ati tarixiga qo’shilgan g’oyat muhim hissadir. Qo’shin yetti qism - “qo’llar”dan iborat bo’lib, bulardan uchtasi: markaz, burong’or, juvong’orlar mustaqil, to’rttasi: ikki manglay va ikki kanbullar tobye qismlar edi. Qo’shinning bunday joylashtirilishining o’ziga xos tomoni shunda ediki, uning qanot qismlari markaziy qismiga qaraganda ancha-muncha kuchli edi. O’rta asr muallifi SHarofuddin Ali YAzdiy qo’shinni yetti qo’lga - qismga bo’lib joylashtirish tartibini birinchi bo’lib Amir Tyemur joriy qilgan dyeb yozadi. Bu qo’llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo’shin qo’mondoniga bo’ysungan. Sohibqironning harbiy ish va harbiy qurilish taraqqiyotidagi buyuk xizmatlaridan yana biri qo’shin qanotlarini jang paytida yov hamlasidan saqlash yoki g’anim kuchlarini yon tomondan aylanib o’tib, unga orqadan zarba byerish maqsadida tuzilgan suvoriy qism - kunbulning joriy qilinishidadir. SHuni alohida qayd etish kyerakki, Amir Tyemur qo’shini muntazam armiyaga xos bo’lgan bir qancha byelgilarga ega edi. Qo’shinning soni aniq va puxta tashkil qilingan bo’lib, uning jangovor tartibi muttasil takomillashtirilib borilgan. Armiya o’sha davrning ilg’or aslaha va tyexnikasi bilan qurollangan. Harbiy qism va bo’linmalar o’zaro kiyim-kyechagi, ko’targan bayrog’i orqali ham ajralib turgan. Bunday farqlanish jang chog’ida qo’shinni opyerativ boshqarish imkonini yaratgan. 144
Harbiy taktika jihatdan Sohibqiron tashkil qilgan qo’shin o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Uning jangovor tartibi yetti bo’lakka bo’lingan, razvyedka yuqori darajada yo’lga qo’yilgan. Sohibqironning harbiy ta’limoti, sarkardalik mahorati, jahon harbiy san’atidagi novatorligi bugungi kun uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Tyemur Movarounnahr taxtini egallagan vaqtdan boshlab o’z davlati chyegaralarini kyengaytirishga kirishadi. SHu maqsadda u Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni o’z tasarrufiga oladi. Xorazmga byesh marotaba yurish qilib, 1388 yilda uni butunlay bo’ysundiradi, bu yerda hukmronlik qilayotgan so’fiylar sulolasini tugatadi. Tyemur o’zining uch yillik (1386-1388), byesh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni o’z tasarrufiga oladi. 1394-1395 yillarda Oltin O’rda xoni To’xtamishga qarshi yurish qilib, uni mag’lubiyatga uchratadi va Oltin O’rda hududini egallaydi. Bu bilan Tyemur qo’shinlarining Volga daryosi bo’ylarida byemalol yurishiga yo’l ochildi. Amir Tyemur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dyehli, 1400 yilda Suriyaga qilgan yurishida Halab va Bayrut, 1401 yilda Damashq shaharlarini egallaydi. Natijada ikki buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Tyemur bilan sulton Boyazid Yildirimlarning to’qnashuvi muqarrar bo’lib qoladi. CHunki, tobora kuchayib borayotgan bu ikki turkiy davlatlarning har biri ikkinchisi uchun nihoyatda kuchli raqibga aylangan edi. Bir tomondan, Yevropa ritsarlariga qaqshatqich zarba byerib, Bolqon yarim oroli bo’ylab g’arbga tomon o’z hududlarini kyengaytirayotgan Usmoniylar davlati uchun Amir Tyemurning markazlashgan kuchli davlatining qaror topishi qanchalik xavfli tuyulsa, Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmoniylar davlatining kuchayishidan Amir Tyemur ham shunchalik manfaatdor emas edi. SHuning uchun Amir Tyemur bilan Yildirim Boyazid o’rtasida 1402 yil 20 iyunida “Anqara jangi” bo’ladi. 1402 yilda Usmoniylar impyeriyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi yurish qilib, uni tor-mor qiladi. Bu g’alaba bilan Tyemur Yevropaning Usmoniylar asoratiga tushishini bir nyecha o’n yillar orqaga surib yubordi va u Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Tyemur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga kyeladi va Xitoyga yurish uchun harbiy tayyorgarlik ko’radi. Lyekin, Tyemurning qattiq byetobligi sababli uning qo’shinlari 1405 yil yanvarida Xitoyga yaqin bo’lgan O’tror shahrida to’xtaydi va shu yerda ya’ni 18 fyevralda Amir Tyemur vafot etadi. Amir Tyemur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko’pdan-ko’p harbiy yurishlar va jangu- jadallarni amalga oshirdi. Ko’p mamlakatlar zabt etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dyengizga qadar va Orol dyengizidan Fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga kyeltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo’ylari, Balxash ko’li va Il’ daryosi, SHimoliy Hindistongacha bo’lgan mamlakatlarni o’ziga buysundirdi. Buysundirilgan mamlakatlarda juda katta obodonchilik va ma’rifat ishlarini olib bordi. SHubhasiz, bu davrda Amir Tyemur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan O’rta Osiyo orqali YAqin SHarq va Yevropa mamlakatlariga yo’nalgan asosiy xalqaro savdo “Buyuk ipak yo’li”ni egallab, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta’minlashda muhim chora-tadbirlarlar ishlab chiqdilar. SHarq bilan g’arb o’rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g’oyat katta e’tibor byeradilar. Bu esa Amir Tyemur davlatining tashqi iqtisodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga katta ahamiyat byerganligini ko’rsatadi. Amir Tyemur davlatni boshqarishda chyet davlatlar bilan aloqani kyeng yo’lga qo’ydi. U davr shart-sharoitlariga ko’ra, tashqi siyosatda qat’iy, faol harakt qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara olgan sarkardadir. Amir Tyemurning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabalaridan so’ng Frantsiya, Angliya, Gyenuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. SHunday qilib, u Yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini ko’rsatib o’z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatini dovrug’i bu mamlakatlarga yetib borishi bilan Frantsiya, Angliya, Gyenuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari Sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatishga intilganlar. SHuning uchun ular Sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Tyemurning chyet davlatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p yordam byergan. SHarq va g’arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari 145
ham Amir Tyemur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in’omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo’shib Amir Tyemur Muhammadqozi ismli o’z vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Gyenrix III 1403 yilda Amir Tyemur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403 yil 21 mayda Ispaniyadan jo’nab kyetgan elchilar Samarqandga kyeladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Tyemur tomonidan tantanavor qabul qilinadi. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404 yilning syentyabr’-noyabr’ oylarida Samarqandda bo’ladilar. Amir Tyemurning Xitoyga tomon yurishi munosabati bilan boshqa ko’pgina davlatlarning elchilari bilan bir qatorda Ispaniya elchilari ham 1404 yilning 21 noyabrida Samarqanddan jo’natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406 yilning mart oyida qaytib kyeladi. Klavixoning safar taassurotlari “Buyuk Tyemur tarixi” va “Tyemur qarorgohi”, “Samarqandga safarot kundaligi” nomlari ostida ispan tilida bir nyecha bor nashr qilinadi. Bu voqyealar Amir Tyemur davrida Farb va SHarq davlatlari o’rtasidagi diplomatik aloqalar natijasida O’rta Osiyoning har tomonlama rivojlanishiga yordam byerdi. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling