Aliyeva gulnozaxon xasanjon qizi


Download 0.55 Mb.
bet1/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1620095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Aliyeva Gulnozaxon














ALIYEVA GULNOZAXON XASANJON QIZI




Miqdorlar orasidagi bog`lanishga doir masalalar yechishga o’rgatish metodikasi



Reja:

I.BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MIQDORIY O‘LCHOVLAR BILAN TANISHTIRISH.
1.1 Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rgatish umumiy masalalari.
1.2. Qadimiy va zamonaviy miqdor o’lchov birliklari haqida tushuncha


II. BOB.BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI VAQT VA UNING O‘LCHOV BIRLIKLARI BILAN TANISHTIRISH.

2.1 Vaqt o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema


2.2. Massa haqida bilim va ko’nikmalarni hosil qilish, o’lchov birliklari bilan tanishtirish.
2.3. Miqdorlar orasidagi bog`lanishga doir masalalar yechishga o’rgatish metodikasi.

III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

K i r i s h
O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqoza etmoqda. Xalqimizning ma’naviy boyliklarini, jahon sivilizatsiyasi eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir” degan dasturiy fikrdan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi masallar ularning bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirishga taqaladi. Bunda o‘quvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini shakllantirishni 1-sinf o‘quvchilarida dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflar dasturida arifmetik material bilan uzviy bog‘liqlikda turli miqdor o‘rganish nazarda tutiladi. Bularsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obyektlarning borliq dunyoning xossalari aks etgan.
Miqdor bu narsa yoki xodisaning biror xossasi bo‘lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shunday xossasi bilan taqqoslash mumkin va ulardan qaysi biri shu xossaga ega ekanligini bilish katta ahamiyatga ega.
Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo‘lib, boshlang‘ich maktabning vazifasi shuki, u bolalarda miqdorlarni o‘rganishning tushunish usulini tadbiq qilishdir. Natijada bolalarda miqdorlar narsalar va hodisalarning o‘lchash bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari ekanligi haqida tasavvurlar hosil bo‘lishi kerak
Boshlang‘ich maktabda bolalarga uzunlik, yuza, sig‘im, massa, vaqt haqida dastlabki tasavvurlar beriladi.
Har bir miqdorni o‘rganish uslubiyotining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud bo‘lsada, biroq narsa yoki hodisaning hossalarini o‘rganishga umumiy yondashish miqdorlarni o‘rganishning umumiy uslubiyoti haqida chiniqish imkonini beradi. Bu uslubiyot asosida amaliy usul yotadi. Narsalar bilan ishlash asosida aniq xissiy qabul qilish qobiliyatiga tayanib, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini miqdorlar uchun umumiy bo‘lgan xossalar bilan tanishtirish.
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida yosh avlodlarning o’qish faoliyati mazmuni, maqsad va vazifasi, vositalari, metodlari tashkil etish shakllarini va ilmiy pedagogik asoslarga tayangan holda takomillashtirishni taqoza etmoqda. Ushbu vazifaning samaradorligi masallar ularning bilim egallashdagi faolligini, mustaqil bilish faoliyatini shakllantirishga taqaladi. Bunda o‘quvchilarning matematik tayyorgarligi jarayonini shakllantirishni 1-sinf o‘quvchilarida dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Kurs ishi maqsadi Matematika darslarida miqdorlar tushunchasini berishning psixologik-pedagogik jihatlarini о‘rganish.
4- sinflarda miqdorlarni o’qitish metodikasi о‘rganish mustahkamlash orqali о‘qitishning eng maqbul yо‘llarini ishlab chiqish va uni tajriba - sinov vositasida tekshirish.
Shuningdek, Boshlang‘ich sinflarda masallar yechishni tashkil etish vositasi sifatida ta’lim texnologiyasi, mustaqil ishlash, o‘yin elementlaridan foydalanish yetarli darajada o‘rganilmagan. Boshlang‘ich ta’lim nazariyasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining mohiyati va uni tashkil etish uslubiyati masallar yechish texnologiyasining ilmiy asoslangani bilan birga “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”ni ma’lum darajada takomillashtirib borish, kurs ishimizning mavzusini “ Vaqt, massa, hajm o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi ” deb nomladik.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling