- Alkanollar rangsiz birikmalardir. C1-C11 alkanollar suyuq, C12-C20 − moysimon, C21 va undan yuqori vakillari qattiq moddalar. Quyi alkanollar o‘ziga xos hidga ega. Butanollar, pentanollar va C6-C11 alkanollar badbo‘y, yuqori alkanollar esa hidsiz birikmalar.
Ba’zi alkanollarning fizikaviy doimiyliklari | | | | | | - Metanol
- Etanol
- 1-Propanol
- 1-Butanol
- 2-Metil-1-propanol
- 2-Butanol
- 2-metil-2-propanol
- 1-Pentanol
- 1-Geksanol
- 1-Geptanol
- 1-Oktanol
- 1-Oktadekanol
| - CH3OH
- CH3CH2OH
- CH3(CH2)2OH
- CH3(CH2)3OH
- (CH3)2CHCH2OH
-
- CH3CH(OH)C2H5
- (CH3)3COH
-
- CH3(CH2)4OH
- CH3(CH2)5OH
- CH3(CH2)6OH
- CH3(CH2)7OH
- CH3(CH2)17OH
-
| - -97,8
- -117,3
- -127,0
- -89,5
- -108
-
- -114
- 25,5
-
- -78,5
- -52
- -34
- -16
- 59,5
| - 64,4
- 78,4
- 97,2
- 117,7
- 107,9
-
- 99,5
- 83,0
-
- 138
- 155,8
- 176,3
- 194,0
- 210,5(15 mm. sim. ustuni)
| - 0,792
- 0,789
- 0,804
- 0,810
- 0,802
-
- 0,808
- 0,788
-
- 0,817
- 0,820
- 0,822
- 0,827
- 0,805
| - ∞
- ∞
- ∞
- 7,9
- 10,2
-
- 12,5
- ∞
-
- 2,3
- 0,6
- 0,2
- 0,05
- 0
| - Kimyoviy xossalari
- 1.Kislota-asos xossalari. Alkanollar neytral moddalar bo‘lib, yaqqol ifodalangan asosli va kislotali xossalarga ega emas. Spirtlar kuchli kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, oksoniy tuzlarini hosil qiladi:
- Alkil guruhlarining +I-effekti ta’sirida alkanollarning asoslik xossalari quyidagi tartibda oshib boradi:
- CH3OH < birlamchi spirtlar < ikkilamchi spirtlar < uchlamchi spirtlar
- Reaksiya qaytar bo‘lgani uchun uni amalga oshirishda spirtga to‘yinguncha quruq vodorod galogenid yuboriladi yoki spirt galogenid kislotaning konsentrlangan eritmasi bilan suv tortib oluvchi reagentlar ishtirokida qizdiriladi. Ba’zan reaksiyalarda HBr o‘rniga uning tuzlari (KBr, NaBr) va konsentrlangan sulfat kislota ishlatiladi, chunki ajralib chiqayotgan HBr faol ta’sir qiladi:
- H2SO4 + KBr → HBr + KHSO4
- R–OH + HBr → R–Br + H2O
Alkanolning tuzilishi va galogenid kislotalardagi galogenlarning tabiatiga qarab, reaksiya tezligi turlicha bo‘ladi va quyidagi tartibda kamayadi: - Alkanolning tuzilishi va galogenid kislotalardagi galogenlarning tabiatiga qarab, reaksiya tezligi turlicha bo‘ladi va quyidagi tartibda kamayadi:
- HI > HBr > HCl > HF R3COH > R2CHOH > RCH2OH
- Reaksiyaga kirishish qobiliyati kichik bo‘lgan HCl birlamchi va ikkilamchi spirtlar bilan faqat ZnCl2 ishtirokida qizdirilganda reaksiyaga kirishishi mumkin:
- Birlamchi spirtlar kons. H2SO4 bilan qizdirilganda, reaksiya harorati hamda spirt va H2SO4 ning nisbati (1:1 yoki 1:2)ga qarab, asosan ichki molekulyar degidratlanish mahsulotlari (alkenlar) yoki molekulalararo degidratlanish mahsulotlari (oddiy efirlar) hosil bo‘ladi. Masalan, etanol degidratlanganda dastlab etiloksoniy sulfat (I) hosil bo‘ladi. I suvni ajratib, etilsulfat (II)ga aylanadi. II dan sulfat kislota molekulasi ichki molekulyar ajralsa etilen, molekulalararo ajralganda esa dietil efir hosil bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |