Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti
Download 8.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg’ulot rejasi
- O’quv mashg’ulotining maqsadi
- O’quv faoliyati natijalari
- Ta’lim berish usullari
- Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi
- Dars o`tish vositalari
- 2 minut
435
Amaliy mashg’ulotlar 14-mavzu O’zbekiston mustaqil davlat 14.1. Amaliy mashg’ulotda ta’lim texnologiyasi Mashg’ulot vaqti 2 soat Talabalar soni: 20-28 nafargacha Mashg’ulot shakli Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash bo’yicha seminar mashg’uloti
1. O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishva uning umumxalq tomonidan ma’qullanishi. Davlat ramzlari 2. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi. Siyosiy islohotlar. 3. Davlat boshqaruv organlarining tashkil etilishi, Parlament islohatlari. 4. O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari
bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash Pedagogik vazifalar: – O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishva uning umumxalq tomonidan ma’qullanishi, davlat ramzlari haqidagi bilimlarni mustahkamlash – O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi. Siyosiy islohotlar to’g’risidagi tasavvurlarni kengaytirish – Davlat boshqaruv organlarining tashkil etilishi, Parlament islohatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish – O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish
– O’zbekiston davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishva uning umumxalq tomonidan ma’qullanishi, davlat ramzlari haqida aytib bering – O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi. Siyosiy islohotlar to’g’risida gapirib beradi – Davlat boshqaruv organlarining tashkil etilishi, Parlament islohatlari haqida tushuntiradi – O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari haqida izohlaydi
Ko’rgazmali ma’ruza, savol-javob, tushuntirish Ta’lim berish vositalari O’quv qo’llanma, slaydlar Ta’lim berish sharoiti Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
Og’zaki nazorat, savol-javob 436
«O’zbekiston mustaqil davlat» mavzusi bo’yicha amaliy mashg’ulotining texnologik xaritasi Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar Tayyorlov bosqichi Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi. Mavzu bo’yicha tayanch konspektlar ishlab chiqadi. Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishini ta’minlovchi o’quv topshiriqlarini ishlab chiqadi. Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo’riqnomalani tayyorlaydi. Ekspert guruhlar faoliyat natijalarini baholash mezonlarini ishlab chiqadi.
1. O’quv mashg’ulotiga kirish bosqichi 1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini va dolzarbligni asoslaydi. 1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor so’rov o’tkazib talabalar bilimlarini faollashtiradi 1.3. faoliyat kichik guruhlarda o’quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi 1.4.
Qo’shimcha ma’lumotlar aks etgan
tayanch konspektlarni tarqatadi. 1.5. Ekspert guruhlar jamiyati natijalarini baholash mezonlarini e’lon qiladi. Tinglaydilar. Savolni muhokama qilib ularga javob beradi 437
2. Asosiy bosqich (60 daqiqa) 2.1.
Talabalarni to’rtta
kichik guruhga
bo’ladi. Mashg’ulotning o’tkazilish tartibini yana eslatadi. O’quv mashg’ulti «O’zi o’rganib, o’zgacha o’rgatish», – ya’ni hamkorlikda o’rganish prinsipi asosida o’tkazilishini aytadi 2.2. Guruhlarga ekspert varaqlarini shu bilan birga, har bir talabaga geometrik shakl tarqatadi va faoliyatlarini tashkil qiladi. (geometrik shakllarni vaqtincha bir joyga
qo’yishlarini vaqti kelganda ulardan foydalanishlarini aytadi) Guruhlarda shuni tashkil qiladi (matnini o’rganib, muhokama qilishga 15 daqiqa beradi) 2.3. Doira shaklini olgan talabalar. 1-stol: uchburchak shaklini olganlar 2-stol va to’rtburchak olganlar 3-stol atrofiga o’tirishlarini aytadi. Har xil guruhlardan to’plangan talabalar o’z savollarini boshqa talabalarga yoritishini o’zaro o’rgatish jarayoni boshlanadi (15 daqiqa) 2.4. Talabalarni o’zlarini dastlabki joylariga stol atrofiga kelib o’tirishlarini aytadi. 2.5. Taqdimot boshlanishin e’lon qiladi. Har bir guruhdan 3 nafardan talaba chiqib, faoliyat natijalarini taqdim qilishlarini aytadi. Taqdimot uchun har bir guruhga 8 daqiqadan vaqt ajratadi. Yo’naltiruvchi, mislahatchi sifatida ishtirok etadi. Javoblarni aniqlashtiradi, to’ldiradi, izoh beradi va tuzatishlar kiritadi. 2.6. Har bir guruh taqdimoti oxirida ekspert savollari bo’yicha xulosalar qiladi. Kichik guruhlarga bo’linadilar
Topshiriq bo’yicha faoliyat boshlaydilar. Matnlarini o’qib, savollarga javob topadi. Ma’lumotni muhokama qilib, fikr almashib, sistemalashtiradi. Format qog’oziga sxema tarzida tushiradi, taqdimot uchun materiallar tayyorlaydilar. 3. Yakuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi 3.2. O’quv mashg’uloti natijalarini sharhlaydi, guruhlar faoliyati bahosini e’lon qiladi 3.2. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi: amaliy mashg’ulotga tayyorlanib kelish; nazorat savollariga og’zaki javb berish Tinglaydilar
1. O'zbekiston davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi va uning umumxalq tomonidan ma'qullanishi. Davlat ramzlari 2. O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi.Siyosiy islohatlar 3. Davlat boshqaruv organlarining tashkil etilishi. Parlament islohatlari 4. O'zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari
Asosiy adabiyotlar: Karimov I.A. O’zbyekistonning istiqlol va taraqqiyot yo’li. – T.: O’zbyekiston, 1992. 1. Karimov I.A. O’zbyekiston – kyelajagibuyuk davlat. – T.: O’zbyekiston, 1992. 2. Karimov I.A.Buyuk kyelajagimizning huquqiy kafolati. – T.: SHarq, 1993 3. Karimov I.A. O’zbyekiston XXI asr bo’sag’asida... — T., 1997. 4. Karimov I.A. O’zbyekiston XXI asrga intilmoqda. T., O’zbyekiston 1999. 5. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan; erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz. — T., 2000. 6. Karimov I.A. Hayotimizning, taraqqiyotimizning huquqiy asosi. – Asarlar, T.11, 97-119 b. 7. Karimov I.A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqoralik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nflishlari. – Asarlar, T.11, 3-51 b. 8. Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining o’n yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi tabrik so’zi. – Asarlar, T.11, 60-64 b. 9. KarimovI.A. Tadbirkorlik va ishbilarmonlik ijtimoiy qatlami O'zbekiston siyosiy maydonida o'z o’rnini egallashi lozim. Asarlar, T., 12. 13-40 betlar. 10. Karimov I.A. Parlament jamiyat hayotining ko'zgusi. Asarlar, T., 13. 156-173 betlar.
438
11. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 12. O’zbyekiston Ryespublikasining Konstitusiyasi. – T., O’zbyekiston, 1992. 13. O’zbyekistonda mustaqil davlatning tuzilishi. – T., O’zbyekiston, 1992. 14. Mustaqillik qomusi. – T., O’zbyekiston. 1993. 15. O’zbyekistonning yangi tarixi. 3-kitob. 2000, 160-228. 16. YAngi O’zbyekistonning 7 zafarli yili. O’zbyekistonda dyemokratik jamiyat qurish nazariyasi bo’yicha o’quv qo’llanma. — Toshkyent. 1999. 17. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., O’qituvchi, 1992 y. 18. O’zbekiston Respublikasi: mustaqil davlatining bunyod etilishi.- T.,O’qituvchi, 1992 y. 19. O'zbekistonning yangi t a r i x i. 3-kitob. Mustaqil O'zbekiston tarixi. T„ «Sharq». 2000y, 76- 131;150-222 b. 20. O’zbekiston tarixi (R.Murtozaeva va boshqalar).–T.,2003y, 529-546, 576-593-528b. 21. Q.Usmonov, M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. Qo’shimcha adabiyotlar 22. Vatan tuyg’usi. — T., «O’zbyekiston» 1996. 23. Davlat, jamiyat, oila va yoshlar muammolari. — T, «O’zbyekiston», 1997. 24. Usmonov Q., Sodiqov M va boshqalar O’zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. – T. O’qituvchi. 1996 y. 25. Usmonov Q., G’aniyev D O’zbekiston: mustaqillik odimlari. – T., 1995 y. 26. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali.
Darsning o`quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarga O’zbyekiston tarixi fanining tadqiqot ob’yekti, pryedmyeti va vazifalari borasida tushuncha byerish, shuningdyek turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan mavzuga byerilgan ta’riflarni talabalarga tushuntirish, mavzuni syerqirra mavzu ekanligidan talabalarni boxabar etish.
ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar)
mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida byerilgan savollarni tahlil etish. Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil byerish.
Darsning xrono kartasi – 80 minut. O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati. Talabalarning davomati – 2 minut hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut yo`qlama-5 minut o`tilgan dars yuzasidan savol-javob-5 minut Talabalar bilim darajasini aniqlash-50 minut sinov savollar namunasi – 7 minut Uyga vazifa byerish – 6 minut
CHuqur o’zgarishlar bizning hayotimizga shiddat bilan kirib bormoqda. Sodir bo’layotgan tub siljishlar dunyoning hozirgi qiyofasini o’zgartirib yubormoqda. Xalqlarning ozodlik, mustaqillik va baxt-saodatga azaliy intilishi, o’z taqdirini o’zi byelgilashga azmu-qarori mana shunday o’zgartishlarning harakatga kyeltiruvchi kuchdir. Mustaqillikka erishish g’oyasi esa xalqimizga azaldan myeros, shu maqsad xalqimizga ajdodlar orqali ming yilliklar qa’ridan bizgacha yetib kyelmoqda. Xalqimizning uzoq tarixi u o’z o’tmishida ozodlik, istiqlol uchun tinimsiz kurash olib borganidan guvohlik byeradi. Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shaklda bo’linishlariga, uning
439
xalqi o’zgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitishlarga duchor bo’lgan. Xalqimizning gryek- makyedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mug’ul-tatar bosqinchiligiga, chorizm mustamlakachiligi va sovyet istibdodiga qarshi kurash olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Xalqimiz azaldan- azal o’z fikru-zikri bilan mustaqil,ozod erkin yashash uchun tinimsiz intilgan. Sobiq Ittifoq ryespublikalaridan birinchi bo’lib prizidyentlik boshqaruvini amalda joriy etgan ham,kyeng miqiyosidagi islohatni amalga oshirish, jamiyatni tubdan o’zgartirish va yangilash yo’liga o’tib olgan O’zbyekiston bo’ldi. O’zbyek xalqining o’z taqdirini o’zi byelgilash huquqi ro’yobga chiqdi. 1991 yilning 31- avgustida O’zbyekiston Ryespublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. Muqaddas orzu ushaldi- O’zbyekiston tinch, parlamyent yo’li bilan o’zining haqiqiy davlatchiligiga erishdi. Bu xalqimizning ko’p asrlik tarixida buyuk voqyeadir. «O’zbyekiston Ryespublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi konstitusiyaviy qonunda ryespublikadagi ko’p millatli barcha aholining hohish-irodasi mustahkamlab qo’yildi va umumxalq ryefyeryendumi buni hat’iy tasdiqladi. Ryespublika mustaqilligining bir yili ichida asrlar mobaynida amalga oshirilgan ko’p narsalarga erishishga muvofaq bo’ldi. O’zbyekiston xalqi o’lkadagi byeqiyos boylikning abadul- abad haqiqiy egasi bo’lib qoldi. Ryespublika o’z oltinini, boshqa nodir va qimmatbaho myetallarini mustaqil qazib chiqarib, qayta ishlamoqda va saqlamoqda. Yer, yer osti boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar, avlod-ajdodlarning myehnati bilan yaratilgan iqtisodiy, ilmiy-tyexnikaviy va ma’naviy kuch qudrat va imkoniyatlar milliy boylik bo’lib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqining asosi bo’lib xizmat qiladi. O’zbyekiston Ryespublikasining hududi va iqtisodiy qudrati bo’linmas, uning chyegaralari esa daxlsiz bqlib, davlat himoyasidadir. Ryespublikada dyemokratik huquqiy jamiyat asoslari doimiy ravishda vujudga kyeltirilmoqda. Avvalgi yakka hokimlik tizimining illatlari qat’ian tugatilmoqda. Ko’ppartiyaviylik, g’oyalar va fikrlarning xilma-xilligiga toqat qilishi ryeal voqyelikka aylanmoqda. YAgona mafkuraning yakka hokimligiga barham byerildi. Umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi, chinakkam dyemokratiya, inson erkinliklari va huquqlarining butun dunyo tan olgan qoidalari tobora ko’proq qaror topmoqda. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tahsimlash prinsipi izchillik bilan o’tkazilmoqda. O’zbyekiston xalqi davlat hokimiyatining chinakkam egasi bo’lib qoladi hamda uni byevosita shuningdyek o’z vakillari- noiblari orqali ham amalga oshirmoqda. Ryespublika ikki palatali parlamyentni qonun yaratuvchilik faoliyati bilan faol shug’illanmoqdaki, u yosh mustaqil davlatning shakllanishini huquqiy jihatdan har tomonlama ta’minlashga qaratilgandir. Davlat boshqaruv usuli-shu tizimning o’zagidir. Joylarda ham boshqaruv tizimi qayta tashkil etilmoqda-viloyatlar, rayonlar va shaharlarda hokimlik lavozimi ta’sis etildi. Sud hokimiyati isloh qilinmoqda, u qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tyengligini ta’minlashi lozim. Fuqarolik jamiyatining turmush tarzi tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi manashu omillarning hammasi qonuniylik va huquq tartibotning, qattiq intizomning, ichki uyushqoqlik va ma’suliyatning nyegizi bo’lib xizmat qiladi. O’zbyekistonning davlat mustaqilligini amalda namoyon qiladigan va ro’yobga chiqaradigan tashkiliy tuzulmalarni shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Mudofaa va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirliklari, milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona xizmati tuzildi, Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish, Qimmatbaho myetallar, Fan va tyexnika qo’mitalari, Oliy Attyestasiya komissiyasi birinchi marta tashkil etildi. Markaziy iqtisodiy idoralarning vazifalari va faoliyat yo’nalishlari tubdan o’zgartirildi. Bank tizimi qayta tashkil etilmoqda. Ryespublikaning Markaziy banki, boshqaruv idoralaridan mustaqil bo’ldi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankimiz ochildi. Ko’pgina tarmoq vazirliklari va idoralar tugatildi. Mustaqil milliy aviakompaniya, axborot agyentligi, kinokompaniya va boshqa umumdavlat xizmatlari ishlab turibdi. O’zbyek xalqining mustaqillikka bo’lgan intilishini jahon hamjamiyati, xalqaro jamoatchilik qo’llab-quvvatladi. Dunyoning 125 mamlakati O’zbyekistonning Davlat mustaqilligini tan oldi. 40 ziyod xorijiy mamlakatlar bilan diplomatiya munosabatlari o’rnatildi. Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2- martida O’zbyekiston xalqaro huquqning tyeng huquqli 440
subyekti sifatida Birlashgan millatlar tishkilotiga qabul qilindi. Ryespublika Ovropada xavfsizlik va hamkorlikka bag’ishlangan kyengashining yakunlovchi aktini imzolab, Xel’sinki jarayoniga qo’shildi. Mana shularning hammasi ryespublika taraqqiyotida mazmunan yangi bosqichni byelgilab byeradi va tyeng huquqli asoslarda xalqaro iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalarda faol hamkorlik qilish imkoniyatini ochdi. O’zbyekiston bir qator yetakchi xalqaro iqtisodiy va moliyaviy birlashmalarning- Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Ovropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qora dyengiz mamlakatlari iqtisodiy uyushmasining a’zosidir. O’zbyekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritilganligi va u xalqaro miqyosida tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon ryespublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hyech kimning vositachiligisiz o’zaro manfaati munosabatlarini o’rnatadi. Ryespublikani haqiqatdan ham, uning milliy manfaatlaridan kyelib chiqqan holda, xalqning azaliy turmush tarzi,an’analari, urf-odatlari va ko’nikmalarini mavjud byeqiyos tabiiy boyliklarini har tomonlama hisobga olib, yuksaltirish amalda mumkin bo’lib qoldi.
O’zbyekiston mustaqillikka erishganidan so’ng kun tartibidan jahon andozalariga mos kyeladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga kyeltirish vazifasi turar edi. CHunki sobiq sosialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda ryespublikada barpo qilinajak yangi manfaatlariga mos kyelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor myexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. O’zbyekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritgan paytda «Endi O’zbyekiston qanday yo’ldan boradi? Qanday jamiyat quradi? Markazsiz yashay oladimi? Ryespublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ta’minlanadimi?» – kabi savollar vujudga kyelgan edi. Ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda O’zbyekiston uchun o’ziga xos istiqlol va tarqqiyot yo’lini tanlash, yangi jamiyat barpo qilish uchun o’z andozasini ishlab chiqish g’oyat dolzarb va ahamiyatli edi. O’zbyekistonning o’z ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish andozasini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko’p asrlik tajribasini o’rganish, ularning foydali qismini o’zlashtirish bilan birga O’zbyekiston xalqining turmush tarzi va an’analariga ham tayanish lozim edi. SHuning uchun ham O’zbyekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o’z ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’lini tanlab olishga kirishdi. i Albatta, mamlakat uchun hayot-mamot bosqichi bo’lgan bir paytda uning yangi jamiyatga o’tishi bilan bog’liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridan yangi sharoitga mos boshqaruv tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning iqtisodiy asosini vujudga kyeltirishni taqozo qiladi. Aholining barcha toifalarini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi g’oyalar tizimini yaratishni talab etardi. O’zbyekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’li ana shu tarzda shakllanadi. 1990 yil mart oyidayoq sobiq ittifoq ryespublikalari ichida birinchilardan bo’lib, O’zbyekistonda Pryezidyentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g’oyaviy qarashlari, siyosiy yangilanayotgan jamiyatga mos bo’lmayotgan O’zbyekiston Kompartiyasini xalq dyemokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning asta-syekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Pryezidyent, hukumat, mahalliy idoralar qo’liga o’tishi, o’zbyek tiliga davlat tili maqomi byerilib, milliy qadriyatlarning tiklana boshlagani O’zbyekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li shakllanayotganini ko’rsatar edi. O’zbyekiston Pryezidyenti Oliy Kyengashning 1992 yil 4 yanvarda bo’lib o’tgan navbatdan tashqari IX syessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bo’lgan davlat siyosatining stratyegiyasini aniq ravshan ko’rsatib byerdi. Millatlararo tinchlikni ta’minlash, fuqarolarga erkinlik byerish, jamiyat ma’naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor byerish kyerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo’lishini alohida ta’kidladi. Tabiiyki, ushbu qoidalar O’zbyekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy yo’llarini byelgilab byerish uchun xizmat qildi.
441
I.Karimov 1992 yil 2 iyunda O’zbyekiston Oliy Kyengashining X syessiyasida «Istiqlol yo’llari va muammolari» mavzusida nutq so’zlar ekan, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish borasida o’z yo’limiz bor, dyeb e’lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga o’tar ekanmiz, milliy-tarixiy turmush tarzini , xalqimiz urf-odatlarini, an’analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olamiz», - dyedi va tub islohotlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilni byelgilab byerdi. Ikkinchidan, ryespublikadagi o’ziga xos ma’naviy-ruhiy vaziyatdan kyelib chiqib ish tutildi. CHunki O’zbyekiston aholisi va myehnat ryesurslari yildan-yilga o’sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. «Qishloq joyda va rayon markazlarida mavjud bo’lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kyelishi shart emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy korxonalarni qishloq joylariga rayon markazlariga olib borib qurishimiz zarur» i
Uchinchidan, O’zbyekiston taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishda ryespublikaning qulay jo’g’rofiy – siyosiy imkoniyati hisobga olindi. Tarixan O’zbyekistonning hozirgi hududi juda ko’hna savdo yo’llari – Buyuk ipak yo’li tutashgan, g’arb bilan SHarqni bir-biriga bog’lab turgan, turli qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirib jo’shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir- birini o’zaro boyitish jarayoni kyechgan hududdir. Ana shu boy tajribalarni davom ettirish, undan samarali foydalanish yo’li tutildi. To’rtinchidan, O’zbyekistonning bozor munosabatlariga o’tishda ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligini ham ko’rsatib byerildi. SHo’rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tyenglik tushunchasi shakllandi. Bu esa tyekinxo’rlik, boqimandalikka olib kyeldi. SHuning uchun islohotlar davrida xususiylashtirish jarayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllantirish sari dadil qadamlar qo’yilishi mana shu omildan kyelib chiqqan xulosadir. Byeshinchidan, hukumat islom diniga munosabatini tubdan o’zgartirish lozimligini uqtirdi. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizga, ayniqsa, musulmon davlatlari bilan o’zaro aloqalarimizni kyengaytirishga katta ahamiyatga ega – dyeb ko’rsatildi. Oltinchidan, O’zbyekiston Ryespublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini byeradigan boy moddiy va ma’naviy hamda ishlab chiqarish potyensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Ushbu xulosalar I.Karimovning «O’zbyekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» nomli risolasida aks ettirilgan. I.Karimov taraqqiyotning O’zbyekiston uchun maqbul yo’lini ishlab chiqar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor byerdi va uning fikricha O’zbyekistonda bunyod etiladigan jamiyat adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo’lmog’i lozim edi. Har bir suvyeryen davlatning huquqiy asoslaridan biri – uning asosiy Qonuni – Konstitusiyasi hisoblanadi. O’zbyekiston Ryespublikasi XII chaqiriq Oliy Kyengashining XI syessiyasida, 1992 yil 8 dyekabrda mustaqil O’zbyekiston davlatining Konstitusiyasi qabul qilindi. Davlatning bu asosiy Qonuni umumbashariy g’oyalar bilan sug’orilgan, O’zbyekiston xalqlarining asriy ezgu orzusi bo’lmish mustaqillikka, jamiyatda yangi ijtimoiy muhit yaratishga xizmat qilishga qaratilgan. Unda ilk bor O’zbyekistonning o’ziga xos xususiyatlari – qonunlarning ustunligi, davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo’linishi tamoyili, fuqarolarning huquq va erkinliklari oliy qadriyat ekanligi aks ettirilgan. Xalqimiz o’z mohiyati bilan tamomila yangi asosiy Qonun – Konstitusiyaga ega bo’ldi. O’zbyekiston hududida avvallari ham bir qator konstitusiyalar qabul qilingan (Turkiston ASSRning 1918 va 1920 yillardagi, Xorazm va Buxoro xalq ryespublikalarining 1920-1921 yillardagi, O’zbyekiston SSRning 1927, 1937, 1978 yillardagi Konstitusiyalari). Ammo u konstitusiyalar xalq ommasi o’z hududini o’zi erkin va dyemokratik asosida boshqarish, o’z taqdirini o’zi byelgilash huquqlarini ta’minlamagan edi. Ular, asosan, markazning ko’rsatmasi bilan yozilgan va Ittifoq davridagi konstitusiyalar amalda tobyelikning mustahkamlar, ma’muriy- buyruqbozlik tizimi uchun imkoniyat yaratar, chyet davlatlari bilan aloqa o’rnatish huquqidan ryespublikalarni mahrum etar, boshqaruvning istibdod tizimini muhofaza etar edi. O’zbyekiston Ryespublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilingach, tabiiy ravishda, davlat mustaqilligini konstitusiya asosida mustahkamlash zaruriyati vujudga kyeldi. SHu masala xususida to’xtalar ekan, O’zbyekiston Pryezidyenti I.Karimov: «Davlatimizning kyelajagi, xalqimizning
442
taqdiri, ko’p jihatdan, Konstitusiyamiz qanday bo’lishiga bog’liq», dyegan edi. I.Karimov raisligida 64 kishidan iborat konstitusiyaviy komissiya bir nyecha oy davomida jahondagi eng ilg’or davlatlar, umuman, yer yuzidagi Konstitusiya yozish an’analari va tajribasini chuqur va har tomonlama o’rganib, shu asosda mustaqil O’zbyekistonning yangi Konstitusiyasi loyihasini yaratdi. Loyiha 1992 yil 26 syentyabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Undan so’ng 1992 yil 8 dyekabrda Oliy Kyengash tomonidan Konstitusiya qabul qilindi: Konstitusiyaning mazmun va mohiyatini ochib byeruvchi asosiy tamoyillar diqqatga sazovordir. Davlat suvyeryenityetining mazmuni konstitusiyada o’z ifodasini topgan. I-bobda «O’zbyekiston – suvyeryen va dyemokratik ryespublika» ekanligi mustahkamlab byerilgan. Konstitusiyada davlat hokimiyati, bir tomondan, mamlakat ichida ustunlik va mustaqillikka ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, tashqi siyosat, boshqa davlatlar bilan o’zaro munosabatda o’zi erkin, mustaqil ish yuritishi byelgilab qo’yilgan. Davlat o’z hududi va milliy boyliklariga nisbatan eng oliy huquqqa egadir. «O’zbyekistonning davlat chyegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmasdir» (3-modda). O’zbyekiston Ryespublikasi mustaqil ravishda o’zining milliy davlat va ma’muriy – hududiy tuzilishini, hokimiyatini va boshqaruv organlarining tuzilishini byelgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, ryespublika Konstitusiyasi o’z hududida ustunlikka ega bo’lgan qonunlar qabul qiladi. Konstitusiyada xalq o’z taqdirini o’zi byelgilashi qoidasi mukammal tarzda o’rin olgan. SHu bois u xalq hokimiyati tamoyiliga asoslanadi va uni mustahkamlaydi. Konstitusiyaning 7- moddasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Konstitusiyada davlat o’z faoliyatini xalq manfaatlarini, jamiyat farovonligini ko’zlab amalga oshiradi, dyeb byelgilab qo’yilgan. Konstitusiya maqsadining cho’qqisida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari kiradi. Fuqarolarning huquqlari esa muhim xalqaro huquqiy hujjatlar asosida byelgilangan. Dyemokratizm yangi Konstitusiyaning asosiy tamoyili hisoblanadi. Konstitusiyada O’zbyekiston Ryespublikasi davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatining bo’linish tamoyili ham asoslab byerilgan. O’zbyekiston davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatiga bo’linishi qonunlashtirildi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlis tomonidan; ijroiya hokimiyati esa O’zbyekiston Ryespublikasi Pryezidyenti va uning rahbarligi ostida Vazirlar mahkamasi tomonidan; sud hokimiyati – Konstitusiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo’jalik sudi tomonidan amalga oshiriladi. O’zbyekiston Ryespublikasining tashqi siyosatining asosiy qoidalari ham Konstitusiyada byelgilab byerildi (17-modda). Konstitusiyaning maxsus bobi (XXI bob) joylardagi davlat hokimiyati organlariga bag’ishlangan. Bu bobda o’zini-o’zi boshqarish tamoyillarini mustahkamlash bilan bir qatorda mahalliy hokimiyatning boshlig’i bo’lgan hokim tartiboti joriy etiladi. Xullas, O’zbyekiston Ryespublikasi Konstitusiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. U mamlakatda qonunchilikning rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qilmoqda. Suvyeryen O’zbyekistoning Konstitusiyasi inson va fuqaro huquqlarining dyemokratik hujjati, insonparvar, huquqiy davlatni shakllantirishning stratyegik, yuridik va xalqaro ahamiyatga ega hujjatdir. Bugungi kunda Konstitusiya jamiyatimizda xalq manfaatlari yo’lida dyemokratik islohotlarni davom ettirish uchun shart-sharoit yaratishga huquqiy asoslar yaratdi. U inson huquqlarini, barqarorlikni kyechirishni, O’zbyekistonning barcha fuqarolariga ishonchli istiqbolni byelgilab byermoqda. Download 8.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling