Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-mavzu Sovetlar davridagi iqtisodiy va manaviy qaramlikning oqibatlari 13.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi
- Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash buyicha seminar mashguloti
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- 13- Mavzu: Sovetlar davridagi iqtisodiy va manaviy qaramlikning oqibatlari Ryeja
- Dars o`tish vositalari
- 2 minut
3- masala: XX asrning 80-yillar o’rtalaridan qatag’onlik yana boshlandi. Bu qatag’onlik to’lqiniga nafaqat milliy kadrlar, ijod ahli balki xo’jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi.
O’zbyekistonning milliy ziyolilari hyech qachon, hattoki mustabid tuzumning “gullab– yashnagan” davrida ham o’zbyek xalqining milliy mustaqilligi g’oyalaridan voz kyechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo’lmaganda milliy mustaqillik uchun zimdan yashirin kurash olib bordilar. O’zbyekistonda qonunchilik va huquq tartiblarini tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash dyegan niqoblar bilan markazdan katta vakolatga ega bo’lgan mas’ul xodimlarning “dyesant” guruhlari kyela boshladi. Ularga partiya va sovyet va sud organlaridan katta lavozimlar byerildi. Uydirma, to’qib chiqarilgan “paxta ishi” va “o’zbyeklar ishi” dyeb ishlarga siyosiy tus byerdilar. Oqibatda go’yoki butun O’zbyekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandyek tasavvur o’yg’otishga harakat qilindi. Ittifoqning Gdlyan va Ivanov boshliq emissarlar guruhi ryespublikadagi turli sohalarda ishlayotgan bir nyecha minglab rahbar xodimlarni tyergov jarayoniga tortdilar, 22 mingga yaqin qamoqqa olinganlar qo’shib yozishda, poraxo’rlikda, davlat va jamoat mulikini talon-taroj qilishda ayblangan bo’lsalarda, aslida bu ish 30-50 yillardagi qatag’onlikning mantiqiy davomi edi. Maxbuslarni o’z aybiga iqror qilish uchun jismoniy zo’rovonliklar, ruhiy azoblar qo’llanildi. O’zbyekiston Kompartiyasi MQning sobiq birinchi kotibi SHarof Rashidov nomiga ham nohaq to’hmatlar qilindi, o’zbyek xalqining milliy g’ururi toptaldi. Bunda O’zbyekistonning o’sha davrdagi ko’g’irchoq rahbarlarining ma’lum darajadagi hissasi bo’ldi. Aslida qo’shib yozishlar, ko’zbuyamachilik va poraxo’rlik kabi illatlar sotsialistik jamiyatda tabiiy holat bo’lib, o’sha paytdagi barcha ryespublikalarda mavjud bo’lgan hodisa edi. O’zbyekistonga nisbatan “paxta ishi” oldindan, maxsus tayyorlangan siyosiy fitnadan boshqa narsa emas edi. O’zbyekiston mustaqillikka erishgach Islom Karimov tashabbusi bilan “paxta ishi” qayta ko’rib chiqildi va minglab byegunoh kishilar oqlandi, qatag’onliklarga chyek qo’yildi.
424
13-mavzu Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma'naviy qaramlikning oqibatlari 13.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti- 2 soat Talabalar soni: 20 – 28 nafargacha Mashg’ulot shakli Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash buyicha seminar mashguloti Amaliy mashg’ulot rejasi 13.1. XX asrning 20-30 yillarda hukmron markaz va partiyaning O'zbekistonda o'tkazgan sanoatlashtirish va
dehqon xo'jaliklarining jamoalashtirish siyosati va uning
asoratli oqibatlari 13.2. XX asrning 50-80 y i l l a r d a O'zbekistonning iqtisodiy hayoti: agrar x o' ja li gi . sanoati. transport. 13.3. XX asrning 50-80 ma’naviy hayotining inqirozli holatga tushishi va uninh sabablari. O’quv mashg’ulotining maqsadi: Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma'naviy qaramlikning oqibatlari haqidagi bilimlar mustahkamlanadi. Pedagogik vazifalar: XX asrning 20-30 yillarda hukmron markaz va partiyaning O'zbekistonda o'tkazgan sanoatlashtirish va dehqon
xo'jaliklarining jamoalashtirish siyosati va uning asoratli oqibatlarini tushuntirib berish XX asrning 50-80 y i l l a r d a O'zbekistonning iqtisodiy hayoti: agrar x o' ja l i gi , sanoati, transport, haqida tushuncha berish XX asrning 50-80 ma’naviy hayotining inqirozli holatga tushishi va uninh sabablari yoritib berish O’quv faoliyati natijalari: XX asrning 20-30 yillarda hukmron markaz va partiyaning O'zbekistonda o'tkazgan sanoatlashtirish va dehqon xo'jaliklarining jamoalashtirish, quloqlashtirish siyosati va uning asosratli oqibatlarini gapirib beradi XX asrning 50-80 y i l l a r d a O'zbekistonning iqtisodiy hayoti tahlil qilinadi. Unda O’zbekistondagi agrar x o' ja l i k h ol at i, sanoat strukturasidagi o’zgarishlar hamda transport tizimi batafsil gapirib beriladi. XX asrning 50-80 ma’naviy hayotining inqirozli holatga tushish sabablari, uning oqibatlari tahlil qilinadi va gapirib beriladi.
suhbat, tushuntirish, tezkor so’rov, zigzag (arra) texnikasi
Ommaviy, guruhlarda ishlash Ta’lim berish vositalari O’quv
qo’llanma, proyektor,
o’quv
topshiriqlari, test savollar Ta’lim berish sharoiti Texnik ta’minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
Og’zaki nazorat: savol-javob
425
“Sovet tuzumining O'zbekistonda yuritgan qatag' onlik siyosati va uning oqibatlari” mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotning texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar Tayyorlov bosqichi Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o’quv topshiriqlarini ishlab chiqadi. Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi. Ekspert guruhlar faoliyat natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi
1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini e’lon kiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi. 1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so’rov o’tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi. 1.3. Faoliyat kichik guruhlarda o’quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. 1.4.
Qo’shimcha ma’lumotlar aks etgan
tayanch konspektlarni tarqatadi. 1.5. Ekspert guruhlar faoliyati natijalarini baholash mezonlarini e’lon qiladi. Tinglaydilar.
Savolni muhokama qilib, ularga javob beradi.
2. Asosiy bosqich (60 daqiqa) 2.1.
Talabalarni to’rtta
kichik guruhga
bo’ladi. Mashg’ulotning o’tkazilish tartibini yana eslatadi. O’quv mashg’uloti «o’zi o’rganib, o’zgaga o’rgatish», ya’ni hamkorlikda o’rganish prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi 2.2. Guruhlarga ekspert varaqlarini, shu bilan birga, har bir talabaga geometrik shakl tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi (geometrik shakllarni vaqtincha bir joyga
ko’yishlarini, vakti kelganda ulardan foydalanishlarini aytadi). Guruhlarda ishni tashkil kiladi. (matnni o’rganib, muhokama kilishga 15 daqiqa beradi). 2.3. Doira shaklini olgan talabalar 1-stol, uchburchak shaklini olganlar 2-stol va to’rtburchak olganlar 3-stol atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan talabalar o’z savollarini boshqa talabalarga yoritishini tushuntiradi. O’zaro o’rgatish jarayoni boshlanadi (15 dakika). Talabalar faoliyatini kuzatadi, ularni
yo’naltiradi, maslahatlar beradi. 2.4. Talabalarni o’zlarini dastlabki joylariga, stol atrofiga kelib o’tirishlarini aytadi. 2.5. Taqdimot boshlanishini e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 nafardan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun xar bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo’naltiruvchi, maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 2.6. Har bir gurux taqdimoti oxirida ekspert savollari bo’yicha xulosalar qiladi. Kichik guruhlarga bo’linadilar.
Topshiriq bo’yicha faoliyat boshlaydilar. Matnlarini o’qib, savollarga javob topadi. Ma’lumotni muhokama kilib, fikr almashib, sistemalashtiradi. Format kog’oziga sxema tarzida tushiradi, taqdimot uchun materiallar tayyorlaydilar.
Faoliyat natijasini taqdimot qiladilar.
426
3–Yakuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi. 3.2.O’quv mashg’ulotini natijalarini sharhlaydi, guruhlar faoliyati bahosini e’lon qiladi. 3.3. Mustaqil ishlashlari uchun vazifa beradi: amaliy mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki javob berish Tinglaydilar.
1. Hukmron markaz va partiya XX asrning 20-30 yillarda O'zbekistonda o'tkazgan sanoatlashtirish va dehqon xo'jaliklarining jamoalashtirish siyosati va uning asoratli oqibatlari 2. XX asrning 50-80 y i l l a r d a O'zbekistonning iqtisodiy hayoti: agrar xo 'ja lig i. sanoai. transport. 3. XX asrning 50-80 yillarida ma’naviy hayotining inqirozli holatga tushishi va uninh sabablari.
Asosiy adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., O’zbyekiston, 1994, 3-86 b. 2. Karimov I.A. O’zbyekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., O’zbyekiston, 1997. 3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kyelajak yo’q. T., «SHarq», 1998. 4. Karimov I. A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yoli. T: “O’zbekiston” 1992, T.1, 36-86 b. 5. Karimov I. A. O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li. T: “O’zbekiston” 1993y. 6. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 7. To’xliyev N. O’zbyekiston iqtisodiyoti (savollar va javoblar), T., «O’zbyekiston», 1991. 8. Hidoyatov G. Nasional’nыy vopros v SSSR. T., «O’zbyekiston», 1991. 9. Golovanov A.A. Kryest’yanstvo Uzbyekistana: evolyusiya sosial’nogo polojyeniya. 1917-1937 gg. T., «Fan», 1992. 10. O’zbyekiston tarixi (1917-1991). T., «SHarq», 2000. 11. O’zbyekistonning yangi tarixi. 2-kitob. O’zbyekiston Sovyet mustamlakachiligi davrida. T., «SHarq», 2000. 12. O’zbekiston tarixi (1917-1993). – T.,O’qituvchi, 1994y. 13. O'zbekistonning yangi t a r ix i. 2-kitob. O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. T„ «Sharq». 2000y, 161-428 b. 14. O’zbekiston tarixi (R.Murtozayeva va boshqalar).-T,2003y,427-471,502-528 b. 15. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. Qo’shimcha adabiyotlar: 16. Usmonov Q., Sodiqov M va boshqalar O’zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. – T. O’qituvchi. 1996 y. 17. Xo’jamberdiyev Yo O’zbeklar ishi. – T., Yozuvchi, 1990 y. 18. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarga O’zbyekiston tarixi fanining tadqiqot ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga byerilgan ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuni syerqirra mavzu ekanligidan talabalarni boxabar etish.
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar)
mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish. Darsning xrono kartasi – 80 minut. 427
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. talabalarning davomati –
hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut yo`qlama-5 minut o`tilgan dars yuzasidan savol-javob-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-50 minut sinov savollar namunasi – 7 minut Uyga vazifa byerish – 6 minut
XX asr 20-yillarining oxirlarida O’zbyekistonda shakllangan ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi jamiyat hayotining barcha jabhalari qatori iqtisodiy sohada ham o’z aksini topmasdan qolmadi. SHuni alohida ta’kidlash kyerakki o’sha davrda O’zbyekiston iqtisodiyoti agrar xaraktyerga ega edi. O’zbyekiston hududida dastlabki fabrika va zavodlarning qurilishi chor Rossiya davrida boshlangan edi. Bu korxonalarni qurushdan ko’zlangan maqsad Turkistonda chorizm mustamlakachiligini mustahkamlash, o’lka boyligini markazga olib kyetishni osonlashtirish va arzonlashtirish, mamlakat aholisi va tabiiy ryesurslarini eksplutasiya qilishni kuchaytirishdan iborat edi. SHuning uchun ham O’zbyekiston hududida qurilgan korxonalar yengil va oziq-ovqat tarmog’iga mansub bo’lib ular faqat qishloq xo’jalik mahsulotlariga va qazilma boyliklariga dastlabki ishlov byerganlar xolos. Yengil yoki oziq-ovqat sanoatining murakkab tyexnologiya bilan bog’liq korxonalari o’lkamizda umuman qurilmagan edi. 1917 yil Oktyabr’ to’ntarishidan kyeyin hokimiyatni qo’lga olgan SHo’rolar hukumati uni saqlash va mustahkamlashning yagona yo’li zamonaviy rivojlangan sanoatga va eng birinchi navbatda og’ir industriyaga ega bo’lishiga bog’liqligini juda yaxshi tushunar edi. XX asrning 20- yillarida amalga oshirilgan yangi iqtisodiy siyosat xalq xo’jaligining turli tarmoqlari qatori sanoatda ham muayyan ijobiy o’zgarishlarga olib kyeldi. Erishilgan yutuqlardan ruhlangan kommunistik rahbariyat kun tartibiga sanoat qurilishi ko’lamini jiddiy ravishda kyengaytirish vazifasini qo’ydi. Industrlashtirish natijasida SSSR sanoati rivoj topgan ilg’or mamlakatlar qatoriga qo’shilishi kyerak edi.
Oldiniga, yangi iqtisodiy siyosat amalda bo’lgan davrda industrlashtirishni jadallashtirish haqida gapirilmadi. Lyekin NEPdan voz kyechilgandan kyeyin industrlashtirish sur’atlarini kyeskin ravishda oshirish vazifasi qo’yildi. O’zbyekiston sanoatining shu davrdagi ahvoli qanday edi? 1927 yilda sanoatning xalq xo’jaligida salmog’i 38,4% ni tashkil etib uning 90% i qishloq xo’jaligi xom ashyosini qayta ishlashga moslagan edi va myetropoliya ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilayotgan edi. dunyoning boshqa mamlakatlari singari O’zbyekiston ham industrlashtirish o’tkazishdan juda ham katta manfaatdor edi. Industrlashtirish, agar ryespublika manfaatlarini ko’zlab, uning ehtiyojlarini qondirish uchun o’tkazilganda edi, unda u O’zbyekistonda zamonaviy tyexnika bilan qurollangan, o’lkadagi xalq xo’jaligi xususiyatlarini, dyemografik vaziyatni, milliy an’analarni hisobga oladigan, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini ta’minlaydigan, o’lkani ilg’or, sanoati rivojlangan mamlakatga aylantiradigan tarzda amalga oshirilishi kyerak edi. Biroq, bol’shyeviklar hukumatining niyati tamoman boshqacha edi. ular O’zbyekistonni xom ashyo yetkazib byeruvchi o’lka sifatida saqlab qolmoqchi edilar. Lyekin, shu bilan birgalikda uning iqtisodiy salohiyatini oshirib, ryespublika boyliklarini talon-taroj qilishni kuchaytirmoqchi edilar. Ryespublikada amalga oshirilgan industrlashtirish xuddi ana shu vazifani amalga oshirishga yo’naltirilgan edi. To’g’ri, tan olish kyerak 1,2,3 byesh yilliklar davomida ryempublikada ulkan ishlar olib borildi. Sanoatning ryespublika uchun butunlay yangi bo’lgan ip, gazlama, ipak yigiruv, tikuvchilik, mo’ynachilik, poyafzal, mashinasozlik, ximiya, rangli myetall eritish, enyergyetika kabi tarmoqlari vujudga kyeldi. Ana shu davrda «Tashqishloqmash», Toshkyent to’qimachilik kombinati, 428
Toshkyent, Buxoro, Farg’ona tikuvchilik fabrikalari, Toshkyent kombinati kabi yuzlab yirik sanoat korxonalari, o’nlab elyektrostansiyalar qurilib, qator konlar ishga tushirildi. 1941 yilga kyelib ryespublika sanoati 1443 ta yirik va o’rtacha sanoat korxonalarini va 19 mingta mayda korxonalarni o’z ichiga olar edi. Sanoatning xalq xo’jaligida salmog’i 1927 yildagi 38,4 dan 70 % gacha ko’tarildi. YUzaki qaraganda kyeltirilgan dalillardan O’zbyekistonda sanoat misli ko’rilmagan sur’atlar bilan rivojlanganday tuyuladi. Lyekin, agar ryespublikada yaratilgan sanoat potyensiali boshqa o’lkalardagi sanoat bilan solishtirilsa, uning tarkibiy tuzilishi tahlil qilinsa, ishlab chiqarish qanday tashkil qilinganligi, rahbarlik qanday amalga oshirilganligi, kadrlar tayyorlash siyosati o’rganilsa unda Markaz bilan ryespublikamizo’rtasidagi impyeriyacha munosabatlar tizimi, yuqoridan tayziq qilish amaliyoti, rahbarlikning buyruqbozlik, rasmiyatchilik usullari ko’zga yaqqol tashlanadi. Biz ryespublikada amalga oshirilgan industrlashtirish mustamlakachilik xaraktyeriga ega dyeb ataymiz. Xo’sh, bu nimalardan ko’rinadi?
O’zbyekistonda sanoat korxonalari mahalliy sharoitva milliy manfaatlarini emas, balki markaz ehtiyojlarini hisobga olgan holda barpo qilingan edi. Qurilgan korxonalarning soni ko’paygan bo’lsada, xuddi chorizm davridagidyek O’zbyekistonga xom ashyo yetkazib byeruvchilik vazifasi yuklatildi. Masalan, O’zbyekiston SSSRning eng asosiy paxta bazasi sifatida tanlab olingan edi. lyekin, paxtadan kyeladigan daromadning asosiy qismi myetropoliya ixtiyorida qolar edi. chunki paxtaning 15% igina O’zbyekistonda tayyor mahsulot holatiga yetkazilib, qolgani myetropoliyaga xom ashyo sifatida jo’natilar edi. Paxta xom ashyosi va tayyor mahsulot narxlari orasidagi farq esa 30 baravardan ortiq bo’lib, asosiy daromad O’zbyekiston xom ashyosini qayta ishlaydigan markaziy korxonalar hisob raqamiga tushar edi. O’zbyekistonda qurilgan va mahalliy xom ashyo va ryesurslarni tayyor mahsulot holatiga yetkaza oladigan korxonalarning ham aksariyat qismi Markaz ehtiyojlarini qondirar edi. masalan «Sryedazkabyel’» zavodi mahsulotining 95% i ryespublikadan olib chiqib kyetilar edi. Bundan tashqari, o’z davri uchun ilg’or tyexnologiya bilan qurollantirilgan zavodlarning katta qismi to’g’ridan-to’g’ri Moskvaga bo’ysuntirilib, uning idorasi bilan ish yuritar edilar. Pryezidyent I.A.Karimov asosili ravishda ta’kidlaganidyek «ryespublikaning ulkan... imkoniyatlaridan ayamay foydalanilar, undan ko’riladigan daromad esa yurtimizdan ancha yiroqlarda qolib kyetar edi». i
20-30yillarda O’zbyekistonda qurilgan korxonalarning aksariyat qismi tyexnologik jihatdan eskirgan asbob uskunalar bilan jihozlanardi. Atrof-muhitni himoya qilish, ryespublikada tabiiy muvozanatni saqlashga ham e’tibor yo’q darajada edi. Natijada suv va havo havzalariga millionlab tonnalar zaharlangan chiqindilar tashlab yuborilar edi. Ayniqsa ximiya zavodlarining ryespublika ekologiyasiga zarari katta bo’ldi. Jadal industrlashtirish juda katta miqdordagi kapital mablag’larni talab qilar edi. Industrlashtirishni amalga oshirayotgan har qanday davlat mablag’larini chyet el invyestisiyalarini jalb qilish, kryedit olish, xalqning bo’sh mablag’larini ishlatish, davlatga qarashli korxonalarning qimmatli qog’ozlarni chiqarish kabi yo’llar bilan to’playdi. Ma’muriy buyruqbozlik, totalitar tuzum hukmron bo’lgan Sovyet Ittifoqida bu imkoniyatlarini ishlatish imkoniyatlaridangina foydalanishmumkin edi xolos. Qishloq xo’jalik mahsulotlari narxini sun’iy ravishda pasaytirilib, sanoat tovarlari narxi haddan ziyod oshirildi va narxlar tafavuti natijasida vujudga kyelgan katta miqdordagi mablag’lar industrlashtirishga ajratildi. Ko’rinib turibdiki, industrlashtirish myehnatkash kishilar, ayniqsa dyehqonlar yelkasiga og’ir yuk bo’lib tushgan edi.
Sanoatni kadrlar bilan ta’minlash ham ziddiyatli kyechdi. Agar birinchi byesh yillik boshida ishchilar soni 18 mingta bo’lsa, 1937 yilga kyelib ularning soni 181 ming kishiga yetdi. Lyekin, ular orasida mahalliy millat vakillari ozchilikni tashkil qilar edi. Sanoat korxonalari qurulishi natijasida vujudga kyelgan ishchi o’rinlari asosan yevropaliklar hisobiga to’ldirilib, mahalliy aholi qishloqda qolib kyetavyerdi. Natijada qishloqlarda yashirin ishsizlik vujudga kyeldi va dyemografik vaziyat kyeskinlashib bordi. Bularning barchasi O’zbyekistonda industrlashtirish Markazning hohish irodasi va manfaati asosida amalga oshirilganidan dalolat byeradi. XX asr 20 yillarining boshidan e’tiboran amalga oshirilgan yangi iqtisodiy siyosat dyehqonlarga ham erkin nafas olishga imkon byerdi. Oziq-ovqat razvyetkasining oziq-ovqat solig’i bilan almashtirilishi qishloq xo’jaliki ishlab chiqarishi samaradorligining oshirishiga, bozor
429
infrato’zilmasi ayrim elyemyentlarning tiklanishiga olib kyeldi va natijada aholining turmush sharoiti anchagina yaxshilandi. Lyekin, shunday bo’lsada, O’zbyekiston qishloq xo’jaligida fyeodal-patriaxal munosabatlarning ustivor ekanligi, qishloqlar mayda va tarqoq yer uchastkalariga bo’linganligi, agrotyexnikaning qoloqligi, irrigasiya tizimining ayanchli holatida ekanligi, aylanma mablag’larning yetishmasligi, qishloqdagi iqtisodiy o’sishiga to’sqinlik qilar edi. 1925 yilda yersiz dyehqonlar barcha dyehqonlarning 10 % ini, 1-3 dyesyatina yeri bor dyehqonlar 64 %ini, 3-10 dyesyatina yeri bor o’rta hol dyehqonlar 20 %ini 10 dyesyatinadan ortiq yeri bor boy dyehqonlar 6 %ini tashkil qilar edi. 1924 yilda dyehqonchilik qilgan yer maydonlari mavjud ekin maydonlarining faqat 58,7 %ini, yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 1913 yildagi darajada agrar islohotlarini amalga oshirish obyektiv zarurat edi. Bol’shyeviklar rahbariyati agrar islohotlar zarurligini tan olsada, bu islohotlar o’zbyek qishloqlarining sosialistik yo’lga tushib olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi lozim dyeb hisoblar edi. Islohotlar qarshilik ataylab avj oldirildi. Qishloqda asosiy kuch bo’lgan o’rta hol dyehqonlarga nisbatan esa ustomonlik bilan munosabatda bo’lindi. O’rta hol dyehqon «iqtisodiyotni rivojlantirishda va ishchilar sinfi bilan dyehqonlar ittifoqini amalga oshirishda asosiy, markaziy figura» i *, dyeb e’lon qilishdi. O’zbyekistonda Rossiyadagi kabi haddan ziyod yirik yer egalari yo’q edi. Ryespublikadagi yirik yer egalarini Rossiyadagi quloqlarga qiyoslash mumkin. O’zbyekistonda 1925-1929 yillarda amalga oshirilgan, yer-suv islohoti aholining ana shu boy qatlamlariga qarshi qaratilgan edi. sOvyet hokimiyati yollanma myehnatdan foydalangan dyehqonlarni eksplutator dyeb atab, ularni sinf sifatida yo’q qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Islohotlar jarayonida sovyet hokimiyati boy (quloq) dyehqonlarni chyeklash siyosatini tobora kyeng qo’llay boshladi. 10 dyesyatinadan ortiqcha yerlar musodara qilindi (Farg’onada 7 dyesyatinadan). 1928 yilda qabul qilingan qaror bo’yicha 20 gyektar va undan sug’oriladigan yeri (45 gyektar lalmi yer) bo’lgan dyehqon xo’jaliklari butunlay tugatildi. Hammasi bo’lib 1925-1929 yillarda 475 ming dyesyatina yer tortib olindi. Uning 10 % i kambag’al dyehqonlarga taqsimlandi. Qolgan yerlarda 522 ta kolxoz tashkil qilindi. SHunday qilib, O’zbyekistonda yalpi jamoalashtirish siyosatini amalga oshirish uchun zamin hozirlangan edi. SHu alohida ta’kidlash kyerakki, zo’rma- zo’raki tuzilgan kolxozlar qatori ixtiyoriy ravishda tuzilgan koorporasiyalar ham anchagina edi. Bozor munosabatlari qonuniyatlariga rioya qilish asosida tuzilgan bu shirkatlar dyehqon xo’jaliklarining 80%ini qamrab olgan edi. NEP dan voz kyechilishi ularning halokatiga olib kyeldi. Mamlakatda yalpi jamoalashtirish boshlandi. Bu siyosat Moskvaning tayziqi asosida o’tkazildi. O’zbyekistondagi ijtimoiy sharoit hisobga olinmasdan turib Ryespublika yalpi jamoalashtirishga tayyor ekanligi targ’ib qilina boshlandi. 1930 yil 17 fyevralda O’z KP (b) MK «Jamoalashtirish va quloq xo’jaliklarni tugatish haqida» qaror qabul qildi. Ryespublika yalpi jamoalashtiriladigan 17 tumanga bo’linadi. Mahalliy rahbarlar raqamlar orqasidan quvib qonunni buza boshladilar. Kolxozlarga kirmaganlarga suv byerilmaydi, sanoat mahsulotlari sotilmaydi, katta soliq solinadi, surgun qilinadi dyeb qo’rqitadilar. Natijada ko’pchilik tumanlarda jamoalashtirish bir nyecha haftada o’tkazildi. 1930 yil 6 fyevralda qishloq xo’jaligi artyelining birinchi namunaviy nizomi qabul qilindi. Nizomda mulkni umumlashtirish myezonlari, kolxozlarning bo’linmas fondlari to’g’risida tushuncha byerilmagan edi. Natijada turar joy binolari, qo’y, echki, qoramollar, hatto parrandalar ham umumlashtirildi. Ba’zan esa yakka dyehqon xo’jaligidan jamoaning oliy firmasi kommunaga sakrash holatlari kuzatildi. «YUqori»ning ko’rsatmalari zo’rlikning avj olishiga olib kyeldi. Bu yo’l-yo’riqlar kimlarning quloq qilinishini aniq byelgilab byermas edi. SHuning uchun ryespublikada o’ziga to’q boy dyehqonlar umumiy dyehqonlar miqdorining 6%ini tashkil qilsada ba’zi tumanlarda 15%gacha dyehqonlar quloq qilinib xo’jaligi tugatilgan edi. Masalan, Mirzacho’l tumanida 1930 yilda 137 ta xo’jalik ro’yxatga olinib tugatilishi kyerak edi. Tyekshirishdan kyeyin ro’yxatda 75 xo’jalik qoldirildi. Quloqlar ro’yxatiga asossiz ravishda o’rta hol ba’zan esa kambag’al dyehqonlar kiritilganligi aniqlangan edi. «Quloq»larga qarshi kurash niqobi ostida asosan tadbirkor, ishbilarmon dyehqonlarga nisbatan yalpi urush e’lon qilindi. Dindor bo’lgani, ma’muriyat harakatiga qarshilik ko’rsatgani uchun ham «quloq» qilinishi hollari uchrab turardi. «Quloqlarning dumi» dyegan atama paydo bo’lganidan kyeyin zo’ravonlikni nafaqat qishloq aholisining boy va o’rta hol qatlamlariga, balki eng kambag’al qismiga ham qo’llash imkoniyati tug’ildi. «Quloq» qilinganlarning bir qismi Ukraina, Sibir’ va Qozog’iston cho’llariga, o’rmonlariga surgun qilindi. 430
YAna bir qismi ryespublikaning boshqa joylariga zo’rlik bilan ko’chirildi. Ryespublikaning o’zida 17 ta «quloq» qishloqlari (lagyerlari) tashkil qilingan edi. O’zbyekistonda jamoalashtirilgan rasman 1932 yilning oxirida poyoniga yetdi. 81,7% yakka xo’jalik shu vaqtga kyelib umumlashtirildi. Qolgan yakka xo’jaliklarga iqtisodiy tayziq kuchaydi. Soliqlar, majburiy topshiriladigan mahsulotlar hajmi kyeskin oshirildi. 1939 yilga kyelib yakka xo’jaliklarga butkul barham byerildi. Kolxozlarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning hamma sohalari qat’iy nazorat ostiga olindi: mahsulot ishlab chiqarish va myehnat unumdorligi ustidan ryeja ko’rsatkichlari, soliq majburiyati joriy qilindi, jamoa xo’jaliklarining daromadlari va sarf-xarajatlari byelgilab qo’yildi. Jamoalashtirish yangi iqtisodiy siyosatga o’nglana olmaydigan zarba byerdi. Agrar sohada xo’jalik hisobi munosabatlarining buzilishi, sanoat bilan qishloq xo’jaligi o’zaro foydali ayriboshlashdan voz kyechilishi, oziq-ovqat razvyetkasi tamoyillariga qaytilishi – bularning barchasi iqtisodiyotning chuqur dyeformasiyasiga olib kyeldi. Jamoalashtirish qishloq xo’jaligi tabiiy rivojlanishi jarayonlarini bukib qo’ydi. U dyehqonlarning kolxoz «kamyera»lariga umrbod qamalishiga va qaram bo’lishiga olib kyeldi. Majburiy ravishda kolxozlarga kiritilgan dyehqonlar barcha fuqarolik huquqlaridan, avvalo kasb tanlash va yashash joylarini o’zgartirish huquqlaridan judo bo’ldilar. Jamoalashtirish O’zbyekiston qishloq xo’jaligiga qaqshatqich zarba byerdi. 1933 ryespublikada ochlik boshlandi. Don yetishtirish kyeskin kamaydi. CHorvachilikka katta zarar yetkazildi. Qishloq xo’jaligi boshqaruv tizimida ma’muriy-buyruqbozlik usullarining ustivorligi ta’minlandi. Bu esa ko’p jihatdan paxta yakka hokimligi o’rnatilishini ta’minladi. 1930 yilning baxoridayoq bol’shyevistik raxbariyat yalpi jamoalashtirish tumanlarida yer maydonlarining to’rtdan uch qismida paxta ekishni ryespublika hukumatidan talab qilgan edi. Paxta yakka hokimligini o’rnatish yo’lini tanlashi oqibatida 1933 yilda yetishtirilgan umumiy qishloq xo’jalik mahsulotlarining 81,5 %ini paxta tashkil qilar edi. 1937 yilda esa bu ko’rsatkich 93,4 %ni tashkil qildi. Kolxozchilar o’z myehnatlarining myevalaridan mustaqil ravishda foydalana olmas edilar. Majburlovchi va eksplutasiya qiluvchi fyeodal tuzumi o’rnini partiya – davlat tuzumi egalladi. Qishloq aholisi faqat o’z shaxsiy tomarqalariga ishonishlari mumkin edi xolos. Lyekin, dyehqonlarning anchagina qismi bu imkoniyatdan yo to’lasincha foydalana olmas yoki butunlay undan mahrum edilar. Masalan, 1937 yilda ryespublikadagi 66 ming dyehqon oilasi tomorqadan umuman mahrum edi. 140 ming dyehqon oilasining tomorqalari esa kam normadan ham kam edi. SHunday qilib, yalpi va jadal jamoalashtirish natijasida dyehqonlarga xos bo’lgan butun turmush tartibi buzildi, ma’naviy axloqiy qadryatlar zavol topdi. Yer o’z egasidan amalda ajralib qoldi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakat, ularni chyet eldan olib kyeluvchi davlatga aylandi. 2-masala O’zbyekistonda 50-80 yillarda iqtisodiyotni boshqarish ma’muriy-buyoruqbozlik usullari va qattiq ryejalashtirish, o’ta markazlashtirish tamoyillari asosida olib borildi. Bu holat xalq xo’jaligi rivojlanishida jiddiy ziddiyatlarni yuzaga kyeltirdi. Sanoatning rivojlanishi uchun juda katta kapital mablag’lar ajratildi. Urushdan kyeyingi har byesh yillikda 100 taga yaqin sanoat korxonalari ishga tushirildi. 1985 yilga kyelib O’zbyekistonda 1500 dan ortiq yirik korxonalar bor edi. Bu davrga kyelib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1940 yilga nisbatan 20 baravardan ziyodroq oshdi. Ushbu yillarda O’zbyekiston ryespublikasida ko’p sohali mashinasozlik industriyasi, kimyo, nyeft’, toshko’mir, gaz, tog’-kon va enyergyetika sanoati yanada yuksaldi. Busiz iqtisodiyotni tiklash va uning yanada yuksalishini ta’minlash mumkin emas edi. Biroq sanoat quvvatlarini oshirish ekstyensiv usullari bilan, ya’ni asosan yangi sanoat korxonalari qurilish, eskilarini kyengaytirish hisobiga amalga oshirildi. Ajratilgan kapital mablag’larning katta qismi og’ir industriyaga sarflandi. Bu esa sanoat turli tarmoqlarining nomutanosibligiga olib kyelar edi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari ryejalarining bajarilmay, turg’unlik holatiga tushib qolishi ana shu siyosatning natijasi edi. Myetropoliya tomonidan O’zbyekiston sanoati oldiga qo’yilgan katta talablar zamonaviy tyexnologiya, fan va tyexnika yutuqlarini joriy qilish, asbob-uskunalarni yangilash, ular uchun 431
kapital mablag’lar ajratish miqdori bilan hamohang emas edi. Bunday munosabat mahalliy korxonalarda istye’mol mollari ishlab chiqarishni tobora kamaytirib ularning chyetdan kyeltirilishini oshirdi. O’zbyekiston sanoatida yengil va oziq-ovqat sanoatlarining salmog’i 25 %nigina tashkil qilar edi. O’zbyekistonda o’sha davrda yengil va oziq-ovqat sanoatiga nisbatan og’ir industriya, ayniqsa uning kimyo, nyeft’, ko’mir, gaz, rangli myetall qazib olish va enyergyetika tarmoqlari tyez sur’atlar bilan rivojlantirildi. Ryespublikada 60-80 yillarda Angryen, Navoiy, CHorvoq, Toshkyent, Sirdaryo va boshqa yirik elyektr stansiyalarining barpo etilishi natijasida elyektr enyergiyasi ishlab chiqarish 1985 yilda 1940 yilga nisbatan 180 baravar ko’paydi. Enyergyetika tarmog’iga e’tiborning kuchayishiga sabab Markazning ryespublika xom ashyosiga bo’lgan talabining oshib borishi va uni qazib olish va qayta ishlash uchun katta miqdorda elyektr quvvati kyerak bo’lganligida edi. O’zbyekiston qazib olingan boyliklarning xo’jayini emas edi va uning nye’matlaridan mustaqil foydalanolmasdi. CHunki ryespublika mustamlakachilik iskanjasiga siqib qo’yilgan edi. Mashinasozlik va myetallga ishlov byerish O’zbyekiston sanoatining eng muhim tarmoqlariga aylandi. Ryespublika yalpi sanoat mahsulotining 57,7%i ularning hissiga to’g’ri kyelar edi. Lyekin O’zbyekistondagi mashinasozlik markaz ehtiyojlariga bo’ysuntirilgan va
myetropoliyadagi korxonalarga chambarchas bog’langan mashinasozlik edi. Barcha ehtiyot qismlar myetropoliyada tayyorlanib ryespublikadagi mashinasozlik korxonalariga faqat yig’ish uchun olib kyelinar edi. O’zbyekistonda ishlov byeriladigan myetall ham Rossiyadan kyeltirilar edi. Ryespublika mashinasozlik zavodlarining aksariyati paxtachilik bilan bog’langan edi. Bu korxonalar asosan paxta yetishtirish, tyerish va dastlabki ishlov byerishni bajaradigan uskunalarni ishlab chiqarar edi xolos. O’zbyekistondagi paxta tozalash korxonalari ham paxtani birlamchi ishlov byerish bilan chyegaralanar edi. Paxtani ishlab uni oxirgi mahsulotga aylantirish huquqi Rossiya to’qimachilik korxonalariga byerilgan edi. O’zbyekiston qishloq xo’jaligiga bog’dorchilik, pillachilik, chorvachilik, g’allachilik kabi sohalar anchagina o’rinni egallasa bu sohani myexanizasiyalash uchun mashinalar ishlab chiqarilmas edi. O’zbyekiston sanoatida kimyo industriyasi yetakchi o’rinlardan birini egallar edi. 1985 yilda O’zbyekistonda 20 ta kimyo korxonasi ishlab ular umuman Sovyet Ittifoqida mavjud bo’lgan kimyo industriyasining 10%ini tashkil qilar edi. Kimyo sanoatining yaratilishi va rivojlantirilishi ijobiy natijalar qatori vatanimizuchun juda og’ir salbiy holatlarni kyeltirib chiqardi. 80 yillarda faqat CHirchiq «Elyektrokimyosanoat» ishlab chiqarish birlashmasi suv xavzalariga bir yil davomida o’rtacha 230 mln kubomyetr ifloslangan suv tashlab yuborar edi. Olmaliq kon-myetallurgiya kombinatining faqat bitta trubasi yil davomida 150 ming tonna oltingugurt gazini havoga chiqarar edi. Kimyo sanoatining zararli chiqindilaridan o’simliklar, hayvonot dunyosi shikast topdi, atrof muhit zaharlandi, ekologik vaziyat g’oyat murakkablashdi. Bu esa odamlar sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatib, o’lim darajasi ortishiga, ayniqsa, bolalar o’limi ko’payishiga olib kyeldi. Ryespublikadagi iqtisodiy o’sish shahar aholisining ko’payishiga olib kyeldi. 1986 yilda shahar aholisi ryespublika aholisining 40,5%ini tashkil qildi. SHu vaqtga kyelib shaharlar soni 123 taga yetdi. Ularning uchdan ikki qismi ryespublika boyliklarini ishga solish tufayli vujudga kyeldi. Ularning aksariyatiga mahalliy bo’lmagan millatlar kyelib joylashdilar. Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, CHirchiq, Olmaliq, Angryen va boshqa shaharlar shular jumlasiga kiradi. O’zbyekiston chor Rossiya davrida bo’lganidyek umumittifoq myehnat taqsimoti bo’yicha asosan xom ashyo yetkazib byeruvchi hududligicha qolavyeradi. Farqi shundaki, Sovyet davriga kyelib, qishloq xo’jaligi xom ashyosiga kon qazish sanoati xom ashyosi ham qo’shildi. Bu aslida SSSRning xalq xo’jalik majmuidagi O’zbyekistonning mustamlakachilik ahvolini ko’rsatdi. Myehnatdan manfaatdorlikning juda ozligi, markazlashgan ryejalashtirish, ishlab chiqarish va taqsimot Markazning qat’iy nazoratiostida bo’lishi, sanoat ishlab chiqarishi rivoji, uning hajmi va myehnat unumdorligi oshishi sur’atlarining pasayishiga, mahsulotlar sifati va boshqa muhim iqtisodiy ko’rsatkichlar yomonlashishiga olib kyeldi. Bu siyosat iqtisodiy muammolardan tashqari yangi ijtimoiy, milliy, dyemografik va iqtisodiy muammolarni ham vujudga kyeltirdiki, bu omillar 432
vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Natijada O’zbyekiston sanoatida va butun iqtisodiyotida turg’unlik tamoyillari muqarrar ravishda ortib borib, 80-yillarning o’rtalarida tanglik holatining kyeskin kuchayishiga olib kyeldi. Markazning iqtisodiy qonuniyatlarini inkor qilib yuritgan agrar siyosati qishloq xo’jaligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatgan edi. Kommunistik rahbariyat «kommunizm» dyeb atalgan xayoliy jamiyat qurish ryejalarini amalga oshirish maqsadida zo’r byerib qishloqqa ma’muriy tayziqlar o’tkazishga intildi. Xo’jaliklar imkoniyatini, mavjud sharoitni e’tiborga olmasdan, ulardan davlatga mahsulot sotishni kyeskin oshirish talab qilindi. Qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun katta kapital mablag’lar talab qilinar edi. Biroq ular yetarlicha byerilmas edi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat tomonidan qo’yilgan past narxlari va sanoat mahsulotlarining sun’iy ravishda oshirilgan narxlari o’rtasida tafovut natijasida to’plagan mablag’lar to’lasincha Markaz nazorati ostida edi. Bunday munosabatda bo’lish qishloq xo’jaligi halokatli tarzda inqirozga uchrashini, qishloq aholisining qashshoqlashuvini, myehnat unumdorligining kyeskin pasayishini muqarrarlashtirardi. Bu holat Stalin vafotidan kyeyin hokimiyatni egallagan yangi siyosiy rahbariyatni qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni jiddiy ravishda yangilashga majbur qildi. 50-80yillar davomida agrar sohadagi birmuncha o’zgartirib uni islohot qilish uchun uch marta harakat qilib ko’rildi. Bu harakatlardan birinchisi kommunistlar partiyasining 1953 yil syentyabr’ plyenumida amalga oshirilib, unda «kommunizmga sakrash»ga urinishlardan chyekinish, avvalgi agrar yo’lni yumshatish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni jonlantirish, xo’jaliklarining qarzlarini byekor qilish, davlatga mahsulotlar yetkazish hajmini birmuncha kamaytirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini narxini bir oz oshirish nazarda tutilgan bo’lsa, kompartiyaning 1965 yil mart plyenumi milliy daromadni qishloq xo’jaligi foydasiga qayta taqsimlashni, qishloq xo’jaligi xarid narxlarini oshirishni, boshqarishning ma’muriy usullaridan iqtisodiy usullarga o’tishni, shaxsiy yordamchi xo’jaliklarga nisbatan qilingan nohaqliklarni bartaraf qilishni, agrar tarmoqqa fan-tyexnika taraqqiyotini joriy etishni taklif qildi. Lyekin, plyenumlar qarorlarida qishloq xo’jaligi samaradorligi past darajada ekanligining ildizlari ochib ko’rsatilmadi. Islohotlar asosiy iqtisodiy qonuniyatlarni amalda inkor etuvchi «sosialistik ishlab chiqarish» usulini yaxshilash va takomillashtirishga yo’naltirilgan edi. Qishloq xo’jaligini islohot qilish chyeklangan xaraktyerga ega bo’lgan bo’lsada, xalqimizning fidokorona myehnati va katta kapital mablag’lar sarflash evaziga ayrim ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Avvalo qishloq xo’jaligining moddiy-tyexnika bazasi birmuncha mustahkamlandi. Masalan, 1960-1970 yillar davomida qishloq xo’jaligida traktorlar soni 60 mingdan 121 mingtaga oshdi. 1985 yilda dalalarda 40 mingta paxta tyerish mashinasi ishladi. 60-80 yillar davomida 1,5 mln gyektar yer o’zlashtirildi, o’nlab suv omborlari, kanallar, to’g’onlar barpo etildi, o’zlashtirilgan yerlarda yuzlab posyolkalar, yo’llar qurildi. Qishloq elyektr enyergiyasi bilan ta’minlanib, gazlashtirish boshlandi. Agrar ishlab chiqarishning industrlashtirish konsepsiyasi joriy qilina boshlandi. Agrar ishlab chiqarishning industrlashtirish konsepsiyasi joriy qilina boshlandi. Bu konsepsiya jiddiy kamchiliklarga ega bo’lsada, uning ijobiy tomonlaridan biri sifatida ilg’or tyexnologiyalarni joriy etishga, fan-tyexnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilganligini ko’rsatib o’tish mumkin. YAngi yerlarni o’zlashtirishni avj oldirish, agrar ishlab chiqarishni myexanizasiyalash, kyeng miqiyosdagi xo’jalik obyektlarini ishga mushirish, qishloq xo’jaligidagi kadrlar potyensialining ko’payishi, eng muhimi o’zbyek dyehqonning yaratuvchilik myehnati qishloq iqtisodiyotida muayyan siljishlar ro’y byerishiga olib kyeldi. Biroq, O’zbyekiston agrar syektorida erishilgan ayrim ijobiy siljishlar bilan bir qatorda turg’unlik jarayonlari, tanglik holatlarining avj olayotganligi ham ko’zga yaqqol tashlanardi. Bunday ahvolning asosiy sabablari mustabid impyeriyacha hokimiyat tizimining illatlari. Jamiyat taraqqiyotidagi kommunistik andozaning xomxayoldan iborat ekanligi edi. Ryespublika ekin maydonlari g’o’za ekishga ajratilib, paxta yakkahokimligi o’rnatildi. Paxta maydonlarining salmog’i ryespublikada 755ga yetdi. Vaholangki, bu ko’rsatkich 60%dan oshsa chirindi yo’qolishi, tuproqning sillasi qurishi oqibatida yerning tamoman ishdan chiqishi mumkinligini fan allaqachon isbotlagan edi. Agar jahon tajribasiga murojat qiladigan bo’lsak, dunyo mamlakatlarida g’o’za maydonlari qisqargan bo’lsada paxta yetishtirish ikki baravar 433
oshganligi e’tiborini tortadi. Ular bunga gyektar hosildorligini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali erishganlar. O’zbyekistonda ham 60 yillarning boshiga nisbatan 80 yillar paxta yetishtirish 4 baravaroshdi (1,3 mln tonnadan 5,1 mln tonnaga). Lyekin bunga asosan ekin maydonlarini kyengaytirish orqali erishildi. YA’ni, sanoatda bo’ladigan kabi qishloq xo’jaligida ham rivojlanish ekstyensiz yo’l bilan amalga oshgan edi. Qurilgan irrigasiya inshootlari katta miqdordagi qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishga imkoniyat byergan bo’lsada uning salbiy oqibatlari ham bor edi. Bir tomondan 80 yillarda Orol dyengizi sathi 13,8 myetrga pasayib, maydoni 40 ming kv kvga, suv hajmi 390 mln kub myetrgakamaygan bo’lsa, ikkinchi tomondan suvning o’ylamay-nyetmay talon-taroj qilinishi oqibatida yer osti suvlarining sathi ko’tarilib, sho’rlangan va botqoq yerlar paydo bo’lgan edi. Paxta yakkahokimligi ryespublika oziq-ovqat masalasini ham mrakkablashtirdi. Qishloq xo’jaligi boshqa tarmoqlarining ko’rsatkichlari kamaydi. Bu esa iqtisodiyotning bir yoqlama rivojlanishiga olib kyeldi. Qishloq xo’jaligi moddiy tyexnika bazasi kuchaygan bo’lsada, undan unumli foydalanilmadi. Dyehqonlarning oddiy jismoniy myehnati ancha arzonga tushardi. SHuning uchun qul myehnatini kamaytirishga jiddiy e’tibor byerilmadi. Bu yillar O’zbyekiston dyehqonlarining 90%i asosan jismoniy myehnat bilan shug’ullangan buning ustiga paxta dunyo bo’yicha esa past narxlarda sotib olinar edi. Bu esa o’z navbatida qishloq myehnatkashlari turmush darajasining Ittifoqdagi o’rtacha darajadan ancha past bo’lishiga olib kyeldi. Paxta ekilavyerib yerning sillasi qurishi oqibatida minyeral o’g’itlardan va zaharli ximikatlardan foydalanish ko’paydi. Ulardan foydalanish darajasi sanitariya normalaridan 2-3 baravar ortiqligi aniqlangan. Bu ham biologik ham ekologik jihatdan g’oyat xavfli bo’lib, atrof muhitni zaharladi va aholi sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Sovyet qishloq xo’jaligi amaldorlarining pastligi va kompartiya rahbariyati bu masalani o’zining 1982 yil may plyenumida yana bir marta muhokama qilishga majbur qildi. Unda maxsus oziq-ovqat dasturi qabul qilindi. Biroq u ham tub o’zgarishlarga olib kyelmadi. Bu dastur ilgarigidyek ma’muriy-buyrug’bozlik boshqaruv tizimi andozasida ishlab chiqilgan bo’lib, chala yarim holda edi. Unda qishloq myehnatkashlari manfaatdorligini oshirish, qishloqdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni o’zgartirish, xo’jalik va boshqaruv myexanizmini tubdan qayta qurish nazarda tutilmagan edi. Natijada dasturda kutilgan yuksalish o’rniga tanazzul yuz byerdi. Buni biz O’zbyekiston qishloq xo’jaligidagi yalpi hosil ko’rsatkichlarida ham ko’rishimiz mumkin. Paxtaning yalpi hosili 1985 yilda 1980 yiga nisbatan 197,2 ming tonna, don tyegishli ravishda 977,1 ming tonna, sholi 22,9 ming tonna, sabzavotlar 73,5 ming tonna, oziq-ovqat poliz ekinlari 255 ming tonna kam olindi. Ana shunday tanglik jarayonini chorvachilik sohasida ham kuzatish mumkin. Natijada, 80 yillarning o’rtalariga kyelib O’zbyekistonda bir qancha mahsulotlar turlari bo’yicha normalashtirilgan ta’minot joriy qilindi, yana kartochkalar paydo bo’ldi. Ryespublikamiz Pryezidyenti I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidyek, o’sha davrda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar «ishlab chiqarish munosabatlarining tub mohiyati» daxl qilmaganligi sababli «ko’zda tutilgan natijaga – iqtisodiyotni jonlantirishga olib kyelmadi». i
syekinlashishi myexanizmini kuchaytirib bordi va 80 yillarga kyelib va’da qilingan «kommunizm» hayolotdan boshqa narsa emasligi syezilib qoldi. SHuning uchun kompartiya «sosializm» bilan «kommunizm» orasida «rivojlangan sosializm» bo’lishi kyerak dyegan g’oyani ilgari surdi. Markaz tomonidan o’ylab topilgan ana shu xayoliy g’oya butun mamlkatda bo’lganidyek O’zbyekistonda ham maorif, oliy ta’lim, ilm-fan, san’at, madaniyatning o’ta siyosiylashgan holda rivojlanishiga asos bo’ldi. Ushbu davrda madaniyatga xos, uning rivojlanishi uchun muhim omil bo’lgan erkinlik, dyemokratiya batamom yo’q qilindi. Kommunistik mafkura qolipga sig’maydigan, uning talablariga javob byermaydigan asarlar yo’q qilindi, mualliflar chyetga surildi. Lyekin, shu bilan birgalikda 1950-1985 yillarni o’zbyek madaniyati uchun to’liq tushkunlik davri dyeb aytib bo’lmaydi. CHunki bu davrda mafkuraviy tayziqlar, qolishga solishlar kuchaygan bo’lsada, madaniyat ma’lum darajada rivojlandi. O’zbyekiston yalpi savodxonlar ryespublikasiga aylandi. 1985 yilga kyelib ryespublikada 7000 dan ortiq umumta’lim maktablari faoliyat ko’rsatdi. Oliy o’quv yurtlarining soni 1985 yilda 42 taga yetdi. 1970 yilga kyelib ryespublikada 180 ta ilmiy tadqiqot muassasasi faoliyat ko’rsatib, unda 25000 ilmiy xodim myehnat qildi. 434
Biroq urushdan kyeyingi yillarda ma’muriy buyruqbozlik tizimini yanada kyeng va chuqur ildiz otishi O’zbyekiston madaniyatiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatdi. Jumladan, ko’pgina maktablar namunali loyihalarsiz qurildi. Qishloq maktablarining 75 % ga yaqinvodoprod, kanalizasiyaga ega emas edi. Maktablar zarur jixoz, myebyel’, asbob-uskunalar bilan yaxshi tan’minlanmas edi. Fan, madaniyat va halq ta’limiga sarf-xarajatlar byudjyet mablag’ini atigi 2,7%ini tashkil etar edi. O’zbyek tili maktablarda chuqur o’rganilmas edi. Ona tili uchun ajratilgan dars soatlari rus tili dars soatlarining yarmini ham tashkil qilmas edi. O’quvchilar o’quv yilining 3-4 oyi davomida qishloq xo’jalik ishlariga jalb qilinar edilar. Bu esa o’quvchilarni zamonaviy fan sohalarini o’zlashtirishga imkon byermasdi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik tamoyillari asosida yondashish yoshlarning umumbashariy, milliy-madaniy qadryatlarni, urf- odatlarni o’rganishga to’sqinlik qildi. Ijtimoiy fanlar, badiiy adabiyot sohalarida ijod erkinligi dyeyarli chyeklangan edi. Ularning chyegaralarini odatda partiya komityetlari, senzura byelgilab byerar edi. Sovyet voqyeligini tanqidiy tahlil qilish, milliy an’analar, o’tmishni xolisona baholashga bo’lgan har qanday urinishlar ta’qibga olinardi. Milliy kadrlarni tayyorlash talab darajasida emas edi. Ryespublikada o’zbyeklar soni ruslarga nisbatan 6 baravar ko’p bo’lishiga qaramay, 1963 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, ilmiy xodimlar tarkibida o’zbyeklar (5,5 mingdan sal ortiq) va ruslar (5,5 mingdan sal kam) nisbati dyeyarli tyeng edi. O’zbyeklardan 97, ruslardan 96 nafar fan doktorlari ish olib borar edi. Bu yillarda o’zbyek tilida chop etiladigan kitoblarning soni kamayib kyetdi. Ryespublikadagi ilmiy adabiyotning 80 %i rus tilida chop etildi. 1980 yilda chop etilgan 83 nomdagi jurnallarning 48 tasi rus tilida edi. 1987 yilda 1980 yildagiga qaraganda o’zbyek tilida badiiy asarlar chop etilishi 0,9 mln nusxaga kamayib kyetdi. Bu o’zbyek xalqining ma’naviy qashshoqlanishi omillaridan biri bo’ldi. Bularning barchasi Sovyet hukumatining madaniy siyosati milliy madaniyatini chyeklashga yo’naltirilganligidan dalolat byeradi. Lyekin o’zbyek xalqi bularning barchasiga bardosh byerdi. CHunki xalq ijtimoiy-siyosiy hayotda muqarrar o’zgarishlar sodir bo’lishiga ishonar edi. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling