Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


-mavzu   Turkistondagi Jadidchliik harakati


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81

10-mavzu  

Turkistondagi Jadidchliik harakati 

1.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi 

Mashg’ulot  vaqti-

2 soat 

Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha 

 

389 


                                                                                                                                                                                        

Mashg’ulot shakli 

Bilimlarni 

kengaytirish 

va 

mustahkamlash 

buyicha seminar mashguloti 

 

 

 

 

Amaliy mashg’ulot 

rejasi 

1.X1X  asr  oxiri  - XX  asr boshlarida  Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. 

Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi. 

2.Turkiston jadidlari ilgari surgan g'oyalar, qarashlar va ularning ilg'or, progressiv 

mazmun-mohiyati. 

3.Jadidlarning   o'lka   xalqlari   orasida    olib   borgan   madaniy-oqartuvchilik 

faoliyati. 

4.Jadidchilik   namoyandalarining   Turkistondagi   demokratik   va milliy 

istiqldichilik harakatlariga o'tqazgan muhim ta'siri. 

 

O’quv mashg’ulotining maqsadi:   Turkistonda jadidchilik harkatining yuzaga kelishi sabablari va ularning 

nomayondalar, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi olib borgan ishlari haqida bilim beriladi.  

Pedagogik vazifalar

  jadidchilik 

harkatining 

 

mazmun-mohiyati, 



ularning    ma’naviy  sohadagi  ishlari  haqidagi 

bilimlarini mustahkamlash; 

  jadidlarning 

ma’naviy-ma’rifiy 

sohasidagi 

tadbirlari keng ochib beriladi; 

  jadidlarning  yozgan  asarlari  haqidagi  bilimlar 

kengaytiriladi;  

  jadidlar 

tomonidan 

tashkil 

etilgan 


xayriya 

jamg’armalari haqidagi bilimlar kengaytiriladi; 



O’quv faoliyati natijalari: 

  Jadidlarning  asosiy 

maqsadlari, 

ularning 

 

jamiyatni  



rivojlantirishdagi roli ochib beriladi; 

  Jadidlarning  Turkistondagi    atoqli  arboblarining  faoliyati 

ochib beriladi; 

  Podsho  Rossiyasining  agrar  siyosatining  mohiyati  ochib 

beriladi;  

  Jadid  ma’orifi,  adabiyoti,  matbuoti,  teatri  haqida  to’liq 

ma’lumot beriladi 

  Jadidlarning  madaniy-ma’rifiy  va    xayriya  jamiyatlari 

to’g’risida to’liq ma’lumot beriladi.. 

Ta’lim berish usullari 

suhbat,    tushuntirish,  tezkor  so’rov, 

zigzag (arra) texnikasi  

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, guruhlarda ishlash  



Ta’lim berish vositalari 

O’quv 


qo’llanma, 

proyektor, 

 

o’quv 


topshiriqlari, test savollar 

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik  ta’minlangan,  gurhlarda  ishlash 

uchun mo’ljallangan auditoriya 

Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat: savol-javob  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Turkistondagi Jadidchliik harakati” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi 

Ish 

bosqichlari va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim oluvchilar 


 

390 


                                                                                                                                                                                        

Tayyorlov bosqichi 

Mavzuni  aniqlaydi,  ta’limiy  maqsadni  belgilaydi  va 

kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. 

Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. 

Belgilangan  ta’limiy  maqsadlarga  erishishni  ta’minlovchi 

o’quv  topshiriqlarini ishlab chiqadi.  

Kichik  guruhlarda  samarali  faoliyatni  ta’minlash  uchun 

yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. 

Ekspert guruhlar faoliyat  natijalarini  baholash mezonlarini 

ishlab chiqadi. 

 

 



 

 

 



1. O’quv 

mashg’ulotiga 

kirish bosqichi 

      (10  daqiqa) 

1.1.  Mashg’ulot  mavzusi,  uning  maqsadi  va  kutilayotgan 

natijalarini  e’lon  kiladi,  ularning  ahamiyatliligi  va 

dolzarbligini asoslaydi. 

1.2.  Mavzu  bo’yicha  asosiy  tushunchalarga  ta’rif  berishni 

taklif  qiladi  va  shu  asosda  tezkor-so’rov  o’tkazib  talabalar 

bilimlarini faollashtiradi. 

 1.3.  Faoliyat  kichik  guruhlarda  o’quv  topshiriqlarini 

bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 

1.4. 


Qo’shimcha 

ma’lumotlar 

aks 

etgan 


tayanch 

konspektlarni tarqatadi. 

1.5.  Ekspert  guruhlar  faoliyati  natijalarini    baholash 

mezonlarini e’lon qiladi. 

Tinglaydilar. 

 

 



 

Savolni muhokama qilib, 

ularga javob beradi. 

 

 



2. Asosiy bosqich 

(60 daqiqa) 

 

 

 

2.1. 


Talabalarni 

to’rtta 


kichik 

guruhga 


bo’ladi. 

Mashg’ulotning  o’tkazilish  tartibini  yana  eslatadi.  O’quv 

mashg’uloti  «o’zi  o’rganib,  o’zgaga  o’rgatish»,  ya’ni 

hamkorlikda o’rganish  prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi  

2.2.  Guruhlarga  ekspert  varaqlarini,  shu  bilan  birga, har  bir 

talabaga  geometrik  shakl  tarqatadi  va  faoliyatlarini  tashkil 

qiladi 

(geometrik 



shakllarni 

vaqtincha 

bir 

joyga 


ko’yishlarini,  vakti  kelganda  ulardan  foydalanishlarini 

aytadi). 

Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama 

kilishga 15 daqiqa beradi). 

2.3.  Doira  shaklini  olgan  talabalar  1-stol,  uchburchak 

shaklini  olganlar  2-stol  va  to’rtburchak  olganlar  3-stol 

atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan 

talabalar  o’z  savollarini  boshqa  talabalarga  yoritishini 

tushuntiradi.  O’zaro  o’rgatish  jarayoni  boshlanadi  (15 

dakika). 

Talabalar 

faoliyatini 

kuzatadi, 

ularni 


yo’naltiradi, 

maslahatlar beradi.  

2.4.  Talabalarni  o’zlarini  dastlabki  joylariga,  stol  atrofiga 

kelib o’tirishlarini aytadi.  

2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 

nafardan  talaba  chiqib,  faoliyat  natijalarini  taqdim 

qilishlarini  aytadi.  Taqdimot  uchun  xar  bir  guruhga  8 

daqiqadan  vaqt  ajratadi.    Yo’naltiruvchi,  maslahatchi 

sifatida  ishtirok  etadi.  Javoblarni  aniqlashtiradi,  to’ldiradi, 

izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 

2.6.  Har  bir  gurux  taqdimoti  oxirida  ekspert  savollari 

bo’yicha xulosalar qiladi. 

Kichik guruhlarga 

bo’linadilar.  

 

 

 



 

Topshiriq bo’yicha faoliyat 

boshlaydilar. Matnlarini 

o’qib, savollarga javob 

topadi. Ma’lumotni 

muhokama kilib, fikr 

almashib,  sistemalashtiradi.  

Format  kog’oziga  sxema 

tarzida tushiradi,  

taqdimot uchun  

materiallar 

tayyorlaydilar.  

 

 

 



 

 

Faoliyat natijasini 



taqdimot qiladilar. 

 

 



3–Yakuniy bosqich 

(15 daqiqa) 

3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi.  

3.2.O’quv  mashg’ulotini  natijalarini  sharhlaydi,  guruhlar 

faoliyati bahosini e’lon qiladi. 

3.3.  Mustaqil  ishlashlari  uchun  vazifa  beradi:  amaliy 

mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki 

javob berish  

Tinglaydilar. 

 

 

10 Mavzu: Turkistondagi jadldchllik harakati 

Ryeja: 


 

391 


                                                                                                                                                                                        

1.  X1X  asr  oxiri  - XX  asr boshlarida  Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Jadidchilik harakatining 

yuzaga kelishi. 

2.  Turkiston jadidlari ilgari surgan g'oyalar, qarashlar va ularning ilg'or, progressiv mazmun-mohiyati. 

3.  Jadidlarning   o'lka   xalqlari   orasida    olib   borgan   madaniy-oqartuvchilik faoliyati. 

4.  4.Jadidchilik   namoyandalarining   Turkistondagi   demokratik   va milliy istiqldichilik harakatlariga 

o'tqazgan muhim ta'siri. 

  Asosiy adabiyotlar: 

1.  Karimov I.A.Istiqlol va ma’naviyat. – Toshkyent, O’zbyekiston, 1994. 

2.  Karimov  I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 

3.  Aliyev A. Mahmudxo’ja Byehbudiy. – Toshkyent, «YOzuvchi», 1994. 

4.  Alimov  D.,  Rashidova  D.  Mahmudxo’ja  Byehbudiy  va  uning  tarixiy  tafakkuri.  –  Toshkyent, 

Akadyemiya,1999. 

5.  Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot  uchun kurash. – T., Universitet, 1999 y. 

6.  O'zbekistonning          yangi          t a r i x i.           Birinchi          kitob:        Turkiston          Chor          Rossiyasi 

mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y, 253-318; 412-444 b 

7.  O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 359-380 b. 

8.  Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 

9.  Ziyoyev X.Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash. – Toshkyent, «SHarq», 1998. 

10.  Sodiqov M. Erksyevar el vorislarimiz. – Toshkyent, «Kamalak», 1992. 

11.  Xo’jayev F. Tanlangan asarlar. – Toshkyent, «Fan», 1976, 1-jild. 

12.  Qosimov B. Ismoilbyek Gaspirali. – Toshkyent, 1992. 

13.  O’zbyegim. – «Vatan syeriyasi» - Toshkyent, 1992. 

14.  O’zbyekistonning  yangi  tarixi.  1-kitob.  Turkiston  chor  Rossiyasi  mustamlakachiligi  davrida.  – 

Toshkyent, 2000. 

 

  Qo’shimcha adabiyotlar: 



15.  R.Tursunov.  Jadidlarning  Turkiston  ijtimoiy-iqtisodiy  holatiga  qarashlari.  “O’zbekiston  tarixi”  ilmiy 

jurnal 2004 y, № 3. 

16.  Jadidchilik islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot  uchun kurash. – T., Universitet, 1999 y. 

17.  O'zbekistonning          yangi          t a r i x i.           Birinchi          kitob:        Turkiston          Chor          Rossiyasi 

mustamlakachiligi davrida. T., «Sharq». 2000y, 253-318; 412-444 b 

18.  O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003y, 359-380 b. 

19.  history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali. 

 

 



Darsning  o`quv  va  tarbiyaviy  maqsadi:  Talabalarga  O’zbyekiston  tarixi  fanining  tadqiqot 

ob’yekti,  pryedmyeti  va    vazifalari  borasida  tushuncha  byerish,  shuningdyek  turli  davrlarda  tadqiqotchilar 

tomonidan  mavzuga  byerilgan  ta’riflarni  talabalarga  tushuntirish,  mavzuni  syerqirra  mavzu  ekanligidan 

talabalarni boxabar etish. 

 

Dars  o`tish  vositalari:  (Doska,  plakat,  fan  yuzasidan  manba  va  adabiyotlar,  tarixiy  ma’lumotlar, 

mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

 

Dars  o`tish  usullari:  Takrorlash,  suhbat  va  savol-javob  (mavzuni  o`zlashtirishni  mustahkamlash), 

jonli  muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr  mulohazalarini  bayon  qildirish, 

buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch  iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va 

talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish.  Tarqatma  tyestlar  asosida  talabaning  mavzuni  qay 

darajada  o`zlashtirganligini  aniqlash.  Talabalarni  voqyealarni  tahlil  etishga  o`rgatish.  Xarita  bilan  ishlashni 

talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. 

  Darsning xrono kartasi – 80 minut.  

  O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

  Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minu

  hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 

  yo`qlama-5 minut 

  o`tilgan dars yuzasidan savol-javob-5 minut 

  Talabalar bilim darajasini aniqlash-50 minut 

  sinov savollar namunasi – 7 minut 

  Uyga vazifa byerish – 6 minut 

 

1-masala: 



 

392 


                                                                                                                                                                                        

 

XIX  asrning  oxiri  –  XX  asrning  boshlarida  Turkiston  sof  mustamlakaga  aylanib,  chorizm  uni 



iqtisodiy  jihatdan  to’la  quvvat  bilan  kyemira  boshladi.  Turkiston  o’lkasi  jahon  mustamlaka  zanjiridagi  eng 

mustahkam  xalqa  bo’lib,  Farbiy  Yevropa  mustamlakachiligi  uning  yonida  oddiy  bir  hol  edi. 

Mustamlakachilarning  ruscha  modyeli  shunday  tashkil  etildi-ki,  unda  mahalliy  aholini  jaholatda, 

savodsizlikda,  qashshoqlikda  ushlab  turish  lozim  edi.  Mustamlakachilarning  bu  ryejasi  Turkistonni 

istagancha talash, ezish, toptash imkoniyatini uzoq vaqt saqlab qolish huquqini byerdi. 

 

Turkistonda  amalga  oshirilayotgan  siyosat  rus  to’qimachilari  va  savdogarlari  manfaatlarini  to’la 



himoya qilar, ularni o’lkaning istalgan joyida erkin iqtisodiy faoliyat yurgizishini qonunlashtirib qo’ygan edi.  

 

Podsho  ma’muriyati  Turkistonni  xom-ashyo  manbaiga  va  uni  rus  mollari  sotiladigan  bozorga 



aylantirish  uchun  barcha  vositalarni  ishga  soldi.  O’lka  boyliklarini  tinimsiz  tashib  kyetish  ryejasi  ishlab 

chiqildi. 

 

Turkiston  daromad  manbai  sifatida  ham  podsho  Rossiyasi  xazinasini  boyitib  bormoqda  edi.  Bu 



daromadlar XIX asrning oxiriga kyelib 158 million so’mni tashkil etib, impyeriya xazinasiga tushdi. 

 

Turkiston  o’lkasini  mustamlakachilik  zanjiriga  bog’lash  va  xalqimizni  «paxta  quliga» 



aylantirishdyek  zulmkor  siyosatning  jadallik  bilan  olib  borilishi  tufayli  yurtimiz  Rossiyaning  asosiy  xom-

ashyo bazasiga aylantirildi. Vatanimiz nafaqat harbiy harakatlar maydoniga, balki ekologik urush maydoniga 

ham aylantirildi. 

 

Rossiya  sanoat  egalari  bankirlar  Turkistondan  xom  ashyo  tashib  foyda  olish  bilangina 



shug’ullanmay, arzon ishchi kuchi mavjud bo’lgan shaharlarda paxtaga dastlabki ishlov byeradiga zavodlar, 

foyda olish mumkin bo’lgan boshqa turli xil sanoat korxonalari qurishga kirishdilar.  

 

Rossiyaning  Turkistonda  olib  borayotgan  agrar  siyosatining  asosini  paxta  yakkahokimligini 



ta’minlash tashkil qildi.  

 

XX  asrning  boshlarida  paxtachilik  Turkiston  sanoati  va  qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsulotining  40 



foizini tashkil  etgan bo’lsa, don – 37  foiz, chorvachilik – 15,8 foiz, bog’dorchilik – 3  foiz, uzumchilik – 3 

foiz,  boshqa  sohalar  –  1,2  foizni  tashkil  qildi.  Paxtachilik  impyeriyaning  chyet  ellarga  sarflaydigan  70 

million  oltin  pulini  tyejashga  imkon  byergani  ham  to’qimachilik,  gazlama  sanoatining  gurkirab  o’sishiga 

turtki byerdi. 

 

Bu raqam Rossiya tomonidan Turkistonning ayovsiz tarzda talanganligining yaqqol dalilidir.  



 

Dyehqonlarga  og’ir  shartlar  asosida  qarz  byerilib,  ko’pchilik  oilalar  uni  to’lashning  uddasidan 

chiqolmas, natijada yerini ularga topshirishdan boshqa chorasi qolmasdi. Yeridan  mahrum bo’lgan  minglab 

dyehqonlar  mardikorlar  safini  to’ldirar,  ular  yer  egalariga  yo  yollanib  ishlar,  yoxud  shaharda  ochilayotgan 

sanoat  korxonalariga  borib,  arzimagan  pulga  qanoat  qilishga  majbur  edi.  Qishloq  aholisini  qattiq 

ekspluatasiya qilish  oqibatida xalqning ahvoli  kyeskin og’irlashdi. 1909 yilga  qadar kambag’allar 62 foizni 

tashkil  qilsa,  1917  yil  70  foizdan  ortiq  aholi  qashshoqlik  va  kambag’allik  darajasiga  tushdi.  Faqat,  17  foiz 

aholi o’rta hol, qolganlari o’ziga to’q va boy oilalar hisoblanardi. 

 

Umuman olganda, xalqning ahvoli tobora og’irlashib, xonavayronlikka yuz tutuvchi oilalar ko’payib 



boravyerdi. 

 

Xonavayron bo’lgan dyehqonlar, hunarmandlar hisobiga saflarini kyengaytirib borayotgan Turkiston 



ishchilar  sinfining  ahvoli  ham  jiddiy  edi.  Zotan,  uning  shakllanish  jarayoni  ham  mustamlaka  sharoitida 

o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ldi. 

 

Rossiyaning  Yevropa  qismida  rus  dvoryan  pomyeщchiklari  bilan  rus  dyehqonlari,  sanoat 



burjuaziyasi  bilan  ishchilar  o’rtasida  sinfiy  kurash  birinchi  rus  inqilobi  yillarida  kyeskin  tus  olib,  XIX  asr 

oxiri XX asr boshlarida Turkiston xalqlarining milliy o’z-o’zini anglash jarayoniga kuchli turtki byerdi. 

 

Markaziy  Osiyo  hududi  kapitalistik  bozor  munosabatlarga  ishchilar,  ilmiy  kuchlar,  ishlab  chiqarish 



vositalarining faol ishtirokida tortildi. Ana shu jarayonda o’zbyek milliy burjuaziyasi – savdo sanoat egalari 

ham shakllana bordi. CHorizm mahalliy burjuaziyaning paydo bo’lishini aslo istamasdi. U o’sib kyelayotgan 

o’zbyek mahalliy burjuaziyasining iqtisodiy-siyosiy huquqlarini chyeklab, uning rivojlanishi, qudratli bo’lib 

kyetishiga  to’siq  qo’ygan  edi.  Milliy  burjuaziya  bu  kamsitishdan  norozi  edi.  Millat  ravnaqini  o’ylovchi 

taraqqiyotparvar  kuchlar  o’zbyek  xalqining  hunarmandlari,  dyehqonlari,  burjuaziyasi,  ruhoniylari  –  barcha 

tabaqalari  orasida  mavjud  edi.  Ular  xalqning  milliy  ongini  oshirish  va  o’zligini  anglatishni  eng  avvalo 

ma’rifat, ilmu-urfondan qidirdilar.  

 

Ular  buni  amalga  oshirmay  turib,  xalqni  umumiy,  hal  qiluvchi  mustaqillik  kurashiga  otlantirib 



bo’lmasligini yaxshi bilardilar.  

 

Musulmonlar  va  qolavyersa,  turkiylar  dunyosining  jahon  taraqqiyotining  uzilib  qolganligini,  bu 



g’oyat xavfli holga barham byerish kyerakligini hamda umumturkiy qavm el-uluslardagi jaholatni yo’q qilib, 

ma’rifat  orqali  taraqqiy  topgan  mamlakatlarga  tyenglashish  zarurligini  birinchi  bo’lib,  turkiy  qrim-tatar 

xalqining ulug’ farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914)  tushunib  yetdi.  U jadidchilik  harakatining butun turk 

dunyosidagi  «g’oyaviy  otasi»dir.  U  Rossiyaga  mustamlaka  bo’lgan  barcha  musulmon  hududlar  maorifini 



 

393 


                                                                                                                                                                                        

mutlaqo  isloh  qilish,  ularda  dunyoviy  fanlarni  o’qitish  masalasini  ko’tardi.  Maktab  va  madrasalarda  diniy 

ta’limot,  arab,  fors  va  rus  tillarini  o’rganish  bilan  bir  qatorda    tibbiyot,  hikmat,  kimyo,  nabotat,  nujum, 

handasa  fanlarini  o’qitish  zarurligini  ilgari  surdi  va  uni  amalga  oshirishga  kirishdi.  U  1884  yilda  Qrimdagi 

Boqchasaroy  shahrida  jadid  maktabiga  asos  soldi.  O’zi  dastur  tuzib,  darslik  yozdi.  Ana  shu  darslik 

yordamida  40  kun  ichida  12  o’quvchining  savodini  chiqardi.  Bu  usul  «usuli  savtiya»  -  harf  tovushi  usuli, 

ya’ni «usuli jadid» nomi bilan tyez shuhrat qozondi. 

 

1892  yilda  Ismoil  Gaspirali  musulmon  maktablarini  isloh  qilishga  doir  loyihasini  Turkiston 



gyenyeral-gubyernatori  Rozyenbakga  yubordi.  Turkiston  hukmdori  uni  mutlaqo  rad  qildi.  Undan  javob 

ololmagach Ismoil  Gaspirali 1893  yilda Turkistonga o’zi  kyeldi.  U Turkistonning  yirik shaharlarida bo’lib, 

taraqqiyparvar  ziyolilar  bilan  uchrashuvlar  o’tkazib,  jadid  maktablarining  ahamiyatini  tushuntirib  byerdi. 

Ismoil Gaspirali Samarqandga, undan Toshkyentga kyeldi. Turkiston  gyenyeral-gubyernatorligi amaldorlari 

uni  dushmanlik  nazari  bilan  kutib  oldilar.  CHunki,  ularning  Turkistondagi  maorif  siyosati  xalqni 

qorong’ilikda ushlab turishdan iborat edi. 

 

1893  yil  8  iyunda  u  Buxoro  amiri  huzurida  bo’ldi  va  amir  bilan  murosa-madora  qilib,  unga  ilm-



fanning  Buxoro amirligi taraqiyotida tutadigan ahamiyatini zo’r byerib tushintirishga harakat qildi. G’arbiy 

Yevropa rivojlanishining asl sabablari tabiiy-dunyoviy ilmlar ravnaqiga e’tibor qaratilganida ekanini kyeskin 

dalillarda isbotladi. Amir zo’rg’a bitta jadid maktabi ochilishiga rozilik byerdi. 

 

Ismoil  Gaspiralining  sa’y-harakati  bilan  ochilgan  yagona  yangi  usul  maktabi  uchqunlari  Turkiston 



hududlari bo’ylab yoyildi. Uning Buxorodagi shogirdlari jadid maktablarini ko’paytirish va xazinadan ularga 

mablag’ ajratish maqsadida amirni qistay boshladilar. 

 

Ma’lumotlarga  qaraganda,  dastlabki  jadid  maktablari  1893  yili  Samarqandda,  1898  yili  Qo’qonda 



Soloxiddin  domla,  1899  yilda  Toshkyentda  Mannon  Qori  va  shu  yilda  Toshkyenda  SHamsiddin  domlalar 

tomonidan ochilgan. 

 

Lyekin,  johil  ruhoniylar  harakati  tufayli  Gaspiralining  safdoshlari  ta’qibga  uchradilar  va  zindonga 



tashladilar. Bundan xabar topgan Ismoil Gaspirali 1904 yilda Buxoroga yana kyelib amir bilan muzokaralar 

olib  bordi.  Natijada,  amir  uning  otasi  nomi  bilan  ataluvchi  «Muzaffariya»  jadid  maktabini  ochishga  ruxsat 

byerdi. 

 

Ismoil  Gaspiralining  Turkistonga  safari  jadidchilik  harakatining  rivojlanishiga  katta  ta’sir  qildi. 



Barcha Turkistonlik  jadidlar uni  o’zlarining chinakkam  ustozlari dyeb bildilar. Ular Turkiston shaharlarida 

jadidchilikni targ’ib qildilar va amaliyot bilan qo’shib olib bordilar.  



2-masala: 

 

CHorizmning  dahshatli  harbiy  siyosiy  kuch  ekanligini  hammadan  ko’ra  jadidlar  chuqurroq 



tushunardilar.  SHunga  ko’ra  millat,  xalq  qayg’usi  bilan  yashovchi  ziyolilar  xalqni  uyg’otish  maqsadida 

maorif, tarixni o’rganish, adabiyot, matbuot, din, san’at sohalarida bir qator islohot o’tkazishni taklif etishdi. 

Ular  axloq-odob,  e’tiqod,  adliya,  sog’liqni  saqlash  sohalarini  qayta  ko’rib  chiqish  va  mukammallashtirish, 

xotin-qizlar  ahvolini  ijtimoiy-madaniy  turmushning  barcha  jabhalarini  yaxshilash  g’oyalarini  o’rtaga 

tashlashdi. Bu g’oyalarni amalga oshirishni jadidlar o’z zimmasiga olganlar.  

 

Qoloqlik va jaholat, o’lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon 



sivilizasiyasidan orqada qolib kyetishi, islom va shariatning oyoq-osti qilinishi va bunday og’ir fojiali 

hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o’z zamonasining ilg’or ziyoli qatlamlarida fikr-

mulohazalar paydo bo’la boshladi. Jaholat uyqusidan uyg’onish tarixiy zaruriyatga aylangan edi. Boshqacha 

qilib aytganda, jadidchilik harakati ijtimoiy rivojlanishning, tarixiy taraqqiyotning talab va ehtiyojlariga 

javob sifatida maydonga kyelgan ulkan ijtimoiy siyosiy oqim, harakat edi. O’lkada millatning dard-

alamlarini, butun ayanchli, mudhish, fojiali og’ir qismatini o’z qalbi va vjudidan o’tkazib, o’zining butun 

borlig’ini, aql-zakovatini, ongli hayotini erk, ozodlik, taraqqiyot uchun safarbar etgan ziyolilarning butun bir 

yangi avlodi shakllangan edi. 

 

Jadidlar  o’z  harakatlarining  boshidan  jamiyatning  madaniy-ma’rifiy  sohasidagi  dolzarb 



muommolarni  o’rganib  chiqib,  bu  sohalarda  isloh  qilishni  hukumatdan  talab  qilib,  o’z  g’oyalarini  xalqqa 

yetkaza  boshladilar.  Turkistonda  jadidchilik  yangi  maktablar  ochish,  unda  diniy  bilimlar  bilan  birgalikda 

aniq  dunyoviy  fanlarni  o’qitish,  rivojlangan  Ovro’po  mamlakatlaridan  fan,  tyexnika  sohasida  ibrat  olish, 

yoshlarga  chyet  tillarni  o’rgatib,  xorijiy  o’quv  yurtlariga  yuborib,  o’qitish,  so’z  va  matbuot  erkinligiga 

erishish,  dyemokratik  parlamyentarizm  davlat  tuzumini  tashkil  etish  uchun  kurashish,  milliy  mustaqillikka 

islohot  yo’li  bilan  erishish  kabi  musulmon  dunyosiga  mansub  jamiyatning  ilg’or  vakillari  qalbidagi  ezgu 

niyatlarini ifodaladi.  

Jadidlar  Markaziy  Osiyoda  yashovchi  aholining  o’ziga  xos  hayot  tarziga  chuqur  qiziqishi  uning 

tarixini o’rganishni yangicha tushunish bilangina chyeklanib qolmay, adabiyotga, shu jumladan, darsliklarga 

yangicha qarashni  ham  qamrab olgan  edi. Jadidlar amalga oshirgan  oltita islohotdan  eng birinchisi aholiga, 

Markaziy Osiyoning siyosiy va ma’naviy hayotiga juda kuchli ta’sir ko’rsatgan maorif islohoti bo’ldi. Biroq 


 

394 


                                                                                                                                                                                        

jadidlar  mahalliy  aholining  fikrini  va  o’z  hayotlarini  o’zgartirish  uchun  avvalombor  Turkiston  tarixini 

o’rganishni zamonaviylashtirishga urinib ko’rishdi. 

1903-1914  yillarda  ular  bir  qancha  yilnoma  yaratishdi.  Bu  yilnomalarda,  jumladan,  mang’it  va 

qo’ng’irot sulolalarining Markaziy Osiyo xalqlari uchun ahamiyatini qayta ko’rib chiqishga urinib ko’rilgan 

edi. 


Mahmudxo’ja Byehbudiy mutaassiblarning tarixni tasvirlash byema’nilik va faqat dahriylarning ishi 

dyegan  da’volari  yolg’onligini  ko’rsatishga  urinib,  Qur’oni  Karim  ham,  Muhammad  payg’ambarimiz 

hadislari  ham  tarixga  dahldorligini  isbotlab  byerdi.  CHunonchi,  Qur’oni  Karimning  chorak  qismi  tarixiy 

ma’lumotlardan iborat. 

Jadidchilikda  dastlab,  ularning  e’tiborida  maorifni  isloh  qilish  vazifasi  ko’ndalang  turdi.  Ular 

islohotlarni  amalga  oshirishning  zarur  ekanligini  nafaqat  nazariy  jihatdan  asoslab  byerdilar,  balki  yangi 

usulda  o’qitiladigan  maktablar  ochib,  kutubxonalar,  qiroatxonalar  barpo  etib,  o’quv  qo’llanmalar  yozib  o’z 

g’oyalarini amalda qo’llash yo’lida ulkan ishlar qildilar. 

Jadidlarning Turkiston ozodligi uchun kurash dasturida asosan uch yo’nalish mavjud edi. Birinchisi 

–  yangi  usul  maktablari  tarmog’ini  kyengaytirish,  ikkinchisi  –  umidli  yoshlarni  chyet  ellarga  o’qishga 

yuborish va nihoyat, uchinchisi – turli ma’rifiy jamiyatlar qurish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil 

etishga  qaratilgan  gazyetalar  chop  etish  edi.  Ana  shu  dasturni  amalga  oshirish  borasida  Munavvarqori 

Abdurashidxonov,  Ubaydullaxo’ja  Asadullaxo’jayev,  Mahmudxo’ja  Byehbudiy,  Abdulla  Avloniy, 

Toshpo’latbyek  Norbo’tabyekov,  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy,  Abdulhamid  CHo’lpon  va  Abdurauf  Fitrat 

kabi ziyolilar jonbozlik ko’rsatishdi. 

Jadid  maktablarini  qurishdan  maqsad  xalqning  umumiy  saviyasini  ko’tarish,  zamonaviy  fanlarni 

egallagan  injyenyer,  vrach,  jurnalist,  yuristdan  tortib,  davlat  arbobigacha  bo’lgan  kishilarni  tarbiyalash  va 

ular yordamida davlat idoralarini  yerlilashtirish, shu tarzda  mustamlakachilarni Turkiston tasarrufidan siqib 

chiqarish  edi.  Jadidlar  ana  shu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  «usuli  jadid»  maktablarini  tashkil  etibgina 

qolmay, ayni paytda milliy matbuot, adabiyot va tyeatrni yaratishga ham katta e’tibor byerdilar va jadidchilik 

harakatining  bu  jabhalari  orqali  Turkiston  xalqlari  hayotini  tubdan  o’zgartirib,  mustaqil  o’zbyek  davlatini 

qurmoqchi bo’ldilar. 

Turkistonning eng fidoyi va vatanparvar yoshlarini xalqni milliy o’zligini anglash, milliy uyg’onish 

sari  faoliyatlarini  kuchaytirishlariga  turtki  bo’ldi.  Mahmudxo’ja  Byehbudiy  Turkistonda  ushbu  kurashning 

bayroqdori bo’ldi. Jadidchilik g’oyalarini ildiz otishi yo’lida butun umrini sarfladi. Jahonning taraqqiy qilgan 

davlatlaridagi  tyexnikaviy,  ilmiy,  siyosiy  rivojlanishni  o’z  ko’zi  bilan  ko’rmoq  uchun  Farbu  SHarq 

mamlakatlariga  1899-1900  yillar  davomida  safar  qildi.  Safardan  qaytib  kyelgach,  yangi  usul  maktablarini 

ochish  yo’lida  g’ayrat  ko’rsatadi.  SHunday  maktablardan  birini  M.Byehbudiy  o’z  mablag’i  hisobidan  1903 

yilda Jomboyda ochadi. Jadid Hoji Muin va Abdulqodir SHakuriylar bu maktabda saboq byerdilar. 1908 yil 

bunday  maktablarni  Mirza  Abdulvohid  ham  tashkil  qildi.  1911  yilda  jadid  maktablari  Turkistonda  63  ta 

bo’lib,  ularda  4106  bola  o’qigan.  1917  yil  boshlarida  o’lkada  100ga  yaqin  jadid  maktablarida  5  mingdan 

ziyod o’quvchi bo’lgan. 

«Jadid» maktablari an’anaviy «qadim» maktablariga nisbatan butunlay yangi ilmiy-amaliy uslubiyat 

va tashkiliy tizimga ega bo’lgan. «Qadim» maktablarida bolalar yozish va o’qishni 5-6 yilda o’rganib, savod 

chiqarsa, jadid maktablarida buning uchun o’rta hisobda 2 yil hatto 6 oy kyerak bo’ldi. Bu maorif va ta’lim 

sohasidagi  katta  kashfiyot  edi.  U  ta’lim-tarbiya  jarayonini  bir  nyecha  marta  tyezlashtirdi.  O’qitish  birinchi 

marta bolalarning o’z ona tilida olib boriladi.ular diniy ta’lim  olish va ibodat qilishni  o’rganishi bilan birga 

dunyoviy  ilmlar  (matyematika,  gyeografiya,  tarix,  ona  tili  va  adabiyot,  fors  va  rus  tillari)dan  saboq  oladi. 

Maktab  pullik  bo’lgan.  Unga  o’rta  hol  va  boy  badavlat  kishilar  baholi  qudrat  bolalari  uchun  oyiga  50 

tiyindan bir yarim so’mgacha pul to’lagan. Lyekin, unda 30-35 foiz kambag’al oilalar bolalari tyekin o’qishi 

shart bo’lgan. 

Byehbudiyning  tashabbusi  bilan  Samarqand  va  Kattaqo’rg’on  shaharlarida  yuzaga  kyelgan  yangi 

maktablarda faqat o’g’il bolalargina emas, balki qiz bolalar ham o’qitilgan. 

YAngi  usul  maktablarini  kyeng  targ’ib  qilish,  ulardan  ta’lim  tarbiya  natijalarini  aholi  o’rtasida 

namoyish  etish  maqsadida yillik  va bitiruv imtihonlar olish  marosimlari tantanali  vaziyatda  o’tkazilgan. Bu 

haqda  matbuotda  byerilgan  xabarlarda  o’quvchi  yoshlarning  ota-onalari,  mahalla  va  shaharning  baobro’y 

kishilari, shoir va yozuvchilar taklif qilingan. 

SHuni  ham  qayd  etish  kyerakki,  jadid  maktablari  yosh  avlodga  faqat  milliy  ruhnigina  emas,  balki 

umuminsoniy  qadriyat  va  baynalmilallikni  ham  singdirishga  harakat  qilgan.jadid  maktablari  chorizmning 

yerli  turkistonliklar  uchun  ochgan  rus-tuzyem  maktablaridan  ham  o’qish  –  o’qitish  ishlari  jihatidan  ustun 

turardi.  CHunki,  bu  maktablar  yagona  boshqaruv  tizimiga  ega  bo’lganligi  sababli  o’qitish  turlicha  o’quv 

dasturi va turli darsliklarga tayangan holda olib borilgan. Ta’lim o’qituvchilarining o’zlari yaratgan darsliklar 

asosida olib borilgan. Faqatgina, Mahmudxo’ja Byehbudiyning 1904-1909  yillarda «Risolai asbobi savod», 


 

395 


                                                                                                                                                                                        

«Risolai  jug’rofiyai  umroniy»,  «Risolai  jug’rofiyai  rusiy»,  «Kitobat  ul-atfol»,  «Amaliyoti  islom»,  «Tarixi 

islom»  kabi  kitoblari  paydo  bo’ldi.  Uning  boshqa  safdoshlari  ham  o’quvchilar  uchun  turli  kitob  va 

darsliklarini yaratdilar. 

YAngi  usul  maktablaridagi  o’quv  dasturi  turkiy  yoki  forsiy  tilda  o’qish,  yozishni,  arifmyetika, 

tibbiyot,  tarix,  jug’rofiyani  o’z  ichiga  olardi.  Unda,  shuningdyek,  din  asoslarini  o’rganishga  katta  e’tibor 

qilinar,  ya’ni  bu  dastur  shu  paytgacha  qo’llanilgan  dasturga  nisbatan  ancha  kyeng  bilim  byerardi.  Bu  xil 

maktabdagi  ta’lim  talabalarni  nafaqat  jamiyatda  biron  o’rin  egallash,  balki  uni  o’zgartirish  uchun  tayyorlar 

edi.  Toshkyentdagi  madrasalarning  birida  dars  byeruvchi  Munavvarqori  Abdurashidxonov  yangi 

dasturlardan  birini  yaratgan,  unga  diniy  ta’limot;  muqaddas  an’analar;  islom  ta’limoti  tarixi;  arab 

grammatikasi;  myeros  huquqi; arifmyetika; butunjahon jug’rofiyasi; islom tarixi;  muqaddas tarix; arabiy va 

turkiy imlo fanlari kiritilgan edi. 

Jadidlar  maorifining  diniy  tizimini  ham  zamonaviylashtirishga  urinib  ko’rishdi.  Ular  tomonidan 

tashkil  etilgan  jadid  maktablarida  tatar,  turk,  fors  va  ozarboyjonlar  yozgan  darsliklar  bilan  bir  qatorda 

turkistonlik  mualliflarning  darsliklaridan  ham  foydalanila  boshlandi.  Qat’iy  tizim,  darslik  va  honazolar 

yo’qligiga qaramay jadidlar talabalar amaliy bilim olishlari uchun urinishardi. 

YAngi  usul  maktablarining  darsliklarida  jug’rofiy  va  etnik  birlikka  oid  yangi  islohotlar  yaqqol 

bo’lmasa-da  har  qalay  syeziladi.  Islohotlar  matbuotida  ijtimoiy  va  hududiy  birlikka  katta  e’tibor  byerildi. 

Biroq  jadidlar  bundan  boshqa  muammolarni  ham  dolzarb  dyeb  hisoblashardi.  SHu  davrda  Turkiston 

aholisining  katta qismi  yangi  ijtimoiy  va  madaniy  maqsadlarda olib borishi  mumkin bo’lgan  yangi  guruhiy 

tuzilmalar to’g’risidagi  davomli bahsga jalb  etilgan  edi. Diniy ta’limni isloh qilish Turkistondagi an’anaviy 

islomni o’zgartirdi va hatto ta’sirini bir qadar pasaytirdi. 

YAngi  usuldagi  maktablarida  diniy  ta’limga  katta  e’tibor  byerilishiga  qaramay,  ruhoniylar  bu 

maktablar  talabalarini  davlat  diniga  qarshi  ruhda  tarbiyalab  zarar  kyeltiradi,  dyeb  hisoblashardi.  Din 

pyeshvolari  jadidlarni  ta’limning  diniy  usullaridan  og’ishda  ayblashdi.  Mutaassiblar  til  va  yozuvni 

o’rgatishning  fonyetik  usulini,  shuningdyek,  dasturga  arifmyetika,  jug’rofiya  va  ayniqsa,  ularning  fikricha 

diniy  dunyoqarashga  zid  kyeluvchi  tabiatshunoslikning  kiritilganligini  nihoyatda  kyeskin  tanqid  qilishdi. 

Turkistonlik  diniy  islohotchilar  islomga  e’tiqod  kamayib  borayotganiga  ruhoniylarning  poraxo’rligi  va 

axloqsizligi ortib borayotgani sababchidir, dyeb hisoblashdi. Mahmudxo’ja Byehbudiyning fikri bo’yicha esa 

butun  diniy  tizimni  to’liq  qayta  qurishni  ilohiyotchilar  va  ruhoniylarning  yangi  avlodini  tayyorlashdan 

boshlamoq  lozim  edi.  Mahalliy  ruhoniylar  jadidlarni  «kofirlar»  dyeb  e’lon  qilib,  ularga  qarshi  xalqni 

kurashga chaqirganlar. Manbalarda ko’rsmatilishicha, birinchi vaqtlarda, Munavvarqori Abdurashidxonov – 

Turkiston  jadidlarining  yo’lboshchisi,  -  o’z  maktabida  rus  tilini  va  dunyoviy  ilmlarni  o’qitishni  tashkil 

etganda,  mahalliy  xalq  uni  «kofir  qori»  dyeb  atadi,  lyekin  kyeyingi  vaqtlarda  Munavvarqorining 

myehnatlarini ijobiy natijasini tushunib, unga ochiq ko’ngillik bilan munosabatda bo’ldilar. 

Mahalliy aholining bir qismi jadidchilikka qarshi chiqib, eski fyeodal tuzumni va eski diniy usuldagi 

o’qitishlarni oqlab chiqdilar. Jamiyatning eski yo’l tarafdorlari «qadim» nomini oldilar. Qadimchilar jadidlar 

tomonidan  ochilayotgan  yangi  usuldagi  maktablariga  bolalarini  byermaslikni  xalqqa  targ’ib  qilganlar. 

«YAqinda  tashkil  topgan  «jadidlar»  bizning  farzandlarimizning  axloq  va  odobini  buzayaptilar.  Hyech  kim 

ularning  maktabiga  bolalarini  o’qitishga  byermasin.  Agarda,  biror  kishi  o’z  bolasini  o’qitishga  byersa,  biz 

uning kallasini olamiz», dyeb mahalliy aholini qo’rqitganlar.  

Ma’lumki,  Turkistondagi  mavjud  eski  o’quv  sistyemasi,  asosan,  vaqflar  va  maktab  shogirdlarining 

muayyan to’lovlari bilan mablag’lantirib turilar edi. Jadid maktablari esa o’ziga to’q oilalar farzandlari bilan 

birga  kambag’al  bolalarini  ham  o’qitar,  ular  asosan  byepul  o’qitilar  edi.  Oqibat  mablag’sizlikdan  ba’zi 

maktablar yopilib ham qolardi. Ana shu xalqning oldini olish, nochor oilalar farzandlarining ham to’laqonli 

ilm  o’rganishlari  hamda  ularni  o’quv  qurollari  va  darsliklar  bilan  ta’minlash  va  bundan  tashqari,  iqtidorli 

yoshlarni  taraqqiy  topgan  xorijiy  davlatlarga  yuborib  o’qitish  uchun  mablag’  topib  byerish  maqsadalarida 

«jamiyati xayriya»lar tashkil etiladi. 

1909 yilda Munavvarqori maslakdosh do’stlari bilan hamkorlikda toshkyentlik bir boyning raisligida 

«jamiyati  xayriya»  tashkil  qiladi.  Bu  jamiyat  raisining  o’rinbosari  bo’lgan  Munavvarqori  «Toshkyentda 

musulmon  jamiyati»  maqolasida  ana  shu  tashkilot  faoliyati  haqida  bunday  yozgan:  «Bu  ittifoqning  natijasi 

bo’lsa  kyerak.  Bir  nyecha  yildan  byeri  qaror  byerilub  ochilmay  yotgan  «Dorul  ojizin»ni  rasman  ochib,  bir 

nyecha miskin va ojizlarni tarbiyaga oldi. Bir nyecha maktab va madrasalarga yuz so’m va ikki yuz so’m lab 

xayriyalar  byerdi.  Bir  nyecha  byeva  va  byechoralarga  sadaqalar  byermoqda  va  oltmish  faqir  va  qashshoq 

bolalarni  turli  maktablarda  o’qitib,  tarbiya  qilib  turmakdir…».  Jadidlar  bu  jamiyat  orqali  qashshoq, 

kasalmand  kishilar  va  o’quvchilarga  yordam  ko’rsatish  bilangina  chyeklanmadi.  Ular  Rossiya  va  Turkiya 

shaharlaridagi  oliy  o’quv  yurtlariga  Turkiston  yoshlarini  bilim  olishga  yuborish  ishi  bilan  ham  jiddiy 

shug’ullandilar. 

Munavvarqori  SHayxontohur  dahasidagi  baobro’  kishilardan  Kattaxo’ja  Xo’jayevning  uyiga 


 

396 


                                                                                                                                                                                        

Toshkyentning katta boylarini chaqiradi va «O’zbyek ziyoli bolalarini Gyermaniyaga yuborib o’qitishga juda 

muhtojmiz,  bolalar  o’quv,  ilm,  tahsil  olib  kyelsalar,  millatiga  katta  xizmat  qila  oladilar»,  dyedi.  O’qishga 

boradiganlarning  ro’yxati  o’qilgach,  boylar  ancha  pul  to’plab  byerdilar  va  Munavvarqori  «Millatimizning 

kyelajakdagi baxtu saodati uchun shunday katta himmatlaringizga ko’pchilik tomonidan rahmatlar aytaman», 

dyeb tashakkur bildirdi.  

O’zbyek  taraqqiyparvar  boylari  yoshlarni  chyet  ellarga  yuborib,  zarur  kasblarni  egallab  foydali 

xizmat qilishlari uchun qayg’urgan jadidlarni qo’llab-quvvatladilar. 

1910  yili  Buxoroda  mudarris  Hoji  Rafiy,  Mirza  Abduvohid,  Hamidxo’ja  Myehriy,  Ahmadjon 

Mahdum  kabilar  «Tarbiyai  atfol»  («Bolalar  tarbiyasi»)  jamiyatini  tashkil  qilib,  1911  yili  15,  1912  yili  30 

nafar  talabani  Turkiyaga  o’qishga  yubordi.  Taniqli  jadid  Abdurauf  Abdurahim  o’g’li  Fitrat  1909-1913 

yillarda Istambulda tahsil  olgan.  Asadullaxo’ja  o’g’li  Ubaydullaxo’ja Rossiyada adliya bo’yicha ta’lim  olib 

qaytdi  va  birinchi  oliy  ma’lumotli  o’zbyek  advokati  bo’ldi.  «Rossiya  impyeriyasi  qonunlar  majmuasi»ni 

yaxshi o’zlashtirib, Ubaydullaxo’ja adliya bo’yicha mutaxassis-advokat diplomini oladi. 

Byehbudiy  asos  solgan  milliy  matbuot-gazyeta  va  jurnallarda  millat  va  Turon  zaminining  dolzarb 

muammolaridan  bahs  ochildi.  Unda  vatanparvar  ziyolilar  maqolalari  e’lon  qilina  boshlaydi.  Jumladan, 

Fitratning ushbu jurnalda bosilgan maqolalaridan biri «Himmat va saboti bo’lmagan millatning haqqi hayoti 

yo’qdir»  dyeb  nomlangan  edi.  Millat,  Ona-Turkiston  dardi,  milliy  qadriyatlarni  himoya  qilish,  xalqlarning 

erkini ta’minlash, ma’rifatli qilish maqsadini Abdulla Avloniy ko’zlaydi. 1904 yilda rus-yapon urushi chiqib, 

bu urush butun Rusiya ishchilarining ko’zini ochganidyek, bizning ko’zimiz ochildi. 1905 yildagi Rossiyada 

boshlangan  inqilob  to’lqini  bizga  ham  ta’sir  qildi,  bizning  tashkilotimiz  siyosiy  maslaklarga  tushunib, 

birinchi navbatda qora xalqni oqartmoq, va ko’zini ochmoq chorasiga kirishdi. 



Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling