Alishyer navoiy nomidagi samarqand davlat univyersityeti


Download 8.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/81
Sana14.02.2017
Hajmi8.06 Mb.
#419
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81

Ma’ruza mashg’ulotlari 

5-mavzu  

O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (Renessans) davri.

 

Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qo'shgan hissasi

 

1.5. 

Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi 

Mashg’ulot vaqti-2 soat 

Talabalar soni: 100 – 130 nafargacha 

Mashg’ulot shakli 

Kirish-axborotli ma’ruza 



 

Ma’ruza rejasi 

 

1.

O'rta Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyatning 



yuksalishi (renessans)ni ta'min etgan tarixiy shart sharoitlar. 

2.1X-XII  asrlarda  O'rta  Osiyo  xalqlari  hayotida  yuz 

bergan  uyg'onish  (renessans)  davri  madaniyati  va  uning 

ahamiyati. 



O’quv mashg’ulotining maqsadi: 

O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz 

bergan uyg'onish (Renessans) davri.Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qo'shgan hissasi haqidagi 

nazariy va amaliy bilimlarni  chuqurlashtirish va mustahkamlash

 

Pedagogik vazifalar

  O'rta Osiyoda moddiy va ma'naviy 

madaniyatning yuksalishi (renessans)ni ta'min 

etgan tarixiy shart sharoitlar haqidagi  bilimlarni 

kengaytirish va mustahkamlash; 

 1X-XII  asrlarda  O'rta  Osiyo  xalqlari 

hayotida 

yuz 

bergan 


uyg'onish 

(renessans)  davri  madaniyati  va  uning 

ahamiyati 

to’g’risidagi 

bilimlarni 

kengaytirish va mustahkamlash 



O’quv faoliyati natijalari: 

  O'rta Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishi 

(renessans)ni ta'min etgan tarixiy shart sharoitlar haqidagi  

bilimlarni aytib beradi mustahkamlash; 

  IX-XII  asrlarda  O'rta  Osiyo  xalqlari  hayotida  yuz  bergan 

uyg'onish (renessans) davri madaniyati va uning ahamiyati   gapirib 

beradi. 

Ta’lim berish usullari 

Ko’rgazmali  ma’ruza,  namoyish  etish,  savol-

javob, suhbat, tushuntirish, klaster 

Ta’lim berish shakllari 

Ommaviy, jamoaviy, yakka tartibda   



Ta’lim berish vositalari 

O’quv  qo’llanma,  kompyuter  texnologiyalari, 

slaydlar           

Ta’lim berish sharoiti 

Texnik 


vositalardan 

foydalanishga 

va 

guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya 



Monitoring va baholash 

Og’zaki nazorat, savol-javob  



 

 

119 


1.2. «

O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (Renessans) davri.

 

Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qo'shgan hissasi

»  mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining 

texnologik xaritasi

 

 

Ish 

bosqichlari 

va vaqti 

Faoliyat mazmuni 

Ta’lim beruvchi 

Ta’lim 

oluvchilar 

  

1. 



Mavzuga 

kirish 


(15 

daqiqa) 


1.1.O’quv  kursi  nomini  aytadi.  Ekranga 

o’quv  kursining  tuzilmaviy  mantiqiy  chizmasini 

chiqaradi,  mavzular  ro’yxati  bilan  tanishtiradi  va 

ularning mazmunini  qisqacha yoritadi  

1.2.Birinchi  mashg’ulot  mavzusi,  uning 

maqsadi  va  o’quv  faoliyati  natijalarini    e’lon 

qiladi.  

1.3.Klaster  asosida  o’tiladigan  mavzuning  mazmuni  va  mohiyatini 

qisqacha yoritadi  

Tinglaydilar. 

 

 

 



Tinglaydilar  

 

 



 

 

2-



bosqich 

Asos


iy bosqich   

(55 


daqiqa) 

2.1.  Talabalar  bilimini  faollashtirish  maqsadida 

savol-javob usulini qo’llaydi:  

 

O'rta  Osiyo  xalqlari  hayotida  IX-XII  asrlarda  yuz  bergan 



uyg'onish 

(Renessans) 

davri

ning 


o’ziga 

xos  


xususiyatlarni ayting?  

 

O’rta  Osiyo  xalqlari  hayotida  yuz  bergan 



uyg’onish  davriga  hissa  qo’shgan  olimlarni 

ayting? 


 

IX  asrda  dastlab  qaysi  shaharda  Bayt  ul-

hikma» tashkil topgan? 

 

Xorazm  Ma’mun  akademiyasi  to’g’risida 



nimalarni bilasiz? 

 

Abu  Nasr  Farobiyning  ilm-fanga  qo’shgan 



hissasiga baho bering? 

 

Abu  Ali  Ibn  Sinoning  «Tib  qonunlari»  asari 



to’g’risida ayting? 

 

Markaziy  Osiyolik  allomalardan  qaysilari 



astranomiya ilmiga katta hissa qo’shgan? 

 

2.2  Javoblarni  to’ldiradi,  umumlashtiradi  va 



bugungi  o’quv  mashg’ulotida  ushbu  savollarga 

kengroq javob olishlarini aytadi.  

2.3.  Ekranda  slaydlar  namoyish  etish    bilan  IX-

XII  asrlarda  ro’y  bergan  uyg’onish  davri,  uning 

taraqqiyoti haqida to’liq ma’lumot beriladi 

       Talabalar 

diqqatini 

mavzuning 

asosiy 

jihatlariga 



karatadi, 

ularning 

dolzarb 

va 


ahamiyatli ekanini asoslaydi. 

2.4. Vazifani barcha talabalar yakka tartibda bajarishlarini 

aytadi.  

Talabalar  faoliyatini  kuzatadi,  ularni  yo’naltiradi,  zarur 

maslahatlar beradi. 

2.5.  Bir  nechta  talabaning  ish  natijasini    tekshiradi, 

Savolga 

javob 


beradilar. 

Fikrlarini 

bildiradilar. 

 

 



 

 

 



 

Tinglaydila

r, 

zarur 


ma’lumotlarni 

yozib oladilar.  

 

 

Vazifani 



yakka 

tartibda 

bajaradilar. 

 

 



Ish 

natijasini  taqdim 

kiladilar. 

 

 



Tinglaydila

r, 


zarur 

ma’lumotlarni 

yozib oladilar.  

 


 

120 


talabalar  bilan  birgalikda  muhokama  qiladi.  Zarur  bo’lsa, 

qo’shimchalar  kiratadi  va  ushbu  savol  bo’yicha  to’liq 

ma’lumot berishini aytadi.  

2.6.  Rejaning  ikkinchi  savoliga  doir  bo’lgan 

slaydlarni ekranga chiqaradi va har bittasini to’liq 

yoritadi  

2.7.  Mavzu  bo’yicha  talabalarda  yuzaga  kelgan 

savollarga javob beradi 

3. 

Yaku


niy bosqich 

(10 


daqiqa) 

3.1. Mavzu bo’yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu buyicha 

egallangan  bilimlarning  dolzarbligi  va  ahamiyatli  ekanini  alohida 

qayd  etadi  hamda    kelajakda  ushbu  bilimlardan    qayerlarda 

foydalanishi mumkinligi haqida ma’lumot beradi. 

3.2.  Mustaqil  ishlash  uchun  vazifa  beradi:  (1) 

o’tilgan  mavzu  asosida  B/B/B  jadvalini  to’ldirib 

kelish.  B/B/B  jadvalini  to’ldirish  qoidasini 

tushuntiradi  (6-ilova);  (2)  ikkinchi  mavzu 

bo’yicha keyingi o’quv mashg’ulotiga tayyorlanib 

kelish.  

Savollar beradilar. 

 

 

 



Vazifani 

yozib 


oladilar. 

 

 



5- Mavzu: O'rta Osiyo xalqlari hayotida IX-XII asrlarda yuz bergan uyg'onish (renessans) 

davri. Ajdodlarimizning jahon sivtlizasiyasiga qo'shgan 

hissasi 

Ryeja: 

1.O'rta Osiyoda moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksalishi (renessans)ni ta'min etgan tarixiy 

shart sharoitlar. 

2.1X-XII asrlarda O'rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan uyg'onish (renessans) davri madaniyati 

va uning ahamiyati. 

  Asosiy adabiyotlar: 

1.  Karimov I.A. "O’zbyekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li". T: "O’zbyekiston", 1992. 

2.  Karimov I.A. "Istiqlol va ma’naviyat". T: "O’zbyekiston", 1994. 

3.  Karimov  I.A.  Imom      al  Buxoriy      yodgorlik      majmuasining      ochilishiga    bag'ishlangan 

marosimda so’zlagan nutqi. «Xalq so’zi».  1998y, 24-oktyabr. 

4.  Asarlar, T.7,183-187 b  

5.  Karimov  I.A.  Ahmad-a l    F a r g ' o n i y   haykalining  ochilishiga  bag'ishlangan  marosimda 

so'zlagan nutqi Xalq so'zi»,  1999. 25-oktvabr. Asarlar, T.7, 187-192b 

6.  Karimov  I.A.  Burxoniddin  Marg’inoniy  tavalludining  910  yilligiga  bag’ishlangan  tantanali 

marosimda so’zlagan nutqi, - Asarlar, T9, 13-123 b 

7.  Karimov I. A. Imom Motrudiy tavalludiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqi, - 

Asarlar, T.9, 122-132 b 

8.  Karimov  I.A. “Yuksak ma’naviyat  - engilmas kuch” T:Ma’naviyat, 2008 y. 

9.  Abdunabiyev A. "Vklad v mirovuyu tsivilizatsiyu". T: "O’zbyekiston", 1998. 

10. Axmyedov B. "Tarixdan saboqlar". T: "O’qituvchi", 1994, 37-51-53,162 byetlar. 

11. Vambyeri X. "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi". T: "Fan", 1990. 

12. Buyuk siymolar, allomalar (1-2 kitob). T: "Myeros", 1995, 1996. 

13. O’lmas obidalar. T: "Fan", 1989. 

14. O’rta Osiyo xalqlari hurfikrligi tarixidan. T: "Fan", 1990, 54-104 byetlar. 

15. Nizomulmulk. Siyosatnoma. T: "Adolat", 1997. 

16. Hamidov H. SHohnomaning shuhrati. T: "O’zbyekiston", 1991. 

17. Usmonov Q. Sodiqov M., Oblamurodov N “O’zbekiston tarixi”. – T., 2002 y. 

18. Xayrullaev M. Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri. – T.,O’zbekiston, 1971 y. 

19. O'lmas obidalar. T., «Fan». 1989y. 

20. O'rta Osiyo xa lq la r i hurfikrligi tarixidan. T., «Fan», 1990, 54-106 betlar. 

21. Xayrullaev M.M “Ma’naviyat yulduzlari”., T. 2001 y 

22. O’zbekiston tarixi (R. Murtozaeva va boshqalar). – T., 2003 191-267 b 



 

121 


23. Q.Usmonov., M.Sodiqov va boshqalar “O’zbekiston tarixi”. T., “Iqtisod moliya”, 2006y. 

  Qo’shimcha adabiyotlar: 

24. Abdinabiyev A. Vklad v mirovuyu sivilizasiyu. T., «O'zbekiston», 1998y. 

25. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar.- T.,O’qituvchi, 1994y, 37-53 b 

26. Vamberi X. Buxoro yohud Movarounnahr tarixi. T., «Fan», 1990y. 

27.  Uvatov U. Donolardan saboqlar.  P., «Abdulla Qodiriy», 1994y. 

28. www.xonatlas.uz –O’zbekiston madaniyati. 

29. history.uzsci.net – Tarix institute “O’zbekiston tarixi” jurnali. 

 

 

Darsning  o`quv  va  tarbiyaviy  maqsadi:  Ushbu  mavzu  orqali    ryenyessansning    vujudga 



kyelishi  hamda  buyuk  allomalarning  ilm-fan  taraqqiyotiga  qo’shgan  hissalarini  tarixiy  manbalar 

asosida    yoritib  byerishdan  iborat.  SHuningdyek  buyuk  allomalar  ilmiy  myerosidan    faxrlanish 

tuyg’usini shakllantirishdan iborat. 

 

Dars  o’tish  vositalari:  (Doska,  plakat,  fan  yuzasidan  manba  va  adabiyotlar,  tarixiy 

ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har xil tyestlar, kompyutyer, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar) 

6. 


Dars  o’tish  usullari:  Takrorlash,  suhbat  va  savol-javob  (mavzuni  o`zlashtirishni 

mustahkamlash),  jonli  muloqot  o`tkazish,  erkin  fikrlash  va  so`zlashga  o`rgangan  holda  fikr 

mulohazalarini  bayon  qildirish,  buning  uchun  har  bir  talabaga  o`tilgan  mavzular,  tayanch 

iboralardan  savol  tashlanadi.  O`qituvchi  va  talabalar  o`rtasida  byerilgan  savollarni  tahlil  etish. 

Tarqatma tyestlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni 

voqyealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash 

va unga tahlil byerish. 

 

Darsning xrono kartasi – 80 minut.  



 

O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi 

 

Tashkiliy  qism:  xonaning  tayyorgarligi,  jihozlanishi,  sanitariya  holati.  Talabalarning 



davomati – 2 minut 

 

Hafta davomida bo`lgan yangiliklar-5 minut 



 

Yo`qlama- 5-minut 

 

Dars yuzasidan talabalarni zarur adabiyotlar bilan tanishtirish- 10 minut 



 

YAngi mavzu bayoni – 50 minut  

 

Sinov savollar namunasi – 5 minut 



 

Uyga vazifa byerish – 3 minut 

 

 

Tayanch so’zlar  va tushunchalar: 



 

Ryenyessans,  iqtisodiy-madaniy  aloqalar,  ma’naviy  ta’sir,  “musulmon  madaniyati”, 

“Donishmandlar uyi”,  iqtisodiy  va  madaniy  markazlar,  “Donolik uyi”,  mashhur allomalar, siyosiy 

tarqoqlik, Ulug’byek faoliyati, “Tyemuriylar uyg’onish (ryenyessansi)”. 

 

1-masala

Ma’lumki,  kishilik  jamiyatlarida  ijtimoiy  taraqqiyot  turli  sabablarga  ko’ra  bir  mye’yorda 

kyechmagan. Ularda umumiy rivojlanish bilan birga ko’plab kutilmagan tabiiy ofatlar, qirg’inbarot 

urushlar, istiloyu-bosqinlar, hisobsiz vayronagarchiliklar bo’lgan. Lyekin, ma’lum davr o’tishi bilan 

inson  kuchi  va  shijoati  tufayli  barcha  tangliklar  va  tushkunliklar  oldi  olindi,  qaytadan  moddiy  va 

ma’naviy tiklanishga erishilgan, yangi taraqqiyot sari yo’l tutilgan. 

Fanda  bunday  yirik,  salmoqli  yuksalishni  “uyg’onish”,  “ryenyessans”  dyeb  atashgan.  Frantsuz 

tilidan olingan “ryenyessans” so’zi tiklanish, uyg’onish ma’nosini bildiradi. Bu so’z qadimgi yunon 

madaniyatini  tiklash    ma’nosida  ham  ishlatilgan.  Kyeyinroq  bu  so’z  odatda  u  yoki  bu  hududda, 

mamlakatda  yuz  byergan  moddiy,  ilmiy,  ma’rifiy-  ma’naviy  jixatdan katta  yuksalish davrini qayd  

etishda qo’llaniladigan bo’ldi. 

XV-XVII asrlar jahon tarixida ryenyessans yoki uyg’onish davri, dyeb qayd etilishi bizga ma’lum. 

Qator  g’arb  olimlari  bunday  ryenyessans  dastlab  XV  asrda  Italiyada,  kyeyin  XVI  asr  atrofida 

G’arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida birin-kyetin konkryet ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda 

yuz  byergan,  dyeb  hisoblaydilar.  Bu  madaniy  yuksalish,  birinchi  navbatda,  ijtimoiy-iqtisodiy 


 

122 


o’zgarishlar  bilan,  jamiyat hayotida  shaharlarning, shahar  madaniyatining, hunarmandchilik  ishlab 

chiqarishning  rivoj  topishi  bilan  bog’liq  bo’lgan.  Ryenyessansning  dastlab  Italiyada  boshlanish 

sababi  shuki,  u  o’sha  davrda  O’rta  dyengizda,  tyemir  va  havo  yo’llari  bo’lmagan  bir  vaqtda,  suv 

yo’li orqali savdo-sotiqni rivojlantirish, boshqa mamlakatlar bilan turli iqtisodiy-madaniy aloqalarni 

avj oldirishda markaziy o’rinlardan birini egalladi. Italiya suv yo’llari orqali byevosita rivoj topgan 

SHarq  mamlakatlari,  xususan,  arab  davlatlari  bilan  yaqindan  aloqada  bo’lishga  intildi.  IX-XII 

asrlarda  YAqin  va  O’rta  SHarq  xalqlari,  musulmon  SHarqi  madaniyatining  yuqori  cho’qqisiga 

ko’tarilgani  ma’lum.  Italiyaning  bu  millatlar  bilan  iqtisodiy-madaniy  aloqalari  Yevropada 

Ryenyessans vujudga kyelishida muhim rol’ o’ynaydi. 

YAna  Italiyaning  sharqida  XV  asrga  qadar  davom  etgan  Ispaniyadagi  arab  davlati  Qordova 

xalifaligida  musulmon  madaniyatining  rivojlanishi,  XII-XIV  asrlarda  Xorazmiy,  Farg’oniy, 

Marvoziy,  Farobiy,  Ibn  Sino  va  boshqalar  asarlari  lotin  tiliga  tarjima  qilinishi  orqali  Yevropaga 

tarqaldi va Ryenyessans madaniyatining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. 

Haqiqatda VIII-IX asrlarda arab xalifaligi SHarqda eng kuchli rivoj topgan impyeriyaga aylandi. Bu 

davrda  Bog’dod  iqtisodiy  va  madaniy  tomondan  eng  rivojlangan  shaharlardan  biriga  aylandi.  Bu 

yerda madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi. Bu davrda turli mamlakatlardan kyelgan kishilar tomonidan 

kyeng  ilmiy  muhokamalar  uyushtirildi.  Boshqa  tillardan  arab  tiliga  kitoblar  tarjima  qilindi.  Bu 

yerda  birinchi  akadyemiya  “Donolik  uyi”  tashkil  topdi.  Akadyemiyada  arab,  yahudiy,  fors,  turk, 

hind,  yunon  olimlari  birgalikda  ish  olib  borganlar.  Bu  davr  adabiyotlarda  YAqin  SHarqda 

Uyg’onish davri madaniyati sifat ila talqin etiladi. SHubhasiz, bu jarayon boshqa o’lkalar madaniy 

rivojlanishga katta ta’sir ko’rsatdi. 

G’arb  mamlakatlarida ryenyessans  jarayonining orqada qolish sababini  dyeyarli 700  yil davomida 

inkvizitsiya,  ya’ni  chyerkovning  hurfikrlikka  qarshi  shafqatsiz  hukmronligi  ustun  bo’lishi  bilan 

tushuntirish  mumkin.  Masalan,  Vizantiya  impyeratori  YUstinian  dindan  o’zga  bilimlarni  targ’ib 

qilganlarga  o’lim  jazosini  byelgilagan  edi.  Erksyevarlar  gulxanlarda  tiriklayin  yondirilgan. 

Yevropaning  ko’pchilik  mamlakatlari  XV-XVII  asrlardagina  ana  shunday  jaholat  hukm  surgan 

muhitdan  chiqib,  uni  bartaraf  etgandan  kyeyingina  moddiy-madaniy  tiklanishga,  uyg’onish 

pallasiga kirganlar.  

Markaziy Osiyoda yuz byergan Ryenyessans  Yevropadan olti asr ilgari, ya’ni IX-XII asrlarda yuz 

byerdi.  Uning  ko’lami  va  jahon  tsivilizatsiyasiga  ta’siri  ham  boshqacha  edi.  Markaziy  Osiyoda 

insoniyat  tsivilizatsiyasining  va  davlatchiligining  miloddan  avvalgi  ming  yillardayoq  O’lkamizda 

ijtimoiy  taraqqiyotning  takomillashuvi,  moddiy  va  ma’naviy  taraqqiyot,  xususan  diniy  e’tiqodlar, 

dastlabki  yozuvlar, davlatlar  va  shaharlarning paydo bo’lishi,  sug’orma dyehqonchilikning  yuzaga 

kyelishi  va  uning  kyengayishi,  ko’p  qirrali  hunarmandchilik  kabi  muhim  masalalar  to’g’risida 

ma’lumot byerilgandi. 

Milodiy  yuz  yilliklar boshlaridan  faoliyat ko’rsatgan  Kushon podsholigi, Eftalitlar davlati  va Turk 

hoqonligi  davrlarida  ham  Xorazm  vohasida,  Sug’diyonada  (Samarqand,  Buxoro,  Qarshi), 

Ustrushonada  (Sirdaryo  va  Jizzax),  CHoch  (Toshkyent  va  uning  atrofi),  CHog’inyonda  (Dyenov, 

Tyermiz),  Farg’ona  vodiysida  moddiy  va  madaniy  taraqqiyot  davom  etdi.  Ilk  o’rta  asrlardayoq 

mye’morchilikda  yangi  qurilish  g’oyalari  va  naqsh  usullaridan  foydalanildi,  binokorlikda  pishgan 

g’isht ishlatila boshlandi. Bu fikrimizni qadimgi Varaxshadagi hashamatli saroyning o’ta yuqori did 

va  murakkab  muhandislik  yechimi  asosida  bino  etilganligi  bilan  isbotlash  mumkin.  Bu  davrlarda 

ko’plab yangi shaharlar barpo etildi, qishloq joylarda esa turar joylar yuzaga kyeltirila boshalandi. 

Bu  hol  o’lkamizda  o’troqlashish  jarayonining  tyezlashayotganligidan  dalolat  byeradi.  Markaziy 

Osiyoning  turli  joylarida  foydali  qazilmalar  ishga  tushirildi.  Kulolchilik,  to’qimachilik, 

tyemirchilik, misgarlik, zargarlik kabilar rivoj topdi. Savdo-sotiq jonlandi. Sug’orma dyehqonchilik 

kyengaydi, yangi suv omborlari, to’g’onlari va kanallari barpo etildi. 

VI-VII  asrlarda  o’lkamizda  savodxonlikka  intilish  yuqori  bo’lgan.  Sug’diyonada  o’g’il  bola  5 

yoshga  to’lgach  yozuv  va  hisobga  o’rgatilgan.  U  20  yoshga  to’lganida  savdo  ishlaridan  xabardor 

bo’lishi  uchun  chyet  elga  yuborilgan.  Samarqandda  maxsus  husnixat  maktabi  bo’lgan.  Tasviriy 

san’at,  haykaltaroshlik,  badiiy  yog’och  o’ymakorligi,  ganchkorlik  ancha  rivoj  topgan.  Musiqa  va 

bastakorlikka alohida e’tibor qilingan. Ma’lumotlarga ko’ra, arablar bosqini arafasida o’lkamizning 

o’yinchi  yigitlari  va  raqqosa  qizlari  va  maqomchilari  Xitoy  impyeratori  saroyida  o’z  san’atlarini 

namoyish  etish  imkoniyatiga  ega  bo’lganlar.  Bu  davrda  turli  diniy  e’tiqodlarning  O’zaro 



 

123 


munosabatlari  xalqlar  osoyishtaligini  ta’minlagan,  tabiiy  fanlarni  bilishga,  mavjudotni  kyengroq 

anglashga, atrof muhitni chuqurroq tushunishga intilishgan. O’sha paytlarda taqvimlar tuzilganligi, 

Xorazmda esa rasadxona bo’lganligi haqida ma’lumotlar mavjud. 

Lyekin, 704-715 yillardagi arablar istilosi natijasida Markaziy Osiyoning mahalliy xalqlari moddiy 

va  ma’naviy  jihatdan  katta  zarar  ko’rdi:  yerli  hokimiyat  tugatildi,  shaharlar,  qadimgi  madaniyat 

yodgorliklari,  mavjud  yozuvlar  yo’q  qilindi.  Kitoblar  yondirilib  yuborildi,  arxityektura,  san’at 

namunalari  barbod  bo’ldi.  Ilm-ma’naviyat  fidoyilari  qurbon  etildi.  Xalq  xalifalikka,  yangi  dinga 

qaram etildi. 

Mustamlakachilarning  hisobsiz  kyeltirgan  moddiy  va  ma’naviy  zararlari  tufayli  narozilik  kuchaya 

bordi, xalq mustaqillikni tiklash uchun kurashga qO’zg’aldi. VIII-IX asrlarda Abu Muslim, SHariq 

ibn SHayx, Sumbatmag va Muqanna boshchiligidagi xalq qO’zg’olonlari bo’lib o’tdi.  

Ana  shu  xalqning  mustaqillik  uchun  kurashi  natijasida  IX  asrdan  boshlab  Markaziy  Osiyoda 

Toxiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar nomi  bilan 3-4 

asr  davomida  mustaqil  davlatlar  vujudga  kyeldi.  Ular  uzoq  umr  ko’rmay  yo’k  bo’lib  kyetsa-da, 

YAqin  va  O’rta  SHarqda  yangi  shakllangan  musulmon  o’lkalari  o’rtasida  iqtisodiy-madaniy 

aloqalari  kyengayishini  ta’minladi.  Madaniyat  namunalari  bilan  almashuvni  tyezlashtirdi, 

Aniqrog’i,  o’zaro  ma’naviy  ta’sirini  kuchaytirdi.  Qadimgi  hind,  eron,  arab,  yunon  madaniy 

boyliklari qorishib “musulmon madaniyati” dyeb nomlangan yangi madaniy qatlam vujudga kyeldi. 

Qadimgi madaniy an’analarga boy bo’lgan Markaziy Osiyo xalqi mustaqillik tufayli bu davr ichida 

o’z  madaniyatini  yuksaklikka  ko’tara  oldi.  Ryenyessans,  ya’ni  Uyg’onish  davri  boshlandi, 

o’lkamizda ilm-fan ma’naviyat tarixda misli ko’rilmagan namunalar yaratdi. 

SHo’rolar  hukmronligi  davrida  bizlarga  barcha  hukmdorlar  johil  bo’lganlar,  kishilarga  hyech  bir 

yaxshilikni  ravo  ko’rmaganlar,  doimo  adolatsizlik  bilan  ish  tutganlar,  dyegan  noto’g’ri  g’oyalarni 

singdirishga  harakat  qilinardi.  Aslida  esa  IX-XII  asrlardagi  Ahmad,  Nasr,  Ismoil  Somoniylar, 

Alptakin, Mahmud G’aznaviy, To’g’rulbyek, Sanjar,                                       hukmronlarimiz va 

ularning  atrofidagi  amaldorlarning  aksariyati  ilmli,  mulohazali,  adabiyot  va  san’atga  myehr 

qO’ygan  kishilar  bo’lgan.  Buxoro  va  Xorazmda  istye’dodli  olimlar  va  adiblar  hukmdorlar 

saroylarida  vaqti-vaqti  bilan  uchrashib  muhim  masalalarda  mushohada  qilganlar,  zaruriyat 

to’g’ilganida ilg’or va foydali fikrlar vazirlar tomonidan qO’llab-qO’vvatlangan. Xorazm hukmdori 

Abul  Abbos  Ma’mun  (990-1017  yy.)  tashabbusi  bilan  “Donishmandlar  uyi”  ya’ni  fanlar 

akadyemiyasi  tashkil  topgan.  Unda  Ahmad  Farg’oniy,  Al-Xorazmiy,  Byeruniy,  Ibn  Sino,  Ibn  Al-

Xammyer  kabi  buyuk  allomalar  faoliyat  ko’rsatganlar.  Lyekin,  Xorazmdagi  “Ma’mun 

akadyemiyasi”  uzoq  uzilishlardan  kyeyin  1997  yilda  O’zbyekiston  Ryespublikasi  Pryezidyenti 

I.Karimov tashabbusi bilan qayta tiklandi. 

X-XII  asrlari  Marv,  Tyermiz,  Samarqand,  Toshkyent,  Quva,  Xo’jand,  Karmana  va  boshqa 

shaharlardagi  ilm  maskanlarining  asosiy  qismi,  ayniqsa  kutubxonalar  hokimiyat  arboblari 

xomiyligida  yuzaga  kyelgan,  Kitob  bozorlari  muntazam  ishlab  turgan.  X-XI  asrlarda  Farg’ona 

vodiysiga  Axsikyentdagi qurilish  ishlarida pishiq  g’ishtdan kyeng  foydalangan  va katta diamyetrli 

yer  osti  sapol  quvurlar  yordamida  shaharni  barcha  joylari  suv  bilan  ta’minlangan.  YAna  shuni 

eslatish  joizki,  ana  shu  moddiy  va  ma’naviyat  madaniyatini  rivojlanishiga  Movarounnahr  va 

Xuroson halqlarining qadimdan boy madaniy an’analarga ega ekanligini ham ijobiy ta’sir ko’rsatdi.  

Ilk o’yg’onish davri shart-sharoitlari va omillari borasida fikr bildirilganda arablar bosqini jarayoni 

ta’siriga  munosabat  bildirmaslik  mumkin  emas.  Mavjud  tarixiy  tadqiqotlarda  arablarning  salbiy 

roliga  yetarlicha  o’rin  ajratilgan.  Ayrim  tarixchilarimiz,  arablarning  ko’pchiligi  badavlat  edi, 

ko’chmanchi-chorvador bo’lgan, ularda urug’chilik, qabilachilik ustun darajada saqlanganligi  bois 

madaniyat darajasi ham Markaziy Osiyodan ancha past bo’lgan, dyegan xulosalarni qilgandi. Agar 

bu  fikr  VII  asr  boshlaridagi  arab  qabilalari  va  shakllanib  borayotgan  arab  davlatchiligi  to’g’risida 

bilidirilsa  unga  qO’shilish  mumkin.  Lyekin,  VIII  asr  o’rtalarida  kuchli  arab  xalifaligi  yuzaga 

kyelgandi.  Islom  dini  aqidalari  atrofida  birlashgan  arablar  borgan  sari  ko’chayib,  davlat  esa  tyez 

mustahkamlanib bormoqda edi. Bosib olingan ko’pchilik o’lkalarning moddiy va ma’naviy boyligi 

xalifalik  qudratini  kundan-kunga  oshirardi.  Ummaviylar  sulolasi  hukmronligi  davridayoq  (661 

yildan  kyeyin)  arab  qO’shinlari  yaxshi  qurollangan  va  qattiq  intizomga  ega  bo’lgan.  Abbosiylar 

sulolasining  hokimiyat  tyepasiga  kyelishi  xalifalik  qudratini  yanada  oshirdi.  Ular  byenihoya  katta 

saltanatni  idora  qilishda  uni  taraqqiyotini  ta’minlashda  ilmu-fanning  ahamiyatini  yaxshi  tushunar 



 

124 


edilar. Qur’onning ilm olmoq farzdir, Muhammad alayhisallomning inson byeshikdan to qabrgacha, 

ya’ni bir umr ilmga intilmog’i darkor, dyegan qoidalaridan ham ustalik bilan foydalanildi. 



Xalifa  Xorun  ar-Rashid  (786-809  y.)  va  uning  O’g’li  al-Ma’mun  (813-833  y.)  o’z  tasarrufidagi 

o’lkalardan  va  boshqa  mamlakatlardan  taniqli  olimlarni  xalifalikning  yangi  poytaxti  Bog’dodga 

taklif  etdilar  va  ularning  samarali  ishlashlari  uchun  sharoit  yaratdilar.  Qisqa  vaqtda  Bog’dodga 

fanning  turli  sohalaridan  300ga  yaqin  olimlar  to’plangandi.  Bularning  aksariyati  Markaziy  Osiyo, 

Eron,  SHom  (Suriya),  Hindiston  kabi  mamlakatlardan  bo’lgan.  Buning  boisi  shundaki,  Arab 

istilosidan kyeyin mustamlaka o’lkalarda arab tili davlat, islom dini va fan tili darajasiga ko’tarildi. 

Arab tili va islom dinini egallagan shaxslarning jamiyatdagi o’rni va nufuzi oshirildi. Bu arab tiliga 

nisbatan  hayotiy  extiyojni  kuchaytirdi.  SHu  sababdan  Movarounnahr  va  Xorazmda  arab  tilini 

yaxshi bilgan tolibi ilmlar borgan sayin ko’payib bordilar. Hattoki, ular Damashq, Qohira, Bog’dod, 

Kufa,  Balx  kabi  yirik  shaharlarga  Markaziy  Osiyodan  borib  fan  va  madaniyat  taraqqiyotiga  o’z 

hissasini  qO’shganlar.  Ahmad  Farg’oniy,  Al Xorazmiy, Byeruniy, Ibn Sino, Ibn al-Xammor,  Abu 

Saxl Masixiy, Ibn Iroq kabi allomalarimiz  yaratgan  ixtirolari arab tili orqali  lotin tiliga o’girilgan, 

so’ngra Yevropa tillariga tarjima qilingan va jahon tsivilizatsiyasidan mustahkam o’rin olgan. 

Markaziy  Osiyo  arab  xalifaligiga,  musulmon  dunyosiga  kirgandan  kyeyin  VIII-XII  asrlarda  islom 

o’lkalari  va  jahon  madaniyati  rivojida  yetakchi  o’rinlarni  egallay  boshladi.  Islom  dini,  adabiyot, 

tabiiy  fanlar,  tarixnavislik,  san’at,  falsafa,  huquqshunoslik,  ijtimoiy  tafakkur  kabi  madaniyatning 

barcha sohasida buyuk siymolar va mutafakkir olimlar yetishib chiqdilar. Bu o’lkada Buxoro, Marv, 

Samarqand,  Tyermyez,  Urganch,  Xo’jand,  Toshkyent,  Marg’ilon,  Binkyent,  Kyesh  (SHahrisabz), 

Nasaf (Qarshi) kabi shaharlar davrning rivojlangan va madaniy markazlariga aylandi. 

Bu davr madaniyatining xaraktyerli tomonlaridan biri shuki, ilm-fan, san’at, adabiyot, ijtimoiy fikr 

asarlari  3  tilda  -  arab,  fors-tojik  va  turkiy  tillarda  ijod  etildi.  Arab  tili  ilohiyot,  din,  dinshunoslik 

ilmlari,  falsafa  va  fan  tili  sifatida,  YAqin  SHarq  mamlakatlari  bilan  xalqaro  munosabatlar  tili 

sifatida  kyeng  qO’llanilsa,  fors-tojik  tili  ko’proq  adabiyot,  san’at,  badiiy  madaniyat  tili  sifatida 

kyeng  rivojlandi.  Turkiy  til  esa  Markaziy  Osiyo  xalqlari  orasida  so’zlashuv  tili,  Qoraxoniylar 

hukmdorligi  davrida  adabiyot,  jamiyatshunoslik  ilmlari,  davlat  tili  sifatida  qO’llanildi.  Bu  uch 

tilning  bir  vaqtda  qO’llanilishi  madaniy  rivojlanish  darajasiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatdi.  Arab  tilining 

mahalliy  ziyolilar  tomonidan  o’zlashtirilishi  va  kyeng  foydalanilishi  Markaziy  Osiyo  xalqlarining 

arab tilidagi  boy  madaniyat  boyliklar  bilan  yaqindan tanishishiga  hamda o’z  ma’naviy  yutuqlarini 

kyeng musulmon olamiga olib qolishiga imkon byerdi. 

XII  asrdan  boshlab  arab  manbalari  Yevropada  lotin  tiliga  tarjima  etila  boshladi,  natijada  Yevropa 

mamlakatlari ham bu yutuqlardan foydalana boshladi. 

Bu  davrda  Markaziy  Osiyo,  butun  musulmon  dunyosi  madaniyatiga  qadimgi  yunon  ilm-fani, 

madaniyatining  ta’siri  ham  kuchaydi.  To’g’ri,  milodgacha  IV  asrning  birinchi  yarmida 

makyedoniyalik  Iskandar  tomonidan  Markaziy  Osiyoni  bosib  olinganidan  kyeyingi  davrlarda 

bizning qadimgi yunon madaniyati bilan tanishuv yuzaga kyelgandi. Lyekin, IX asr oxiri X asrning 

boshlarida arab  xilifaligidagi  madaniyat  yuksalish sharoitida  yunon  madaniyati Markaziy  Osiyoda 

kyeng  tarqaldi.  Bog’doddagi  saroy  qoshida  “Donolik  uyi”da  amalga  oshirilgan  tarjimalar  tufayli 

qadimgi  yunonning  buyuk  mutafakkir  olimlari  Platon,  Aristotyel’,  Yevklid,  Arximyed,  Galyen, 

Gippokrat, Porfiriy, Sokrat kabilarning falsafa, riyoziyot, falakkiyot, tabobat, shye’riyat, mantiq va 

dinshunoslikka  oid  asarlari  Markaziy  Osiyoga  kyeng  tarqaldi  va  o’lkaning  madaniy  taraqqiyotiga 

katta ta’sir ko’rsatdi. Mavoraunnahr va Xuroson olimlari yunon olimlari ilg’or g’oyalarini o’rganish 

bilan birga rivojlantirishga ham zo’r hissa qO’shishga erishdilar. 

SHunday qilib, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ilk o’rta asr fan va madaniyatining shakllanishi 

va  rivojlanishida  xalqlarimizning  qadimdan  boy  madaniy  an’analarga  ega  bo’lishligi,  arab 

istilosidan kyeyingi davrda  markazlashgan  mustaqil davlatlar sharoitida  vujudga kyelgan  ijtimoiy-

iqtisodiy,  ma’naviy-madaniy  qulay  vaziyat,  turli  hududlar  va  xalqlar  madaniyatlarining  o’zaro 

ta’siri, qorishuvi bosh omillar bo’lib xizmat qildi. 


Download 8.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling